AMALIY MAShG‘ULOTLAR
1-AMALIY MAShG’ULOT: GULLARNING TUZILIShI VA ChANGLANISh XUSUSIYaTLARI
QISMI
Darsning maqsadi: Talabalarni meva va rezavor meva ekinlaridan tipik bo‘lgan morfologik belgilari to ‘g‘risida va ularni baholash uchun olinadigan o‘simlik namunalarini olish qoidalari bilan tanishtirish.
Mashg‘ulot uchun kerakli jihozlar: turli meva va rezavor meva ekinlarining barg, gul, novdalari, mevalarining rasmlari mulyajlari, ranglarni baholash shkalalari, jadvallar.
Asosiy tushunchalar: meva va rezavor meva ekinlarining belgilari, barg, meva, gul, novda rangi, meva ta ’mi, xushbo‘yligi va meva sifatini umumiy baholash tartibi. Belgilarni baholash uchun foydalaniladigan ball sistemasi.
Daraxt va butalarning nav belgilarini yozish uchun namunalar bir xil yoshdagi, bir xil payvandtagga payvand qilingan, sog‘lom, mexanik shikastlanmagan, bir xil agrotexnikada yetishtiriladigan o‘simliklardan olinadi.
Past agrotexnika ta’sirida normal o‘smayotgan o‘simliklardan namuna olinmaydi, chunki bu sharoitda nav belgilari yaxshi ifodalanmagan bo‘ladi. Namunalar olishda barglar yozning o'rtasi va ikkinchi yarmida, mevalar esa iste’mol uchun yaroqli holga kelganda yoki terib olish vaqtida tipik holga kelishini e’tiborga olish kerak.
Gul, meva, rezavor mevalar, novda va barglar, daraxt yoki butaning quyosh yaxshi tegib turadigan tomonidan chetki shoxlaridan olinadi. Qorong‘i sharoitda belgilar o‘zgaradi.
Anorda eng yaxshi mevalar gulto‘plamining o ‘rtasidagi g‘unchalarda paydo bo‘ladi. Namuna uchun juda ko‘p hosili bo‘lgan va yaxshi rivojlanmagan novdalarda hosil bo‘ladigan mayda mevalarni olmaslik kerak. Mevalar yuqori va o‘rta yarusdagi shoxlardan olinishi kerak.
Olingan umumiy namunalarni (meva 10-15, barg 20—25 ta) eng tipiklari tanlab olinadi. Namuna uchun novdalar shox-shabbaning o‘rta shoxlarining chekkasidan olinadi. Yosh daraxtlar uchun novda uzunligi 4 0 - 30 sm, ko‘chatlarda 50—60 sm bo‘lishi kerak. Belgilarni baholash uchun ball sistemasidan foydalaniladi. Eng yuqori ball ≪5≫ (o‘simlikning umumiy holati, sovuqda zararlanish darajasi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, ta ’mi, meva kattaligi va h.k.). Eng past ball ≪0≫ (masalan, sovuq umuman ta’sir etmagan.). Ba’zan mevalarning ta ’mini to'liq baholash uchun butun sonlar bilan birga ularning qismlari bilan ham baholanadi. Masalan: 4,1;
4,3; 5,75 va h.k. yoki + belgisi 0,5 ball, — belgisi 0,25 ball. Masalan: 3+ =3,5; 3Ѓ} =3,75; 3— =3,25 va h.k. Meva va rezavor meva ekinlarini baholashda ko‘pincha umumiy (ta’mi, meva rangi va h. k.) belgilardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |