Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan



Download 1,75 Mb.
bet27/32
Sana16.12.2019
Hajmi1,75 Mb.
#30517
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza m


Savol va topshiriqlar

1. Ijtimoiy sohadagi muammolar nimalardan iborat edi?

2. Aholi turmush darajasi ko’rsatkichlarini ta'riflab bering.

3. Respublikada sog'liqni saqlash ishlari qanday ahvolda edi?

4. Aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish markazlari nega faqat shaharlarda qurildi?

57-§. MA'NAVIY-MADANIY HAYOT muammolari

Sovet hukumatining madaniy siyosati milliy madaniyatni cheklashga yo’naltirilgan edi. Madaniy hayotda, ijodiy ishlarda partiyaviylik, siniiylik prinsiplari hukm surardi. o’z milliyligi, o’zligidan ayrilgan madaniyatdan xalq beza boshladi. Millatning mavjudligi uning milliy

380

madaniyatida ekanligi ma'lum. Milliylikning yo’qolib borishi jamiyat a'zolaridan ko’pchiligida m&daniyatga befarqlik, e'tiborsizlik kabi illatlarai yuzaga keltira bosh-ladi. Bu juda katta yo’qotish edi.



Mustabid tuzum tazyiqi ostida yurgizilgan bunday siyosat faqat O’zbek xalqigagina emas, barcha millat va ellatlarga taaluqli edi. Barcha xalqlar uchun «sovet madaniyati» deb nomlangan umumiy madaniyat tarkib toptirildi. Milliy tillarga nisbatan ham xuddi shunday munosabatda bo’lindi. Rus tili millatlararo aloqa tili deb e'lon qilindi, milliy respublikalarda, shuningdek, O’zbekistonda milliy tildan ustun qo’yildi.

Milliy til ijtimoiy hayotning barcha sohalaridan siqib chiqarila boshlandi. Respublika, viloyat, tuman idorala-rida ish yuritish rus tilida olib borildi, majlislar ham shu tilda o’tkazildi. O’zbek tilida so’zlashuvchi aholi (aholining 71,4 foizi) respublikamizdagi vazirlik va ido-ralarga ona tilida xatlar, arizalar, shikoyatlar bilan muro-jaat qila olmas edi. Ish yuritishda ham O’zbek tilidan foydalanish anchagina cheklanib qoldi. Mehmonxona, kassa, bank, tibbiyot aloqa tashkilotlarida O’zbek tilida ish yuritilmay qo’ydi. Yil sayin milliy tillarda chiqayot-gan adabiyot salmog’i, sifati, soni markazlashgan davlat-ning bir yoqlama talqini bilan rus tilida chop etilayotgan adabiyotga qaraganda kamayib boraverdi. Respubli-kadagi ilmiy adabiyotlarning 80 foizdan ko’prog’i rus tilida chop etildi. Bunday hol ijodiy, ilmiy-texnik ziyo-lilarni ilmiy jihatdan yetuk asariarini ona tilida emas, rus tilida yozishga majbur qildi.

Jamiyatimiz hayotida O’zbek tilining mavqeyi va ta'sir doirasi kengayish o’rniga, yil sayin torayib bordi.

Bu yillarda O’zbek tilida chop etiladigan ilmiy kitob-larning soni kamayib ketdi. Jumladan, 1960-yilda O’zbek tilida 1060 nomda kitoblar chop etilgan bo’lsa, 1987-yilda esa 936 nomda kitob bosilib chiqdi. Respublikada, 1980-yilda chop etilgan 83 nomdagi jurnallarning 48 tasi rus tilida edi.

Respublika, shahar, viloyat va tuman kutubxonalari va kitob do’konlarida O’zbek tilidagi ilmiy va badiiy adabiyotlarning soni juda kam edi. Masalan, 1987-yilda

381


1980-yildagiga qaraganda O’zbek tilida badiiy asarlar chop etilishi 900 ming nusxaga kamayib ketdi. o’zbe-kistonda yashayotgan har bir O’zbek kitobxoniga o’rtacha olganda 0,7 tadan badiiy asar to’g’ri kelardi. Bu O’zbek xalqining ma'naviy qashshoqlanishi omillaridan biri bo’ldi.

Shunday qilib, O’zbek tilidagi kitoblarni, ayniqsa, milliy adabiyotni keng targ’ib qilish mumkin bo’lmadi. Tarjima masalalarida ham ijtimoiy adolatsizlikka yo'1 qo’yildi. Adabiy-badiiy jihatdan yetuk bo’lmagan bo’sh asarlar ko’proq markaziy nashriyotlarda chop etildi, shu tufayli milliy adabiyotimizga aynan o’shanday asarlar nuqtai nazaridan baho berildi. Bularning bari millat-lararo munosabatlarga, milliy madaniyatlarning o’zaro aloqasiga ta'sir ko’rsatdi.

Sovet hukumati madaniyat sohasiga sarf-xarajatlarni belgilashda davlat byudjetini avvalo xalq xo’jaligi va boshqa tarmoqlarga bo’lib, qolgan mablag’ni bu sohaga ajratar edi. Shuning uchun bu holat qoldiq prinsipi deb nom oldi.

«Qoldiq» prinsipi .Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi yillarida ijtimoiy-madaniy sohada, uni mablag’ bilan ta'minlashda «qoldiq» prinsipi ustivorlik qildi. Xususan, agar O’zbekistonda oldingi yil-larda ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish uchun umu-miy davlat byudjetidan 67 foiz mablag’ sarflangan bo’lsa, keyinchalik bu raqam doimiy ravishda kamayib borgani-ni kuzatish mumkin. Chunonchi, mazkur ko’rsatkich 1976-yilda 49,6 foizni, 1986-yilda esa 26,1 foizni tashkil etdi, xolos.

Bularning barisi, hech shubhasiz, ijtimoiy-madaniy sohani mablag’ bilan ta'minlashning «qoldiq» prinsipi oqibatidir. «Qoldiq» prinsipining o’ziga yarasha sabab-lari bor edi. Bunday sabablarning eng asosiysi siyosiy maqsadlar asosida vujudga kelgan bo’lib, u sobiq Ittifoqqa kirgan millat, xalqlarning milliy o’zligini anglash jarayonini pasaytirish va pirovard natijada uni yo’qotishga qaratilgandi. Markaz rahbarlari madaniyat va milliy o’zlikni anglash jarayonining uyg’unligini yaxshi bilganliklari uchun ham qadimiy boy madaniyatga, qadriyatlarga ega O’zbekistonning ijtimoiy-madaniy sohasiga mablag’larni yildan-yilga kamaytiraverdi. Bu madaniyat maskanlari, madaniyat-san'at obidalari so-nining kamayishi, buzilishi, ta'mirtalab yodgorliklar hajmining tobora oshib borishiga sabab bo’ldi.



Umumta’lim maktablari . Jamiyatning taraqqiy etishi,madaniyatmng o sishida ta’lim va tarbiya nihoyatda katta o’rin tutadi. Ta'lim inson-ning ma'naviy barkamol o’sishiga, qobiliyatining yuza-ga chiqishiga yordam beradi. Ilmiy-texnik, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim masalalarini hal etish aholining bilim darajasi bilan belgilanadi.

70-yillarga kelib respublikamizda ijtimoiy sohada ro’y bergan kamchilik va muammolar ta'limga ham o’z ta'sirini o’tkazdi. Shunday bo’lsa-da, bu borada katta qadam tashlandi. O’zbekiston yalpi savodxonlar respub-likasiga aylandi. Umumta'lim maktablarida o’quvchilar soni va shunga yarasha maktablar soni ham yildan-yilga ortib bordi, ularning soni 1985-yilga kelib 7000 dan ortiqni tashkil etdi.

Jamiyatdagi turg’unlik holatlari, ijtimoiy turmush sharoitining yomonlashuvi, iqtisodiyotdagi qiyinchiliklar, ma'naviy va madaniy soha muammolari maorif tizimiga ham jiddiy ta'sir o’tkazdi. Umumta'lim maktablarining ahvoli yomonlashdi. Ayniqsa, 70-yillarda va 80-yillar-ning boshlarida respublikamiz turmushining boshqa so-halarida bo’lgani kabi, xalq maorifi ishiga ham dab-dababozlik, haqiqatni bo’yab ko’rsatish hollari salbiy ta'sir qildi. Yaqin o’tmishda keng yoyilgan ijtimoiy adolat prinsiplarining buzilishi, dinimiz, milliy g’ururi-mizning kamsitilishi yosh avlod tarbiyasiga ma'naviy zarar yetkazdi. Ularning aksariyat qismida mudroqlik, hafsalasizlik, loqaydlik kayfiyatlari ko’proq kuzatildi.Yoshlarning zamonaviy texnologiyani yetarli o’zlash-tirib olmaganliklari sanoat, qishloq xo’jaligi, fan va madaniyatni yanada taraqqiy ettirishga xalaqit berardi. Bunga asosiy sabab maorifning keng tarmoqli tizimi vujudga keltirilmaganligi, o’qish-o’qitishda sifat o’zgarishining ro’y bermaganligida edi. Masalan, 1980—81-o’quv yilida respublikamizda mavjud 7000 dan ortiq umumta'lim maktablarining 60 foizi nobop binolarda joylashgan, 700 tasi avariya holatida edi. Ayniqsa, qishloq maktablarida ahvol og’ir bo’ldi. Ularning 75 foizga yaqini vodoprovod va kanalizatsiyaga, yarmidan ko’prog’i markaziy isitish moslamalariga, oshxona va sport zallariga ega emas edi. Joy tanqisligi sababli 5800 ta maktabda o’qish ikki smenada olib borilardi. Madaniy-ma'rifiy soha uchun resurslarni taqsimlash qoldiq prinsipida amalga oshirilganligidan maktablar uchun bino yetishmasdi. Ular jihozlar, yangi asbob-uskunalar bilan sust ta'minlangan edi. Bu soha uzoq yil-lar davomida diqqat-e'tibordan chetda qolib keldi, ha-yotimizning eng ortda qolgan sohalaridan biriga aylandi.

Respublikamiz xalq ta'limi oldida turgan asosiy ta'lim-tarbiya ishlari ko’p tomondan o’qituvchi kadrlar sifatiga bog’liq edi. 80-yillarning o’rtalariga kelganda shaharlardagi kunduzgi umumta'lim maktablaridagi o’qituvchilarning 80 foizga yaqini oliy ma'lumotli edi. Qishloqlarda ahvol birmuncha yomonroq bo’ldi, ularda ma'lumotli pedagoglar yetishmas edi. Pedagoglar yetish-masligidan bir soha o’qituvchisi boshqa fandan ham dars berishga majbur edi. Bunday hol o’quvchilar bilimlari sifatiga salbiy ta'sir o’tkazdi. o’quvchilarning 3—4 oylab qishloq xo’jalik ishlariga jalb etilishi ta'lim saviyasining pasayib ketishiga, bilimlarning sifati qoniqarsiz ahvolga tushib qolishiga olib keldi.

o’sha yillarda sovetlarning maorif sohasida amalga oshirgan siyosati bu sohada tanglik holatini kuchaytirdi. Respublikaning umumta'lim maktablarida yoshlarning g’oyaviy, axloqiy tarbiyasi sinfiylik, partiyaviylik prin-siplari ustuvorligi asosida olib borildi. Maktablarda o’rganiladigan fanlar, ayniqsa, gumanitar fanlar o’ta siyosatlashtirilgan, mafkuralashtirilgan edi. Bu hol yosh-larning dunyoqarashini cheklab qo’ydi. Yoshlarni tar-biyalash jarayonida umuminsoniy va milliy madaniy-ma'naviy qadriyatlarga ahamiyat berilmadi. O’zbekiston tarixi mustaqil fan sifatida maktablarda o’qitilmadi. Iq-

tidorli yoshlarni tarbiyalashga e'tibor berilmadi, iste'-dodli yoshlar moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlanma-di. Ularni chet ellarda o’qitish, jahon taraqqiyoti yo’Ua-rini, tajribalarini o’rganish tashkil qilinmadi. Bularning barchasi respublika maorifining rivojlanishiga to’g’anoq bo’ldi.



Adabiyot va san at.Mustabid tuzumning oxirgi o’n yilligi davrida o’bek adabiyoti har qanday siyosiy-ijtimoiy «qoliplar» ichida turib bo’lsa-da, rivoj topdi, qator sermazmun asarlar vujudga keldi. Ayni paytda iste'dodli ustoz adiblar qatoriga o’nlab yangi, insyonkor ijodkorlarni olib kirdi. Ular adabiyot taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdilar.O’sha yillarda O’zbekistonda adabiyotning tarixiy mavzusi ancha boyidi. Jumladan, Nazir Safarovning «Navro'z», Hamid G’ulomning «Mangulik», «Mash-rab», Mirmuhsinning «Me'mor», «Temur Malik», «Movarounnahr», Odil Yoqubovning «Ulug’bek xazi-nasi», «Ko’hna dunyo», Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Avlodlar dovoni» kabi romanlari O’zbek adabiyotida tarixiy mavzuni yoritdi. Bular orasida ayniqsa, Pirimqul Qodirov tarixiy romanchilikni ustoz Oybekdan keyin yangi pog’onaga ko’tardi. O’zbek adabiyoti 80-yillarda ham ancha qalamkash iste'dodlarni yetishtirib berdi. o’lmas Umarbekov, Xudoyberdi To’xtaboyev, o’ktam Usmonov, o’tkir Hoshimov, Uchqun Nazarov, Shukur Xolmirzayev, Ne'mat Aminov, Temur Po’latov, Omon Muxtor, Farhod Musajonov singari ijodkorlar o’z asarlarida insondagi ma'naviy-axloqiy fazilatlarni ardoqlashga, ular o’rtasida-gi mehr-oqibat va sadoqatni ehtiyot qilishga, o’zaro bir-biriga muruvvatli bo’lishga, shafqatli bo’Hshga chorlab keldilar.

70—80-yillar she'riyatida ham inson va jamiyat muammosi bosh mavzu bo’lib qoldi. She'riyatda tabiat haqida, paxta va paxtakor haqida falsafiy mushohadalar o’rtaga qo’yildi. Katta avlod shoirlari — Uyg’un, Mirtemir, Sobir Abdulla, Habibiy, G’ayratiy, Charxiy, Zulfiya, o’rta avlod shoirlari — Mamarasul Boboyev, Asqad Muxtor, Hamid G’ulom, Shuhrat, Turob To’la,Shukrullo, Ramz Bobojon, o’tkir Rashid va birmuncha yosh iste'dodli shoirlar — Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol, Jumaniyoz Jabborov, Omon Matjon, Rauf Parfi, Azim Suyun, Usmon Azimov, Halima Xudoyberdiyeva va boshqalar she'riyatining mazmuni va ma'nosi nihoyatda keng va chuqurdir. Ular yaratgan asarlar O’zbek she'riyati xazinasidan munosib o’rin egalladi.

Mustabid tuzum va u tufayli jamiyatda sodir bo’lgan salbiy holatlar O’zbek adabiyotiga ham ta'sirini o’tkazdi. Adabiyot vakillari kommunistlarning keng xalq ommasi ongiga kommunistik mafkura g’oyalarini singdirish, ularni kommunistik ruhda tarbiyalash kabi ijtimoiy buyurtmalarini bajarishga majbur edilar. Yaratilgan asar-larning aksariyati zamonni maqtash, olqishlarga bag’ish-landi. Ularda hayotiy voqealarni talqin qilishga par-tiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan turib yondashildi. Jamiyat hayotiga ana shunday yondashish turli illatlarni va saviyasi past asarlarni adabiyotga olib kirdi.

Zo’ravonlik, tazyiq va tanqidlar tufayli jamiyatni to’lqinlantirib kelayotgan ko’pgina ijtimoiy muammolar asarlarda o’z ifodasini topmadi. Shunga qaramasdan, oz bo’lsa-da, O’zbek adabiyotida milliy ruh singdirilgan yaxshi asarlar dunyoga keldi.

Adiblar teatr va musiqa arboblari bilan hamkorlikda samarali ish olib bordilar. O’zbek sahnasida ko’p yillar davomida S.Eshonto'rayeva, FNosirova, L.Sarimsoqova, Olim Xo’jayev, Razzoq Hamroyev, Sh. Bur-honov, M. Turg’unboyeva, G.Izmaylova, B.Qoriyeva, N.Rahimov, G’.A'zamov, S.Xo’jayev, Z.Muham-madjonov, FLUmarov va boshqa iste'dodli san'atkorlar samarali xizmat qildilar. Bu davrda opera va balet san'ati rivoj topdi. A.Navoiy nomidagi Katta Akademik opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi O’zbek musiqali drama va komediya teatri, M. Gorkiy nomidagi rus dra-matik teatri, Y. Oxunboboyev nomidagi respublika yosh tomoshabinlar teatri, Qo’g’irchoq teatri yangi tomo-shalarni namoyish qildilar.Hamza nomidagi O’zbek davlat Akademik drama teatri jahon xalqlari asarlarini tomoshabinga mohirlik bilan yetkazdi. Sahnada Sofoklning «Shoh Edip», Shekspirning «Qirol Lir», «Yuliy Sezar», Shillerning «Mariya Styuart» kabi sahna asarlari yuksak mahorat bilan ijro etildi. Shu bilan birga, O’zbek adiblarining bir qancha asarlari, jumladan, Uyg’un va Izzat Sultonning «Navoiy», Shayxzodaning «Mirzo Ulug’bek», Uyg’un-ning «Abu Rayhon Beruniy», o’lmas Umarbekovning «Qiyomat qarz», Said Ahmadning «Kelinlar qo'zg’oloni» kabi spektakllari ham sahna san'atini boyitdi. Respub-likada boshqa teatrlar ham bu davrda yangi-yangi sahna asarlarini yaratdilar.

O’zbekistonda musiqa san'ati bu davrda rivoj topdi. Yangi musiqiy jamoalar — «Lazgi», «Shodlik», «Go’zal», «Bahor» xalq raqs, «Yalla» vokal-cholg’u ansambllari M. Ashrafiy, M. Burhonov, M. Leviyev, T. Sodiqov, I. Akbarov, S. Boboyev, D. Zokirov, U. Musayev kabi kompozitorlar bilan hamkorlikda yaratilgan yangi kon-sertlari bilan tanildilar.

70—80-yillar o’rtalarida O’zbek kinochilari ham ko’p-lab yangi kino asarlarini yaratdilar. Iste'dodli kinochilar ijodiy guruhi: K. Yormatov, M. Qayumov, Sh. Abbosov,, Y. A'zamov, A. Hamrayev, E. Eshmuhamedov kabi san'atkorlar barakali ijod qildilar. San'atning boshqa sohalarida ham birmuncha yutuqlarga erishildi.

Shunday qilib, O’zbekiston san'ati umuman rivoj-lanib bordi. Biroq adabiyot singari san'at ham hukmron mustabid tuzum mafkurasi tazyiqiga uchradi. Bu davrda voqelikni haqqoniy aks ettiradigan, milliy xususiyatlarga ega bo’lgan yetuk san'at asarlari soni kam edi.



Savol va topshiriqlar

1, Milliy til va madaniyat kamsitilganligini qanday izohlaysiz?

2. Aholi madaniyatini shakllantirishda bilim qanday ahamiyat-ga ega?

3. Ta'lim borasida qanday ishlar qilindi?

4. Adabiyot va sarVat rivojiga baho bering.
58-§. FAN. MUTAXASSIS KADRLAR YETISHTIRISH

Fan. Bu davrda respublikada fanni rivojlantirishga, malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga ko’plab mablag’lar ajratildi. Fanga sarflangan mablag’ 30 mln so’mdan 54 mln so’mga ko’paydi. Xalq xo’jaligini rivojlantirishga tarmoq fani muayyan hissa qo’shib keldi. Respublikamizda fanning bu sohasida yirik tajriba-eksperimental va loyihalash-konstruktorlik bazasiga ega bo’lgan ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy-ishlab chiqa-rish birlashmalari, konstruktorlik-texnologiya byurolari, tarmoq laboratoriyalari va boshqa muassasalar ish olib bordi. Jumladan, «CHrHaji», «TexHOjior» kabi ilmiy-texnika birlashmalarida ko’plab foydali va ibratli tajriba va ilmiy ishlar amalga oshirildi.

O’zbekiston Fanlar akademiyasi doirasida fan bilan ishlab chiqarish, tarmoqlararo aloqalarning g’oyat sama-rali majmualari, ilmiy-texnik markazlari ish olib bordi. Respublika Fanlar akademiyasining mexanika va zilzila-ga bardoshli inshootlar instituti olimlari tayyorlagan yechimlarni xalq xo’jaligiga tadbiq etishdan 1980—1985-yillarda ko’rilgan umumiy iqtisodiy samara 50 mln so’mni tashkil etdi.

1971—1982-yillar oralig’ida O’zbekiston sanoatida 380 turda yangi tipdagi mashinalar, dastgohlar va asbob-uskunalar yaratilgan ekan, bunda Fanlar akademiyasi institutlarining xizmatlari katta bo’ldi. 1984-yili faqat O’zbekiston Fanlar akademiyasi institutlari 127 ta ana shunday tadqiqot olib bordi. Respublika olimlari har yili iqtisodiy samaradorligi 600 mln so’mlik 400 dan ziyod ilmiy yechimlarni ishlab chiqdilar. Ammo ular ishlab chiqarishga juda sust joriy etildi. Ilmiy-tadqiqot muas-sasalarining faoliyati respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga ta'sir ko’rsatmadi.

Iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblangan fan bilan ishlab chiqarishni bir-biriga yaqinlashtirish, ular o’rtasidagi hamkorlikni mustahkam-lashda jiddiy kamchiliklar mavjud bo’lib, ayrimlari ilmiy-ishlab chiqarish bazasiga, boshqalari yetakchi ilmiy-tadqiqot markaziga ega emas edi. Ayniqsa, yangi ishlovlarni amalga joriy etishni tezlashtirishga markaz-lashgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi, har qanday ishni amalga oshirishda Markazning ruxsati kerakligi, Ittifoq idoralaridagi to’rachilik illatlari to’g’anoq bo’ldi.

Umuman olganda shuni aytish mumkinki, respublikamizda fan-texnika taraqqiyotini ta'minlash, uning ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash, ta'sirini kuchaytirish jarayoni g’oyatda murakkab vazifa edi. Bu borada erishilgan muayyan yutuqlar bilan birga muammo va hal etilmagan masalalar ko’p bo’ldi.80-yillarning birinchi yarmida fan orqali xalq xo’jaligida muayyan ijobiy siljishlarga erishilgan bo’lsa-da, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish, zamonaviy serunum mashina va asbob-uskunalarni, xalq iste'moli mollari va oziq-ovqat mah-sulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi qoloqlik chu-qurlashdi. Respublika iqtisodiyoti bir yoqlama tarzda xom ashyo yetishtirishga yo’naltirildi, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyalar deyarli joriy qilinmadi.

Mutaxassis kadrlar tayyorlash muammolari.Respublikaning oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari xalq

talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashda muayyan natijalarni qo’lga kiritdilar. Yildan-yilga tala-balar soni ortib bordi. 1971—1975-yillarda oliy o’quv yurtlarini tugallagan diplomli 182 ming nafar mutaxassis kadrlar respublika xalq xo’jaligiga yetkazib berildi. Oliy o’quv yurtlarining soni 1985-yilda 42 taga yetdi.80-yillarning o’rtalarida respublika o’rta maxsus o’quv yurtlarida 282 ming nafar o’quvchi ta'lim oldi. Bu har yili necha o’n minglab malakali mutaxassislar bilan respublika xalq xo’jaligini ta'minlashga imkon berdi.

Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi siyosati ishlab chiqa-ruvchi kuchlarni joylashtirishda, mutaxassis kadrlarni tayyorlashda respublikaning o’ziga xos ijtimoiy, milliy va demografik xususiyatlarini hisobga olmadi. Yangi sha-harlar bunyod etish, sanoatlashtirish bahonasida ko’plab rus aholisi o’lkamizga ko’chirib keltirildi. Toshkent, Farg’ona, Olmaliq, Navoiy, Chirchiq va boshqa shahar soni mahalliy uchun uy-joy,aholi sonidan ish muammolarda ko’chib kelganlar ancha yuqori edi. Ular emasdi.

Mas'uliyatli vazifalarga, ma'muriy tashkilotlarning rahbarligiga mahalliy aholi vakillari emas, ko’pincha Moskvadan ko’chib kelgan vakillarni tayinlash tartibi o’rnatildi. Ularga katta imtiyoz va huquqlar berildi. Kadrlar taqdiri ham ular qo’lida bo’ldi. Respublika, viloyat, shahar va davlat organlari rahbarlarining birinchi yordamchilari — «ikkinchi kotib» va «birinchi o’rin-bosar»lar ruslardan bo’lib, kadrlar masalasi bilan ular shug’ullanar edilar.Bunday kadrlar siyosati mahalliy aholiga nisbatan adolatsizlik bo’lib, uning manfaatlariga ziyon yetkazdi.

Sanoatning yetakchi tarmoqlarida mehnat qilishga O’zbek xalqi go’yo qodir emasligi va shu munosabat bilan ko’p yoshlar ishsiz yurganligi haqidagi asossiz muloha-zalar keng tarqaldi. Ishsizlar soni ko’pligining boisi ularning ishlash ishtiyoqi yo’qligida emas, balki Markazning yo’naltirilgan siyosati tufayli, qolaversa, ba'zi mahalliy mutasaddi rahbarlar tomonidan ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullari yaxshi yo’lga qo’yilmaganligida edi.

Mustabid tuzum siyosati tufayli oliy o’quv yurtlarida sanoatning yetakchi tarmoqlariga milliy kadrlar tayyor-lanmadi. Natijada milliy kadrlar salmog’i ba'zi korxo-nalarda juda kam bo’ldi. Mashinasozlik, metall ishlash va og’ir sanoatning boshqa tarmoqlarida 80-yillar o’rta-larida umumiy ishchi va xizmatchilarning 25—30 foizi-gina milliy kadrlar edi, xolos.

Ziyolilar — ilmiy xodimlar, agronomlar, muhandis-lar, o’qituvchilar, shifokorlar soni muttasil oshib bordi. Respublika xalq xo’jaligida ularning soni 1970-yildagi 531 mingdan 1985-yilda 1385 mingtaga yetdi.

1985-yilda respublikaning xalq xo’jaligi ishlab chiqa-rishi sohasida 26 foiz aqliy mehnat xodimlari band bo’lib, ulardan sog’liqni saqlash, xalq ta'limi, madaniyat va san'at, fan va ilmiy xizmatdagilar 20 foizni tashkil etdi. Oliy ma'lumotlilar soni ziyolilar orasida ortib bordi. Ularning soni 1970-yildagi 252 ming kishidan 1985-yilda 669 ming kishiga ko’paydi. Ilmiy va muhandis kadrlar mahoratining jamoatchilik tomonidan e'tirof etilishini oshirish, ularda ijobiy tashabbusni kuchaytirish va shu asosda ularga haq to’lash darajasini oshirish zarurligini anglab yetgan korxonalarning rahbarlari yaxshi natijalarni qo’lga kiritdilar. Biroq hamma joyda ham bunday qilin-madi. Jumladan, 80-yillarning boshida respublika yengil sanoat korxonalarining 66 ta filiali qurilgani bilan yetarli darajada samaradorlikka erishilmadi. Ishga tushirilgan Beruniy, To'rtko'1, Xo’jayli yigiruv-tikuv fabrikalari o’z quvvatining 30—40 foiz darajasida ishladi. Kombinatda iqtisodchilar uchun belgilangan o’rinlarning yarmi bo’sh edi, ayni paytda 12 mingga yaqin iqtisodchi boshqa sohalarda ishlardi. Sanoat korxonalarida muhandis-texnik xodimlar yetishmagani holda, 37 ming muhandis va texniklar ishchilar qatorida mehnat qildilar.

Fan va texnikani rivojlantirish, yangi texnikani yaratish, uni ishlab chiqarishga joriy etish, mavjud ish-lovlarni yanada takomillashtirish ko’p jihatdan muhan-dis-texnik xodimlarning ijodiy faoliyatlari hamda o’zaro aloqalari bilan uzviy bog’liq edi. Biroq bu davrda muhandis-texnik xodimlarni tayyorlash saviyasi pasayib ketdi. O’zbekiston sanoatidagi muhandislarning asosiy qismi 7—10 yillik mehnat stajiga ega bo’lib, ularning ko’pchiligi zamonaviy texnika va texnologiya jarayonla-rini puxta egallamagan edilar. Ular hisoblash mashi-nalari, sanoat robotlari bilan muomala qilishni bilmasdi-lar. o’z mutaxassisliklarini puxta egallamaganliklari va ishlab chiqarishda moddiy manfaatdorlikning yo’qligi tufayli, oliy o’quv yurtlarini tugatgan muhandislarning 40 foizi, texnikumlarni tugatganlarning to’rtdan uch qismi o’z sohasida ishlashni xohlamasdilar.

Shunday qilib, bu davrda respublikada mavjud mehnat resurslarini ishlab chiqarishga jalb etish va avva-lo. tub millat vakillaridan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash masalalari keskin tus oldi. Jamiyatimiz taraqqiyotining uzoq davri mobaynida mahalliy aholi, xususan, O’zbeklarning respublika xalq xo’jaligi yetakchi tarmoqlaridagi salmog’i juda past bo’lib keldi. Bu sovet totalitar tartibotining milliy respublikalar mahalliy xususiyatlarini, O’zbek xalqining milliy manfaatlarini inkor etuvchi siyosati natijasi edi.



Savol va topshiriqlar

1. Fan bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi munosabat qanday edi?

2. Respublikada fan sohasida erishilgan natijalar xususida so’zlab bering.

3. Kadrlar siyosatidagi ziddiyatlar nimalardan iborat edi?

4. Mahalliy aholi muhandislari nima uchun o’z mutaxassislik-lari sohasida ishlamadilar?

5. O’zbekistonda ilm-fanning hozirgi holati bilan o’sha davrdagi jarayonlarni taqqoslang.



59-§. QORAQALPOG’ISTON ASSR 1946-1990-YILLARDA

Qoraqalpog'iston xalq xo’jaligining ahvoli. Urushdan keyingi tiklanish davrida Qoraqalpog’istondagi muammolarni hal qilishda qarovsiz qolgan, tashlandiq va foydalanmay kelingan sug’oriladigan yerlarni irrigatsiya va melioratsiya holati-ni yaxshilash muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1947-yilning bahorida Tuyamo’yin kanalining birinchi navbati (uzun-ligi —11,5 km) ishga tushirildi. Oradan ko’p o’tmay Shumanay kanali qurildi. 1950-yildan e'tiboran ilk marta qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash, irrigatsiya tar-mog’ini tozalash ishlari boshlandi.Yangi kanallarning qazilishi paxta ekiladigan may-donlarning kengayishiga olib keldi. 1946—1950-yillarda 42000 ga yangi yer o’zlashtirildi. 1960-yilga kelganda chigit ekiladigan maydon 131500 ga ni tashkil qildi.

1949-yilda sug’orish tizimlarining quyidagi 4 ta boshqarmasi tuzildi: Paxta-arna (To’rtko'1 va Beruniy tumanlari uchun), Lenin nomli kanal (Xo’jayli va Qo’ng’irot tumanlari uchun), Kegayli (Chimboy va Kegayli tumanlari uchun), Quvonish-jarma (Taxtako’pir va Qorao’zak tumanlari uchun) boshqarmalari. Sug’orish tarmoqlarini tozalash maqsadida birinchi marta mashina-traktor stansiyasi (MTS) tashkil qilindi. 1950-yili jamoa xo’jaliklarini yiriklashtirish kompaniyasi bosh-lanib, mavjud 410 jamoa xo’jaligi asosida 200 kolxoz tashkil qilindi.

Qoraqalpog’istonda xalq xo’jaligini rivojlantirish uchun Chorjo’y shahridan Xorazm va Qoraqalpog’iston orqali Qozog’istonga temir yo'1 qurish zarur edi. o’zbe-kiston Kompartiyasi MKning birinchi kotibi Usmon Yusupov temir yo’lning juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, Moskva bilan kelishib o’tir-masdan va uning roziligisiz Chorjo’y-Qo’ng’irot temir yoii liniyasini qurish to’g’risida farmoyish berdi. Qurilish 1947-yilda boshlandi va qisqa muddat ichida tugallandi. Qurilishda Xorazm, Shimoliy Turkmaniston va Qoraqalpog’istondan 100000 kishi mehnat qildi. Biroq O’zbekiston rahbariyatining bu tashabbusi Markaz tomonidan qattiq qoralandi. 1947-yilning oxirida VKP(b) MK Siyosiy byurosi majlisida ILYusupovga O’zbekiston paxta tayyorlash rejasini bajarmadi, degan bahona bilan hayfsan berildi.

Urushdan keyingi xalq xo’jaligini tiklash yillarida mahsuldor chorvacbilikni rivojlantirishda muayyan nati-jalarga erishildi. Chimboy tumanida Butunittifoq chor-vachilik ilmiy-tadqiqot institutining tayanch punkti tashkil qilindi. Rossiyadan 104 bosh nasldor qizil-cho'1 zotli buzoqlar keltirildi. Qoraqalpog’istonda 219 ta yilqichilik va 48 ta tuyachilik fermalari tashkil etildi.

Afsuski, 50-yillarning o’rtalariga kelib, Qoraqalpo-g’iston chorvachiligidagi mutanosiblik buzildi. Paxta yakka hokimligi kuchayishi bilan chorvachilik siqib chiqarila boshlandi. Shu davrdan boshlab xo’jaliklarda chorva mollari soni muttasil kamayib bordi. Chor-vachilikdagi bu holat 60—80-yillarda ham davom etdi. Hatto shaxsiy xo’jaliklarda ham chorva mollari qisqarib borganligi kuzatiladi. Bu holat dehqonlar va chorvador-larning moddiy ahvoliga, ularning turmush darajasiga salbiy ta'sir qilmay qo’ymas edi.

50-yillarning oxiri — 60-yillarning boshlarida Qora-qalpog’iston qishloq xo’jaligi yana turli tajriba (3KcnepHMeHT)lar girdobiga tortildi. Bu gal A.Xrush-

chevning talabiga ko’ra makkajo’xori yetishtirishga, hatto avtonom respublikaning shimoliy tumanlarida uni o’stirishga katta e'tibor berildi. Makkajo’xori ekilgan maydon 1957-yil 2067 ga bo’lgan bo’lsa, 1958-yilda 5772 ga ni tashkil etdi. Lekin «makkajo'xori eksperi-menti» kutilgan natijani bermadi.

60-yillarning o’rtalarida Qoraqalpog’istonda qishloq xo’jaligining muhim tarmog’i bo’lgan sholikorlikning rivojlanishiga e'tibor kuchaydi. Maxsus sholikorlik xo’jaliklari tashkil qilindi. Natijada 1965-yilda 25700 t sholi yetishtirilgan bo’lsa, 1983-yilda bu ko’rsatkich 332300 tonnani tashkil qildi. Avtonom respublikada pil-lachilik sohasida ham sezilarli yutuqlar qo’lga kiritildi.

Qoraqalpog’istonda paxta yetishtirish muttasil oshirib borildi. 19641984-yillar mobaynida avtonom respub-likada 7.144.000 tonna paxta yetishtirilib, Rossiyaning to’qimachilik fabrikalariga 2.219.000 t paxta tolasi jo’natildi. Bu paytda Qoraqalpog’iston avtonom respub-likasi rahbari — Qallibek Kamolov edi.

Bu paytda Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligini rivojlanti-rishda asosan ekstensiv usul-lar hisobiga muayyan yutuq-larga erishildi. Sanoatning

rivojlanishi paxtachilik bilan butunlay bog’liq qilib qo’yilgan edi. Shuning uchun Qoraqalpog’istonda asosan chigitdan yog’ ishlab chiqaradigan zavodlar, shuningdek, paxta tozalash zavodlari qurilishiga alohida e'tibor qaratildi. Yog’-sut, go’sht va baliq konservalari zavodlari ham qurildi. Yengil sanoat korxonalari esa sekin suratlar bilan tashkil qilindi.

Qoraqalpog’istonda sanoatni rivojlantirish uchun energetika bazasining quvvati yetarli darajada emas edi. Shuning uchun maxsus «TaxHaTauinmpo3HeprocTpoH» qurilish tresti tashkil qilindi, u o’lkada energetika sanoa-tini barpo etishga asos soldi.l956-yilda Taxiatosh GRESni qurish boshlandi, qisqa muddat ichida ener-getiklar shahri — Taxiatosh bunyod bo’ldi. 1961-yilda Taxiatosh GRESning birinchi navbati foydalanishga top-shirildi.



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish