Kara-bala-myursal – bu Bala-myursal navining eng yaxshi kloni hisoblanadi. Ozarbayjonning Gyokchay, Zakatal, Agdam va boshqa tumanlarda oz miqdorda uchraydi. Mevalarining rangi – to’q malina tusli, donasi – to’q olcha tusli, xushxo’r. Qand miqdori – 19,3%, kislota esa – 1,36%gacha yetadi. Nazik-kabuk – Ozarbayjon navi. Gruziya, Armaniston va Dog’istonda ekish uchun tavsiya etilgan. Bala-myursaldan farqi-po’sti va donalari oralig’idagi to’siqlar yupqa, po’sti va donalari – tiniq rangda, kislota miqdori – yuqori, mevasining mazasi – nordon. Tarkibidagi qand – 12,3%, limon kislotasi – 2,58%. Sharbat chiqishi – 48% gacha. Mevalari oktyabr oyining o’rtalarida yetiladi. Bir tupining hosildorligi – o’rtacha 40-50 kg. Mevasining saqlanish muddati – 3 – 4 oy. Mevasidan yangiligicha iste’mol qilish va qayta ishlash uchun foydalaniladi.
Qirmizi-kabux – bu Ozarbayjon mahalliy navi hisoblanadi. Ozarbayjonning Shamxor, Akstafin, Kasum-ismailov, Xanlar va boshqa tumanlarda keng tarqalgan. Gruziya, Armaniston, Tojikiston, Dog’iston, Turkmaniston va Qirg’izistonda ekish uchun tavsiya etilgan. Ushbu nav Bala-myursal naviga yaqin turadi. Uning mevalari po’sti va urug’larining to’q qizilligi, po’stining o’rtacha qalinligi, kislotasining ko’pligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibida qand-12,12%, kislota-2,1%. O’zbekistonda yetishtirilgan mevalarida qand-14,5%ga, kislota-0,85%gacha yetadi. Sharbat chiqishi – 45%gacha. Ozarbayjonda mevalari oktyabr o’rtalarida yetiladi. Ayrim navlari mo’l hosil beradi, 1 tupidan o’rtacha 45 kg hosil olinadi. Mevasining saqlanish muddati-4-5 oy. Mevalaridan yangiligicha iste’mol qilish va qayta ishlash uchun foydalaniladi.
Qozoqi-anor. O’zbekistonning janubiy hududlarida va O’rta Osiyo respublikalarining boshqa tumanlarida keng tarqalgan. Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, O’zbekistonda keng maydonlarga ekish uchun tavsiya etilgan. Tupi – sershox, o’rtacha tikanakli. Barglari – kichik, nashtarsimon. Gullari – ko’zasimon va qo’ng’iroqsimon, pastga egilgan, to’qqizil tusli. Mevalari yirik, vazni – 300 – 400 gr, yumaloq, bo’yni – to’g’ri, uzunligi – 13,5, diametri – 17,1 mm, pallasi – egik, ba’zida 13 mm.gacha buralgan. Po’sti va donalari oralig’idagi to’siqlar – o’rtacha qalinlikda. Mevalari – och malina tusli; asosiy mevalari sariq – nimyashil, mevasi bir-xil och malina rangi bilan qoplangan, mayda nuqtachalari bor. Doni – to’qqizil, yirik, uzunligi – 13 mm.gacha, urug’larining uzunligi – 8 mm.gacha. Mazasi – shirin – xushbo’y, sharbati – malina rangida. Sharbat chiqishi – 40-45%. Mevasida qand – 15,9 – 20,4%, kislota – 0,9 – 1,85%. Mevalari oktyabrning birinchi yarmida yetiladi. 1 tupdagi hosildorligi: O’rta Osiyoning yopiq maydonchalarida – 25 kg, Ozarbayjonning ochiq dalalarida – 35 – 40 kg. Mevasining saqlanish muddati – 6 oy. Mevalaridan yangiligicha iste’mol qilish va qayta ishlash uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |