Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan. Ma’ruzalar matnining



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/231
Sana30.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#596281
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   231
Bog'liq
Umumiy farmokologiya Ma\'ruza matni-конвертирован

Ketamin 
(ketalar) — venaga hamda mushak orasiga yuboriladi. Venaga 
yuborilganda narkoz 15—30 sekunddan keyin boshlanib, 5—10 daqiqa davom etadi, 
mushakka yuborilganda 2—4 daqiqadan keyin boshlanib, 15—30 daqiqa davom etadi. 
Ketamin umumiy og`riqni qoldiruvchi bo`lib, yengil uyqu keltiradi, es-hush yo`qoladi, 
xirurgik narkoz davri deyarli bo`lmaydi, chunki ketamin markaziy nerv sistemasining 
hamma bo`limlariga birday ta`sir ko`rsatmaydi. Ketamin paydo kiladigan anesteziya 
«dissotsiativ anesteziya» deb ataladi, ya`ni markaziy nerv sistemasining ba`zi tarkibiy 
qismlariga ta`sir ko`rsatib, boshqalariga ta`sir ko`rsatmaydi. Ketamin ta`sirida ro`y 
bergan narkozda skelet mushaklari bo`shashmaydi, reflektor faoliyat saqlanib qoladi, 
tomoq, halqum, yo`tal reflekslari saqlanadi, qon bosimi oshadi, puls tezlashadi, so`lak 
ko`p oqishi mumkin. Ketamin operatsiyalardan keyin ham nojo`ya ta`sir berishi mumkin. 
Homilador ayollarda qo`llanilsa, ularda qon bosimi 30—40 % oshib, puls, nafas olish 
tezlashadi, bachadon tonusi oshib boradi, shu tufayli akusherlik amaliyotida bu moddani 
qo`llash man ztiladi. Bolalarda ketamin 1,5—2 yoshdan keyin asosan mushaklar orasiga 
qo`llanadi. Ketaminning og`riq qoldiruvchi ta`siri narkoz tugagandai keyin 2 soatgacha 
saqlanib turadi. Ketamin asosan narkoz xolatiga kirish hamda og`riq, beruvchi muolajalar 
o`tkazish uchun qo`llanadi. 
Kattalarga nisbatan bolalarda narkoz paydo qilish ancha qiyin bo`ladi. 3 yoshgacha 
bo`lgan bolalarda asosan ftorotan, azot (1) oksid, kattaroq bolalarda esa bulardan tashqari 
tiopental, propanidid, ketamin qo`llanadi. Natriy oksibutirat har xil yoshda qo`llanadi, 
chunki u kislorod yetishmovchiligiga nisbatan chidamlilikni oshiradi. Bolalarda 
siklopropan efir kamrok, qo`llanadi. 
Narkoz davrida yuz beradigan nojo`ya ta`sirlar va ularnnng oldini olish. 
Narkoz paydo qiluvchi moddalar qo`llanganda ko`ngil aynash, qayt qilish, nafas, 
yurak qon tomir sistemasida va boshqa a`zolarda nojo`ya ta`sirlar kuzatiladi. Ko`ngil 
aynib qayt qilish ko`p uchraydi. Bular ayniqsa shilliq pardalarni ta`sirlovchi narkotik 
moddalar — efir qo`llanganda 40—60 %, ftorotan qo`llanganda kamroq 15—20 % 
uchraydi. Narkotik moddalar to`g`ridan-to`gri qusish markazini qo`zg`atadi, qusish nafas 
yo`llari, vestibulyar apparatning reflektor yo`l bilai qo`zg`alishi tufayli kelib chiqadi. 
Bemor ko`pincha narkozdan uyg`onish davrida ko`ngli aynib qayt qiladi, bu nojo`ya 
ta`sirlar qo`zg`alish davrida ham uchrab turadi. Bunday nojo`ya ta`sirlarning oldini olish 
uchun narkozdan oldin qusishga qarshi moddalardan diprazin, operatsiyadan keyin» 
etaperazin qo`llanadi. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish