Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan


Turkistonda ocharchi-likning kuchayishi va uning oqibatlari



Download 1,75 Mb.
bet6/32
Sana16.12.2019
Hajmi1,75 Mb.
#30517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza m


Turkistonda ocharchi-likning kuchayishi va uning oqibatlari. Bolshevistik rejim 1919-yil 4-iyunda «G'alla monopoliyasi to'g’risida», «Sinfiy non pa-yogi to'g’risida», «Turkiston respublikasida oziq-ovqat siyosatini amalga oshirish yuzasidan oziq-ovqat komis-sariga favqulodda vakolatlar berish to'g’risida» kabi dekretlarni qabul qilishi bilan Turkistonda oziq-ovqat diktaturasini joriy qildi. G’alla monopoliyasi hech qan-day tayyorgarliksiz joriy qilindi va shafqatsiz ravishda amalga oshirildi. Bu holat Turkistonda ocharchilikning nihoyatda kuchayishiga olib keldi.

Ocharchilikka qarshi kurash markaziy komissiyasi raisi LRisqulov o’z tarjimai holida yozganidek, «haqiqatan ham ko’chalar, ariqlar va qishloqlarda o’la-yotgan millionlab yo’qsullar va bolalarni qutqarish kerak edi, o’sha vaqtdagi hokimiyat bunga panja orasidan qarardi (masalan, 1 mln och kishi uchun hammasi bo’lib 50 mln so’m pul ajratildi)». Qiyoslash uchun shu narsani keltirib o’tamizki, o’sha paytda bir buxanka nonning narxi 1000 so’m atrofida bo’lgan.

Farg’ona viloyati sovetlarining XIII s'yezdida viloyat inqilobiy qo’mitasi raisi vodiydagi ocharchilik to’g’risida to’xtalib, shunday degan edi: «1917—1918-yillardagi ocharchilik Farg’ona viloyati xo’jaligining vayron bo’lishida kuchli ta'sir ko’rsatdi ... Faqat Qo’qon va Marg’ilon uyezdlarida ocharchilik oqibatida 1917— 1923-yillarda 0,5 mln odam o'ldi». Arxiv hujjatlarining dalolat berishicha, «Farg’ona vodiysida 1917—1923-yil-larda ocharchilik natijasida 1 mln kishi halok bo'lgan».

Turkiston respublikasidagi dahshatli ocharchilik uning boshqa viloyatlariga ham keng tarqaldi. Masalan, Samarqand viloyati Jizzax uyezdining 70 foiz aholisi ochlikdan qirilib ketdi. Boshqa uezdlarda ham ahvol shunday fojiali edi. Samarqand uyezdining o’zida esa 70.000 odam ocharchilikdan o’lib ketdi.

T.Risqulov sal keyinchalik yozgan «Inqilob va Turkistonning tub aholisi» asarida o’sha davrda Tur-kistonda, xususan Farg’ona vodiysi va Yettisuvda avj olgan ocharchilikning butun dahshatlarini ko’rsatib be-radi. Uning fikricha, o’lka butun aholisining teng yarmi, taxminan, 2,5 mln kishi ochlikdan azob chekkan. Ocharchilik Turkistonda 1923-yilning oxirigacha davom etdi.

T.Risqulov Turkiston sovetlarining favqulodda VII s'yezdida butun bir millat yo’q bo’lib ketishi mumkinli-gi haqida gapirganda uning so’zlarida kuchli dard bor

edi. Ko’z ko’rib, quloq eshitmagan hodisalar haqida oziq-ovqat komissari V.Lapin tan olib, quyidagi fikrni yozgan edi: «Markaziy Rossiyadagi ocharchiliklar Turkistondagi dahshatlar oldida hech narsa emas». Shu narsa xarakterli holki, ocharchilik Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududida deyarli tarqalmagan. Aksincha, bu mamlakatlarda respublika tuzumi o’rnatil-gach, ular Turkistondagi birodarlariga iqtisodiy yordam berishgan.

Turkistondan Rossiyaga oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy boyliklarning tashib ketilishi

Dahshatli ocharchilik va og’ir iqtisodiy inqirozni boshidan kechirayotgan Turkiston o’l-kasidan Rossiya markaziga eng avvalo oziq-ovqat mah-sulotlarini olib chiqib ketish

tobora kuchaydi. Arxiv huijatlarining dalolat berishicha, 1920-yilda tashib ketilayotgan g’alla mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat turlarining miqdori 4,5 marta ko’pay-gan. Boshqa bir hujjatda yozilishicha, «1921—1922-yil-larda Turkistondan Rossiyaga 4.400.000 pud g’alla jo'natilgan». o’sha paytda don yetishtirishga ixtisoslash-magan Turkiston qishloq xo’jaligi uchun bu katta miq-dordagi hosil hisoblangan. Chunki, Turkiston chorizm tomonidan bosib olingach, o’lkadagi bug’doyzorlar hiso-bidan paxta ekiladigan maydonlar kengaytirilgan bo’lib, g’alla Rossiyaning markaziy guberniyalaridan bu yerga tashib kelinardi. Ma'lumki, Turkistonda bolsheviklar hokimiyat tepasiga kelgach, Rossiyadagi fuqarolar urushi natijasida o’lkaga g’alla keltirish deyarli to’xtab qolgan edi.

1920-yil boshlariga kelganda g’alla monopoliyasi siyosati bir qadar yumshatildi. Oziq-ovqat razvyorstkasi ko’rinishidagi monopoliyani faqat ko’chirib keltirilgan krestyanlar yashaydigan rayonlarda o’tkazishga qaror qilindi. Mahalliy aholi yashaydigan joylarda natura solig’i joriy qilindi. Biroq oziq-ovqat tayyorlashdagi ta-baqalashtirilgan bunday yondashuv uzoq saqlanib qol-madi. Turkkomissiya a'zolari V.Kuybishev va F.Golosh-chyokinning tazyiqi bilan 1920-yil avgustda butun Turkiston respublikasi hududida oziq-ovqat taqsimoti (prodrazvyorstka) ni joriy etish to’g’risida qaror qabul qilindi. Oziq-ovqat razvyorstkasi aholini ochiqdan-ochiq talashga aylanib, ijtimoiy keskinlikni kuchaytirib yubordi. Oziq-ovqat to’plovchi otryadlar mahalliy xalqni qon qaqshatib, uning so’nggi burda nonini ham tortib olishar edi. Turkiston respublikasidagi oziq-ovqat to’plovchi otryadlar faqat 1920—21-xo'jalik yilida mahalliy aholi qo’lidan 9.708.703 pud g’alla, 6.358.144 pud yem-xa-shak, 1.606.210 pud go’sht va boshqa mahsulotlarni tor-tib olishdi. Tortib olingan oziq-ovqat mahsulotlari Rossiyaga jo’natilar edi. Shunday qilib, Turkistonda g’alla monopoliyasi va oziq-ovqat razvyorstkasi natijasida mahalliy aholi qo’-lidan:

1) 1918—19-yillarda zo’ravonlik va nomigagina tovar ayirboshlash yo’li bilan 4.500.000 pud;

2) 1919—20-yillarda tovar monopoliyasi va tovar ayriboshlash yo’li bilan 5.250.000 pud;

3) 1920—21-yillarda oziq-ovqat razvyorstkasi hiso-bidan 9.700.000 pud;

4) 1921—22-yillarda oziq-ovqat solig’i hisobidan 4.000.000 pud g’alla tortib olindi.

Xalq ocharchilikdan qirilayotgan bir mahalda Turkistondagi ayrim oziq-ovqat zaxiralari bolsheviklar tomonidan frontda harbiy maqsadlar uchun foydalanildi. Masalan, 1919-yilning birinchi yarmida faqat Zakaspiy frontida 198 sisterna o’simlik yog’i va 305 sistema neft yonilg’i sifatida ishlatildi. Turkiston temir yo’llaridagi parovozlarda 53 sistema o’simlik yog’i va 223 sisterna neft yoqildi. Ayrim zavod va korxonalarda 118 sistema o’simlik yog’i va 156 sisterna neft ham yoqib yuborildi. Bu davrda aholi ehtiyojlari uchun atigi 63 sisterna o’sim-lik yog’i ajratildi.

Turkiston Xalq Xo’jaligi Markaziy Kengashi (XXMK)ning nashri bo’lgan «Turkiston xalq xo'jaligi» jurnalida o’simlik yog’ining frontda ishlatilishi to’g’risi-da quyidagicha yozilgan edi: «1920-yil fevral oyiga kelib, 600.000 pud o’simlik porovozlarda yonilg’i sifatida ish-latilgan». Ko’mir va o’tin yo’qligidan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ham (Turkistonda yuz minglab odamlar ocharchilikdan qirilayotgan bir paytda) yoqilg’i sifatida ishlatilar edi. Orol dengizi uchastkasida parovozlar quri-tilgan baliq yoqib yurgizilgan. Shuningdek, parovozlarga kunjara yoqishga urinib ko’rilgan. Eng dahshatli hodisa shundan iboratki, hamma narsani qurbon qilish evaziga yetishtirilgan paxta ham yoqilg’i sifatida ishlatilgan.

Turkistondagi og’ir iqtisodiy ahvol respublikada boshlangan ocharchilikni nihoyatda kuchaytirib yubordi. Qishloqlarda nonsiz va yersiz qolgan dehqonlar, shahar-da yashovchi hunarmand va ziyolilar, mahalliy aholiga mansub yuz minglab kishilar dahshatli ocharchilikning qurboni bo’lishdi. o’lkadagi bolshevistik rejim, xalq ocharchilikdan qirilayotgan bir paytda Markaziy Ros-siyaga g’alla va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yuzlab eshelonlarda jo’natish bilan cheklanmasdan, balki o’sim-lik yog’i, quritilgan baliq, bug’doy kabi tansiq mahsulot-lardan parovozlami yuritishda yoqilg’i sifatida foydalan-di, ularni frontda harbiy maqsadlarda ishlatdi.

Sovet rejimi davrida keyinchalik ham bir necha marta ocharchilik yuz berdi. 30-yillarning boshida Markaziy Rossiya, Volga bo’ylari va Qozog’istonda ocharchilik ayniqsa dahshatli bo’ldi. 1932—1933-yillarda ocharchilik O’zbekiston SSRga ham o’z ta'sirini ko’rsatdi. Parijda chiqadigan «Yosh Turkiston» jurnalining yozishicha, o’sha kunlarda respublika poytaxti Toshkent ko’chalari-da ocharchilik natijasida o’lgan odamlarning jasadlarini uchratish mumkin edi. Ularning aksariyati qo’shni respublikalardan non qidirib, Toshkentga kelishgan edi. Afsuski, bu paytga kelib non shahri — Toshkentning o’zida ham non qolmagan edi...



Savol va topshiriqlar

1. Turkistonda ocharchilik qanday kelib chiqdi? 2. Bolshevistik rejim ocharchilikni nima uchun kuchaytirdi? 3. Turkistondan qanday moddiy boyliklar Rossiyaga tashib ketilgan?

4. Ocharchilikning oqibatlari qay tarzda yaqqol ko’rindi? 5. Ocharchilik nima uchun yuzaga kelganini asoslab bering.

11-§. TURKISTONDA SOVET MUSTABID TUZUMIGA QARSHI QUROLLI HARAKAT

Reja:

1.Farg'ona vodiysidagi sovet hokimiyatiga qar-shi qurolli harakat, uning maqsadlari va mohiyati

2.Harakatning Turkistonga ta’siri

3.Zulm va istibdodga qarshi olib borilgan janglar.

Turkistonda sovet hokimiyati va bolshevikcha rejimga qar-shi harakat 1918-yil fevral oyining so’ngi o’n kunligida boshlandi. Dastlabki guruh-larning tuzilishi Qo’qon atrofidagi Bachqir qishlog’ida boshlangan. Farg’ona vohasida bu davrda 3 yirik qurolli guruhlar sovetlarga qarshi kurash olib borgan. Ulardan eng yirigi Marg’ilonda, militsiyaning sobiq boshlig’i Muhammad Aminbek Ahmadbek o’g’li - Madaminbek (1892-1920) edi. «O'z oldiga sovet hokimiyatini ag’darish va Farg’ona muxtoriyatini tiklash vazifasini qo’ygan Madaminbek

ustomon siyosatchi va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi», deb tan olinadi 1918-yilga oid arxiv

hujjatlarning birida. Farg’ona vodiysida 1918-yilning o’rtalariga kelib taxminan yuzga yaqin guruhlar

qizil armiya qismlariga qarshi kurash olib bordilar. Bu guruhlarda 15000 yigit bor edi. Bu harakat Qo’qon fojialaridan keyin boshlangan bo’lishiga qaramay, uning ildizlari chor Rossiyasi tomonidan Turkiston bosib

olingan XIX asrning 60—70-yillariga borib taqaladi. 1918-yil fevralida Turkiston xalqlarining milliy hukumati yo’q qilinganida ularning milliy g’ururi ham yanchilgan edi. Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi harakat vujudga kelishining bosh sababi sovet hokimiyatining o’lkada yuritgan mustamlakachilik siyosati va bolshe-viklar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sotsialistik tadbirlar, korxonalarning davlat ixtiyoriga o’tkazilishi, xususiy mulkning bekor qilinishi, oziq-ovqat razvyorst-kasi va g’alla monopoliyasi, masjid, xususiy maktab va qozixonalarning bekitilishi bo’ldi. Vaqf yerlarining tugatilishi, majburiy mehnatning joriy qilinishi hamda qizil armiya jangchilarining talonchilik va bosqinchilik-lari harakatga alohida keskinlik va ko’lam bag’ishladi, uning tobora kengayishi va rivojlanishiga olib keldi. U goh kuchayib, goh pasayib turishiga, unda ishtirok etganlarning tarkibi almashib turganligi va ikkilamchi manfaatlar o’zgarib turishiga, obyektiv va sub'ektiv omil-lar kuchlar muvozanatiga turlicha ta'sir qilganiga qara-may, harakatning asosiy maqsadi Turkiston mustaqilligi bo’lib qolaverdi.

Madaminbek Farg’ona fronti qo’shinlari qo’mondoni M.Safonov nomiga yo’llagan maktubida (1919-yil 11-mart) ular qanday maqsad yo’lida kurashayotganliklari-ni, bu harakatning mohiyati va «bosmachi» deb kimni aytish lozimligini yaqqol ko’rsatib berdi. Harakatning mohiyatini sovet qo’mondonligi vakil-lari ham e'tirof etishga majbur bo’ldilar. Turkiston fron-tining qo’mondoni Frunze: «Bosmachilikka qarshi kurash tamoman yangi, ayrim xususiyati bo’lgan, o’ziga xos dushman bilan kurash demakdir», deb yozgan edi. Turkiston XKS raisi Qayg’usiz Otaboyev Turkiston siyosiy muhitiga ta'siri MIK 4-plenumida (1922-yiliyul) quyidagi haqiqatni oshkora ta'kidlashdan cho’chimadi: «...dastlabki davrlarda bosmachilik ruhida bo’lgan bu harakat endilikda siyosiy mazmun kasb etdi. Shuni ta'kidlash lozimki, 1919— 1920-yillarga kelib Farg’onada qaroqchilik, bosmachilik emas, balki o’ziga xos xalq qo’zg’oloni vujudga keldi. Biz to’rt yil davomida bu harakatga hatto to’g’ri baho berishni ham bilmadik, u xalq qo’zg’oloni bo’lgani holda bosmachilik deb atadik».Asosiy harakatlanuvchi kuch dehqonlar, chorikorlar,mardikorlar, hunarmandlar edi. Turkiston respublikasi rahbarlaridan Turor Risqulovning e'tiroficha, harakatga «asosan dehqonlar va hunarmandlar kelib qo'shilardi». Ularning milliy tarkibi asosan tub joy aholisi — O’zbek, tojik, qirg’iz, qozoq, turkman, qoraqalpoq va uyg’urlar-dan iborat edi.

Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatni tashkiliy jihatdan uyushtirishda Farg’ona vodiysi, Buxoro va Xorazmdagi guruh rahbarlarining mazkur davrda bo’lib o’tgan o’ttizdan ortiq qurultoylarining ahamiyati katta bo’lgan. Ularda rahbarlar saylangan, yagona qo’mon-donlik ostiga birlashtiriigan. Ammo bunga doim ham amal qilinmas edi.

Turkiston ziyolilari va taraqqiyparvarlari — naman-ganlik Nosirxon to’ra Said Kamolxon to’ra o’g’li, toshkentlik muftiy Sadriddinxon Maxsum Sharifxo’ja qozi o’g’li, Turkiston MIK raisining sobiq o’rinbosari To’raqul Jonuzoqov, asli boshqirdistonlik Ahmad Zaki Validiy va boshqalar bu harakatni qo’llab-quvvatladilar.Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 1919-yil yozi-olib borilgan janglar ning oxiri va kuzida o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiq-di.- Madaminbek boshchiligidagi qo’shinlar safiga Jalolobodda turgan ras krestyanlar armiyasining qo’shilishi vodiyda sovet hokimiyatini ag’darish uchun real kuch edi. Sentabr oyining dastlabki kunlarida Madaminbek lashkarlari Jalolobod va o’sh shaharlarini egallashdi. Ular 13-sentabrda Eski Marg’ilon shahrini qizil bosqinchilardan ozod qildilar. Shu bilan birga vodiydagi eng yirik strate-gik shahar — Andijonni qamal qilishga kirishdilar. Madaminbek boshchiligidagi qo’shinning hujumi Farg’ona vodiysini larzaga keltirdi. 1919-yil 22-oktabrda Pomirning Ergashtom ovulida bo’lgan anjumanda Madaminbek boshchiligidagi Farg’ona muvaqqat mux-toriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga 16 yerli aholi va 8 rus vakili kiritildi. Madaminbek hukumat boshlig’i bo’lish bilan birga, Oliy Bosh qo’mondon ham etib tayinlandi.

1919-yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo'l ostida 30000 ga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi istiqlol janglarini olib bordilar. Madaminbek siymosida sarkardalik, davlat va siyosat arbobiga xos sifatlar uyg’unlashgan edi. U vodiydagi sovet hokimiyati organlariga muqobil ravishda o’z siyosiy boshqaruv usulini joriy qildi. «U bizning rahbarlik faoli-yatimizda yo'1 qo’yilgan xato va kamchiliklarimizdan ustalik bilan foydalanardi. Uning «boshqaruv apparati», o’zining tribunali, o’zining «genshtabi» bo’lgan; u qonunlar chiqargan», deb e'tirof etadi Madaminbekka qarshi kurashgan dushmanlardan biri — qizil komissar Gramatovich.

Tarixchi Ra'no Rajabovaning yozishicha, qizil ar-miya qo’mondonligi, bolsheviklar bu kurashda jiddiy yutuqlarni qo’lga kirita olmaganliklari oqibatida Farg’ona vodiysining tinch aholisidan vahshiylarcha o’ch ola boshladi. Chunonchi, 1918-yilda qizil askarlar va dashnoqlar Chustda 1500 kishini qatl qildilar. 1918-yil oxiri — 1919-yil boshida bu kuchlar Bozorqo’rg’on, Qo’qon-qishloq, So’zoq qishloqlariga bosqinchilik hujumlari uyushtirib, dehqonlarni qirg’in qildilar, mol-mulklarini taladilar, qishloqlarga o’t qo’ydilar.

1919-yil bahorida rus krestyanlari sovet hokimiyati siyosati, tinch aholining qirg’in qilinishidan norozi bo’lib, krestyanlarning Monstrov qo’mondonligi ostidagi armiyasi Madaminbek lashkarlari bilan qo’shildi. Qizil armiyaga qarshi janglar olib bordi.Farg’ona vodiysiga bolsheviklar tomonidan qo’shim-cha kuchlarning tashlanishi natijasida 1920-yil yanvar oyining o’rtalariga kelib jangovar tashabbus qizil armiya qo’liga o’tdi. Katta Ergash qo’rboshining qo’shini mag’-lubiyatga uchragach (u 1921-yil dekabrda Xonoboddagi qarorgohida qizil askarlar bilan bo’lgan jangda o’ldirildi), Shermuhammadbek asosiy kuchlarini olib Oloy vohasiga chekindi. Madaminbek vaqtdan yutish uchun Farg’ona fronti qo’shinlari qo’mondonligiga yarash muzokaralari boshlashni taklif qildi. Natijada Madaminbek bilan 2-Turkiston o’qchi diviziyasining boshlig’i Veryovkin-Roxalskiy o’rtasida 1920-yil 6-martda Farg’ona shahrida yarash bitimi imzolandi.Shuni aytish kerakki, ko’pincha guruh boshliqlari o’zaro kelisholmasdi, ular orasida jipslik, hamjihatlik yo’q edi. Shuning uchun ham bu harakat mag’lubiyatga uchradi. Bir-birini qo’llab-quvvatlash o’rniga qo’rboshi-lar raqobatchilik psixologiyasidan chiqa olmadilar. Shu sababga ko’ra Madaminbek qon to’kishni to’xtatish maqsadida muzokaralar olib borish uchun qo’rboshilar bilan uchrashganda Shermuhammadbekning roziligi bilan Xolxo’ja eshon 1920-yil 14-mayda Qorovul qish-log’ida uni xiyonatkorona o’ldirdi. Madaminbek o’rtadan ko’tarilgach, ertasigayoq bolsheviklar qurolli harakatlarni kengaytirdilar. Ammo Turkiston xalqlarining sovetlarga qarshi janglari 1920-yilda va undan keyin ham davom etdi. Farg’ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi kurash-lar bilan bir qatorda, endilikda Buxoro va Xorazmda ham bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurash boshlandi.

Turkistondagi harakat 1920-yilning yozi va kuzida o’zining yangi bosqichiga kirdi. Kurash yana ham shafqatsiz va murosasiz tus oldi. Turkiston MIK raisi Inomjon Xidiraliyevning keyinchalik yozishicha, «1920-yil sentabrda bosmachilarning soni 70000 kishiga yetdi va kuchli vahima uyg’otdi...».

Turkistondagj sovet hokimiyatiga qarshi harakatning 1921—1922-yillarda qaytadan ko’tarilishi va avj olishiga sovet hokimiyati tomonidan yuritilgan o’ziga xos mustamlakachilik siyosati, tinch aholining ommaviy ravish-da qirg’in qilinishi jiddiy sabab bo’ldi.1921-yil 13-sentabrda Farg’ona vodiysida favqulodda holat e'lon qilindi. 1921-yil noyabrda Farg’ona vilo-yatida harbiy diktatura o’rnatildi va Turkfront harbiy inqilobiy kengashi a'zosi P.Baranov Farg’ona viloyati-ning harbiy boshlig’i qilib tayinlandi.

Turkkomissiya, keyinchalik Turkbyuro qizil qo’shin-lar harakatini boshqarib, Markazga hisobot berib turdi-lar. Markaz harakat boshliqlariga nisbatan shafqatsiz jazo choralari qo’llash lozimligini qafiy talab qildi.

Shermuhammadbek boshchiligida tuzilgan Turkiston muvaqqat hukumati 1922-yil oxirida tarqalib ketdi. Uning o’zi qator janglardan keyin 1922-yil dekabr oyining so’nggi kunlarida Buxoro respublikasi hududiga,1923-yil bahorida esa Afg’oniston davlatiga o’tib ketdi. Farg’ona vodiysida 1923—1924-yillarda kurashchilarning kichik-kichik guruhlari jang harakatlarini olib bordilar. Farg’onada ularning soni 1923-yilda 350—400 atrofida edi. Lekin ular kurashning mazkur bosqichida turli sabab va mahalliy shart-sharoitlar natijasida doim ham bir-birlari bilan kelishib ish ko’rmadilar.Bu harakat sovet totalitar tuzumi O’zbek xalqiga va butun Turkiston xalqlariga o’tkazgan zulmi, istibdodiga qarshi qaratilgan edi. Shuning uchun ham biz uni mil-liy-ozodlik harakati deb baholaymiz.

Lekin uning rahbarlari hammasi ham progressiv fikr yurituvchi bo’lgan deyish mumkin emas. Ayrimlari (masalan, Madaminbek) dunyoviy taraqqiyotga intilgan davlat qurmoqchi bo’lsa, boshqalari (masalan, Ibrohim-bek) Buxoroga amir hokimiyatini qaytarish tarafdori edi. Ularning ayrimlari dunyoqarashlari tor, bir-biridan ustun bo’lishni xohlar edilar. Shuning uchun ham ular orasida jipslik, hamjihatlik yo’q edi. Shu bilan birga sovet hokimiyati zo’ravonlik usuli bilan xalqni o’ziga og’dirolmaganligini tushunib, ayrim islohotlarga yo'l ochib berdi. Masalan, yangi iqtisodiy siyosatning (YalS — H3II) kiritilishi, vaqflarning qay-tarilishi, eski maktablarning qaytadan ochilishi urushlar-dan charchagan xalqni chalg’itdi. Ammo bu islohotlar vaqtincha nayranglar bo’lganligi qurolli harakat tugati-lishidan keyin ayon bo’ldi va ular yo’qqa chiqarildi.

Ammo shubhasiz, sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatni xalq qo’llab-quvvatladi va uning tarixi bolshevizm mafkurasining Turkiston xalqlari turmush tarziga zidligini ko’rsatib beradi.



Savol va topshiriqlar

1. Turkiston respublikasida sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatni keltirib chiqargan sabablarni ochib bering.

2. Harakatning ko’zga ko’ringan rahbarlari, ishtirokchilari va ularning maqsadlari, ilgari surgan g'oyalari haqida gapirib bering.

4. Farg'ona vodiysida olib borilgan jangovar harakatlarni ta'riflab bering.

5. Harakat nima uchun aynan Farg'ona vodiysida boshlandi? Bu haqda o’z fikringizni ayting.

12-§. IQTISODIY INQIROZDAN CHIQISH TADBIRLARI. YANGI IQTISODIY SIYOSAT VA UNING

NATIJALARI

Reja:

1.Iqtisod sohasidagi yangi chora-tadbirlar hamda siyosatning mazmun-mohiyati

2. Turkistonda iqtisodi yotdagi kelishuvchilik jarayonlar

Xo’jalikning vayronligi, qa-hatchilik jamiyatning barcha qatlamlari, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, guruhlar faoliya-ti, manfaatlari, qarashlari, kayfiyatiga jiddiy ta'sir ko’rsatdi. Ular iqtisodiy inqirozdan chiqishni qafiy talab qilish bilan birga, buning yo’llari to’g’risida ham mushohada qildilar. Turkistonda aholining ko’pchiligi-ni tashkil qilgan dehqonlar razvyorstka asosida ortiqcha mahsulotni tortib olishni to’xtatishni, majburiy mehnat-ga jalb qilishni, savdo, mol ayirboshlashni tartibga so-lishni talab qildilar. Hunarmand-kosiblar materiallar olish, tayyor mahsulotlarni sotish uchun sharoitlar bo’lishi talabi bilan chiqdilar. Ishchilar, idora xodimlari, ziyolilar xo’jalikni oyoqqa turg’izish asosida ishsizlikka, qahatchilikka barham berish, hayot darajasini ko’tarish-ga intildilar, madaniy-ma'rifiy muammolarga diqqatni qaratdilar. Nihoyat, sobiq korxonalar egalari, tijorat ahli iqtisodiyotdagi inqirozli ahvoldan qutulish uchun mulkdorlar faoliyati, moddiy manfaatdorlik tamoyillari, pul-tovar munosabatlarining tarixan hal qiluvchi rol o’yna-ganiga jamoatchilik diqqatini tortdilar.

Sovet hokimiyatining inqilobiy o’zgarishlari, ilgari surgan so'1 xayoliy, hayot voqeligidan butkul uzoq siyosati mag’lubiyatga uchragan bilan bir qatorda bol-shevistik hukumatga halokatli xavf tug’dirardi. Mar-kazdagi «dohiy»lar buni tushunib yetdilar. Ular o’rtasida kurash keskirdashdi. Og’ir iqtisodiy vaziyat, jumladan, Turkistondagi ahvol iqtisodiyot tarmoqlarida, uni bosh-qarishda tub o’zgarishlar yasash zarurligini ko’rsatdi.

1921-yil boshlarida qator muhokamalar natijasida iqtisodiyot sohasida bir qator ko’nikmalar e'lon qilindi, bu sovet mamlakatida yangi iqtisodiy siyosat (YalS) nomini oldi. Uning asosiy mazmun-mohiyati harbiy kommunizm siyosati, oziq-ovqat razvyorstkasi dehqon mahsulotlarini tortib olishni yo’q qilish, mulkchilikning turli shakllari, soliqlar tizimini joriy etish va erkin bozor-ga o’tishdan iborat edi.

o’ta salbiy inqilobiy o’zgartirishlarni tanqidiy qayta qurish, ulardan voz kechish bozor munosabatlariga asoslangan yo’lning tiklanishini bildirmas edi, albatta. Hokimiyat batamom erkin rivojlanish jarayoniga yo'l ochish, iqtisodiyot ustidan siyosiy-partiyaviy nazorat va ta'sirni bo’shashtirib yuborishni xohlagan emas. Xalq xo’jaligida yetakchi tarmoqlar — yirik korxonalar, temir yo'l, tashqi savdo, Turkistonda paxtani qayta ishlash korxonalari — davlat tasarrufida saqlab qolinib, ularni tiklash, ishga solish rejalashtirildi. Boshqa tarmoqlarni vayrongarchilikdan qutqarish uchun shaxsiy sarmoya-larni jalb qilish, qishloqda va shaharda chakana tad-birkorlik, ijara, yollash-yollanish, savdo erkinligi e'lon qilindi. Xo’jalik faoliyati, munosabatlarining soliqlar orqali boshqarilishi, qishloqda natural oziq-ovqat solig’ining joriy qilinishi ko’zda tutildi. Shahar bilan qishloq o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga siyosiy tus berilib, mol-tovar ayirboshlash mo’ljallandi. Dehqon xo’jaliklarini soliqqa tortish asosan oziq-ovqat, birinchi galda g’allakorlik borasida nazarda tutilgan. Boshqa ekinlar, xususan, paxta to’g’risida aniq ko’rsatmalar dastlab bo’lgan emas. Shunga qaramay, Turkistonda yangi iqtisodiy siyosat asosida xo’jalikni jonlantirish, ish-lab chiqarish kuchlarini tiklash uchun imkoniyatlar paydo bo’ldi. Hokimiyatning iqtisodiy siyosatida yangi tadbirlar muayyan maqsadlarga yo’naltirilgan edi.

Turkistonda iqtisodi yotdagi kelishuvchilik jarayonlar. O’lkada yangi voqelik dastlab shaharlarda, ishlab chiqarish, tijorat sohalarida yuz berdi. 1921 —1922-yillarda faqat Toshkentda 86ta korxona, 2386 ta do’kon, shuningdek, bozorlar, karvonsaroylar, hammomlar, tomoshaxonalar va boshqalar davlat tasar-rufiga olindi, ular qisqa vaqtda ishga tushirilib, xizmat ko’rsata boshladilar. Shirkatlar, birjalar tiklandi, yar-markalar uyushtirildi. Hunarmandchilik tez tiklandi. Turkistonda 1920-yilda 30 ming atrofida kosib qolgan bo’lsa, 1923-yilda ularning soni 110 mingga yetdi. Hunarmandlar aholining deyarli barcha ehtiyojlarini qondirar edilar. Hunar-mandlar bozorga chiqarilgan poyafzalning 86 %ini, ish-langan terining 76 %ini, kiyim-kechak va bosh kiyimlarning 85 %ini, idish-tovoqlarning 60 %ini ishlab chiqardilar. Ko’pgina ro’zg’or buyumlari, dehqonchilik-da zarur qurollar ham hunarmandchilik mahsulotlari edi.

Davlat iqtisodiyotni boshqarish tizimini yangi sharoitlarga moslashtirish choralarini ko’rdi. 1921-yil mart oyida Turkiston Iqtisodiy Kengashi (TurkEKOSO) tuzilib, mahalliy iqtisodiy kengashlar uning tasarrufiga o’tkazildi. Shuningdek, TurkEKOSO tarkibida Davlat Planlashtirish Komissiyasi (Gosplan) tuzildi. Pul xo’jaligi jiddiy amaliy ifoda kasb etdi. 1921-yilda Turkiston bonlari muomaladan chiqarilib, Rossiya qog’oz pullari muomalaga kiritildi, lekin ular tez orada qadrsizlanib qoldi. 1922-yilda boshlangan pul islohoti (pul almashtirish) uch yil davom etdi. Oltin hisobidagi chervonlar, kumush va mis tangalar chiqarildi. Markaziy banklarning bo’limlari, Turkistonning o’z banklari tashkil etilib, faoliyat ko’rsatdi. Davlat daromadlari va xarajatlari hisobga olinib, byudjet tuzishga kirishildi.

Davlat tasarrufida qoldirilgan korxonalarning xo’jalik hisobida faoliyat ko’rsatib, xarajatlarni daromaddan qoplay olganlari kreditlar bilan ta'minlandi, mahsulot chiqarish kengaytirildi. Bu jarayonda ba'zida ishchi, xiz-matchilar soni qisqartirildi. Transport, sanoat tiklanib bordi. Elektrstansiyalar, tramvay ishga tushirildi, korxo-nalar, ijaraga olingan obyektlar aholi talablari uchun mahsulot chiqarib, xizmat qila boshladilar. Chunonchi, o’lka sanoat korxonalari mahsulotining umumiy hajmi 1923/24-xo'jalik yilida 1921-yildagiga nisbatan 1,7 marta o’sdi. Sanoat mahsulotlarining miqdori 1923-yildagi 5 mln oltin so’mdan 1924-yilda 7 mln 322 ming oltin so’mga yetdi. Sanoat va hunarmandchilik sohalariga nisbatan iqti-sodiy siyosatdagi liberallashuv (kelishuvchilik)ning maz-mun-mohiyatini ma'muriy-siyosiy tazyiqni bo’shashti-rish, moddiy manfaatdorlik uchun imkoniyatlar yaratish, xo’jalik hisobi tamoyillaridan keng foydalanish tashkil qildi. Xo’jalik faoliyatiga erkin raqobat kirib kelib, yakkahokimlik (monopoliya), jumladan, davlat mono-poliyasi dastlab cheklandi, keyinchalik esa bekor qilindi. Qishloq xo’jaligini tiklash, dehqon xo'jaliklari va oziq-ovqat taqchilligini bar-YalS tamoyillari Oziq-ovqat solig’iga o’tildi. Bu dehqon xo’jaligini ko’tarish uchun yo'1 ochdi. Soliqni to’lagan-dan so’ng ortiqcha mahsulotni bozorda sotish, xo’jalikka zarur narsalarni sotib olish imkoniyati tug’ildi. Dastlab o’lkada oziq-ovqat solig’i sakkizta natural soliqdan tarkib topdi. Bu chalkashlik va suiiste'mollarga sabab bo’ldi. Soliq tizimini takomillashtirish choralari ham ko’rildi. 1921-yilda ekin yerlari maydoni oldingi yilga nisbatan ancha kengaydi. Lekin chalkashlik hamon salbiy ta'sir ko’rsatardi. Oziq-ovqat solig’i 1921-yilda 76 % ga, 1922-yilda qariyb 98 %ga bajarildi. Yangi yengillik tug’dirgan tamoyillar dehqonlar o’rtasida keng targ’ib qilinmadi. Rahbarlikning ma'muriy usullarini qoilash davom etdi. Chunonchi, 1921-yilning yozida irrigatsiya tarmog’i har-biylashtirildi. Dehqon xo’jaligi bu tarmoqda majburiyat-ni bajarish bilan birga, suv solig’ini to’lashi lozim edi.

Qishloq xo’jaligida moddiy yordam ko’rsatish uchun yagona oziq-ovqat solig’iga, keyinchalik natural shakl-dan pul bilan to’lashga o’tildi. 1923-yili Toshkentda qishloq xo’jalik banki ta'sis etildi. o’lkada irrigatsiyani tiklash uchun 1922/23-xo’jalik yiliga 5 mln 850 ming oltin so’m, kelgusi yilga 4 mln 800 ming va 1924/25-xo’jalik yiliga 6,5 mln oltin so’mga yaqin mablag’ ajratil-di. Bu mablag’lar sug’oriladigan ekin maydonlarini qayta tiklash uchun dehqonlarga ularning uyushmalari orqali kreditga berildi. Paxtachilikni tiklashga Rossiya markaziy to’qimachi-lik korxonalari ayniqsa muhtoj edi. Markaz bunga alohi-da ahamiyat berdi. Bu ishni tashkil qilish uchun Markazda paxtachilik bosh boshqarmasi ta'sis etildi, uning bo’limlari Turkistonda, boshqa joylar-da ish ko’rdi. Turkistonga g’alla, boshqa mollar yuborila boshlandi. Paxta soliqdan ozod qilindi, uning xarid narxi oshirildi. Hatto paxta yetishtirgan boy dehqonlarga ham paxtachilik qo’mitasi homiylik qila boshladiki, bu hol o’lkadagi rahbar bolsheviklarning noroziligini uyg’otdi. 1923-yilda paxtaga davlat monopoliyasi bekor qilindi.

Qishloq xo’jaligi, xususan, paxtachilikni tiklash uchun shirkatchilik uyushmalari (kooperatsiya) shakllari tashkil qilindi, davlat-bank mablag’lari shular orqali dehqon xo’jaliklariga kredit qilib beriladigan bo’ldi. Kooperatsiya turlari oldin ham bo’lgan, ammo sovet hokimiyati ularni burjuacha tashkilot deb tarqatgan edi. Yangi kooperativlar 1921-yilda tuzildi. Paxta tozalash zavodlari, paxtani xarid qilgan idoralar paxtakor dehqonlarni kooperativlarga uyushtirib, ularga hosilni terguncha kredit berib turganlar. Bularning soni 57 ta edi. Davlat keng miqyosda kreditlashni 1923-yil bahori-da amalga oshirdi. Paxtakor kooperativlar va meliora-tsiya kooperativlari tuzildi. Paxtakor kooperativlar soni 1923-yil oxirida 417 tani, ularga a'zolar soni 66 ming xo’jalikni tashkil etdi. Ularning soni 1924-yilda 523 va 124 ming, 1925-yilda 723 va 270 ming xo’jalikka yetdi. Meliorativ kooperativlar soni 1923-yilda 7 ta, 1924-yilda 29 taga yetdi. Kreditdan foydalangan dehqon xo’jaliklari paxta maydonlarini kengaytirib bordilar.

Turkistonning uch viloyatida 1922-yilda paxta hosili 39 ming tonnani, 1923-yilda 111 ming va 1924-yilda 209 ming tonnani tashkil etdi. 1924-yilda ekin yerlarining umumiy maydoni Birinchi jahon urushidan oldingi hajmning 60 % ini tashkil qildi. Qishloqda chorvachilik va boshqa tarmoqlar ham tiklana bordi. Bozor munosabatlariga, xo'jalik faoliyatida moddiy man-faatdorlikka imkoniyatlarning tug’ilishi qiyinchiliklami yenga boshladi. Ocharchilik chekindi. 1924-yilda Farg’ona vodiysi halokatli ahvoldan qutuldi.

Soliq sohasida kambag’al oilalarga imtiyozlar berildi. Soliqlarni asosan tadbirkorlar, tijoratchilar, o’rtahol va yirik dehqon xo’jaliklari, hunarmandlar to’lar edilar. 1922-yil may oyidan boshlab oziq-ovqat mahsulotlarining yakka shaxslar tomonidan o’lkadan tashqariga olib chiqib ketilishi taqiqlandi.

Eski shaharlar, mavzelar va tumanlarning aholisi dala yerlari, bog’-rog’lari hosili, sigir, qo’y-echkilari mahsu-lotlaridan foydalanar, bir qismini sotuvga ham olib chiqar edi.

Ijtimoiy siyosatda davlat yer maydonlariga artellar, kolxozlar, sovxozlar tuzib, ularning faoliyatini yo’lga qo’yishga harakat qildi. Lekin bu tadbirlar ijobiy natija bermadi. Mehnat vositalari, urug’lik, dastlabki mab-lag’lar bilan ta'minlanmagan kolxoz va artellar tarqalib ketar edi. Ayrim sovxozlarni xlopkomlar ijaraga olib, ishchilar yollab ixtisoslashtirdilar. Keng dehqon xo’jalik-lariga nisbatan yuritilgan siyosat va amaliy chora-tadbir-lar o’rtahol xo’jaliklarni qo’llab-quvvatlash, ularning sonini ko’paytirib borishga qaratildi.

Qishloq xo’jaligida ish hayvonlarining yetishmasligi jiddiy muammo tug’dirdi. o’lkada chetdan, ayniqsa, Xitoyning chegara oldi yerlaridan ho’kiz va otlar sotib olishga mablag’ (oltin, kumush pullar) ajratildi, sotib olingan qoramollarni chegaradan boj to’lamay olib kirishga ruxsat berildi. 1924-yilda Farg’ona vodiysiga 20 ming bosh qoramol keltirildi.

Xususiy savdo bilan birga davlat savdosi ham olib borildi. Ammo davlat magazinlari, do’konlarida gazmol, kiyim, kerosin va boshqa mollarning narxi baland bo’lib, keng aholining ularni sotib olishga qurbi yetmay qoldi. Natijada 1923-yil kuziga kelib, bir tomondan, savdo inqirozi (mollarning sotilmay qolishi), ikkinchi tomon-dan esa qimmatchilikdan noroziliklar kelib chiqdi. Bu hol shunday jiddiy tus oldiki, hukumat tezda narxlarni tushirishga majbur bo’ldi.

Xo’jalikni ko’tarishga qaratilgan siyosatda salbiy jihatlar ham bor edi. Chunonchi, davom etib kelgan an'anaga ko’ra, mintaqada gidrotexnika va katta ariqlar davlat mablag’lari hisobiga, mahalliy ahamiyatga ega ariqlar esa dehqonlarning o’zi tomonidan yil sayin ta'mirlanib, tartibga keltirib turilardi. Biroq sovet organ-lari bunga amal qilmadi, ishning ba'zi og’irliklari xalq zimmasiga yuklatildi. Sug’orish inshootlarini tiklash ish-lari iqtisodiy jihatdan rag’batlantirilmadi.

20-yillarning o’rtalarigacha iqtisodiy liberallashuv,kelishuvchilikning tiklanishi bilan bir qatorda hokimiyat siyosatida sinfiylik va siyosatlashtirish tamoyillari ham ko’zga tashlandi.


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish