Anor seleksiyasi va navshunostligi



Download 6,85 Mb.
bet49/101
Sana24.11.2022
Hajmi6,85 Mb.
#871509
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101
Bog'liq
Anor seleksiyasi MAJMUA

NAZORAT SAVVOLARI:
1.Anorning maxalliy navlarining tavsifi haqida gapirin?
2.Anorning istiqbolli navlarining tavsifini gapirin?


16-MAVZU. MEVA EKINLARINI ChATIShTIRISh TEXNIKASI VA HIMOYaLASh USULLARI.
REJA:

  1. O‘simlik turlari, shakllari,navlari.

  2. Diallel chatishtirishlar

  3. Resiprok chatishtirish

Dexhonchilik tarixida analitik seleksiya katta rol o‘ynadi va bunda xalq seleksionerlari tomonidan yuzlab meva navlari yaratildi. Jamiyatning rivojlanishi mevali ekin navlariga bo‘lgan talabni tubdan o‘zgartirib yubordi. Ishlab chiqarishga joriy etilgan navlarda iste’molchilarning talablariga javob bera oladigan belgi va hususiyatlarning yuqligi yoki sezilarsiz bo‘lishi yangi mevali ekin navlarini yaratishda chatishtirish usulini kullanishga olib keldi, ya’ni sintetik seleksiya davri boshlandi.
Chatishtirish insonnnng yaratuvchilik imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu murakkab shakllanish jarayoni bo‘lib, duragaylarda ota- onaga xos bo‘lmagan belgi va hususiyatlar ham yuzaga kelishi va ular xar xil birikmalar ko‘rinishida namo­yon bo‘lishi mumkin.
Yanga nav yaratish muvaffakiyati ota - ona juftlarini to‘g‘ri tanlashga bog‘liqdir. Amaliy seleksiyada bu masala eng murakkab va muhim masala hisoblanadi.
Ota - ona juftlarini tanlashda bizga kerakli bo‘lgan foydali xo‘jalik belgi va hususiyatlar to‘g‘risidagi genetik ma’lumotga ega bo‘lishimiz kerak. Birinchi navbatda shu belgi va hususiyatlarning avloddan avlodga o‘tish qonuniyatlarini bilish zarur. Lekin, mevali ekinlar xususiy genetikasi kam rivojlangan bo‘lib, bu to‘g‘risidagi bilimlar juda chegaralangan. Mevali ekinlarda ota - ona juftlarining geterozi­got holatda bo‘lishi duragay urug‘-avlodlarining murakkab parchalanishiga sabab bo‘ladi va ularni tahlil qilish jiddiy xatolarga olib kelishi mumkin.
O‘simlik navlari, shakllari va turlari sun’iy va tabiiy tanlash natijasida ma’lum bir tuproq va iqlim sharoitiga moslashgan bo‘ladi. Natijada xar xil ekologik-geografik zonalarda o‘simliklarning ekotiplarp shakllanadi. O‘rta Osiyoda mevali ekinlarning kurg‘oqchilikka chidamli turlari, tuproq sho‘riga chidamli shakllari mavjud. Sibirda sovuqqa chidamli turlari shakllangan, tog‘li xududlarda daraxtlarning tinim davri qisqa bo‘lsa, vodiylar sharoitida bu xususiyat ancha davomliligi bilan farq qiladi.
Biror mevali ekin turiga xos bo‘lgan foydali xo‘jalik belgi va hususiyatlar ko‘pincha bir-biridan geografik jixatdan uzoq joylashgan turlarda yoki ekotiplarda uchraydi. Masalan, nokning sovuqqa chidamli shakllarini Uzoq Sharqda, meva sifati yuqori bo‘lgan navlarni Ovrupoda, issiqqa chidamlilarni O‘rta Osiyoda topish mumkin.
Chatishtirish uchun ota - ona juftlarini tanlash ekolo­gik - geografik tamonlama bo‘yicha olib boriladi, bunda ayrim vegetativ fazalarning ushbu juftlarda boshlanish muddatlari va davomliligm, juftlarning kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, hosildorligi va hosil berish hususiyatlari, mevasining ta’mi va tovarlik sifatlari, diallel chatishtirishlar natijasi, xo‘jalik uchun foydali bo‘lgan boshqa ayrim belgi va hususiyatlariga katta e’tibor beriladi.
Yuqorida aytilganidek, yangi nav uchun kerakli bo‘lgan belgi va hususiyatlar tabiatda geografnk jixatdan uzoq joylashgan ekotip va shakllarda bor.
Ota - ona juftlarini ekologii - geografik tamoyil asosida tanlashdan maqsad shu ekotip va shakllardagi xo‘jalik uchun foydali belgi va xususiyatlarni bitta navda kerakli birikmada mujassamlashtirishdan iboratdir.
Ota-ona juftlarida nomaqbul belgi va hususiyatlar (er ta gullash, sovuqqa chidamsizlik, meva sifatining past bo‘lishi va xokazolar) iloji boricha kam rivojlangan bo‘lishi shart. Nomaqbul belgi va hususiyatlar faqat ota yoki ona juftida bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Yashil novda mujassamlantirish uchun zarur bo‘lgan belgi va hususiyatlar bo‘yicha esa ota - ona juftlari bir - biridan farq qilishi kerak.
Diallel chatishtirishlar natijasida navlarning kombinatsion kobiliyatlarini aniqlash ota - ona juftlarini tanlashda muhim ahamiyatga ega. O‘z belgi va hususiyatlarini avloddan-avlodga o‘tkazish qobiliyati yuqori bo‘lgan namunalar seleksiyada istiqbollp hisoblanadi. Meva ekin turlari bo‘yicha nisbatan kam foizda zarur belgilarga ega bo‘lgan duragaylar beradigan eng yaxshi chatishtirish kombinatsiyalarini aniqlash bir-biriga muvofiq keladigan ota - ona juftlarini tanlashda kam yordam beradi.
I.V.Michurin tomonidan ishlab chikilgan ota - ona juftlarini tanlash tamoyili mevali ekinlar seleksiyasining rivojlanishiga katta xissa qo‘shdi. Uning fikricha, ota -ona juftlari bir-biridan geografik jixatdan uzoq bo‘lishi kerak. Bunda eng muhimi joylarning ekologik sharoitlari bo‘yicha bir-biridan keskin farq qilishidir. Ushbu tamoilni o‘rganishda va batafsil ishlab chiqishda N.I. Vavilovning hizmati katta. Uning fikricha, xar xil ekologik joylardan kelib chiqqan navlar chatishtprilganda duragaylarda qimmatli, kam uchraydigan belgilar birikmasi jo bo‘lishi mumkin.
Bu usul kullanilganda ko‘pincha duragaylarda paydo bo‘ladigan yangi belgi va hususiyatlar fakat ota-ona juftla- rining geografik jixatdan uzoqda bo‘lishi bilan bog‘lik bo‘lmay, balki ular genotiplarining xar xil kombinatsion qobiliyatiga ham bog‘liqdir. Bunda ota-ona juftlari genetik jixatdan farq qilib, ularning belgi va hususiyatlari xar xil ekologik sharoitlarda shakllanib chatishtirish amalga oshirilayotgan joyga aloqasi yo‘qligidandir.
Ekologik va geografik jixatdan uzok joylashgan shakllarni chatishtirish usuli XIX asr oxirlari va XX asr bosh­larida qo‘llanila boshladi. Mevali o‘simliklar seleksiyasida ota-ona juftlarini bu usulda tanlash natijasida mahalliy sharoitlarga moslashgan eng yaxshi navlar yaratildi.
Kanada, AKSh, Avstraliya, Italiya, Ukrainada bu usulni qo‘llanilib galla ekinlarining tez pishar, kurgoschilikka va kasalliklarga chidamli, yuqori hosilli navlari yetishtirilgani fikrimizga dalildir.
Rossiyada A.P. Shexurdin, V.Ye. Pisarev, P.P. Lukyanenko va boshqalar qishlok; xo‘jaligi ekinlari seleksiyasida katta yutularga erishdi.
O‘zbekistonda geografik jixatdan uzoq joylashgan ota- ona juftlarini chatishtirib, olmaning Kalvil Tashkent­skiy (Kalvil snejnыy X Zolotoe Grayma), Komsomolka (Persikovoe letnee X Zolotoe Grayma), Renet Shredera (Renet shampanskiy X Renet Simirenko), noknnpg Vostok-2 (Rannyaya iz Trevu X Lesnaya krasavitsa), Zuxra (Lyubimitsa Klappa X Bere Boek), Podarok (Vilyams X Lesnaya krasavitsa), shafto­lining Farxod (Elberta X Ranniy Galya), olho‘rining Cherno­sliv Samarkandskiy (Merri Uezsr X Berton) navlari yara­tildi.
P.P. Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vino- chilik ilmiy tadqiqot instituta ma’lumotlariga kura, ota- ona juftlari ekologik na geografik jixatdan kancha uzoq joylashgan bo‘lsa. foydali belgi va hususiyatlarga ega bo‘lgan duragaylar soni ham uncha ko‘paya boradi.
Bundan tashqari, ota-ona juftlari shu tamoyil asosida tanlansa, seleksioner xilma-xil duragay materiaplarga ega bo‘ladi. Ular orasida har xil ekologik sharoitlarda shakllangan, nav uchun zarur bo‘lgan belgi va hususiyatlarga ega o‘simliklar ham bo‘lishi mumkin.
Duragaylarni ota-onasi usgan sharoitlardan farq kiladigan sharoitlarda o‘stirish faqat otasi yoki onasining belgi va hususiyatlari ustuvor (dominant) bo‘lish ehtimolini kamaytiradi.
Ingliz olimi Fisherning evolyusion dominantlik nazariyasiga asosan, organizmda uning uchun eararli gen mutatsiyalari paydo bo‘lsa, organizmning tashqi sharoitga moslashishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi hususiyatlar tabiiy tanlanish natijasida bartaraf qilinadi. Shunday qilib, tanlash orga­nizm filogenezida unga foydali hususiyatlarning rivojlanishini ta’minlaydigan genlarning dominant bo‘lishiga olib keladi.
Ota-ona juftlarini xar xil ekologik-geografik sharo­itlardan topish qiyin bo‘lgan taqdirda, ulardan bittasi mahalliy bo‘lgani ma’qul. Mahalliy navlarni chetdan kelti­rilgan navlar bilan chatishtirib, ko‘p mamlakatlarda qimmatbaho navlar yaratildi. Shu tamoyil asosida O‘zbekistonda olmaning Samarkand tungichi (Renet lande- bergskiy X Samarkandskiy ranniy), nokning Paxtakor (Ku- lola X Lyubimitsa Klappa), Ra’no (Lesnaya krasavitsa X Kulo- la), Sari Guzal (Letnyaya nashvati X Bere Anjer), Tuyona (Lyu­bimitsa Klappa X Osenniy Kizil nashvati), o‘rikning Zeravshanskiy pozdniy (Kursodik X Avgustovskiy), shaftolining Vladimir (Elberta X injirniy) va boshqa navlari yaratilgan.
Mahalliy navlardan seleksiya jarayonida foydalanilganda duragaylarda mahalliy navlarning belgi va hususiyat­lari ko‘proq namoyon bo‘ladi. Chunki, ularning asosiy belgi va hususiyatlari mahalliy sharoitda shakllangan.
Ota-ona juftlari sifatida mahalliy navlardan foyda­lanib ham yaxshi natijalarga erishishimiz mumkin. Behining Konservnaya (Samarkandskaya pozdnaya X Samarkandskaya krup­noplodnaya), o‘rikning Novvot (Kursodik X Arzami), Sovet­skiy (Arzami X Kursodik), shaftolining Vatan (Rogani tou №2 X Nektarin jeltiy) va boshqa navlari mahalliy navlar­ni chatishtirish natijasida olingan. Ota-ona juftlaridan bitgasi yovvoyi ajdodlarga taallukli bo‘lsa, duragay avlodlarida nomakbul belgi va hususiyatlar ustuvor bo‘lishi mum­kin. Shuning uchun seleksiyada yovvoyi turlarning o‘zidan emas, balki ularning duragay shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda duragay shakllarining belgi va hususiyatlari bilan bir qatorda ular ajdodlarining belgi va xususi- yatlari ham e’tiborga olinishi kerak. Chunki bulajak dura- gaylarda ota-onasi va ajdodlarining belgi va hususiyatlari xar xil birikmada namoyon bo‘lishi mumkin.
Ota-ona juftlarini vegetatsiya fazalarining boshlanish muddatlari va davomliligiga karab tanlash juda murakkab bo‘lib, bu masalaning genetik tabiati mevali ekinlarda kam o‘rganilgan.
Respublikamiz uchun erta pishar navlar, kech gullaydigan danaklilar, kech pishadigan va yaxshi saslanadigan olma, nok navlari zarur. Bu navlar kasallik va zararkunandalarga, tashsi nokulay sharoitlarga chidamli, shox-shabbalari nisba­tan kichik, mevasining ta’mi va tovarlik sifatlari va Hosildorligi yuqori bo‘lishi kerak. Bunday hususiyat va belgilarga ega bo‘lgan navlar yaratish uchun ota-ona juftlari shu belgilari jixatidan bir-biridan farq qiladigan bo‘lishi lozim. Tanlangan juftlardan bittasi kerakli belgi va xususiyatlarga ega bo‘lishi zarur.
Ota - ona juftlarini tanlashda qaysi biri ota va qaysi biri ona sifatida ishlatilishi katta ahamiyatga ega.
Chatishtirishda paydo bo‘lgan avlodlarga ota-ona o‘simliklar jinsiy xujayralaridan genlar bir xilda o‘tkaziladi. Shuning uchun oddiy va o‘zaro (resiprok) chatish­tirish natijasida ko‘p belgi va hususiyatlar bo‘yicha avlodlar orasida farq kuzatilmaydi.
Lekin irsiyatda sitoplazmatik elementlar ham ma’lum rolni uynaydi. sitoplazmatik elementlar avlodlarga faqat ona jinsiy gametalari bilan birga o‘tadi. Shuning uchun si­toplazma bilan bog‘lik bo‘lgan belgi va hususiyatlar fakat ona tomonidan o‘tishi mumkin. Bu esa resiprok chatishtirishda avlodlar irsiyatlarining xar xil bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pgina fiziologik hususiyatlar avlodlarga sitoplazma orkali o‘tadi.
Resiprok chatishtirish natijasida duragaylarning sovuqqa va kasalliklarga chidamliligi, vegetatsiya fazalarining o‘tish va daraxtlarning hosilga kirish muddatlari bo‘yicha ona tomonga og‘ishi kuzatilgan.
S.I. Isaeva tajribalarida oddiy Antonovka navi Oq Rozmarin bilan chatishtirilganda duragaylarning 38, 9 foizi qishga chidamli bo‘lgan. Resiprok chatishtirish natijasida esa faqat 2, 3 foiz duragaylar sovuqqa chidamli bo‘lib chiqqan. Shuning uchun ota-ona juftlarini tanlashda ularning belgi va hususiyatlarining avlodga har xil tarzda o‘tishi e’tiborga olinishi lozim.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish