Savol va topshiriqlar
1. 20—30-yillardagi atoqli O’zbek yozuvchilari va maYifatpar-varlarining asosiy vakillari va ularning asarlaridan qaysilarini bila-siz?
2. 20—30-yillarda sarTatning qanday janrlari shakllanib bordi?
3. Dinga qarshi nima uchun kurash olib borildi?
4..20—30-yillar madaniy qurilishida mavjud bo’lgan asosiy ,ova'vjy-siyosiy ziddiyatlar nimalardan iborat edi?
5, Fitrat va Cho’lpon ijodidagi istiqlol g'oyasini qiyosiy tahlil qiling
28-§. O’zbek XOTIN-QIZLARINI OZODLIKKA CHIQARISH JARAYONI VA MUAMMOLARI
Xotin-qizlar masalasi basharyat tarixidagi o ziga xos,murakkab hodisalardan. Bu muammo
ayniqsa, ming-minglab musulmonlar qismati keskin hal etilgan katta ijtimoiy o’zgarishlar davrida
O’zbekiston xalqlari o’tmishida o’chmas iz qoldirdi.
O’zbekiston xotin-qizlarining hayoti asrlar osha musulmonchilik qonuniyatlari va an'analari asosiga qurilgan edi. Shu bois sovet hukumati o’rnatilgach, qisqa vaqt ichida ularni yemirib tashlab, mutlaqo yangi an'analarni va unga muvofiq ravishda xotin-qizlarning yaralishi haqidagi qotib qolgan tushunchalardan butun-lay xoli bo’lgan erkaklar avlodini yaratish mumkin emas-di. Shu nuqtai nazardan qaraganda, haqli bir savol tug’ilishi tabiiy: O’zbekistonda «Hujum» harakatini boshlash, eski turmushga hujum qilish, ya'ni O’zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish zarurmidi? Ha, zarur edi, biroq bolsheviklar tanlagan tezkorlik yo’li bilan emas, asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga osbirish kerak edi.
Ma'lumki, oktabr to’ntarishidan so’ng Turkistonda xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquqliligi, balog’atga yetmagan qizlarni erga bermaslik masalalari bo’yicha bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. 20-yillarda tashkil etilgan xotin-qizlar bo’limlari bu jab-hada umuman olganda to’g’ri ishlarni amalga oshirdilar: har bir xonadonga kirib tushuntirish ishlari olib bordilar, maxsus xotin-qizlar klublari, artellar, do’konlar tashkil etdilar, bu yerlarda xotin-qizlar hech qanday qarshiliksiz tikish, savdo-sotiq, o’qish-yozishni o’rganish bilan shug’ullandilar. Barcha tadbirlar O’zbek xotin-qizlari tur-niusb. tarziga xos xususiyatlarga, milliy an'analarga mutanosib holda olib borildi. o’sha paytlarda hech kim paranji tashlash haqida so’z yuritmas edi. Faollar ko’proq ishontirish usuliga tayanishardi. Shunga ko’ra, xotin-qizlar huquqini ta'minlash, ularni yaratuvchilik va jamoatchilik ishlariga jalb etish borasida muayyan muvaffaqiyatlarga erishildi. Ayollar mehnati oila byud-jetiga munosib hissa qo’shgani, fuqarolarga qo'1 kelgani ma'lum.
Taajjublanarlisi shundaki, totalitar rejim bu boradagi ishlar sekin-asta borayotganidan qoniqmadi. Uni sun'iy ravishda tezlashtirish maqsadida 1927-yil bahorida «Hujum» kompaniyasi boshlab yuborildi va unga zarbdor safarbarlik xususiyati berildi. Bu jarayonda bolsheviklar rahiy omillarni, islom omilini mutlaqo hisobga olmadi. Holbuki, xotin-qizlaming paranjisiz yurishiga ijtimoiy muhit to’g’ri kelmasdi, bunga na partiya, sovet xodimlari, na oddiy odamlar tayyor edilar. Rahbar kadrlar par-tiya organlarining tazyiqi bilan o’z xotinlarini paranji yoqadigan joylarga yetaklab kelardilar-da, ertasiga yana paranji yopinishga majburlardilar.
«Hujum» kompaniyasi jarayonida bolsheviklar zo’ra-vonlik, ma'muriy yo'l bilan yuz ming ayolning paranjisi-ni tashlattirdi. Lekin partiyaning O’zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarishni tezlashtirish siyosati yomon oqi-batlarga olib keldi. «Hujum»ga qarshi bo’lganlar ayollarga nisbatan zulm o’tkaza boshladilar. 1927—1928-yil-larda O’zbekistonda 2,5 mingdan ortiq faol xotin-qizlar, tuman, qishloq kengashlarining a'zolari, xotin-qizlar klublari, kutubxonalar mudirlari, o’qituvcbilar hayotdan ko’z yumganlar. Ayollami erksizlikdan qutqarishda, erkinlikka chiqarishda bunday dahshatli fojialar bo'l-masligi ham mumkin edi. Buning uchun ularga avvalo zarur shart-sharoitlar yaratib, bu ishni bosqichma-bosqich amalga oshirish kerak edi.
Sovet hukumati O’zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish jarayonida ularni lshlab chiqarishga jalb qilish tadbirlari-ni ham amalga oshirdi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad sovet xalq xo’jaligi muammolarini hal qilish uchun yangi mehnat resurslari, ishchi kuchlarini paydo qilish edi.
Dastlab xotin-qizlar hunarmandchilik kooperatsiyasi-ga jalb qilindi. Xotin-qizlar klublarida ich kiyim, ko’rpa-to’shak, do’ppi to’qiydigan xona — ishxonalar ochildi. Keyinchalik, hunarmandchilik kooperatsiyasi tarkibida maxsus ayollar artellari tashkil qilindi. 1926-yilda respublikada 16 ta yirik ayollar artellari bo’lib, ularda 814 nafar mahalliy millat vakillari mehnat qilardi.
Qishloq joylarda ham ko’plab ayollar artellari ochildi. Marg’ilon tumanida ayollar pillakashlik arteli, Surxondaryo okrugining Koshman qishlog’ida gilam to’quvchi ayollar arteli mavjud edi. Shunga o’xshash hunarmandchilik artellari qishloqlarda ham faoliyat ko’rsatardi.
1930-yilda respublika hunarmandchilik koopera-tsiyasining 50 dan ortiq artellarida 5 ming nafardan ko’proq ayollar ishlardi. Ularning ko’pchiligi tikuvchilik ishxonalarida mehnat qilardi. Bundan tashqari, 2 ming-ga yaqin ayollar artellar bilan shartnoma tuzib, uyda ish-lardilar. Xotin-qizlar yirik sanoat korxonalariga ham jalb qilina boshlandi. Bu ish umuman olganda ijobiy jarayon edi. Lekin ko’p hollarda atroflicha, puxta o’ylab ko’rmay, kompaniyachilik yo’li bilan ayollarni og’ir ish-larga, ularning sog’iig’iga to’g’ri kelmaydigan vaziyat-larga qo’ydilar. Ayollarning fiziologik o’ziga xos tomon-lari hisobga olinmadi. Bu, albatta, ishlab chiqarishga jalb qilishdagi noto’g’ri yo'1 edi.
30-yillar boshidan boshlab ayollar mehnatiga muno-sabat o’zgardi. Sanoatlashtirishni jadallashtirish, sotsia-listik muvaffaqiyatlar ortidan quvish ayollar masalasida ham o’z asoratini qoldirdi. Ayollar erkaklar bilan teng huquqli degan qoida noto’g’ri talqin qilinib, xotin-qizlar mehnatda ham erkaklar bilan teng huquqli boiishi kerak, deb talab qilindi. Ayollar masalasi hal etildi deb tushunildi. Hattoki partiyaning qurultoylarida «Hozirgi paytda xotin-qizlar shu qadar o’sib ketganki, ularning o’ziga xos jihatlari haqida gapirish o’rinsiz», deb ko’rsa-tildi. 1930-yilda xotin-qizlar masalalari, muammolari bilan shug’ullanadigan xotin-qizlar bo’limlari faoliyati to’xtatildi.
Ayollar jismoniy kuch talab qiladigan og’ir sanoat korxonalarida chilangar, slesar, haydovchi bo’lib ishladi-lar, qurilishda mehnat qildilar. 1931-yilda «Tashselmash» zavodida 345 ayol, Toshkent temir yo’lining «Birinchi may» ustaxonasida 80 nafar ayol ishlagan. 1940-yilga kelib respublika sanoatidagi ishchilaraing 41 foizini xotin-qizlar tashkil etardi.
O’zbek xotin-qizlari qishloq xo’jalik ishlab chiqa-rishiga ham keng jalb qilindi. Ayollar kolxozlarga a'zo
bo’ldilar, pillachilik, bog’dorchilik, parrandachilik, sut xo’jaligi kabi qishloq xo’jaligining yordamchi tarmoqla-rida mehnat qildilar.
Respublikada ipakchilik keng rivojlangan edi. 1928-yilda Toshkent okrugida pillachilik artellariga 560 dehqon xo’jaliklari birlashgandi. 1930-yilda respublika-ning ipakchilik kooperatsiyasi shirkatlarida 13 mingga yaqin ayollar ishlardilar.
1925—1928-yillarda ayollar kolxozlari tashkil qilindi. Ularda 5,5 mingdan ko’proq xotin-qizlar mehnat qildi. Lekin bu artellar amalda o’zini oqlamadi. Xo’jalikdagi og’ir ishlarni bajarish uchun erkaklar yordami kerak bo’ldi. Shundan so’ng ayollar kolxozlarda erkaklar bilan birga ishlay boshladilar. 1931-yilda respublikada 50 foiz xotin-qizlar kolxozlarga a'zo bo’lib kirgan edilar.
30-yillarda O’zbek ayollarini ularga mos bo’lmagan kasb —traktorchilikka o’rgatish avjga chiqdi. Faqat 1939-yilda 2500 xotin-qizlar traktorchilar kursida o’qishga majburan jalb qilindi. Ularning ko’plari o’qishni bitirib bu kasb bo’yicha ishlamasdi. Farg’ona, Samarqand, Xorazm viloyatlarida kurslarni bitirgan 2 mingdan ortiq ayollardan faqat 714 nafari traktorchi bo’lib ishlagan.
Shunday qilib, O’zbek xotin-qizlarining ishlab chiqa-rishga jalb etilishi ularni ozodlikka chiqarishda muhim omil bo’ldi. Shu bilan birga partiya organlarining ma'-muriy-buyruqbozlik usuli, sanoatlashtirishni, kollek-tivlashtirishni jadallashtirish siyosati ishlab chiqarishda ayollar mehnatini tashkil qilishda qator muammolarni keltirib chiqardi.
O’zbek ayollarini jamiyatning teng huquqli a'zolariga aylantirishda, erksizlikdan qutqarishda ularni madaniy va ijtimoiy hayotga jalb qilish muhim ahamiyat kasb etdi. Madaniy-tarbiyaviy ishlarni olib borishda ayollar klublari katta rol o’ynadi. Bu klublarda ayollarga vrachlar masla-hatlar berardi, bolalar tibbiy ko’rikdan o’tkazilardi. Tikuvchilik va boshqa hunarmandchilik artellari tashkil qilinib, ayollarga moyana olish imkoniyati tug’dirildi. Shuningdek, kutubxona, yaslilar ochildi. Xotin-qizlar masalalari bo’yicha suhbatlar o’tkazilib turildi. Klublar O’zbek xotin-qizlarining madaniy saviyasini orttirishda
muhim ahamiyat kasb etdi. 1927-yilda Andijondagi Eski shahar ayollar klubida 134 a'zo bo’lgan. 30-yillar oxiri-da respublikada 42 ta shunday klublar faoliyat ko’rsat-gan.
20—30-yillarda xotin-qizlarning savodini chiqarishga katta e'tibor berildi, ayollarning savodsizligini tugatish bo’yicha maxsus kurslar tashkil qilindi. 1926-yilda respublikadagi 82 ta savodsizlikni bitirish maktablarida 2700 xotin-qiz o’qigan bo’lsa, 1936-yilda 186 ming ayol savodini chiqargan.
Kasb-hunar ta'limi tarmoqlariga xotin-qizlar keng jalb qilindi. Dastlab ayollar orasidan savodsizlikni bitirish kurslari o’qituvchilari, bog’cha, yasli tarbiyachilari, mak-tab o’qituvchilari tayyorlandi. Masalan, 1928-yilda Samarqand pedagogika kursida 73 nafar ayol o’qigan. 1929-yilda o’ndan ortiq xotin-qizlar pedagogika va meditsina texnikumlari mavjud edi. 1932-yilda respublika oliy o’quv yurtlaridagi talabalarning 20 foizini O’zbek xotin-qizlari tashkil qilgan. 30-yillarda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida xotin-qizlardan yetishib chiqqan mutaxassislar ishlay boshladi.
Xotin-qizlar faoliyatini oshirishda ayollar majlislari oilaviy yig’inlar, ayol delegatlari majlislari qo'1 keldi' Delegatlarga xotin-qizlar bo’limlari maxsus yo’llanma berib, davlat kooperativ va boshqa tashkilotlariga jamoatchilik asosida ishga yuborgan. Ular mahallalarda ayollar orasida tushuntirish ishlari olib borganlar mahal-lalardagi majlislarda kelin olganda qalin' berish balog’atga yetmagan qizlarni erga berish, ko’p xotinlik davlat qonunlari bilan man etilganligini tushuntirganlar Delegatlar tashkilotlarda, idoralarda ishlab, amaliy ish tajribasmi o’zlashtirganlar. Tajribaga ega bo’lgan dele-gatlar ma'muny, xo’jalik, jamoat ishlariga jalb qilingan
Qishloq joylarda ayollarning «Qo’shchi» uyushmasi-ga, kooperativlarga a'zo bo’lishi keng tus oldi. 1927-yili Farg’ona okrugining faqat 7 tumanida 3 mingga yaqin ayol «Qo’shchi» uyushmasiga a'zo edi. «Qo’shchi» uyushmalari xotin-qizlarning savodsizligini bitirish kurslan ochib, ularning madaniy saviyasini ko’tarishga taolhgini orttirishga hissa qo’shdi.
O’zbek xotin-qizlari rahbarlik lavozimlarida ham ish-lash layoqatini ko’rsatdilar. 1927-yilda respublikadagi tuman ijroiya qo’mitalari a'zolarining 20 foizi, okrug ijroiya qo’mitalari a'zolarining 17 foizi ayollar edi. Jahon Obidova O’zbekiston Markaziy Ijroiya Komiteti Pre-zidiumi raisining o’rinbosari, Tojixon Shodiyeva ko’p yillar O’zbekiston MIK Prezidiumi a'zosi bo’lgan. Ko’plab ayollar respublika Xalq Komissarliklari va boshqa davlat idoralarida bo’lim boshlig’i, inspektor lavozimlarida ishlagan.
Ayollar orasidan 30-yillarda mashhur olimlar, yozuv-chilar, shoirlar, muhandislar, shifokorlar, o’qituvchilar, san'atkorlar yetishib chiqa boshladi. o’sha yillarda Sora Eshonto’rayeva, Halima Nosirova, Tamaraxonim, Mukarrama Turg’unboyevalarning iste'dodi yarqirab ko’zga tashlandi. Bularning barchasi O’zbek xotin-qizla-rining teng huquqli jamiyat a'zosi bo’lish, madaniyat, bi-limga intilishlari samarasi edi. Sovet davlatining ayollar borasidagi siyosati shoshma-shosharlik, o’sha davrdagi kommunistik mafkura bilan sug’orilgan bo’lsa ham, O’zbekiston ayollari asrlar osha qonida mujassamlashgan shijoat, faollik, aql-idrok, millatimizga xos erkinlikka intilish kabi fazilatlari tufayli ko’pgina ijobiy natijalarga erishdilar.
Savol va topshiriqlar
1. «Hujum» harakatini qanday tushunasiz?
2. O’zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish jarayoni qay tarzda o’tdi?
3. Nima uchun «Hujum» harakati fojiali oqibatlar va qurbon-larga olib keldi?
4. Ayollarning ijtimoiy hayotdagi o’rni haqida qanday fikrda-siz?
5. «Hujum» harakati O’zbek ayollariga nima berdi?
6. Ayollarning «Hujum» davridagi faollashuviga kimlar sababchi bo’ldi?
7. Ozodlikka chiqqan O’zbek ayollari dunyoqarashidagi o’zgarishlar haqida maxsus jadval to’ldiring.
29-§. MUSTABID SOVET REJIMINING O’ZBEKISTONDAGl OMMAVIY QATAG’ON
VA TERROR SIYOSATI
Reja.
1.20-villarmng ikkinchi yarmidagi qatag'onliklar.
2. Mustamlakachilik davri qurbonlari — shahidlar xotirasiga avlodlar ehtiromi
20-yillarning o’rtalaridan boshlab mamlakat va respublikada totalitar jamiyatning xususiyatlari tobora oshkora ko’rina boshladi. Bu holat xususan milliy respublikalardagi rahbar xodimlarga nisbatan bo’lgan munosabatda yaqqol namoyon bo’ldi. Mamlakatda qaror topgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va uning rahbar o’zagi hisoblangan Butunittifoq kom-munistlar (bolsheviklar) partiyasi — VKP(b) bu paytga kelib yangi iqtisodiy siyosatdan butunlay yuz o’girdi va «sotsializm asoslari»ni qurishga jiddiy kirishdi.
Mustabid sovet rejimi o’zgacha fikrlashga mutlaqo toqat qila olmas edi. Lenin tomonidan allaqachon e'lon qilingan «Kim biz bilan birga bo’lmasa, u — dushmanimiz!» shiorini Stalin shafqatsizlik bilan amalga oshirish-ga kirishdi. Sovet rejimi dastavval mavjud tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi repressiya (qatag’on) siyosatini amalga oshirgan bo’lsa, 30-yillardan boshlab o’z xalqiga nisbatan ommaviy terror (qatli om) qolladi.
20-yillarning ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida O’zbekistonda «o'n sakkizlar guruhi», «inog’omovchi-lik», «qosimovchilik», «badriddinovchilik» singari ishlar to’qilishi va Munavvar Qori boshchiligidagi milliy ziyolilarning qamoqqa olinishi natijasida O’zbek xalqi-ning ko’plab asl farzandlari qatag’on qilindi.
«O'n sakkizlar guruhi» masalasi O’zbekiston Kompartiyasi MK IV plenumi (1925-yil 19—22-noyabr), RKP(b) MK o’rta Osiyo byurosi maxsus komissiyasi (1925-yil 21—22-noyabr) va O’zbekiston Kompartiyasi II s'yezdi (1925-yil 22—30-noyabr) majlis-larida ko’rib chiqildi. O’zbekiston hukumati a'zolari, viloyatlar rahbarlari va yirik xo’jalik boshliqlaridan 18 nafar obro’li kishi o’z talablari bilan O’zbekiston Kompartiyasi MK plenumi va o’rta Osiyo byurosiga yozma ravishda murojaat qilishgan edi.Muxtor Saidjonov (Zarafshon okrujkomi kotibi), Rahmat Rafiqov (O’zbekiston ichki ishlar xalq komis-sari), Inomjon Xidiraliyev (O’zbekiston yer-suv ishlari xalq komissari), M.O'rinxo'jayev, Muzaffarov, Max-sumov va boshqa milliy rahbar xodimlar o’z murojaat-larida respublikada ishlash uchun toqat qilib bo’lmaydi-gan vaziyat yaratilganligini, amalda butun hokimiyat RKP(b) MK o’rta Osiyo byurosining raisi I.A.Zelenskiy va O’zbekiston Kompartiyasi mas'ul kotibi VJvanov qo’lida to’planganligini bayon qilishdi. Ular Moskvaning favqulodda organi hisoblangan o’rta Osiyo byurosini tugatish fikrini bayon qilishdiki, bu go’yoki quyoshli osmonda momaqaldiroq guldurashi bilan barobar edi. o’n sakkizlar guruhi mazkur talablar qondirilmasa, o’zlarini O’zbekistondagi vazifalaridan ozod qilib, Moskvaga — RKP(b) MK ixtiyoriga yuborishlarini so’rashdi. 1920-yilda shunga o’xshash talablar (Turkkomissiyani tugatish, qizil armiyani Turkistondan olib ketish va b.) bilan Turkiston MIK raisi T.Risqulov Leninga murojaat qilgan edi. o’n sakkizlar guruhining harakatlarini hukumat boshlig’i Fayzulla Xo’jayev faol qo’llab-quvatladi. U bu guruhning rasmiy a'zosi bo’lmasa ham, aslida ularning g’oyaviy ilhomchisi edi.
Biroq O’rta Osiyo byurosi milliy rahbarlarning (o’n sakkizlar guruhiga keyinchalik yana boshqa mas'ul xodimlar ham qo’shildi) bu haqli talablarini nafaqat rad qilishdi, balki uning mohiyatini soxtalashtirishga muvaf-faq bo’ldi. Kommunistik mafkuraning rasmiy siyosati uqtirishicha, go’yoki o’n sakkizlar guruhi respublikada yer-suv islohoti o’tkazilishi va boshqa tadbirlarga qarshi chiqib, boylar manfaatini ko’zlagan. Aslida O’zbek xalqi manfaatlarini himoya qilgan bu rahbar xodimlar 1925-yilning oxiridayoq o’rta Osiyo byurosining talabi bilan o’z mas'ul lavozimlaridan olib tashlandi.
«Inog’omovchilik» O’zbekiston maorif xalq komissari (1925—1926), O’zbekiston Kompartiyasi MK matbuot bo’limi mudiri (1926-yil) lavozimlarida ishlagan Rahim Oxunjonovich Inog’omov (1902—1938) nomi bilan bog’liqdir.
RJnog’omov «O’zbekiston ziyolilari» (1926) risolasi-da O’zbek xalqi bolsheviklar amalga oshirgan oktabr to'ntarishiga nisbatan noxush munosabatda bo’lganligini ko’rsatgan edi. U o’zining bir qator maqola va nutqla-rida O’zbekiston Kompartiyasining bolsheviklar markazining mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashma-yotganlikda, VKP(b) MK O’rta Osiyo byurosi (Cpeдазбюро) va o’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (CpeдазЭКОСО ) kabi Markazning nazoratchi organlarini zo’ravonlikda ayblaydi.
R.Inog’omov O’zbekiston yozuvchilarining Samar-qanddagi «Qizil qalam» jamiyati faoliyatini dastlab yo’naltirib turgan edi.
VKP(b) MK o’rta Osiyo byurosi va O’zbekiston Kompartiyasi MK R.Inog’omovning to’g’ri muloha-zalari va uning fikriga qo’shilganlarni partiyaga qarshi «inog’omovchilik guruhi» deb aybladi va ularga qarshi kurash uchun respublika partiya tashkilotini oyoqqa turg’azdi. 1926-yil 12-dekabrda O’zbekiton Komparti-yasi MK Ijroiya byurosi va plenumida bu masala ko’rib chiqilib, inog’omovchilik — mayda burjua va millatchi-likka tomon og’ish, deb qoralandi. Dekabr oyida R.Inog’omov o’z vazifasidan olib tashlandi. 1927-yil yanvar oyida VKP(b) MK o’rta Osiyo byurosida ham bu ish maxsus ko’rilib, «inog’omovchilik o’ng oppozitsiya bilan g’oyaviy yaqinlikda» ayblandi.
O’zbekiston Kompartiyasining III s'yezdi (1927-yil noyabr) RJnog’omovni «g’oyaviy jihatdan» tor-mor qilindi deb hisoblab, uni Qashqadaryo okrugining eng chekka qishlog’iga ishlash uchun jo’natadi. 1930-yil 30-mayda «Правда Bocтокa» gazetasida R.Inog’omovning «ochiq xati» uyushtirilib, u tavba-tazarru qildiriladi.
Shunday qilib, kommunistik mafkura O’zbekistonda milliy rahbarlarga qarshi kurashda dastlabki g’alabaga erishdi.
Sovet rejimi milliy rahbar xodimlarni faqat lavozimlaridan chetlatib, ularni «g’oya-viy jihatdan» tor-mor qilish-
dan 20-yillarning oxiriga kelganda, endilikda jismoniy mahv etishga kirishdi. Bu jihatdan olganda O’zbekiston Oliy sudi organlarida o’tkazilgan qatag’onlar xarakterlidir. Markazning tazyiqi bilan O’zbekiston Kompar-tiyasining IV s'yezdi (1929-yil 17-fevral—2-mart)dan keyin jazo mexanizmi ishga tushirildi.
O’zbekiston SSR Oliy sudining raisi Sa'dulla Qosimov 1929-yil mart oyida lavozimidan bo’shatilib, qamoqqa olindi. U bu vazifada 1926-yildan boshlab ishlayotgan edi. S.Qosimov va uning 6 ta tarafdori ustidan SSSR Oliy sudi sayyor sessiyasi 1930-yil 26-mart — 22-iyunda Samarqand shahrida sud jarayonini o’tkazdi. S.Qosimov bilan birgalikda O’zbekiston SSR Oliy sudi-ning sobiq prokurori Badriddin Sharipov, eski Toshkentning sobiq sudyasi Mirsoat Mirzokirov, Mirzacho'l tumani sobiq sudyasi Ibrohim Xo’jayev, advokatlar kollegiyasining sobiq a'zosi Spiridonov, yirik savdogarlar Nasritdin Alimov va Samig’jonov — jami 7 kishi aybdor deb topildi. Markazdan kelgan jazo organ-lari (sud raisi — Vasilyev-Yujin va prokuror-R.Katanyan) ishga ataylab siyosiy tus berishdi. S.Qo-simov va uning tarafdorlari «bosmachilar»ni qo’llab-quvvatlashda, «aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar» a'zolari bilan aloqa bog’laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblanib, ularga «qosimovchilik» yorlig’i bosildi. Holbuki, S.Qosimov va B.Sharipov o’z xizmat vazifala-rini bajarish vaqtida tub millat manfaatlarini imkoniyat doirasida himoya qilishgan edi. S.Qosimov tergov va sud jarayonida SSSR Oliy sudi O’zbekistonning suveren huquqi va miliiy manfaatlarini poymol qilayotganligini ocbib tashlashdan cho’chimadi.
Sovet rejimi uch oy davom etgan sud jarayonini doimiy ravishda matbuotda yoritib bordi. Lekin unga kommunistik mafkura asosida yondoshilib, ishning mohiyati soxtalashtirildi. 22-iyunda S.Qosimov, B.Sharipov, N.Alimov, Spiridonov otib o’ldirishga, qol-ganlar esa 10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilin-di. Ularning butun mol-mulki musodara qilinib, davlat hisobiga o’tkazildi.
Oradan ko’p o’tmay navbatdagi ish — «badriddi-novchilik» o’ylab topildi. 1932-yil 5-may — 15-iyunda Toshkent shahrida SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi-ning sayyor sessiyasi Shamsutdin Badriddinov va uning 5 tarafdori ustidan sud jarayonini o’tkazdi. Sh.Bad-riddinov 1929-yilda Farg’ona okrugi prokurori, keyinchalik O’zbekiston SSR Oliy sudining prokurori lavo-ziinlarida ishlagan bo’lib, u va tarafdorlari 1931-yilda qamoqqa olingan edi. Sh.Badriddinovga «Milliy Ittihod» tashkiloti a'zolari va «bosmachilar» bilan aloqa bog’-lagan, Munavvar Qori va S.Qosimovning yaqin do’sti va hamfikri bo’lgan, degan ayblar qo’yildi. Bu sud jara-yonida ham prokuror R.Katanyan edi. Sh.Badriddinov avval otishga hukm qilinib, so’ngra o’lim hukmi 10 yil qamoq muddati bilan almashtiriladi. Uning Muham-madjon Xo’jayev, Abdurahmon Rahmonov, Mahmud-xon Ahmadjonov, Muhitdin Sadixonov, Ibrohimjon Musaxonovlardan iborat 5 ta tarafdori ham uzoq mud-dat qamoq jazosiga hukm qilinadi.
Sovet rejimi sud organlaridagi milliy rahbar xodimlarni qatag’on qilish bilan birgalikda jazo qilichini maorif jabhasidagi ziyolilarga ham qarshi ko’targan edi.
1929-yil 5-noyabrda Toshkentda atoqli jadid ma'rifatparvari Munavvar Qori Abdurashidxonov boshchili-gidagi 38 kishi qamoqqa olinadi. Oradan ko’p o’tmay qamoqqa olinganlaming miqdori 87 kishiga yetdi. TJlarga «Milliy Ittihod» va «Mflliy Istiqlol* tashkilotla-rining a'zosi degan ayb qo’yikli. Tergov jarayoni keyin-chalik Moskvaga ko’chirildi. Bu holat sovet rejimini O’zbek ziyolilarining «millatchiligi»ni fosh qilishga jon-jahdi bilan kirishganligidan dalolat beradi.
Tergov hujjatlarida yozishicha, 1919-yilda Munavvar Qori boshchiligida Toshkentda «Milliy Ittihod» tashkilo-ti maxfiy ravishda tuzilgan edi. 1920-yildan tashkilotning Farg’ona, Samarqand, Buxoro va Xorazmda sho’balari tashkil qilingan. 1920-yil oktabr oyida Munavvar Qorining Buxoro shahriga kelishi va maorif nozixligida ishlashi bilan tashkilotning mintaqadagi markazi Tosh-kentdan Buxoroga ko’chadi. Dekabr oyining oxirida Ahmad Zaki Validiyning Buxoroga kelishi tashkilot faoliyatini yanada kuchaytirib yuborgan. «Milliy Ittihod» tashkiloti a'zolari istiqlolchilik harakatining yetakchilari bilan aloqalar o’rnatib, ularga g’oyaviy rahnamolik qi-lishgan edi.
1924-yil oxirlarida tashkilotning markazi qaytadan Toshkentga ko’chadi. O’zbekiston SSR tuzilgach, 1925-yilda uning asosida «Milliy Istiqlol» tashkiloti tashJcil topadi. Bu paytga kelib sovet tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko’rsatayotgan ko’plab mahalliy kommunistlar tashkilotning maxfiy a'zolari edi. Munavvar Qori bilan birgalikda Fayzulla Xo’jayev va Fitrat tashkilot faoliyatida muhim rol o’ynashgan. Biroq «Milliy Istiqlol» tashkiloti totalitar rejim kuchaygan 20-yillarning oxirida siyosiy faoliyatni qariyb to’xtatgan edi.
1931-yil 25-aprelda Moskvada bo’lib o’tgan sud majlisida Munavvar Qori, Salimxon Tillaxonov, G’ulom Ikromov, Mirxalil Karimov, Najmitdin Sheraxmedov, Tolibjon Musaboyev, Asadulla Xo’jaxo-nov, Usmonxo’ja To’xtaxo’jayev, Isroiljon Ibrohimov, Tangriqulhoji Maqsudov, Hasanqori Xoniy, Zaynid-dinqori Nasritdinov, Mulla G’aybulla Dadamu-hamedov, Abdullabek Musabekov, Said Ahroriy kabi 15 millat fidoyisi — «Milliy Istiqlol» a'zolari otishga, qolgan 72 kishi esa uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilin-di. Lekin qamoqdan deyarli hech kim qaytib kelmagan.
1930-yil avgust oyida O’zbekiston xalq maorif komis-sarligidagi bir guruh rahbar xodimlar hibsga olinadi. Ular ichida maorif komissari Mannon Ramziy (Abdullayev, 1896—1938), uning o’rinbosari Botu — Mahmud Ho-diyev (1904—1938), shuningdek, Oltoy — Bois Qoriyev (1903—1976), Nosir Saidiy va boshqalar bor edi. Ular maorif tizimini «millatchilik og’usi» bilan zaharlaganlik-da ayblanib, bu holat «maorif frontida qosimovchilikning namoyon bo'lishi» deb qoralandi. Botu va uning taraf-dorlari 10 yil qamoq jazosiga hukm qilinadi.
1930-yili Davlat banki apparatida «tozalash» o’tkazilib, ko’plab rahbar xodimlar qamaldi. Boshqa sud ishlari ham o’tkazildi.
Bu ishlarning hammasi O’zbekistondagi yetuk milliy rahbar xodimlar va ziyolilarni tugatishga, xalqimizni totalitar rejim asorati ostida tutib turishga qaratilgan edi.
Bu paytda totalitar rejimda ma'muriy-buyruqbozlik va avtoritar boshqaruvning kuchayishi natijasida qonunbuzarlik hodisalari oddiy holga aylandi. Sovet mustabid tuzumi butun mamlakatda bo’lgani singari O’zbekistonda ham ommaviy qata-g’onlarni avj oldirdi. Yirik davlat va jamoat arboblari, partiya va xo’jalik rahbarlari, ziyolilar, ruhoniylar va har-biylar bilan birgalikda oddiy kishilar: ishchilar va kol-xozchilar ham ko’plab ravishda qatag’on qilindi.
O’zbekistonda siyosiy qatag’onlik 1937-yilning yozi-da ayniqsa avjiga chiqdi. O’zbekiston XKS raisi Fayzulla Xo’jayev, uning keyingi vorislari Abdulla Karimov, Sulton Segizboyev, O’zbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi Akmal Ikromov, moliya xalq komissari (наркомфин) Akbar Islomov, yer ishlari xalq komissari (наркомзем) Rustam Islomov, maorif xalq komissari (HapKOMnpoc) Qosim Sorokin, ichki savdo xalq komissari (наркомпрос) Muhitdin Tursunxo’jayev, sog’liqni saqlash xalq komissari (наркомвнутторг) Karim Abdullayev, O’zbekiston Kompartiyasi MK kotiblari Sodiq Boltaboyev, LXudoyqulov, A.Sexer, bo’lim mudirlari Mo’min Usmonov, Qurbon Beregin, Mir-muslim Shermuhamedov, Kamol Sharipov, Qoraqalpog’iston obkomi kotiblari Davlat Rizayev, Komiljon Alimov, O’zbekiston LKSM MK kotiblari Isroil Ortiqov, F.Tarasov, shuningdek, yaqin o’tmishda mas'ul lavozim-larda ishlagan Rahim Inog’omov, Muxtor Saidjonov, Ota Po’latovich Xo’jayev, Sa'dulla Tursunxo’jayev, Sultonbek Xo’janov, Ubaydulla Xo’jayev, (Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev), Po’lat Soliyev, Mirkomil Mirsharopov, Muinjon Aminov, Muso Saidjonov, Mukammil Burhonov, Abdulhay Tojiyev, Usmonxon Eshonxo’jayev, Jo’ra To’rabekov, Nishonbek Mavlonbekov, D.Manjara, respublikadagi viloyatlar, shahar-lar va tumanlar rahbarlari, boshqa ko’plab xo’jalik xodimlari qamoqqa olinib, tergovdan keyin SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining qaroriga binoan otib tashlandi.
20-yillarda Turkiston respublikasida mas'ul lavozim-larda ishlagan: Turor Risqulov, Qayg’usiz Otaboyev, Nazir To’raqulov, Sanjar Asfandiyorov, Abdulla Rahimboyev, Nodirboy Aytaqovlar 1937—1939-yillarda qamoqqa olinib, mustabid sovet rejimi tomonidan yo'q qilindi. O’zbekistondagi siyosiy elita «millatchilik va sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borish»da, shu-ningdek, qurolli qo’zg’olon ko’tarishni tayyorlashda ayblandi.
O’zbekiston jamiyatning hamma tabaqalariga yoyil-gan hibsga olish to’lqini ostida qoldi. Davlat va jamoat arboblari, xo’jalik rahbarlari bilan bir qatorda milliy ziyolilar ommaviy ravishda qatag’on qilindi. XX asr O’zbek madaniyatining bebaho yulduzlari Fitrat, Cho'1-pon va Abdulla Qodiriy bir kunda — 1938-yil 4-oktabr-da Toshkent shahri atrofida otib tashlandi. 4-oktabrda qamoqqa olingan ko’plab yurtdoshlarimiz ommaviy ravishda qatl qilingan.
Usmon Nosir, Mannon Ramziy, Elbek — Mashriq Yunusov, Bosit Qoriyev, Miyonbuzruk Solihov, Ashurali Zohiriy, Ziyo Said — Qosim Solihov, Muhammadsharif So’fizoda, Ishoqxon Ibrat, Tavallo — To’Iagan Xo’jam-yorov, G’ozi Olim Yunusov, G’ozi Yunusov, G’ulom Zafariy, Otajon Hoshimov, Qayum Ramazonov, Shokir Sulaymon, Anqaboy Xudoybaxtiyev kabi O’zbek xalqining ko’plab ziyolilari: shoirlar, adiblar va olimlar qatag’on qilindi.
Shuningdek, 20-yillarda Germaniya va boshqa mamlakatlarda o’qib O’zbekistonga qaytgan ziyolilar ham qatag’on girdobiga tortildi. Abduvahob Murodiy, Sulton Jabbor, Solih Muhammad, Xayriniso Majidxonova va boshqa ko’plab ziyolilarimiz «Germaniya josusi» sifatida ayblanib, otib tashlandi. Germaniyada o’qib qaytganlardan faqat xorazmlik Maryam Sultonmurodova 15 yillik qamoq muddatidan so’ng, yurtiga qaytdi.
1937—1939-yillarda O’zbekistonda to’qib chiqarilgan soxta ayblovlar bo’yicha 41 mingdan ortiq kishi hibsga olinib, ulardan 37 mingdan ortig’i jazolandi, 6920 kishi esa otib o’ldirishga hukm qilindi. Umuman olganda, 1937-1953-yillarda O’zbekiston ichki ishlar xalq ko-missarligi — NKVD troykasi (uchligi) tomonidan 100 mingdan ortiq kishi qatag’on qilindi, ulardan 13 ming nafari otib tashlandi. 1936—1940-yillarda faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar va olimlardan 5758 kishi qamoqqa olinib, ulardan 4811 kishi otib o’ldi-fishga hukm qilingan edi. Bu ma'lumotlar qizil terror qanchalik keng miqyosda shafqatsiz ravishda amalga oshirilganligining yaqqol isboti hisoblanadi.
Qizil terrorni amalga oshirishda Moskvadan jo’natil-gan O’zbekiston ichki ishlar xalq komissari D.Z.Ap-resyan, uning o’rinbosari L.I.Leonov-Nemirovskiy, Tojikiston ichki ishlar xalq komissari N.A. Zagvozdin, chekistlar Trig’ulov, Akjigitov mash'um rol o’ynadi. Sovet rejimi o’zining bu gumashtalarini ham o’sha yillari otib tashladi.
Shunday qilib, 30-yillarning oxirida O’zbekistonda mustabid sovet rejimi o’z hukmronligining cho’qqisiga ko’tarildi. Kommunistlar demokratiya va shaxs daxlsizli-gi prinsiplarini oyoqosti qilib, har qanday o’zgacha fikr yuritishni zo’ravonlik bilan yanchishga erishdi. Totalitar rejim nafaqat o’ziga qarshi chiqqan minglab millat fi-doyilarini, balki gunohsiz o’n minglab odamlarni ham terror (qatli om) qildi. Sovet rejimi o’zining repressiv (qatag’onlik) siyosatini keyingi yillarda ham uzluksiz davom ettirib, O’zbek xalqi boshiga mislsiz azob-uqubat-larni soldi. Lekin xalqimiz yuragida mustaqillikka bo'l-gan ishonch va istiqlolga erishish orzusi aslo so’nmadi.
Asossiz qatag’on qilingan-larni oqlash aslida Stalin vafotidan so’ng — 50-yillar o’rtalarida boshlangan edi. Natijada o’shanda O’zbekiston bo’yicha qatag’on qilingan(halok bo’lgan va qamoqda o’tirgan)lardan 40000 kishi oqlandi. 80-yil-larning oxirida yana bir guruh kishilar oqlandi. Lekin ularni oqlash kommunistik mafkura talablari ostida amalga oshirilib, bu jarayon oxiriga yetkazilmadi. Buning ustiga ularni oqlash yangi kishilarni qatag’on qilish bilan bir paytda amalga oshirildi. Mustabid tuzum davrida bunday bo’lishi tabiiy edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |