Savol va topshiriqlar
1. O’zbekistonning chet davlatlar bilan mustaqil aloqa qilish huquqidan mahrum etilganligini tushuntirib bering.
2. Ittifoqning xalqaro iqtisodiy aloqalarida O’zbekistondan xom ashyo bazasi sifatida foydalanganligi nimalarda aks etdi?
3. O’zbekistonning kadrlar tayyorlash borasidagi xalqaro alo-qalarda ishtiroki haqida gapirib bering.
4. O’zbekistonning chet ellar bilan ilmiy va madaniy aloqalari haqida so’zlab bering.
IV bob materiallarini qanday o’zlashtirganingizni sinab ko’ring
1. Urushdan keyin O’zbekistonda paxta maydonla-rining kengayishi nimaga olib keldi?
A. Chorvachilik mahsulotlari, don, poliz va sabzavot ekin-larini yetishtirish kamaydi. B. Paxta monokulturasi yakkahokimligini shakllantirdi. C. Mehnatkashlarning moddiy turmush darajasini oshirdi. D. Mehnatkashlarning xayotini og'irlashtirdi. E. Paxtakorlarning shaxsiy tashabbus ko’rsatishlarini oshirdi.
2. 50-yillar boshida kimlar ko’proq qatag'on qilindi?
A. Hech kim qatag'on qilinmadi. B. O’zbekiston rahbarlari qatag'on qilindi. C. Talabalar va ishchilar qatag'on qilindi. D. Yozuvchi va shoirlar qatag'on qilindi. E. Kolxozchilar va din arboblari qatag'on qilindi.
3. Qachon respublika rahbarlaridan kimlar zaharli ximikatlarni butunlay yo’qotish to'g'risida Markazga murojaat qildilar?
A. 1946—1947-yillarda U.Yusupov va A.Abdurahmonov. B. 1953—1954-yillarda U.Yusupov va N.Muhitdinov.
C. 1969—1970-yillarda Sh.Rashidovva R.Qurbonov. D. 1981—1982-yillarda Sh.Rashidov va N.Xudoyberdiyev.
E. Hech kim murojaat qilmagan.
4. Taxiatosh GRESning birinchi navbati qachon ishga tushirilgan?
A. 1953-yilda. B. 1956-yilda.S. 1961-yilda.D. 1964-yilda.E. Tog'ri javob yo’q.
5. Chorjo’y-Qo’ngMrot temir yo’li qachon qurildi?
A. 1946-yilda. B. 1947-yilda. C. 1948-yilda. D. 1950-yilda. E. 1952-yilda.
6. O’zbekistonda 80-yillarda qaysi soha yetakchi tarmoq hisoblandi?
A. Paxtachilik va pillachilik. B. Og'ir mashinasozlik va tog'-kon sanoati. C. Paxtachilik va samolyotsozlik.
D. Elektrotexnika va yengil sanoat. E. Savdo-sotiq va maishiy xizmat ko’rsatish.
7. O’zbekistonda oliy o’quv yurtlari soni 1970-yilda nechta edi?
A. 30 ta. B. 38 ta. C. 48 ta. D. 56 ta E. 70 ta.
8. 1956-yilga qadar kolxozchilar ijtimoiy himoyalan-gan edimi?
A. Ular pensiya olish huquqidan mahrum qilingan edi. B. Ular oz miqdorda pensiya olishgan.
C. Ular xohlagan joyiga ketish va yashash huquqiga ega bo’lgan. D. Ular hech qanday ijtimoiy himoyalanmagan edi. E. To'g'ri javob yo’q.
9. Kulolchilikning asosiy markazlari qaysi shaharlar bo’lgan?
A. Toshkent, Xiva, Buxoro. B. Rishton, G’ijduvon, Sherobod. C. Buxoro, Samarqand, Namangan.
D. Buxoro, G’ijduvon, Termiz. E. To'g'ri javob yo’q.
10. O’zbekiston madaniyatining rivojlanishida qan-day ijobiy va salbiy holatlar yuz bergan?
o’z fikringizni yozma bayon qiling.
V b o b. O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy inqirozning kuchayishi(1971-1985-yillar)
49-§. O’zbekistonning IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTI. SOVETLARNING PARTIYA ORGANLARIGA
QARAMLIGI
Ittifoq tarkibida bo’lgan O’zbekiston respublikasi, uning rahbar tashkilotlari huquqlari cheklangan edi. Ular markazning ko’rsatmalariga binoan ish olib borardi. 70-80-yillarda boshqaruvning o’ta markazlashtiriluvi, ma'-muriy-buyruqbozlik tizimining hukmronligi avj oldi. Bu hol respublika ma'muriyatini mustaqil ish tutish va tashabbus ko’rsatish imkonidan mahrum etdi.
o’sha davrdagi sovet jamiyatining siyosiy tizimiga partiya, sovetlar, kasaba uyushmalari, yoshlar tashkilot-lari kirardi. Tizimning asosiy ustuni partiya hisoblanardi. U o’zini rahbarlik qiluvchi va yo’naltiruvchi kuch hisoblab, sovetlar va jamoat tashkilotlariga o’z irodasini amalda zo’rlik bilan o’tkazib kelardi.
Qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyat ittifoqdagi singari, respublikada ham rasman sovetlar ixtiyorida edi. 1950—1959-yillarda O’zbekiston Oliy Soveti Prezidiu-miga Sh.R. Rashidov boshchilik qildi.
Sharof Rashidovich Rashidov (1917-1983) - res-publikaning atoqli davlat, jamoat va siyosiy arbobi, O’zbek yozuvchisi. 30—40-yillarning ikkinchi yarmida u Samarqand viloyati gazetasi, so’ngra «Qizil O’zbekiston» gazetasi muharriri bo’lib ishladi. O’zbekiston Yozuv-chilari uyushmasi boshqaruvi raisi bo’ldi. 1959-yildan to umrining oxirigacha O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi bo’lib keldi. U iste'dodli tashkilotchi va rahbar edi. Uning ishtirokida o’zbe-kiston iqtisodiyoti va madaniyatini rivojlantirishda muayyan muvaffaqiyatlar qo’lga kiritildi. Paxtachilikni rivojlantirish, yangi yerlarni o’zlashtirish, 1966-yildagi zilziladan so’ng Toshkentni qayta tiklash ishiga u ko’p kuch-quvvat va g’ayratini sarfladi. Toshkent metropo-liteni qurilishi uning tashabbusi bilan boshlangan. Met-ropolitenning birinchi navbati 1977-yil 6-noyabrda ishga tushirildi.
Hokimiyatning joyfarda-gi siyosiy organlari.Oliy Sovetdan boshlab to qishloq sovetigacha bo’lgan organlar boshqa ishlar bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish masalalari bilan ham shug’ullanar edi. Biroq ularning faoliyatini boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik tizimi bo’g’ib qo’yardi. Sovetlarning mo’ljallangan tadbirlarni amalga oshirishga mablag’lari ham bo’lmagan.
SSSR Konstitutsiyasining 6-moddasida KPSSning sovet davlatidagi yetakchi roli qonuniy mustahkamlab qo’yilgan edi. Ushbu moddada kompartiya jamiyatning rahbarlik qiluvchi va yo’naltiruvchi kuchi deb yozib qo’yilgandi. Konstitutsiyaning bu moddasi jamiyatda kompartiyaning yetakchilik rolini ta'minlab berdi, uning sovet, jamoat tashkilotlari ustidan hukmronlik qilishi uchun asos bo’ldi. Partiya sovetlarning vazifalarini ham amalda o’zi bajarib keldi. Sovetlar ikkinchi darajali masalalarni ham partiya komitetlaridan rozilik olmas-dan hal qila olmasdilar. Xo’jalik rahbarlari o’z muam-molari bilan sovetlarning ijroiya komitetlarini chetlab o’tib, to’g’ridan-to’g’ri partiya organlariga murojaat qilardilar. Fuqarolarning ijtimoiy-maishiy masalalarga doir shikoyat va takliflari ham partiya komitetlari tomonidan ko’rib chiqilardi.
Jamoat tashkilotlari huquqlarining cheklanganligi. Kasaba uyushmalari eng ommaviy mehnatkashlar tash-kiloti bo’lgan. O’zbekiston kasaba uyushmalarining eng muhim vazifalari mehnat sharoitlarini, mehnatkashlar-ning turmush va dam olish sharoitlarini yaxshilash, ularning haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qilish-dan iborat edi. Biroq 1970—1985-yilIarda ular ham boshqarishning ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ta'siridan chetda qolmadi. Korxona rahbari kasaba komitetiga buyruq bera olar, kasaba komiteti esa ma'muriyatning xohish-istagiga itoatkorona bo’ysunardi. Totalitar tuzum kasaba uyushmalarini mehnatkashlarning manfaatlarini himoya qilish huquqidan amalda mahrum etdi. Partiya organlari ularning faoliyatiga mudom aralashar edi. Kasaba uyushmalarini mustahkamlash bahonasida par-tiya komitetlari uyushmalarga rahbarlikka ko’pincha partiya kadrlarini tavsiya etardi.
Partiya organlari yoshlar tashkilotlari va boshqa jamoat tashkilotlariga ham qonunga xilof ravishda tazyiq o’tkazib keldi. O’zbekiston Kompartiyasi MK o’zining qarori bilan yoshlar tashkilotiga xotin-qizlar o’rtasida siyosiy-tarbiyaviy ishlarni olib borishni tubdan o’zgar-tirishni, O’zbekiston yozuvchilar, kompozitorlar, ras-somlar uyushmalariga respublika ayollari haqida yangi asarlar yaratishni tashkil qilishni va boshqa vazifalarni yukladi. Bundan ko’rinadiki, partiya organJari jamoat tashkilotlari ustidan hukmronlik qilgan. Ular partiya idoralarining ko’rsatmalarini bajarishga majbur bo’lganiar. Bajarmagan rahbarlar o’z lavozimlaridan ozod etilardi.
o’sha davrda «partiya nomenklaturasi» (partiya organlari bilan kelishib tayinlanadigan lavozimlar) deb atalgan tartib-qoida mavjud edi. Mas'ul lavozimlarga partiya a'zolari tayinianar edi. Shu bilan birga, sovet apparati, jamoat tashkilotlari rahbarlari partiya markaziy komiteti, viloyat, shahar va tuman komitetlari hay'atiga kiritilgan. Natijada sovet, kasaba uyushmalari, boshqa jamoat tashkilotlari partiya organlari bilan qo’shilib, bir bo’lib ketdi. Shu yo'1 bilan partiya organlari ularni o’ziga to’la bo’ysundirib oldi.
Sovet, jamoat tashkilotlarining partiya organlariga tobeligi ijodiy faoliyatning susayishiga, to’rachilik va qog’ozbozlikka olib keldi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizi-mi, partiya tashkilotlarining buyruq berib rahbarlik qilish usulining kuchayishi va mayda vasiyligi amalda jamoat tashkilotlari huquqlarini chekladi, bu tashkilotlar ommadan ajralib, mehnatkashlar oldida o’z obro'-e'ti-borlarini yo’qotdilar. O’zbekiston Kompartiyasi va uning quyi tizimlari, butun KPSSda bo’lganidek, jamiyatdagi to’rachilik ko’rinishlariga qarshilik ko’rsatmadi, ma'muriy-buyruqbozlik tizimiga payvasta bo’lib qo’-shilib ketdi. Partiya rahbarlik qilishning ma'muriy, zo’ravonlik usul-amallarini o’ziga qurol qilib oldi, siyosiy tashkilotga xos xususiyatlarini tobora yo’qotib bordi.
O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetidagi soha bo’limlarining aksari daviat boshqaruvi soha tizim-larini takrorlar edi. Mavjud ma'lumotlarga ko’ra, partiya plenumlarida ko’rilgan masalalarning 80 foizga yaqini xo’jalik sohasiga tegishli bo’lgan. Paxtachilik, chorvachi-lik, umuman, qishloq xo’jaligi, sanoat qurilishi va boshqa sohalarning vazifalari va rivojlanish istiqbollarini plenum qarorlari belgilab berardi. Bu qarorlar xo’jalik organlarining shu masalalar yuzasidan bergan buyruq va ko’rsatmalaridan kam farq qilardi. Partiya organlari xo’jalik muammolariga sho’ng’ib ketib, odamlar bilan ishlashga, siyosiy masalalarga, ijtimoiy va ma'naviy hayot sohalariga e'tiborni susaytirib qo’ydilar.
o’tgan yillarda respublikaning partiya, sovet organ-lari, jamoat tashkilotlari markaz nazorati ostida amalga oshirgan ishlar hayot talablariga javob berolmay qoldi. Ma'muriy-buyruqbozlik yo’li bilan bu siyosatni amalga oshirishga urinish natija bermadi. O’zbekiston iqtisodi-yotining rivojlanish sur'atlari tobora pasayib, respublika-da iqtisodiy va ijtimoiy tanglik kuchayib bordi.
Savol va topshiriqlar
1. Ma'muriy-buyruqbozlik sharoitida davlatni boshqarishda davlatning roli qanday edi?
2. Partiya rahbarlik rolining qonuniy yo’I bilan mustahkam-lanishi qanday oqibatlarga olib keldi?
3. Jamoat tashkilotlari huquqlarining cheklanishi nimalarda namoyon bo’ldi?
4. Kommunistik partiya bilan bugungi siyosiy partiyalar o’rtasidagi farqlarni ko’rsating.
50-§. AHOLINING o’SISHI VA MILLIY TARKIBIDAGI o’ZGARISHLAR
Ahol. sonmmg o’sish. Respublikamizda aholi va mehnat resurslari 1971-1985 yillarda yuksak sur'atlar bilan o’sib borgan. Aholining asosiy qismi qishloq joylarda yashagan. Ajdodlari qadim-dan yashab kelgan yerlarga bog’langanlik, ko’chib yurishga moyillikning yo’qligi respublika aholisiga xos xususiyat edi.
O’zbekiston aholisining umumiy soni o’sha yillari 11,7 mln kishidan 18,4 mln kishiga yetdi. Aholi sonining tez o’sishi natijasida O’zbekiston aholisining Ittifoq umumiy aholisi miqdoridagi salmog’i ham muntazam o’sib bordi. Aholining asosiy qismi O’zbeklardan iborat bo’lib, respublika aholisi tarkibida ularning salmoq'i 1970-yilgi 65,4 foizdan 1989-yilda 71,4 foizga yetdi.
Respublikada demografik vaziyat ancha murakkab-lashdi. Aholining tabiiy o’sishi tez sur'atlarda davom etdi. Respublikamiz bu ko’rsatkich bo’yicha Tojikistondan keyin Ittifoqda ikkinchi o’rinda turgan. Respub-likamiz aholisining tabiiy o’sishi Ittifoqdagiga nisbatan 3 baravardan ziyod bo’lgan. Mazkur yillarda respublikada ko’plab sanoatlashgan shaharlarning vujudga kelishi natijasida ham aholi soni ortdi.
Sovet hukumati amalga oshirgan milliy siyosat oqi-batida shahar aholisining ko’payishi O’zbekistondagi ijti-moiy-siyosiy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Farg’ona, Andijon, Toshkent viloyati shaharlarida aholi-ni uy-joy, bog’cha va ish bilan ta'minlash masalasi qiyinlashdi.
Respublika shahar aholisining umumiy soni ko’pa-yishda davom etdi. Masalan, 1970-yili respublika shahar aholisi 36,6 foizni tashkil etgan bo’lsa, 1986-yilga kelib 40,5 foizga yetdi.
O’zbekistonda aholining nisbatan tez sur'atlarda o’sishi birinchi navbatda tug’ilish darajasiga bog’liq. Respublikaning 60 foizga yaqin aholisi istiqomat qiluvchi qisVVoq joylarda tug’ilish nisbatan yuqori bo’ldi. Qish-
345
loqda tug’ilishning ko’payishiga ijobiy ta'sir qilgan omil-lardan biri ko’p bolalilik an'anasining saqlanib qolgani edi.
O’zbekistondagi qulay demografik vaziyat ham tug’ilishning ortishiga ijobiy ta'sir qildi. Bunday qulaylik respublika aholisi tarkibida ayol va erkaklar soni nisba-tining tengligi, nikohga kirish darajasining yuqoriligi, nikohdan chiqish va ajralish hollarining kamligi bilan izohlanadi.
Shunday qilib, uzoq yillar Ittifoq markazi hukmron-ligi va tazyiqi ostida yashab kelgan respublikamiz aholisining o’sishi va milliy tarkibida juda katta o’zga-rishlar sodir bo’ldi. Bu o’zgarishlar nafaqat sobiq sovet respublikalarining, balki Osiyo va Yevropa mamlakatla-ridagi millat va elatlar vakillari hisobiga ham boyidi.
Aholi milliy o’zgarishlar tarkibidagi. O’rta Osiyoning boshqa respublikalaridagi singari, O’zbekistonda ham asrlar mobaynida shakllangan va mintaqaning tub yerli millat-lari vakillaridan iborat bo’lgan aholining ko’p millatli tarkibi keyingi salkam 150 yilda, jumladan, 70-yillar va 80-yillar o’rtalarigacha bolgan davrda mahalliy bo’lma-gan ko’pgina millat va elatlarning vakillari hisobiga yanada kengayib bordi.
Bu yerda mahalliy aholi — O’zbek, qoraqalpoq, turk-man, tojik, qozoq va qirg’izlarga keyingi davrlarda boshqa mintaqalardan ko’plab ko’chib kelgan ruslar, tatarlar, ukrainlar, koreyslar va boshqa millat vakillari qo’shildi.
O’zbekistonda 127 millat, elat va etnik guruhlar vakillari istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismi O’zbeklardan iborat bo’lib, ularning aholi umumiy sonidagi salmog’i muttasil ortib bordi. Ruslar aholi soni bo’yicha ikkinchi o’rinni egallab, 1970-yilgi 12,5 foizdan 1979-yilda 10,8 foizga tushdi. Tojiklar soni muttasil ko’payib bordi. Qozoqlar soni umumiy aholining 4 foizi-ni tashkil qildi.
O’zbekistonda 80-yillarning o’rtalariga kelib shahar-lar soni 123 taga yetdi. Ularning uchdan ikki qismi respublika yer osti boyliklarini ishga solish va yangi yerlarni o’zlashtirish tufayli vujudga keldi. Ularning aksari-yatiga mahalliy bo’lmagan millatlar vakillari kelib joy-lashdilar. Buxoro viloyatining Zarafshon (1972-yilda tashkil topgan), Uchquduq (1978-yil), Sirdaryo viloya-tining SVVrin (1972-yil), Jizzax viloyatining Paxtakor (1977-yil) shaharlari shular jumlasidandir. Birmuncha ilgari vujudga kelgan va sanoati rivojlangan Navoiy, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Yangiyo'1 va boshqa shaharlar aholisi tarkibida ham rus, ukrain, tatar va boshqa millat vakillarining salmog’i yuqori bo’ldi. Ularning asosiy qismi kimyo sanoati, mashinasozlik va qurilish, neftni qayta ishlash, oltin va boshqa qimmatba-ho metallarni ishlab chiqarish korxonalarida ishga joy-lashdilar. Yirik sanoat korxonalarida O’zbeklar soni nihoyatda kamayib ketdi. Jumladan, mashinasozlik korxonalarida ularning salmog’i 30 foizga ham yetmas edi.
Aholining hududiy joylanishi xususiyatlari.70—80-yillar o’rtalarigacha bo’lgan davrda O’zbekiston tabiiy o’sish hamda ittifoqning boshqa mintaqalaridan turli sabablarga ko’ra ko’chib kelganlar hisobiga ko’payib bordi. Shu bilan birga uning joylashishida ham qator o’zgarishlar sodir bo’ldi va muammolar kelib chiqdi.
Aholining zich yashashi bilan bog’liq muammo ayniqsa murakkab bo’ldi. Aholining o’rtacha zichligi jihatidan O’zbekiston Ittifoqda boshqa respublikalardan ancha oldinda turardi. 80-yillar o’rtalarida O’zbekiston-da aholining zichligi ittifoqdagi o’rtacha darajadan 3,3 baravardan ham ortiq edi. O’zbekistonda aholi zichligi o’rta Osiyoning boshqa respublikalariga nisbatan ham ancha yuqori bo’ldi.
o’ziga xos tabiiy shart-sharoitlarga ega bo’lgan o’z-bekistonda aholining asosan vohalarda yashashi ko’zga tashlanadi. Aholi zichligi Farg’ona viloyati, Andijon va ToshJcent viloyatlarida ayniqsa yuqori bo’lgan. Masalan, 1985-yil 1-yanvarigacha bo’lgan ma'lumotga ko’ra, 1 km2 maydonga Andijon viloyatida 370 kishi to’g’ri kelsa, Qoraqalpog’istonda va Navoiy viloyatida har bir kv.km maydonga o’rtacha 5—6 kishi to’g’ri kelgan.
O’zbeklar salmog’i Xorazm, Farg’ona, Andijon, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 80 foizdan ortiqni tashkil etgan bo’lsa, Qoraqalpog’istonda, Tosh-kent shahri va viloyatida ularning hissasi ancha past darajada edi.
Savol va topshiriqlar
1. Aholi sonining ortishiga qaysi omillar ko’proq ta'sir ko’rsatgan?
2. O’zbekistonda tug'ilish darajasining yuqoriligiga sabab nima?
3. Respublikada asosiy millat — O’zbeklardan tashqari yana qanday millat vakillari istiqomat qiladi? Aholi qaysi hududlarda va nima sababdan zich joylashgan?
4. Demografiya fani haqidagi bilimlaringizni o’zaro tekshirib ko’ring.
51-§. SANOAT SOHASIDAGI ZIDDIYATLAR
Yangi sanoat korxonalarining barpo etilishi. 70-yillarga kelganda respub-likada ijtimoiy rivojlanish muammolari ularning hal qi-linishidan ko’ra tezroq ko’payib, keskinlashib bordi. Boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik usullari va iqti-sodiyotni qattiq rejalashtirish prinsipi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu hol sanoatni rivojlantirishni ham qiyin ahvolga solib qo’ydi. Iqtisodiyotga davlat tomonidan juda katta hajmda kapital mablaq'lar ajratil-di. Ularning asosiy qismi katta-katta qurilishlarga taqsimlab berildiki, bunda milliy respublikaning man-faatlari inobatga olinmadi.
Yangi sanoat korxonalarining barpo etilishi muno-sabati bilan yangi texnika, ishchi kuchi, malakali muta-xassislar jalb etildi. Biroq bu bilan respublika sanoatida-gi vaziyat o’zgarishsiz qolaverdi. Buning asosiy sabab-laridan biri mazkur korxonalarning respublika manfaat-larini ko’zlamasdan qurilganligida, yangi texnologiyalar, fan va texnika yutuqlaridan yetarlicha foydalanilmagani-da edi. Oqibatda sanoatning barcha sohalarida turg’unlik holati ro’y berdi.
70—80-yillar respublikamizda ishlab turgan sanoat korxonalari, ularning filiallari va sexlarida o’rnatilgan dastgoh va asbob-uskunalarning 60 foizdan ko’prog’i eskirib, ishga yaroqsiz holga kelib qolgan edi. Shu bilan birga, yangi texnologik asbob-uskunalar yetarli bo’lma-ganidan, ishning 50 foizi qo’lda bajarilardi. Ko’pgina korxonalarda, jumladan, Toshkent to’qimachilik kombi-nati, kimyo sanoati korxonalarining bir nechtasida 40-yillarda, ipakchilik korxonalarida esa 50-yillarda o’rnatilgan dastgohlardan foydalanilardi. Ana shunday sharoitda ish unumi va samaradorligini oshirish maqsa-dida yangi-yangi sanoat korxonalari qurilishiga ko’proq ahamiyat berildi.
Sanoat mahsulotining (1970—1985-yillar) umumiy hajmi O’zbekistonda 241 foizga o’sgan bo’lsa, uning yetakchi tarmoqlari — mashinasozlik va kimyo sanoati asosan paxtachilik uchun mashinalar, kimyoviy o’g’it va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish bilangina cheklandi. 1985-yilga kelganda respublikada 1500 dan ortiq ishlab chiqarish, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, kombi-natlari va korxonalari bor edi.
Yangi qurilgan sanoat korxonalarining ishlashi uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, neft mahsulotlari, yog’och-taxta va boshqa materiallar asosan Rossiyadan keltirilar edi. Xuddi shuningdek, o’zbe-kistondan ham boshqa milliy respublikalar — Ukraina, Belorussiya, Boltiqbo’yi respublikalariga paxta, ipak, teri, jun kabi qishloq xo’jalik xom ashyolari, yarim fab-rikatlar va boshqa mahsulotlar yuborilardi. Markazning bunday siyosati milliy respublikalar, shu jumladan, O’zbekiston sanoatining boshqa joylarda tayyorianadigan butlovchi detallar va boshqa materiallarga muhtojligi va muteligini oshirdi.
Shu yillar o’rta Osiyoda mashinasozlik mahsulotlari-ning uchdan ikki qismini beradigan O’zbekiston mashinasozlik sanoatida biroz siljishlar bo’lgan. Naman-gan, Sirdaryo, Buxoro viloyatlarida ham mashinasozlik korxonalari qad ko’tardi. Toshkent va Samarqanddagi mashinasozlik korxonalari mahsulot ishlab chiqarishni 1970—1985-yillarda 370 foizga oshirdi. Ayni vaqtda sanoat ishlab chiqarisbida mashinasozlikning salmog’i biroz ortdi. Uning tarkibida yirik zavodlar ishlab turishi-ga qaramasdan, murakkab ro’zg’or texnikasi, yo'l quri-lishi mashinalari, plastmassa buyumlar, savdo-sotiq va maishiy xizmat sohasi uchun zarur asbob-uskunalar deyarli ishlab chiqarilmasdi.
Kimyo sanoati umumittifoq mehnat taqsimotida O’rta Osiyo respublikalarida, jumladan, O’zbekistonda yetakchi tarmoq hisoblanar edi. Bu tarmoq mineral o’g’itlar, o’simliklarni himoya qilish kimyoviy modda-lari, sun'iy ammiak, kir yuvish vositalari va boshqa turli mahsulotlar ishlab chiqarardi. 70—80-yillarda uni rivoj-lantirishga juda katta e'tibor berildi. Yangi korxonalar, jumladan, Yangi Qo’qon kimyo zavodi, Chirchiq, Far-g’ona, Samarqand, Olmaliq, Navoiy kimyo korxonalari qurib ishga tushirilishi natijasida mahsulot hajmi 1985-yilda 1970-yildagiga nisbatan 367 foizga oshdi. Ular ish-lab chiqargan nitron, atsetat, kaprolaktam mahsulotlari boshqa respublikalarga chiqarishga mo’ljallangan edi. 1985-yilga kelib respublikada kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 20 ta sanoat korxonasi faoliyat ko’rsata boshladi. Ular ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhit va inson salomatligi uchun o’ta zaharli chiqindilar chiqarib, ekologik vaziyatni yanada murakkablashtirdilar.
O’zbekiston yuqori sifatli oltindan tashqari mis, qo’rg’oshin, rux, volfram, uran, tabiiy gaz, toshko’mir va boshqa xom ashyo mahsulotlari yetkazib berib, Ittifoq xazinasini boyitib keldi. Respublikaning Chotqol, Qura-ma, Nurota tog’lari, Qizilqum sahrosi bag’rida joylash-gan Marjonbuloq, Qalmoqqir, Uchquduq, Zarafshon, Muruntov oltin konlarining dovrug’i butun dunyoga mashhur.
80-yillarning o’rtalariga kelib O’zbekistonda Ittifoq tasarrufidagi korxonalar jami korxonalarning 31 foizini tashkil etgan bo’lsa, 61 foizi Ittifoq-respublika vazirlik va idoralariga, faqat 8 foizi bevosita respublika va mahalliy sanoat boshqarmalariga tegishli edi. Jumladan, rangli metall korxonalari Markaz qaramog’ida bo’lib, ko’proq xom ashyo qazib olish, dastlabki ishlov berish, yarim tayyor buyumlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanardi. Bu korxonalarning mahsuloti respublikadan tashqariga olib ketilardi.
Ma'muriy-buyruqbozlik usullari hukmronlik qilgan bu davrda yuzlab korxonalar qurilganiga qaramasdan, tayyor mahsulot ishlab chiqarilmasligi oqibatida respub-lika boshqa mintaqalarga qaram bo’lib qolaverdi.
Sanoatning bir tomonlama rivojlantirilishi. O’ta markazlashtirilgan ma'muriy-buyruqbozlik, yakka- hokimlik tizimi hukmronlik qilgan 70-yillarda ham Ittifoq markazida belgilangan reja va qarorlarda O’zbekiston-ning chinakam manfaatlari, o’ziga xos sharoiti va imkoniyatlari hisobga olinmadi. Iqtisodiyotning asosiy rivojlanish yo’llari yuqoridan belgilab berildi. o’zbe-kiston respublikasining huquqlari iqtisodiy siyosatni bel-gilashda ham cheklangan edi. Sanoatning rivojlanish sur'atlari pasayib ketdi. Ishlab chiqarishning umumiy hajmida yengil sanoat ulushi 1970-yilgi 40,7%dan 1986-yilda 38,4%ga, oziq-ovqat sanoati ulushi 41,6%dan 13,5%ga tushib ketdi. Bu davrda iqtisodiyotni rivojlan-tirishda xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan va chetga yuboradigan, nisbatan oz mehnat talab qiladigan xom ashyo tarmoqlarini birinchi navbat-da rivojlantirish ko’zda tutildi. Respublikadagi sanoat korxonalarining asosiy qismi tashib ketishga yo’naltiril-gan mahsulotlarni isbJab chiqarishga moslashtirildi.
O’sha yillarda O’zbekistonda bir qancha ip gazlama va shoyi gazlama, turli trikotaj buyumlar ishlab chiqara-digan yirik korxonalar qurildi. Buxoro ip gazlama kom-binati, Toshkent «Qizil tong» tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasi, Marg’ilon «Atlas» firmasi shular jumlasidan.
Urganch, Namangan, Shahrisabz, Uychi, Guliston, Qo’rg’ontepa va boshqa shaharlarda shoyi to’qish fab-rikalari, Quvasoyda chinni zavodi, Xivada gilam kombi-nati ishga tushirildi.
1976—1980-yillarda respublikada jami 23 ta yengil sanoat korxonasi qurildi. Biroq ularni joylashtirish puxta rejalashtirilmasdan amalga oshirildi. Masalan, 80-yillar boshida bu tarmoq mahsuloti hajmining 60%ini ishlab chiqarish Toshkent va Samarqand shaharlariga, 27%i Andijon, Buxoro, Namangan, Qo’qon shaharlariga to’g’ri kelgan bo’lsa, Jizzax va Termiz shaharlarida birorta ham tikuvchilik korxonasi yo’q edi.
Qoraqalpog’iston, Xorazm, Surxondaryo, Qashqa-daryo va Jizzax viloyatlarida ish bilan ta'minlanmagan anchagina aholi mavjud edi. Shu bilan birga, keng xalq iste'mol mollarini ishlab chiqarish aholi jon boshiga o’rtacha respublika darajasidan 2 baravar kam edi. Shun-ga qaramay bu joylarda filial va sexlar juda kam qurildi.
70-yillarning boshlarida O’zbekistonda tayyorlangan mahsulotlar bilan aholining eng zarur mollar (kiyim-kechak, trikotaj, poyafzal) ga bo’lgan ehtiyoji yarmiga qondirilgan bo’lsa, 80-yillar o’rtalarigacha bo’lgan davr-da bu sohada sezilarli o’zgarish bo’lmadi. Bu davrga kelib kiyim-kechaklarga bo’lgan aholi ehtiyojining chorak qismi, trikotaj va ip gazlamalarga ehtiyojning uchdan biri, poyafzalga bo’lgan ehtiyojning deyarli yarmi chetdan keltirish hisobiga qondirilardi.
Respublika yengil va mahalliy sanoatining bunday ahvolga tushishiga yetishtirilgan xom ashyoning asosiy qismi Ittifoq markaziy rayonlariga olib ketilishi sabab bo’ldi. O’zbekiston faqat o’z xom ashyosi hisobiga aholi talabini to’la qondirishi mumkin edi. Biroq yengil sano-atning muhim tarmog’i bo’lgan to’qimachilik imkoni-yatlaridan yetarli foydalanilmay, orqada qolib keldi. Sanoatda tayyor mahsulotning ulushi atigi 50%ni tashkil etardi. Qishloq xo’jalik mahsulotining 80%dan oshig"i, jumladan, paxtaning 91%i mutlaqo ishlanmasdan respublikadan tashib ketilardi. Korxonalarning ko’pchili-gi mahsulotni respublika ichki bozori uchun emas, balki tashib ketish uchun takror ishlab chiqarardi. Respub-likadan olib ketilgan mahsulotning uchdan ikki qismi xom ashyo, materiallar va chala tayyor mahsulotlar ekanining o’zi ham ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishida-gi chuqur nomutanosiblikdan darak beradi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib, sanoatimiz bir yoqla-ma, asosan paxtachilik bilan bog’liq tarzda rivojlangani, xom ashyo yetishtiradigan holga tushib qolgani, yaxlit rivojlanish yo’liga, aholi ehtiyojlarini qondirishga o’t-kazilmagani, sanoat, fan-texnika imkoniyatlarining kat-ta qismi to’g’ridan-to’g’ri keraksiz qurilish va mudofaa maqsadlariga yo’naltirilganini qayd etishga to’g’ri keladi.
Sanoat korxonalari, ularning mahsuloti son jihatdan o’sganiga qaramay, 70-yillarning boshidan e'tiboran respublika industriyasining rivojlanisbida tanglik holati zo’rayib bordi. Bu sanoat ishlab chiqarish hajmi, mehnat unumdorligi o’sish sur'atlarining pasaygani, mahsulot sifatining yomonlashgani va boshqa muhim iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan ifodalandi. Urushdan keyingi dast-labki yillarda sanoat yalpi mahsulotining o’rtacha yillik o’sish sur'atlari 10—15%ni tashkil qilgan bo’lsa, keyingi besh yilliklarda 5—7% darajasida turib qoldi.Mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar kutilgan natijani bermadi. Mehnat unumdorli-gining o’sishi 1976— 1980-yillarda 2,2%dan oshmadi, 1981-1985-yillarda esa l,3%ga tushib ketdi.
Buyruq bilan zo’ravonlik qilish, irodani bo’g’ib qo’yish sharoitlarida industriyadagi jamoat mulki amalda egasiz qoldi. Ishchilar ishlab chiqarish vositalaridan be-gonalashtirildilar. Bu misli ko’rilmagan xo’jasizlikka, mehnat va ijtimoiy hayotdagi faollikning pasayib ketishi-ga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |