Rossiyada 1917-yil voqealari . Rossiyaning Birinchi jahon urushi (1914—1918)da qat-
nashishi, frontlardagi mag’lubiyatlar jiddiy xo’jalik qiyinchiliklari, ijtimoiy-siyosiy inqiroz va tub o’zgarishlarga olib keldi. Imperiyaning urushga jiddiy tayyorgarligi bo’lmagani sababli oziq-ovqat va boshqa zaxiralar tez orada tugadi. Ishlab chi-qarish qisqardi. Katta yer maydonlari ekilmasdan qoldi. Soliqlar oshib bordi. Shahar aholisi, ishchilar oziq-ovqat yetishmasligidan qiynaldilar. Ish tashlashlar, dehqonlar g’alayonlari tobora kuchaydi. 1916-yil qo’zg’oloni ham urushdan, mustamlakachilik zulmidan norozilik ko’rinishi edi. Frontdagi mag’lubiyatlar va mamlakatdagi inqirozga podsho hukumati va boshqaruv tizimi aybdor qilindi. Faqat «pastdagilar» emas, balki «yuqoridagilar» ham o’zgarishlar muqarrar ekanini tushundilar. Petro-grad, Moskva, ko’plab sanoat rayonlarini ommaviy ish tashlashlar qopladi. Podsho, uning vazirlari layoqatsizlik ko’rsatdilar. Bunday sharoitda IV Davlat dumasi depu-tatlari ahvolni o’zgartirishga kirishdilar. Fevral oyi oxiridagi voqealar natijasida Nikolay II taxtdan voz kechdi. Podsho hokimiyati tugadi.
Mamlakatda 2 ta hokimiyat — qo’sh hokimiyatchilik paydo bo’ldi: IV Davlat dumasi deputatlari Muvaqqat hukumat tuzdilar, shuningdek, ishchi, soldat, dehqon deputatlari Sovetlari tuzildi. Bunday hol 1917-yil oktabr oyi oxirlarigacha davom etdi. Muvaqqat hukumat de-mokratik erkinliklarni joriy etishni e'lon qildi. Biroq mamlakatdagi inqiroz shunchalik og’ir ediki, noroziliklar kuchayib bordi. Ayniqsa, urushni davom ettirish siyosati aholi g’azabini qo’zg’atdi. Urushdan odamlar azob chek-moqda edilar. Bunday ahvoldan foydalanib, 1917-yil 25-oktabrda (yangi sana bilan 7-noyabr) bolsheviklar men-sheviklar va «so'l» eserlar bilan birga davlat to’ntarishini amalga oshirdilar va hokimiyatni qo’lga oldilar.Jahon urushi qiyinchiliklari, Rossiyadagi 1917-yil voqealari Turkiston, umuman, o’rta Osiyo xalqlari ha-yotiga jiddiy ta'sir ko’rsatdi.
Toshkentda hokimiyatni egallashi. O’lkada yuz bergan oziq-ovqat tanqisligidan bolsheviklar foydalanib, 1917 -yil kuzida Sovetlar hokimiyatni qo’lga olishi masalasini ilgari surdilar. Ular ishchi va soldatlar boshdan kechirgan qiyinchiliklar, noroziliklarni o’z manfaatlariga qaratib bordilar. Bolsheviklarga boshqa so'l guruhlar, harbiy asirlar, frontdagi kommunistlar qo’shildilar.Oktabr oyining ikkinchi yarmida Toshkentda noro-zilik yig’ilishlari va mitinglar avj olib ketdi. Petrogradda qurolli to’ntarish ro’y bergani, Muvaqqat hukumat ag’darilgani, hokimr ni bolsheviklar qo’lga olgani to’g’risidagi xabar Toshkentga yetib keldi. Turkiston bol-sheviklari rahbarlik qilgan Toshkent soveti ishchi va sol-datlarni qo’zg’olon ko’tarishga da'vat qildi. Lekin gene-ral Korovichenkoga sodiq qolgan qismlar bunga qarshi-lik ko’rsatdilar. 1917-yil 28-oktabrda Toshkentning yangi shaharida qurolli to’qnashuvlar avj oldi. Qo’zg’olonchilar general qismlaridan ustun keldilar. 1-noyabrda Toshkent harbiy qal'asi taslim bo’ldi, shu kuni qurolli qo’zg’olon g’alaba qozondi, deb e'lon qilindi.
1917-yil 15-noyabrda ish boshlagan o’lka ishchi, sol-dat va dehqon deputatlari Sovetlarining III qurultoyi tortishuvlar oqibatida hukumat — Turkiston o’lkasi Xalq Komissarlari Sovetini tuzdi, unda 8 o’rin so'l eserlarga, 7 o’rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berildi. Biroq faqat yevropaliklardan iborat hukumat tuzildi. Turkis-ton XKS raisi lavozimini kasbi chizmachi bo’lgan bol-shevik F.Kolesov egalladi, harbiy komissar qilib izvoshchi Perfilev, boshqa komissarlik lavozimlariga o’r-tamiyona yurist va shunga o’xshaganlar tayinlandilar. Hukumat a'zolari qatoriga tub aholi vakillaridan kiritil-madi. Bu tasodifiy hol emas edi.
Turkistondagi so'1-ekstremist siyosiy guruhlar, ular-ning namoyandalaridan tuzilgan hukumat, birinchi galda bolsheviklar mohiyatan chorizm mustamlakachilik siyo-satiga amal qildilar. Shu bilan birga, oktabr to’ntarishi-dan keyin Rossiyada bo’lgani singari, Turkistonda ham inqilobiy aqidalarga, eng avvalo sinfiylik tamoyillariga amal qilindi. Asosiy inqilobiy kuch proletariat va kam-bag’al dehqonlar, aholining boshqa qatlamlari reaksion, ekspluatator guruhlar deb e'lon qilindi. Mulkdorlar — ekspluatator, ezuvchilar; milliy ziyolilar, o’qimishli, obro'-e'tiborli xalq vakillari milliy burjuaziya kor-chalonlari va malaylari; islom dini rahnamolari reak-sion oqim deb, ularga qarshi ayovsiz kurash boshlab yuborildi. Inqilobiy «ijtimoiy adolat»ni o’rnatish, «odamning odam tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga barham berish» uchun jamiki boyliklarni, ishlab chiqa-rish vositalarini egalaridan tortib olish dasturini amalga oshirishga kirishildi. Yerli aholi jamoatchiligining demokratik yo’nalishdagi sa'y-harakatlari, milliy dav-latchilikni joriy qilish sari tashlagan qadamlariga dushmanona ashaddiy qarshilik ko’rsatildi. Ajnabiylar hukumati o’lkadagi harbiy qismlari, qurol-langan ishchi gvardiyasiga tayanib ish ko’rdi. Bu ho-kimiyat faoliyati faqat zo’rlikka, buzg’unchilikka, qon to’kishga qaratildi. Ong saviyasi past, ko’pincha jinoiy unsurlar bo’lgan soldatlar, gvardiyachilar yerli aholi, ayniqsa, dehqonlarni shafqatsizlik bilan talay boshladilar. Shunday qilib, 1917-yil kuzida o’lkadagi so'1-bolshe-vistik doiralar, ular tuzgan hukumat, bir tomondan kolonial-shovinistik, ikkinchi tomondan esa inqilobiy-sinfiylik siyosati va bu boradagi amaliy ishlarni boshlab yubordi.
Savol va topshiriqlar
1. O’zbekiston hududidagi ahvolning umumiy belgilarini va undagi tizimlaming tafovutlanni sharhlab bering.
2. Xalq ommasi etnik va ijtimoiy tarkibining tarixiy ildizlari nimalardan iborat?
3. O’zbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy o’zgarishlar qaysi tomon-ga yo’nalgan edi, bu to'g'rida siz qanday fikrdasiz?
4. 1917-yilda Rossiyada bo’lgan voqealar, ularning mohiyati nimadan iborat va bu voqealar tarixda qanday ahamiyat kasb etdi?
5. Eslang: XIX asr oxiri XX asrning boshlarida Turkiston o’lka-sida qanday boshqaruv shakli mavjud edi?
6. Turkiston o’lkasi XKS a'zoligi qatoriga nima uchun tub aholi vakillaridan kiritilmadi? Mulqhaza qiling!
7. Xalq ommasining etnik ya ijtimoiy tarkibining XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi ahvolining solishtirma jadvali va diagram-masini tayyorlang.
3-§. TURKISTON MUXTORIYATI — TUB YERLI ' XALQLAR DAVLATCHILIGI TARIXIDA YANGI BOSQICH
Reja:
1.Turkiston muxtoriyati uchun kurash
2.Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil topishi va uning faoliyati.
3.Turkiston Muxtoriyatiga jamoatchilikning muinosabati. Muxtoriyatning tarixiy ahamiyati.
4.Turkiston Muxtoriyatining tor-mor etilishi.Qo’qondagi ommaviy qirg’inlar.
1917-yil boshlarida Petro-gradda bo’lib o’tgan voqealar ta'siri ostida Turkistonda yangi jamiyat kurtaklarini shakllantirish uchun harakat boshlanib ketdi. Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida o’lka muxtoriyati masalasi asosiy masala bo’lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g’oyasi nafaqat demokratik ziyolilari orasida, hatto oddiy odamlar o’rtasida ham ancha ommalashgan edi.
1917-yilning mart-aprel oylari o’lkaning siyosiy uyg’onishida burilish davri bo’ldi. Turkiston jadidlari, milliy ziyolilar va islom ulamolarining yetakchilari bo'1-gan Mahmudxo’ja ^ehbudiy (1875—1919), Munavvar Qori Abdurashidxon o’g’li (1878-1931), Ubaydulla Xo’jayev (1882-1938), Abdurauf Fitrat (1886-1938), Fayzulla Xo’jayev (1896-1938), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Usmon Xo’ja (1878-1968), Mustafo Cho’qay (1886—1941), Muhammadjon Tinishboyev (1879-1939), Sherali Lapin (1868-1919), Ahmad Zaki Validiy To’g’on (1890—1970), Obidjon Mahmudov (1858—1936) o’lkada yangi tashkil qilingan «Sho'roi Islomiya» (1917-yil, mart), «Sho'roi Ulamo»(1917-yil, iyun), «Turon» jamiyatlari va «Turk Adami Markaziyat (Federalistlar) firqasi» (1917-yil, iyul), «Ittifoqi musli-min» (1917-yil, sentabr) siyosiy partiyalarining tuzi-lishida muhim rol o’ynadilar.
Jadidchilik 1917-yilda ma'rifatchilik harakatidan siyo-siy harakat darajasiga allaqachon ko’tarilgan edi. o’sha 1917-yilning o’zida to’rt marta Butunturkiston mu-sulmonlari qurultoyi o’tkazildi. 1917-yil 16—23-aprelda Toshkentda bo’lgan I qurultoyda demokratik Rossiya tar-kibida Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish g’oyasi olg’a surildi. Bu g’oya Turkiston xalqlarining o’z milliy davlatchiligini tildash yo’lidagi dastlabki qadami edi. Butunturkiston musulmonlar I qurultoyining so’nggi majlisida Markaziy rahbar organ — Turkiston o’lka musulmonlari kengashi (KrayMyssovet) tashkil etilishi haqida qaror qabul qilindi. Uni tuzishdan asosiy maqsad milliy-ozodlik harakatiga tashkiliy va markazlashtirilgan xususiyat kasb etish uchun bir-biri bilan tarqoq aloqada bo’lgan jamiyat, qo’mita va ittifoqlarni birlashtirish edi. Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashiga Mustafo Cho’qayev rais, Zaki Validiy bosh kotib, Munavvar Qori, Behbudiy, CMahmudov, ILXo’jayev, T.Norbo’-tabekov, Islom Shoahmedov va boshqalar a'zo qilib saylandi. Munavvar Qori va Sadriddinxon afandi boshchiligida Toshkent qo’mitasi tuzildi. Shuningdek, Beh-budiy rahbarligida Samarqand va Nosirxon To’ra yetak-chiligida Farg’ona bo’limi ham tashkil topdi. Markaziy Sho’roning organi sifatida «Najot» (muharriri — Munavvar Qori), keyinchalik «Kengash» (muharriri — Validiy va Munavvar Qori) gazetalari chiqa boshladi.Shunday qilib, 1917-yil bahorida Turkistonning birli-gi va yaxlitligi tomon muhim qadam tashlandi. Tarixda ilk marta Butunturkiston miqyosida musulmonlar qurul-toyi chaqirilib, unda tub xalqlarning muxtoriyat tomon qat'iy intilishi, o’z an'analari, urf-odatlari va turmush tarzini izchil turib himoya qilishi aytildi. Bu manfaat-larning ifodachisi bo’lgan Milliy Markaz — Turklston musulmonlari Markaziy Kengashi tashkil etildi.
Afsuski, birlashish jarayonlari har doim ham bir tekis rivojlanmadi. Asr boshidan buyon davom etayotgan «jadid-qadim« nizolari demokratik harakat saflarida par-chalanish yuz berishiga olib keldi. Ma'lumki, 1917-yil 14-martda Toshkentda «Sho'roi Islomiya» tashkil topgan edi. Aksariyati jadidlardan iborat bu tashkilot a'zolari Turkiston mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. 1917-yil iyun oyida Munavvar Qori boshchiligidagi «Sho'roi Islomiya»dan «Sho'roi Ulamo» ajralib chiqdi. Sherali Lapin uning Toshkent sho"basiga asos soldi. Oradan ko’p vaqt o’tmay Qo’qon shahrida ham «Sho'roi Ulamo» jamiyati tuzildi. Lekin ikki jamiyat o’rtasida g’oyaviy ke-lishmovchiliklar mavjud bo’lib, ular bir-biri bilan kelisha olmasdilar. Chunki «Sho'roi Ulamo» jamiyati o’z das-turida islom dinining an'anaviy asoslari bo’ykha ish ko’rishini ma'lum qi .a-da, aslida Lapin boshchiligidagi Toshkent ulamochilari avval rus monarxiyasi, so’ngra bolshevizm g’oyalari bilan o’z harakatlarini muvofiq-lashtirishga behuda urindilar. «Sho'roi Ulamo» jamiyati o’z maqsadlari targ’iboti uchun «A1-Izoh« jurnalini chiqara boshladi (muharriri — Abdumalik hoji Nabiyev). Har ikki jamiyat o’rtasidagi g’oyaviy kurashni o’sha davr voqealarining shohidi bo’lgan M.Cho'qayev keyinchalik shunday xotirlaydi: «Ulamo Jamiyati» va «Sho'roi Islomiya» o’rtasidagi kelishmovchilik bizning umumiy kurashimizni zaiflashtirmoqda va ishlarimizni chu-valashtirmoqda edi. Ikkinchi tarafdan, «Ulamo Jami-yati»ning siyosiy programmasi milliy harakatimizning ochiq dushmanlariga bizga qarshi qurol bermoqda edi».
1917-yil 10-sentabrda Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi ochildi. «Sho'roi Islo-miya» tashabbusi bilan chaqirilgan ushbu qurultoy hokimiyatni ishchi, soldat va dehqon deputatlari So-vetlariga berishga qarshi chiqdi. Ushbu qurultoyda qabul qilingan rezolyutsiyalarda milliy demokratiya o’zi tutadi-gan yo’lning muhim asoslarini birinchi marta qat'iy qilib aytdi: hukumat demokratik siyosat yurgizadigan bo’lsa, ana shundagina musulmonlar bu hukumatda ishtirok etadilar. Ikkinchi qurultoyda faqat Milliy Markaz — Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi mintaqadagi tub yerli aholi manfaatlarini himoya qilishi mumkin, degan fikr qafiy qilib qo’yildi. 1917-yil 17—20-sentabrda Toshkentda bo’lib o’tgan Turkiston va Qozog’iston musulmonlarining qurultoyi «ulamochilar» bilan «sho'roi islomchilar» o’rtasidagi uzoq va qizg’in bahslarga qaramay, nihoyat, kelishish va murosa yo’lini topdi. Qurultoyda «Sho'roi Islomiya», «Sho'roi Ulamo», «Turon» va boshqa siyosiy tashkilot-larni birlashtirish yo’li bilan butun Turkiston mintaqasi uchun umumiy bo’lgan «Ittifoqi muslimin > degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilindi. Qurultoy ishidagi asosiy masala Turkiston o’lkasining
bo’lajak siyosiy tuzumini belgilash edi. o’sha paytda Toshkentda nashr qilingan «Ulug’ Turkiston» gazetasida yozilishicha, «Qurultoy Mulla Muhammadxo’ja eshon va Mulla Siddiqxo’ja eshonlarning boshqaruv shakli haqidagi nutqlarini tinglab, duo-yu ijobat ila Turkiston Muxtoriyatini tayin etishga jazm qildi». Qurultoy muxtoriyatga «Turkiston Federativ Respublikasi» degan nomni qo’yib, parlament respublikasi asosida tuzilajak bo’lg’usi davlat tuzumining bosh tamoyil va me'yorlari-
ni belgilab berdi.Shu tarzda Turkistonda Muxtoriyat hukumati yuzaga kelmasdan ancha oldin jamiyatning keng qatlamlari vakillari, ilg’or ziyolilar bu harakatda faol qatnashib, uning poydevorini yaratishga zamin hozirladilar.Siyosiy partiyalar tuzilishi, ular tomonidan dasturiy hujjatlar qabul qilinishi Turkistonda milliy harakatning keng quloch yoyganidan dalolat berar edi. Biroq, Petro-graddagi oktabr to’ntarishi oqibatida 1917-yil oktabr- noyabr oylarida Turkiston o’lkasida, xususan, Toshkent va Qo’qonda yuz bergan voqealar milliy-ozodlik haraka- tini butunlay boshqa yo’nalishdan ketishga majbur qildi. 1917-yil 26-28-noyabrda (yangi hisob bilan 9-11-dekabrda) Qo’qon shahrida Turkiston o’lka musulmon-larining favqulodda IV qurultoyi bo’lib o’tdi. Qurultoy ishining butun tafsilotlari o’sha davr gazetalarida tarix uchun muhrlab qo’yilgan.
Ma'lumki, musulmonlarning ushbu nufuzli qurultoyi va unda qabul qilingan qarorlar o’n yillar davomida «millatchilar guruhining yig’inida e'lon qilingan burjua muxtoriyati» deb noto’g’ri talqin qilib kelindi. Huijatlar esa ushbu holnjng butunlay aksi bo’lganini isbotlaydi. Masalan, Turkiston jadidlarining otasi sanalgan Mahmudxo’ja Behbudiy o’z ma'ruzasida qurultoyning Tur-kiston xalqlari tarixida ulkan ijobiy, tarixiy hodisa va burilish davri ekanini ta'kidlab, «Qurultoyimiz qabul qilayotgan qarorlar shuning uchun ham ahamiyatliki, unda Turkiston aholisining yevropalik vakillari ham ishtirok etmoqdalar», deydi. Behbudiy qurultoy hay'ati-da musulmonlar bilan bir qatorda boshqa milliy guruh-larning ham vakillari bo’lishini yoqlab chiqdi. Turkistonni boshqarish shakli to’g’risidagi masala qurultoyning diqqat markazida turdi. Bu masala mu-hokamasida so’zga chiqqanlarning ko’pchiligi Tur-kistonning muxtor respublika deb e'lon qilinishi o’lka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqani va unga mos turmushini uqtirdi. Muxtoriyat va mustaqillik elon qilish fikrini hamma qo’llab-quvvatladi.
Qurultoyda 1917-yil 27-noyabr (yangi hisob bilan 10-dekabr) kuni kechquran qabul qilingan qarorda shunday deyiladi: «Turkistonda yashab turgan turli millatga man-sub aholi Rossiya inqilobi da'vat etgan xalqlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash xususidagi irodasini namo-yon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb elon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta'sis majlisiga havola etadi». Qurultoy Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik huquqlarining muttasil himoya qi-lishini tantanali ravishda e'lon qildi.
28-noyabr (11-dekabr) da tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi aniqalnib, Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo’ldi. Qurultoy o’sha kungi yig’ilishda Bu-tunrossiya Ta'sis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Millat) Majlisi qo’lida bo’lishi kerak, deb qaror qabul qildi. Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengasbi a'zolari-dan 8 kisbidan iborat tarkibda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi. Hukurnatning Bosh vaziri hamda ichki ishlar vaziri etib Muhammadjon Tinishboyev saylandi. Islom Sulton o’g’li Shoahmedov — Bosh vazir o’rin-bosari, Mustafo Cho’qayev — tashqi ishlar vaziri, Ubay-dulla Xo’jayev — harbiy vazir, Hidoyatbek Yurg’uli Agayev — yer va suv boyliklari vaziri, Obidjon Mah-mudov — oziq-ovqat vaziri, Abdurahmon o’rozayev — ichki ishlar vazirining o’rinbosari, Solomon Abramoviya Gersfeld — moliya vaziri lavozimlarini egallashdi. Hukumat tarkibida keyinchalik ayrim o’zgarishlar yuz berdi. Mustafo Cho’qay Bosh vazir lavozimini bajarish-ga kirishdi. Vazirlardan uch kishi oliy ma'lumotli huquqshunos, ikki kishi o’rtacha malakali huquqshunos ekanligi Muxtoriyat hukumati a'zolari bilim darajasining naqadar yuqori ekanidan dalolat beradi. Qurultoy tugagach, 1-dekabrda Turkiston Muxto-riyatining Muvaqqat hukumati a'zolari (8 kishi) imzola-gan maxsus Murojaatnoma e'lon qilindi. Ushbu Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, mil- lati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy e'tiqodlaridan qafi nazar, yakdillik va hamjihatlikka da'vat etilgan edi.
Oradan ko’p o’tmay Millat Majlisi tomonidan tas- diqlangan qonunlar e'lon qilindi, shuningdek, yangi hukumat mamlakat Konstitutsiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb qildi. 1917-yil 26-dekabr-da Turkiston Milliy bayrog’i qabul qilindi. «E1 bayrog’i», «Birlik tug’i», «CBo6odniy Turkistan», «Izvestiya Vremennogo Pravitelstvo Avtonomnogo Turkestana” kabi hukumat gazetalari O’zbek, qozoq va rus tillarida nashr qilina boshlandi. Avval chiqayotgan «Ulug’ Turkiston» gazetasi ham o’z sahifalarida Muxtoriyat hukumati faoliyatiga alohida o’rin bera boshladi. Nashr ishlarini yaxshilash uchun O. Mah- mudovning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga o’tdi. Muxtoriyat hukumati milliy qo’shinni tashkit qilishga kirishdi. 1918-yil boshida bu qo’shin saflarida bir ming-dan ortiq askar bo’lgan. Harbiy vazir Ubaydulla Xo’jayev ishtirokida o’tkazilgan ko’rik-parad vaqtida askarlar soni 2000 kishiga yetgan. Bundan tashqari Qo’qonda taxmi-nan shuncha mirshablar bor edi. Hukumat iqtisodiy sohada 30 million so’m miqdorida ichki zayom chiqa-rishni yo’lga qo’ydi. Chunki gazetalarni nashr qilish, muxtoriyat qo’shinlarining ta'minoti va hukumatning ichki xarajatlari uchun mablag’ zarur edi. Shuningdek, hukumat a'zolari ochlik changalida qolgan Turkiston aholisiga Orenburg orqali g’alla keltirish muammosini hal qilish uchun ham amaliy qadamlar tashladi.
Turkiston Muxtoriyati hu-kumati qisqa muddat ichida xalq o’rtasida katta e'tibor qozondi. Yangi hukumat fao-liyati faqat Qo’qonda yoxud Farg’ona vodiysida emas, balki butun Turkiston minta-qasida yashayotgan tub yerli xalqlar tomonidan qizg’in qo’llab-quvvatlandi. Fitrat, Cho’lpon, Hamza Muxto-riyat hukumatini alqab, o’tli she'rlar bitishdi. Fitrat Muxtoriyat e'lon qilingan 27-noyabr (10-dekabr) tunini «Milliy Laylatulqadrimiz» deb atadi. Alloma Fitratning bu so’zlarida olam-olam ma'no mujassamlashgan.
Turkiston Muxtoriyatiga jamoatchilikning muno-sabati. Muxtoriyatning tarixiy ahamiyati
Turkiston o’lkasining turli shahar va qishloqlarida muxtoriyatni olqishlab, ko’p ming kishilik namoyishlar bo’lib o’tdi. 1-dekabrda Namangan uyezdida 100000 kishi qatnashgan namoyish bo’ldi. o’sha davrda chiqqan gazetalarning yozishicha, namoyish qatnashchilarining bayroqlarida «Yashasin Muxtoriyatli Turkiston va uning hukumati!» deb yozilgan so’zlar hilpirab turardi.
Samarqandda bo’lib o’tgan viloyat soveti s'yezdida yig’ilganlar Turkiston Muxtoriyatiga qo’shilishga qaror qildilar va Millat Majlisi tarkibiga 5 vakil sayladilar. «Ulug’ Turkiston» gazetasining yozishicha, 1917-yil 6-dekabrda Toshkentda 60000 kishi ishtirok qilgan mi-ting o’tkazildi. Munavvar Qori rahbarligida uyushtirilgan bu miting qatnashchilari Muxtor Turkiston hukumatini bir ovozdan ma'qulladilar va Turkistonda endi ushbu muvaqqat hukumatdan boshqa hech qanday hukumatni tan olmaslikka qaror qilganliklarini e'lon qildilar. Turkiston xalqining muxtoriyat uchun olib borgan kurashida 1917-yil 13-dekabrda bo’lib o’tgan fojeali voqealar muhim o’rin tutadi. o’sha kuni Toshkentda eski shahar aholisi «Muxtor Turkiston uchun!» shiorlari ostida tinch bayram namoyishini o’tkazdilar. Ammo Toshkent sovetidagi bolsheviklar shaharda qurolli kuch bilan tartib o’matishga buyruq berdilar. Oqibatda tinch namoyish qatnashchilari pulemyotdan o’qqa tutildi, eski shaharlik 16 kishi ana shu to’qnashuv qurboni bo’ldi.Lekin o’lkadagi bolshevikcha rejimning bunday taz-yiqlariga qaramay, Muxtoriyat hukumatini qo’Uab-quv-vatlash davom etaverdi. Turkiston Muxtoriyatiga muno-sabat masalasi 1917-yil 26-30-dekabrda (1918-yil 8-12-yanvarda) Qo’qon shahrida bo’lib o’tgan yerli ishchi, askar va dehqon deputatlari 1 favqulodda qurultoyining diqqat markazida bo’ldi.
Qurultoy ochilishini Turkiston o’lka Harbiy Sho’rosi rahbari Orif Klivleyev qutladi. Muvaqqat Millat Majlisi nomidan Islom Shoahmedov va boshqalar ham qurul-toyni tabrikladilar. Faqat bolsheviklar partiyasining vakili, o’lka mehnat komissari P.Poltoratskiy qurultoyda dag’dag’ali ohangda so’zlab, xalqimiz tarixidagi ilk de-mokratik hukumatni «boylar muxtoriyati» deb tuhmat qildi. «Biz kambag’allar muxtoriyatiga qarshi emasmiz», deb Poltoratskiy munofiqlik qildi. Qurultoy vakillarining ko’pchiligi Poltoratskiyning bunday ig’vo va aldovlariga uchmadilar. 30-dekabrda Turkiston Muxtoriyati huku-matini qo’llab-quvvatlash, shuningdek, Turkiston o’lkasi Xalq Komissarlari Sovetiga ishonchsizlik bildirish to’g’-risida rezolyutsiya qabul qilindiki, bu hol qurultoy qat-nashchilari siyosiy ongining yetuklik darajasidan nishona edi. Rezolyutsiyada quyidagi fikrlar alohida ta'kidlanardi:
1) Turkiston o’lkasi Xalq Komissarlari Soveti barcha aholi, ayniqsa, musulmonlar xohish-istaklarining ifo-dachisi emasligini;
2) Turkiston o’lkasi xalqlari irodasi ikki qurultoyda muxtoriyat e'lon qilinganda ifodalanganligini;
3) Turkistonda yagona hukumat organi butun musul-monlarning qurultoyida tashkil topgan va musulmon ishchi, askar va dehqonlarning qurultoyida to’ldirilgan Turkiston Muxtoriyati hukumati ekanligini e'tiborga olib;
Musulmon ishchi, dehqon va askarlar qurultoyi Tur-kiston Xalq Komissarlari Sovetiga hokimiyatni darhol Turkiston Muxtoriyati hukumati va Millat Majlisiga top-shirsin deb istak bildiradi, chunki ushbu qurultoy Mux-tor Turkistondagi barcha demokratik qatlamlardan tash-kil topib, butun yo’qsillar o’y-fikrlarining ifodachisidir…”.Afsuski, o’lkadagi ilk demokratik va xalqchil hukumat bo’lgan Turkiston MUxtoriyatining faoliyati uzoqqa cho’zilmadi. Toshkent soveti bolsheviklari unga katta xavf deb qaradilar.
Turkiston Muxtoriyati-ning tor-mor qilinishi. Qo’qondagi ommaviy qirg'inlar
Muxtor hukumatning xalq o’rtasidagi obro'-e'tibori va nufuzi bolsheviklarni tash-vishga solib qo’ydi. 1918-yil 19-26-yanvar (1-8-fevral)da Toshkentda bo’lgan Turkiston o’lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda IV qurultoyida muxtoriyat masalasi asosiy o’rinda turdi. Qurultoyda bolsheviklar fraksiyasi tomonidan so’zga chiqqan Toshkent sovetining raisi LTobolin surbetlarcha shunday dedi: «Muxtoriyatni hayotga tatbiq etish uchun hali vaqt erta. Chunki biz bu ishiii amalga oshirsak, muxtoriyatning birinchi sharti sifatida rus qo’shinlari o’lkadan chiqib ketishi kerak bo'ladi». Qurultoy Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning a'zolarini qonundan tashqari holatda deb, hukumat a'zolarini qamoqqa olish to’g’risida qaror chiqardi. Bolsheviklar bu qabih va mudhish «hukm«ni amalga oshirishga zudlik bilan kirishdilar. Atigi uch kun o’tgach, 30-yanvar (12-fevral)da Turkiston XKS Muxtoriyat hukumatini tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Turkiston bolsheviklari buning uchun qizil askarlardan tashqari armanlarning «Dashnoqsutyun» partiyasi a'zolaridan tuzilgan qurolli to’dalardan ham keng foydalandi. 30-yanvar kechqurun Skobelev (hozirgi Farg’ona) shahridan Qo’qonga dast-labki qizil askar otryadlari to’p va pulemyotlar bilan yetib keldi. Bu otryadning komandiri K.Osipov edi. 31-yanvar (13-fevral) ertalab Andijondan va sal keyinroq Perovskdan ham qizil askarlar yetib keldilar. «Ulug’ Turkiston» gazetasida yozilishicha, 31-yanvar tushdan keyin jang harakatlari boshlandi. 15-fevral (eski hisob bilan 2-fevral)da esa shaharda yong’inlar bo’ldi.Dastlabki jangda Muxtoriyatning milliy qo’shinidan tashqari qo’qonlik aholi vakillari ham qatnashdi. Asosan bolta, cho’kich, tayoq ko’targan xaloyiqning soni 100000 kishiga yetdi. Shunga qaramay, qurolsiz bu kishilar qizil askarlarning Qo’qon shahriga hujumini uch kun davo-mida mardonavor qaytardilar. Shu kunlarda Muxtoriyat hukumati ichida ham zid-diyatlar kuchaydi. Hukumat a'zolarining bir qismi Qo’qon yangi shahar bolsheviklari yuborgan ultimatum asosida ular bilan muzokarani davom ettirishni yoqlab chiqdi. Aslida muzokaralar dastlab qon to’kilishi oldini olish maqsadida 30-yanvar (12-fevral)da boshlangan bo’lib, muxtoriyatchilar bolsheviklarga o’z talablarini bayon qilishgan edi. Ammo Qo’qon revkomi qonuniy hukumatning qal'ani bo’shatib qo’yish haqidagi adolatli talabiga rozi bo’lmagach, u o’z-o’zidan to’xtab qoldi. 17-fevralda bolsheviklar o’z talablari asosida qayta mu-zokara boshlashni taklif qildilar. Tabiiyki, ularning Muxtoriyat hukumati rahbarlarini sovetlarga topshirish kabi shovinistik talablarini Muxtoriyat hukumati rad qildi. 18-fevralda bolsheviklar Muxtoriyat hukumati sovet hokimiyatini tan olishi va unga bo’ysunishi, milliy qo’shinni tarqatib yuborishi kerak, degan yangi talablar qo’ydilar. Bu safar ham ularga rad javobi berildi. Shu orada muxtoriyatchilar qatorlarida parokandalik yuz berdi. Baxtga qarshi o’sha 18-fevralda M.Cho'qayev hukumati ulamochilarning tazyiqi bilan isteToga chiqdi. Vazirlarning ba'zilari Qo’qonni tark etishga majbur bo’ldi. Hukumatning boshqa a'zolari esa bolsheviklar tomonidan keyinchalik qo’lga olindi.
Qo’qon shahar mirshablari boshlig’i Kichik Ergash 18-fevraldan boshlab amalda Muxtoriyat hukumatining rahbariga aylandi. Turkiston o’lkasi harbiy komissari Ye.Perfilev boshchiligidagi piyoda otliq va artilleriya qismlaridan iborat 11 eshelon Qo’qonga keldi. Qizil askarlar shaharda bosqinlar uyushtirib, uni talon-toroj qilishga kirishdilar. Shahar ustida uch kun davomida to’plardan yondiruvchi snaryadlar otildi. Muxtoriyat qo’shinining tirik qolgan qismi shahardan chiqib ketdi. Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklarning qonli hujumlari oqibatida ag’darib tashlandi. Ammo Qo’qon va uning atroflarida tinch aholini talash, o’ldirish avjga chiqdi. Faqat Qo’qonning o’zida uch kun davomida 100000 kishi o’ldirildi. Sobiq xonlik poytaxti bo’lgan Qo’qon shahri butkul vayronaga aylantirildi.
«Ulug’ Turkiston» gazetasi chuqur qayg’u bilan xabar berganidek, «20(7)- fevral Ho’qand (Qo’qon) tarixining eng dahshatli kuni edi. Armanilar ayricha faoliyat ko'rsatganlar...». Gazetadagi ushbu maqola «Ho’qand hozir o’liklar shahri» degan dahshatli ibora bilan tugaydi.
Nihoyat, 1918-yil 22(9)- fevralda Qo’qon shahridagi Rus-Osiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tay-yorlangan «tinchlik shartnomasi» imzolandi. Ushbu shartnomaning ikkinchi moddasida: «Aholi o’lka Xalq Komissarlari Soveti hokimiyatini va barcha mahalliy sovet tashkilotlarini tan oladi», deb yozilgan edi. Ha, o’qqa tutilgan, o’ldirilgan, talangan va tahqir etilgan qo’qonliklarning tirik qolgan qismi sovet hokimiyatini tan olishga majbur bo’ldi.
Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umr ko’rgan bo’lsa ham, u erksevar xalqimizni milliy mus-taqillik va istiqlol uchun kurashga da'vat etdi. Vatan tuyg’usidek muqaddas tuyg’u qalbining to’ridan joy olgan Turkiston munavvarlarining muxtoriyat uchun olib borgan kurashlari izsiz ketmadi. 1918-yilning erta ba-horida avval Farg’ona vodiysida, so’ngra butun Tur-kistonda Sovet hokimiyati va qizil armiyaga qarshi qurolli harakat boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |