Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan. Ma’ruzalar matnining



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/231
Sana30.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#596281
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   231
Bog'liq
Umumiy farmokologiya Ma\'ruza matni-конвертирован

ETIL SPIRTI 
Etil spirti uzum va boshqa mevalar sharbatlarini achitish hamda sintez yuli bilan 
olinadi. Etil spirti ma`lum konsentratsiyalarda alkogolli ichimliklar (aroq, konyak, vino, 
shampan vinosi, pivo) tarkibida mavjud. 
Etil spirtining mikroblarga qarshi xususiyati borligi tufayli uni tibbiyotda antiseptik 
sifatida terini, operatsiya o`tkaziladigan joyni, xirurgik asboblarni zararsizlantirish uchun 
qo`llanadn. Etil spirti yuqori nafas yo`llari shamollaganda kompress qilish hamda surkash 
uchun, nevritlarda nervlar negiziga yuborish — alkogolizatsiya uchun ishlatiladi. Etil 
spirtidan farmatsevtika sanoatida nastoykalar tayyorlash uchun foydalaniladi. 
Odam siirtli ichimlik ichganda u oshqozondan qonga so`rila boshlaydi, 5 daqiqadan 
keyin qonda aniqlanadi. Alkogoliing 20—40 % i ayniqsa och qoringa ichilsa oshqozonda, 
qolgan 60—80 % i ingichka ichakda qonga so`riladi. Yog`lar, uglevodlar alkogolning 
qonga so`rilishini sekinlashtiradi.
Qonga so`rilgan alkogol asosan markaziy nerv sistemasiga ta`sir ko`rsatadi. Bu uch 
davrdan iborat bo`ladi: qo`zg`alish davri, n a r k o z davri va o`lim talvasasi davri. 
Birnichi qo`zg`alish davri markaziy nerv sistemasini tormozlovchi mexanizmlar 
falajlanishi tufayli yuzaga chiqadi, bunda sezuvchanlik, aql, idrok, zakovat, ma`naviyat, 
diqqat e`tibor, o`ziga nisbatan tanqidiy qarash xususiyatlari kamayadi. Tormozlanish 
jarayonlari pasayib ketadi, eyforiya holati ro`yobga chiqadi, odam xushchaqchak, 
kirishimli, dilkash, ruxi ko`tarilgan, kayfi chog` bo`lib qoladi, mayda-chuyda g`am-
tashvishlar esdan chiqadi. Ichib olgan odam o`zini juda kuchli hisoblaydi (aslida esa 
buning aksi bo`ladi), bo`lar-bo`lmas harakatlar qiladi, ko`p gapiradi.
Alkogolning qanday ta`sir ko`rsatishi nerv sistemasining turiga, mijozga, odamning 
xulq atvoriga bog`liq.
Alkogol tufayli kelib chiqqan qo`zg`alish narkoz paido qiladigan moddalar 
keltiradigan qo`zg`alishdan farq qiladi. Alkogol ta`siridagi qo`zgaluvchanlik davrida 
odamning es-hushi joyida bo`ladi. 
Alkogolning miqdori qonda oshgan sari unipg ta`siri miyachaga o`tadi: harakatlar 
muvozanati izdan chiqadi, mushaklar kuchi kamayadi, odam oyoqda turolmay qoladi. 
Keyin alkogol psixomotor markazlarga, orqa miyaning reflektor apparatiga o`tadi. Ong 
xiralashib, keyin eshush butunlay yo`qoladi, reflekslar so`nadi, mushaklar bo`shashadi. 
Narkoz davri boshlanadi. Alkogol miqdori oshgan sari narkoz davri falaj davriga o`tadi, 
chunki etil spirtining narkotik ta`sir doirasi keng emas, narkotik hamda zaharlovchi 
konsentratsiyalari bir-biriga yaqin. Uzunchoq miyaning nafas va qon tomir markazlari 
falajlanadi, kon bosini keskin tushib ketadi, nafas yuza va notekis bo`ladi, nafas 
yetishmovchiligi ro`y berib, nafas to`xtashi va halokat sodir bo`lishi mumkin. 
Demak alkogol bilan o`tkir zaharlanish yengil mastlikdan tortib, to es-hushni 
yo`qotish, hatto o`limga olib borishi mumkin. .Lekin alkogolning o`lim sodir qiladigay 
aniq miqdori hali aniqlanmagan. Etil spirtining konsentratsiyasi, qonga so`rilish tezligi 
odamning yoshiga, salomatligiga, harrratga bog`lik bo`ladi.
Alkogol bilan o`tkir zaharlangan odam issiq qilib o`rab qo`yiladi, novshadil spirti 
xidlatiladi, hatto 3—4 tomchi ichiriladi, sun`iy nafas oldiriladi, asabini rag`batlantiruvchi 
moddalar yuboriladi, achchiq issiq. choy, kofe ichiriladi. Oz miqdordagi ichkilik 
organizmda unchalik katta o`zgarishlar paydo qilmaydi, uningzaharli ta`siri keyinroq 
ko`rina boshlaydi. Tez-tez surunkali ichilaversa, odam unga o`rganib, tobe bo`lib qoladi, 
alkogolizm — ichkilikbozlik degan mudhish kasallik kelib chiqadi. Bunda ichki 
a`zolarda chuqur o`zgarishlar paydo bo`ladi. 



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish