Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan


-§. YANGI IQTISODIY SIYOSATNING TUGATiLISHI. MUSTABID TIZIMNING KUCHAYISHI



Download 1,75 Mb.
bet12/32
Sana16.12.2019
Hajmi1,75 Mb.
#30517
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza m


23-§. YANGI IQTISODIY SIYOSATNING TUGATiLISHI. MUSTABID TIZIMNING KUCHAYISHI

Reja.

1.Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning o’zgarishi.

2. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimining qaror topishi.

20-yillarning oxirlarida Ittifoqning, jumladan, O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotining hamma jabhalarida raa'-muriy-buyruqbozlik usuli borgan sari zo’rayishi natijasida yangi iqtisodiy siyosat o’zining bor mohiyatini, mavqeini yo’qota bordi.

Partiya va davlat apparati vakillarining ko’pchiligida, jumladan, uning O’zbekistondagi vakillari ongida ham yangi iqtisodiy siyosat orqaga chekinish, xususiy mulkchilik mafkurasi va psixologiyasini qayta tiklashdir, degan fikr paydo boidi. Haqiqatda esa yangi iqtisodiy siyosat yillarida, bunday qaraganda, chekinish ro’y bergandek sezilsa ham, lekin ijobiy o’zgarishlar ancha ko’rinib qolgan edi. O’zbekiston hayotida bular baralla ma'lum bo’lib qoldi: shahar va qishloqda xo’jaliklar o’sib, iqtisodiyotning barcha sohalari yuksala boshladi, aholining turmush darajasi ko’tarilish sari yuz tutdi.

Biroq yangi iqtisodiy siyosat asta-sekin buzila bosh-ladi. Sanoat va qishloq xo’jaligida qiyinchiliklar ko’payib qoldi. Sanoatlashtirishni jadallashtirish uchun mablag’lar yetishmas edi. Tovarlar tanqisligi keskinlashdi. Bunday holni garchi butun Ittifoq boshdan kechirayotgan boisa ham, u O’zbekistonda ko’proq aks etdi, chunki respublika dehqonlari sanoat mollarini olishda juda ko’p qiyin-chiliklarga uchrar edilar. Aholi xarid qobiliyatining o’sishi shaxsiy iste'mol buyumlari ishlab chiqarishning o’sishidan ilgarilab ketdiki, bu narsa tovarlar bozorida keskinlik paydo bo’lishiga olib keldi, buning ustiga keng iste'mol mollarining O’zbekistondagi mavjud salmog’i ichki ishlab chiqarish bilan emas, balki SSSRning boshqa joylaridan olib kelinadigan tovarlar miqdori bilan belgilanar edi.

Tovar tanqisligining kuchayib borishi narx-navoning oshib ketishiga, so’m kursining o’zgarib turishiga olib keldi. Sanoat mollari va qishloq xo’jalik mahsulotlari narxlari o’rtasida katta farq bo’lishi (baholar qaychisi), sanoat bilan bo’layotgan iqtisodiy munosabatlar dehqon-larning noroziligiga olib keldi.

Qishloq xo’jaligi ko’p tovar mahsuloti yetishtirgani bilan sanoatning rivojlanishi past darajada qolaverdi. O’zbekiston iqtisodiyoti sovet hokimiyatining birinchi yillaridan boshlab xom ashyoni olib chiqib ketish va sanoat mollarini chetdan olib kelishga deyarli butunlay qaram bo’lib qoldi. O’zbek eskportining asosiy qismi paxta edi. 1926/27-xo'jalik yilida paxtachilik mahsuloti respublikadan olib chiqib ketiladigan tovarlar umumiy qiymatining 77,8 foizini tashkil etdi. Respublikadan olib chiqib ketiladigan va Ittifoqning boshqa rayonlaridan unga olib kelinadigan tovarlar narxlarining nisbati O’zbekiston uchun qulay emas edi. Chunonchi, ajnabiy paxta xom ashyosining bahosi bir pud paxta uchun 22— 23 so’mni tashkil etar, bu narx esa sovet baholaridan 2,5—3 so’m ortiq edi. O’zbekiston paxtasi jahon bozoridagi narxlar bo’yicha sotilganida O’zbekiston 1927/28-xo'jalik yilida qo’shimcha ravishda 20—25 mln so’m daromad olgan bo’lardi.

Sovet davlati paxta ishlab chiqarishni ko’paytirish zarurligini hisobga olib, bozor narxlarini idora etib bordi va paxta xom ashyosiga qishloq xo’jaligining boshqa mahsulotlariga qaraganda yuqoriroq narxlarni belgiladi. Bunda O’zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish Markaz to’qimachilik sanoatini o’stirish, SSSRning paxta mustaqilligini qo’lga kiritish va industrial ishlab chiqarish vositalarini chetdan olib kelish uchun zarur valyutani bo’shatishning biri ekanligiga asoslanib ish ko’rildi. Lekin bu ishlar respublika manfaatiga emas, balki Markaz manfaatiga xizmat qildi.

1927-yili g’alla tayyorlashdagi qiyinchiliklar muno-sabati bilan baholarni tartibga solish muammosi yana ko’ndalang bo’lib qoldi. Bu narsa shahar bilan qishloqlar orasida katta ziddiyatlar paydo bo’lib qolganini ko’rsatar edi. Bozorning asosiy mavqeini o’z qo’liga olgan Sovet davlati qishloq aholisi tomonidan iste'mol qilinadigan sanoat mollariga nisbatan yuqori va qishloq xo’jalik mahsulotiga nisbatan past baholarni qo’yib, dehqonlarni sanoatlashtirish uchun mablag’ beradigan «o'lponga o’xshagan bir narsa», o’ziga xos ustama soliq to’lashga majbur etdi.

G’alla narxlarining pasaytirilganligi (20—25 foizga) ahvolni yanada mushkullashtirdi, bu narsa mamlakatda-gi g’alla tayyorlash kampaniyasida qiyinchiliklar tug’dirdi. Bozordagi ahvol, ya'ni narxlarning tayinsizligi, dehqonlarni, avvalo, o’ziga to’q dehqonlarni g’allani ushlab turishga majbur qildi. 1927-yil kuzidan boshlab bozorlar va do’konlarda don va non uzilishlari boshlan-di, narxlar ko’tarilib ketdi, chunki donni davlatga belgi-lab qo’yilgan past baholarda sotish dehqonlarga foyda bermagani uchun yalpi sotib olinadigan don kamayib ketdi. Shunda davlat favqulodda choralar ko’rishga — o’ziga to’q dehqonlardan g’allani tortib olishga o’tdi.

G’alla tayyorlashdagi qiyinchiliklar O’zbekistonga ham daxldor bo’ldi. Ittifoq bo’yicha g’alla tayyorlash-ning keskin kamayib ketishi O’zbekistonga g’alla keltirish rejasining barbod bo’lishiga olib keldiki, bu narsa bozorlarga chiqariladigan non va donning kamayib ketishiga, g’alla bahosining ko’tarilishiga sabab bo’ldi. 1928-yili respublikaning asosiy g’allakor tumanlarida don tayyorlash ishlari o’tkazildi. Bu o’rinda ham ma'-muriy o’zboshimchalik hodisalari ro’y berdi. Narxlar to’g’risida mahalliy organlar bilan bo’lgan bahslar tufayli tayyorlov ishi, masalan, Surxondaryoda salkam bir oyga kechikib ketdi. Qashqadaryo viloyatining G’uzor tuinanida g’alla tayyorlashni sal bo’lmasa oziq-ovqat razvyorstkasi deb tushunishlari mumkin edi: don olib kelayotgan dehqonlarni militsiya ushlab olar, g’allani jnajburan yetishtirish hollari ro’y berardi. Bu xildagi o’zboshimchaiiklar boshqa joylarda ham bo’lib turdi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida dehqonlar favqulodda choralarga qarshi chiqdilar.

Biroq favqulodda choralar don tayyorlash, shahar va armiyani g’alla bilan ta'minlashda burilish yasashga har qalay imkon berdi, lekin ma'muriy tazyiq dehqonlarning ommaviy noroziligini uyg’otmasligi mumkin emas edi. Zo’rlik choralari ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yanada ko’proq keskinlashtirdi. Shaharlarda non va boshqa mah-sulotlar bilan ta'minlashning kartochka tizimi joriy etildi.

Ortiqcha tovarlarni tortib olish mehnatga bo’lgan bozor raqobatlarini qo’porib tashladi, iqtisodiy muno-

sabatlarning muhim tizimi — qishloq bilan shahar o’rtasidagi munosabatlarning yemirilishiga olib keldi. 1927/28-xo’jalik yilidagi g’alla tayyorlashga aloqador tanglik siyosatda keskin burilish yasab, yangi iqtisodiy siyosatning tezlik bilan barham topishiga yo'l ochdi.

Ma'muriy-buyruqbozlik tizimining qaror topishi. 20-yillarning oxirlariga kelib ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda ro’y berayotgan keskin qiyinchiliklarni adolat yuzasidan, aql-idrok bilan emas, balki ma'muriy-buyruqbozlik yo’li bilan, zo’ravonlik usuli bilan bartaraf qilish uchun Markaz siyosiy hokimligining harakati kuchaydi. Yangi iqtisodiy siyosat uzil-kesil chetga chiqarib tashlandi. Qishloq xo’jaligini zudlik bilan jamoalashtirish hamda sanoatlashtirishni jadallashtirish yo’liga qafiyan kirishildi.

Siyosatning o’zgarishi qo’yilgan maqsadlarga erishishda boshqacha usullarni qo’llashni ham talab qildi. Xo’jalik hisobini, ishlab chiqaruvchilarning tashab-busi va uddaburonligini kuchaytirishga mo’ljallangan moddiy rag’batlarni rasm qiluvchi yangi iqtisodiy siyosat rejalashtirishni mumkin qadar markazlashtiradigan va barcha boshqarish ishlarini qattiq tartib ostiga oladigan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi bilan almashtirildi.Shahar bilan qishloq qisqa muddat ichida qattiq markazlashtirish va ma'muriylashtirish sirtmog’iga tushib qoldi. Sanoat va savdoda davlat sektori tobora katta monopolist, ya'ni yakka hokim bo’lib bordi.

Sanoatda umumiylashtirish jarayoni boshlandi. Bunday yirik sanoatda umumiylashtirishning asosiy usuli natsionalizatsiya qilingan ishlab chiqarish vositalari negizida davlat korxonalari barpo etishdan iborat bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilik korxonalaridan iborat mayda sanoatda umumiylashtirish jarayoni kooperatsiya va mayda tovar ishlab chiqaruvchini davlat sanoatiga jalb etish yo’li bilan bordi. Mayda sanoatdagi xususiy sek-toming ulushi to’xtovsiz qisqaraverdi va 20-yillarning oxiriga kelib deyarli barham topdi. Sanoatlashtirish va hunarmandlarni kooperatsiyalash natijasida respublika sanoatida xususiy sektor butunlay tugatildi.

Savdodagi kapital O’zbekistonda Rossiyadagidan ko’ra uzoqroq saqlanib qoldi. Uning chakana tovar ayir-boshlashdagi salmog’i 1926— 1927-yillarda respublikaga keltirilgan tovarlarni sotish bo’yicha 48,5 foizga mahal-liy ishlab chiqarish mahsuloti bo’yicha esa 95 foizga yetdi. Biroq xususiy savdogarlar mavqeining davlat qo’liga o’tishi 1927—1928-yillar davomida kuchaydi. 1929-yili savdoda umumiylashtirilgan sektor 76,5 foizni tashkil etdi. Tijorat-vositachilik muomalasida xususiy sektorning keskin qisqarib ketishi tovar tanqisligining kuchayishiga, pulning tobora ko’proq qadrsizlanib, kar-tochkalarning joriy etilishiga olib keldi.

Boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik tizimini ta'-minlashda iqtisodiyotni rivojlantirishning rejalar asosida-gi usullari muhim o’rin tutdi. Bular iqtisodiyotga rah-barlik qilishni davlat tomonidan ishlab chiqiladigan xalq xo’jaligi rejalari asosida mumkin qadar ko’proq mar-kazlashtirishni mustahkamlab bordi. Markazlashtirish siyosati mamlakatda qaror topgan g’oyat katta xo’jalik ustidan butun hokimiyatni jamlaydigan tegishli apparat bo’lishiga juda muhtoj edi. Davlat reja komissiyasi ana shunday apparat bo’lib qoldi. Ittifoqdosh respublikalarda, jumladan, O’zbekistonda ham mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan loyihalar va rejalarni tuzadigan Davlat reja komissiyasi tashkil etildi. Bular siyosatining negizida jvlarkazning manfaatlari yotar edi. Xalq xo’jaligining alohida sohalarini boshqarish uchun xalq komissarliklari tuzildi, ular mamlakat xo’jaligining ayrim sohalarini boshqarishni qattiq markazlashtirishni ta'minladilar.

Xo’jalik yuritishning qaror topib borayotgan tizimi markaziy organlarning cheklanmagan hukmiga asoslanuvchi g’ayriiqtisodiy boshqaruv usullarining kuchiga tobora ko’proq bo’ysunib bordi. Iqtisodiy taraqqiyotning ko’rsatkichi boiib xizmat qiladigan omil bu moliyaviy mablag’lardir. Markazlashtirish sharoitlarida esa pul bozor iqtisodiyoti sharoitlaridagidan ko’ra boshqacharoq vazifani bajaradigan bo’lib qoldi. Pul o’ziga xos taqsimot kartochkalariga aylanib qoldiki, bu kartochkalarga ma'muriy yo'1 bilan tarqatiladigan boyliklarni har xil miq-dorda olish mumkin bo’ldi.

1930-yili o’tkazilgan kredit islohoti natijasida tijorat krediti to’g’ridan-to’g’ri bankdan kredit berish bilan almashtirildi. Bu ish butunlay mamlakatning birdan-bir hisob-kitob markaziga aylanib qolgan Davlat banki ixti-yoriga o’tdi. O’zbekistonda Osiyobank, Tashqi iqtisodiy bank (Внешэкономбанк) tugatildi. Qishloq xo’jalik banklari qaytadan tuzildi. Shu munosabat bilan respub-lika davlat bankining roli yanada kuchaydi. Davlat me-xanizmida markazlashtiruvchi asoslarning kuchayib bo-rishi ittifoqdosh respublikalar suverenitetini bo’g’ib qo’ydi.

Ana shunday sharoitlarda safarbar etuvchi asosiy siyosiy rol partiyaga berildi. 20-yillarning oxirlaridan boshlab partiyaning ichki tartibi keskin qafiylashtirildi, siyosiy quvg’in va qatag’onlar tobora kuchaydi. Bularning zarurligini asoslab berish uchun sotsializm qurilishi sharoitlarida sinfiy kurash keskinlashib boradi, degan Stalin tezisidan tobora ko’proq foydalanildi. Xuddi boshqa respublikalarda boigani kabi, O’zbekistonda ham xususiy kapitalni va nepmanlar, boylar, yarim feodal-boylar xo’jaliklarining qoldiqlarini juda qisqa muddat ichida tugatish yo’li qo’llab-quvvatlandi. Mana shu nep-tvvanlar, boylar, yarim feodal-boylarning hammasi sotsia-listik qurilishning eng ashaddiy dushmanlari deb e'lon qilindi. Hamma yerda zararkunanda deb atalmish kishilarni qamoqqa olish ishlari avj ola boshladi. Bularning hammasida Stalinning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ma'muriy choralar bilan yechishga moyilligi va cheksiz hokimlik qilishga intilishi muhim rol o’ynadi.



Savol va topshiriqlar

1. 20-yillarning oxirida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy vazi-yat to'g'risida so’zlab bering.

2. o’sha yillarda rivojlanishning muqobil yo’llari bormidi?

3. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimining mohiyati qanday va u O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida qanday aks etdi?

4. Totalitar va avtoritar rejimlarning umumiy tomonlari va farqlari to'g'risida yozma ma'lumot tayyorlang.

24-§. O’ZBEKISTONDA SANOATLASHTIRISH SUR'ATLARINI JADALLASHTIRISH VA UNING ASORATLARI

Reja.

1. Sanoatlashtirishning jadal sur'atlariga o’tish.

20-yillarning oxiri va 30-yillarning boshlarida sanoat-lashtirishning jadal sur'atlari-ga o’tishning tub mohiyati texnikaviy qoloq sovet mamlakatining bor imkoniyatlarini to’g’ri hisobga olmagan holda, zo’ravonlik yo’li bilan tez orada zamonaviy sanoatni barpo etishdan iborat bo’ldi.

Industrial taraqqiyot muammolari, uning yo’nalish-lari va shakllari partiya ichidagi munozaralarda va dast-labki besh yillik deb nomlangan rejalarining muhoka-masida markaziy o’rinni egalladi. Ixtiloflar, mohiyat e'tibori bilan aytganda, xalq xo’jaligining asosiy sohalari bilan madaniyatni bir yo’lda rivojlantirish uchun mablag’larning yetishmasligidan kelib chiqar edi. o’ta sanoatlashtirish tarafdorlari uning sur'atini keskin tezlashtirish maqsadida mablag’larni qishloq xo’jaligi hisobidan sanoatga olish rejasini ilgari surdilar. Ularning muxoliflari sanoatlashtirish siyosatini yoqlagan holda, uni aholining moddiy ahvolini, turmush sharoitlarini yaxshilash va qishloq xo’jaligida kooperatsiyani asta-sekin ixtiyoriy ravishda amalga oshirish bilan birgalikda olib borishni taklif qildilar. Birinchi yo’nalish rahnamosi Stalin iqtisodiy qonuniyatlarni inkor qilib, sanoatlashtirishni amalga oshirish uchun favqulodda tadbirlar (qishloq xo’jaligida jamg’arilgan mablag’larni sanoatga olib o’tish va hokazolar) o’tkazdi. Boshqaruvning iqti-sodiy usullarini nazar-pisand qilmaslik valyuntarizmga, ma'muriy-buyruqbozlikka katta yo'l ochib berardi. Oqibatda sanoatlashtirishning sub'ektivlikka asoslangan stalincha usuli butun mamlakatda, jumladan, O’zbekistonda ham bosh yo’nalish bo’lib qoldi.

Xo’sh, Markaz rahbarlari bularni nimalar asosida vujudga keltirishi mumkin edi? Demak, dastavval mehnatkash xalqning moddiy-maishiy hisobidan, uning matonatli mehnati tufayli erishishga ishonch hosil qilgan. Shu asnoda milliy respublikalarda, jumladan, O’zbekistonda sanoatning rivojlanishi tezlatilgan, undagi bor resurslardan tez vaqt ichida bahramand bo’lish maqsadida markaziy rayonlardan mavjud ortiqcha ishchilar bu yerga keltirilib, qurilayotgan zavod va fabrikalarga joylashtirilgan.

O’zbekiston iqtisodiyoti agrar xarakterga ega edi, zero, 1927/28-xo'jalik yilida xalq xo’jaligida qishloq xo’jaligining hissasi 61,6 %ni, sanoatniki esa 38,4 %ni tashkil qilardi. Respublikadagi mavjud sanoat ishlab chiqarishining 90 % i qishloq xo’jalik xom ashyosini ish-lashga ixtisoslashgan edi.

Paxta ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligini qayta tik-lash dasturida Markaz tomonidan ko’ndalang qilib qo’yilgan vazifalarga muvofiq asosiy e'tibor paxta bilan bog’liq sohalarning rivoji (qishloq xo’jalik mashinasozli-gi, irrigatsiya qurilishi, metall konstruksiyalar, mineral o’g’itlar ishlab chiqarishni, qishloq xo’jalik xom ashyosi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoatni), shuningdek, ashyo chiqaruvchi sanoatni (rangli metall, neft, toshko’mir, tuz, grafit konlarini) vujudga keltirish-ga qaratildi.

O’zbekiston Markazning asosiy paxta bazasiga aylanib qoldi. Shu tariqa respublikada paxta yakka-hokimligi joriy etildi. O’zbek paxtasini ishlab chiqarish turli shakllaridan foydalanildi. Sovet davrining hamma bosqichlarida oziq-ovqat muammosi bilan bir qatorda, turar joy muammosi ham hamisha keskin bo’lib keldi. Turar joy bilan bog’liq qiyinchiliklar ayniqsa tub aholiga daxldor bo’ldi, chunki bunday joylar ko’pincha sanoat korxonalariga berilar, bu korxonalarning ishchi va mutaxassislari esa asosan sanoatni mustahkamlash uchun o’z vaqtida sobiq Ittifoqning boshqa joylaridan ko’chib kelgan kishilardan iborat edi.

Sovet tuzumida azaldan mav-jud bo’lgan ziddiyatlar 30-yillarda kuchaya boshladi. Hayotning barcha tomonlari ustidan davlat to’la nazorat olib boradigan, partiya apparati har qanday hukm chiqarishga qodir bo’lgan vaziyatda mehnatkashlar ha-yotining ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy sohalarini isloh qilish yoki loaqal yumshatish to’g’risida gap ham bo’lishi mumkin emas edi.

Marksizm-leninizm nazariyasidagi sotsializmning kapitalizmdan afzalligi to’g’risida, mehnatkashlar faro-vonligini tubdan yuksaltirishga, hayotning asl mohiyati-ni o’zgartirishga qodir bo’lgan yangi ijtimoiy tuzum to’g’risida e'lon qilingan fikrlarni bolsheviklar zo’r berib asoslashga harakat qildilar. Biroq ma'muriy-buyruqboz-lik, totalitar targ’ibot sharoitlarida bu nazariyaning amaliyot bilan to’qnashuvga bardosh bera olmagani 30-yillarning o’zidayoq ma'lum bo’lib qoldi. Haqiqiy voqe-lik moddiy boyliklarni bir tekis taqsimlash, ishlab chiqa-rish vositalarini umumlashtirish, xususiy mulkni tugatish, bozorga qarab xo’jalik yuritish mexanizmlaridan voz kechish siyosatining bema'niligini tasdiqlab berdi.

Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining pasayib ketishi muqarrar sur'atda mehnatga to’lanadigan haq miqdorining kamayishiga, mehnat va turmush sharoitla-rining yomonlashishiga olib keldi. 30-yillarning oxiri va 40-yillarning boshlarida oziq-ovqat mahsulotlarini iste'-mol qilish 1924—1928-yillardagiga qaraganda 10—15%ga kamaydi. Mehnat to’g’risidagi qonunlarning qattiqlashu-vi, ishchilarning ishlab chiqarishga va qishloq aholisining kolxozlarga zo’rlab biriktirib qo’yilishi, ishga kechikkanlik uchun jinoiy jazo berishning joriy etilishi va boshqa qatag’on choralari totalitar tizimning samaralari bo’ldi.

Shu og’ir mustabid tuzum sharoitlarida O’zbekiston ishchi va muhandis-texniklari sanoat korxo-nalarida, ishlab chiqarishning barcha jabhalarida matonatli mehnat namunalarini ko’rsatar ekanlar, eng avvalo moddiy-maishiy turmushni yaxshilashni ko’zla-gan bo’lsalar, qolaversa, o’z ona-Vatani istiqboli, qudratini yuksaltirishga intildilar. Ishchilar orasida turli shakllarda musobaqalar (mahsulot sifati va hajmini oshirish, mehnat unumdorligini ko’tarish va hokazolar) tashkil etildi. 1935-yilda ishchilar orasida staxanovchilik harakati yuzaga keldi, lekin bu harakat rasmiyatchilikka aylandi: oshirib ko’rsatishlar, unga hal qiluvchi omil deb qarash avj oldi. Moddiy boy-lik yaratuvchilar zo’r berib qilgan mehnatlari sama-rasidan manfaatdor bo’lmadilar.

Savol va topshiriqlar

1. Sanoatlashtirish sur'atlarini jadallashtirish mohiyati nimalardan iborat?

2. Bu siyosatning oqibatlari qanday bo’ldi?

3. Sobiq Ittifoq miqyosidagi sanoatlashtirish rejasida o’zbe-kistonga qanday rol ajratilgan edi?

4. O’zbekiston sanoatining rivojlanishida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?

5. Sanoatlashtirishning jadal sur'atlari asta-sekin pasayishi-ga olib kelgan omillarni aniqlang.



25-§. QISHLOQ XO’JALIGINI JAMOALASHTIRISH SIYOSATI. UNI AMALGA OSHIRISH USULLARI VA

FOJIALI OQIBATLARI

Reja.

1. Quloq qilinganlarning ahvoli

Yangi iqtisodiy siyosat tufayli o'z xo’jaligini tiklab olgan oilalarning quloq qilinishi natijasida 20-yillarning oxirlarida bozor munosabatlari muhiti barham topdi. Sovet davlati tortib olingan yer-suvlar hisobiga kooperatsiyalar, so’ng kolxozlar tuzish siyosatini olib bordi. Jamoalashtirish «yuqori»ning taz-yiqi asosida o’tkazildi. Matbuot o’rta Osiyo respublikalarining jamoalashtirishga «tayyor» ekanligini targ% qilib, mahalliy, ijtimoiy sharoit mutlaqo hisobga olinmadi. 1930-yil 17-fevralda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti «Kollektivlashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatish to'g’risida» qaror qabul qildi. Respublika yalpi jamoalashtiriladigan o’n yetti tumanga bo’lindi. Mahalliy rahbarlar raqamlar orqasidan quvib, qonunni buzishgacha bordilar. Jamoalashtirish mutasad-dilari dehqonlarning majlislarida kolxozga kirmaganlar suvdan mahrum etiladi, sanoat mollari bilan ta'minlanmaydi, katta soliq solinadi, surgun qilinadi, deb qo’rqi-tishgacha borganlar. Natijada ko’pchilik tumanlarda kolxozlashtirish bir necha hafta ichida tugallandi.

1930-yil 6-fevralda qishloq xo’jaligi artelining bi-rinchi Namunaviy Nizomi qabul qilindi. Nizomda raulkni umumiylashtirish mezonlari, kolxozlarning bo’linmas fondlari to’g’risida tushuncha berilmagan edi. Natijada turar joy binolari, qo’y-echki, qoramollar ham umumiylashtirildi. Ana shunday noqonuniy hollar Qo’qon, Toshkent, Samarqand okruglarida qayd qilindi.

Jamoalashtirishni jadallashtirish amalda o’ziga to’qroq xo’jaliklarni tugatish, ya'ni xo’jalik mulklari va imoratlarni musodara qilishga aylanib qoldi, yuqoridan qilingan qattiq tazyiq shunga olib keldi.

Quloq xo’jaliklarini tugatish kampaniyasi o’zbe-kistonda 1930-yil fevraldan boshlab avj oldi.

Yuqoridan kelib turgan har xil yo'1-yo'riqlar va ko’rsatmalar zo’rlikni avj oldirishga mo’ljallangan edi. Bu yo'1-yo'riqlar kimlarni quloqlar toifasiga kiritish ke-rakligini aniq belgilab bermasdi. Yakka tartibda qishloq xo’jalik solig’i solinadigan o’ziga to’q dehqon xo’jalikla-rining ro’yxati quloq xo’jaliklarini belgilash uchun asos bo’lib xizmat qildi. Bu ro’yxatlar moliya organlari tomonidan tuzilar va o’rta hol dehqonlar hatto kam-bag'allar hisobiga kengaytirib borilardi. Chunonchi, Mirzacho'1 tumani (Toshkent viloyati)da 137 ta quloq xo’jaligini tugatish ko’zda tutilgan edi, lekin ro’yxatlar tekshirib chiqilganidan keyin 75 ta xo’jalik tugatildi. Ko’pgina tumanlarda quloq xo’jaliklarinigina emas, balki o’rtahol va hatto kambag’al xo’jaliklar ham musodara qilindi.

Bunday xo’jaliklarning tugatilishi dehqonlarda ishonchsizlik va xavotir uyg’otdi. Ko’pgina odamlar o’z xo’jaliklarini qarovsiz tashlab qochdilar, chorvalarini so’ydilar va sotib yubordilar. Mollarning ko’plab so’yi-lishi jiddiy muammo bo’lib qoldi. Qoramollar boshi respublika bo’yicha 1930-yili 60 mingdan ziyodga kamaydi.

Jadal jamoalashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatish, o’rtahol dehqonlarga nisbatan zo’rlik qilish respub-likadagi siyosiy vaziyatni keskinlashtirdi. Dehqonlarning noroziligi kuchayib, ayrim tumanlarda ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. 1930-yil 25-fevralda ular Farg’ona vodiysining bir qancha tumanlarida bo’lib o’tdi. So’ngra Andijon, Buxoro, Toshkent, Xorazm va Samarqand okruglarining ba'zi tumanlariga yoyildi.

Jamoalashtirishga qarshi chiqishlar bir qancha hollar-da sovet hokimiyatiga qarshi siyosiy chiqishlarga aylanib ketdi. Jumladan, Farg’onada kolxozlarga qarshi namo-yishlar ko’pchilik hollarda siyosiy tus oldi.

Partiya ma'muriy tazyiq o’tkazishni pasaytirgan bo’lsa ham, haddan oshish va buzg’unchilik hollari avj olib ketgan edi. Shuning uchun dehqonlar kolxozlardan chiqib keta boshladilar. Natijada 1930-yilning martida kollektivlashtirish foizi respublika bo’yicha 47 %dan ko’proqni tashkil etgan bo’lsa, may oyiga kelib u 29%gacha kamaydi. 1930-yilning kuzidan boshlab dehqonlarga yangidan tazyiq o’tkazish to’lqini boshlan-di. 1931-yilning yoziga kelib dehqon xo’jaliklarining 56,7% i birlashtirildi.

1931-yilning bahoridan boshlab O’zbekistonda yalpi jamoalashtiriladigan tumanlar qaytadan tuzildi. 1930— 1933-yillari tugatilib, quloq qilingan xo’jaliklar soni 5,5 mingtaga yetdi.

Quloq qilinganlarning ahvoli Majburan ko’chirib yuborilganlarning ahvoli nihoyatda og’ir kechdi, ularning ko’pchiligi yo’lda nobud bo’ldi. Quloq qilinganlarning bir qismi Ukraina, Sibir va Qozog’istonning odam yashamaydigan cho’llariga, o’rmonlariga surgun qilindi, yana bir qismi respublikaning boshqa joylariga zo’rlik bilan ko’chirildi. Kolxozlashtirishga qarshi chiqishi mumkin deb hisoblangan tadbirkor xo’jaliklarai, ruhoniylarni «uchlik», ya'ni partiya, sovet, ichki ishlar organ-lari rahbarlaridan iborat komissiya qarori bilan quloq qil-ganlar. Ko’chirilganlar uchun respublikaning o’zida — chekka joylarda 17 ta «quloq qishloqlari», aniqrog’i, lagerlari tashkil qilingan.

Shunday lagerlardan biri Samarqand viloyatidagi Miyonko'1 orolida joylashgan edi. Miyonko’llik keksalarning eslashicha, 30-yillarning bosblarida bu yerga ichki ishlar organlari xodimlari bir necha ming quloq qilinganlarni keltirib joylashtirgan. Ular kelganida orolning to’qayzorlarida qayrag’och, saksovul va qamishlar o’sib yotardi. Orol o’rtasi botqoqlik va ko’llardan iborat edi. Bandilarga zovurlar qazdirilib, botqoqlik-lar suvi quritilgan, qayrag’ochlar, saksovullar kesilib pechlarda yoqilgan. Ular qamishlardan bo’yralar to’qib, lager qurganlar. Bu lagerda NKVD xodimlari bandilarni oddiy hayvonchalik qadr qilmay kamsitar, xo’rlar, ovoz chiqarishsa birovdan so’ramay otib tashlar, beayov ish-latardilar. Quloqlar Miyonko’l orolida yer chopar, paxta, sholi ekardilar. Ko’p bandilar mehnatning mashaqqatla-ridan, ochlikdan, kasallikdan, soqchilarning zulm va azoblaridan begunoh o’lib ketdilar. Har kuni o’nlab murdalar o’ris arava-brichkasida bandilarning o’zlari qazigan handaqlarga kafansiz eltib tashlanar edi. 1930— 1933-yillarda Miyonko’lda Farg’ona vodiysi va boshqa viloyatlardan quloq qilib keltirilgan begunoh kishilarning yarmiga yaqini qatl etilgan.

Surgun qilingan quloqlarning ahvoli ko’chirilgan-larnikidan oson bo’lmagan. Ularning bola-chaqalari ba'zan dim, ba'zan sovuq usti yopiq mashinalarda, qizil vagonlarda uzoq-uzoq Rossiya o’lkalariga olib ketilardi. Yo’l azobiga, issiq-sovuqlarga, suvsizlik, ochlikka chidamay, quloq qilinganlarning ko’pchiligi manzilga yetib bormasdan halok bo’lardi.

Forishlik tibbiyot olimi AAbdurahmonov otasi va qariyalardan eshitib hikoya qilishicha, Forish tumanidan 1929—1933-yillarda bir necha yuz xo’jalik quloq qilin-gan. Shu tumanning Nokurt qishlog’idan o’ndan ortiq xo’jalik, jumladan, uning otasi va ikki amakisi Stavropol o’lkasining Terek o’rmonlariga surgun qilingan. Otasi 10 yil muddatni o’tab, ona-yurtiga qaytgan. Ammo ikki amakisi o’sha yerda sovuq va ochlikdan o’lib ketgan. Barcha quloq qilinib surgun qilingan va ko’chirilgan-larning taqdiri shunday kechgan. Ularning taxminan uchdan ikki qismi halok bo’lgan.

O’zbekiston qishloq xo’jaligini jamoalashtirish ras-man 1932-yili poyoniga yetdi. Shu vaqtga kelib respub-likadagi dehqon xo’jaliklarining 75 foiziga yaqin qismi umumiylashtirilgan sektorga birlashtirildi. Yakka xo’jalik dehqonlarning bir qismi kolxozlardan tashqarida qoldi, lekin ularga iqtisodiy jihatdan tazyiq o’tkazish yanada kuchaydi. Yakka xo’jaliklarga solinadigan qishloq xo’jalik soliqlari oshirildi, davlatga majburan topshiri-ladigan mahsulot hajmi esa kolxozlar uchun belgilangan me'yorlarga qaraganda 50 foizga ko’paytirildi. 1939-yilga kelib esa respublikada yakka xo’jaliklarga butkul barham berildi. Jamoalashtirish qishloq xo’jaligini ma'muriy-buyruqbozlik tizimi bilan boshqarishni mustahkamladi, dehqonlarning mustabid davlat asoratiga tushishiga yo'l ochdi.

O’zbekistonda qishloq xo’jaligini jamoalashtirish davrida 40000 dan ortiq dehqon xo’jaliklari quloq qili-nib, ulardan 31700 tasi qatag’on qilindi.

Kolxoz tuzilishining eng boshidan qishloq xo’jalik artellari mulklarini davlat ta-sarrufiga o’tkazish boshlandi. Kolxozlar dehqonlarning ishlab chiqarish vositalarini birlashtirish asosida tuzildi, bu vositalar yagona bo’linmas fondga qo’shildi. Mabodo kolxozchilar kolxozdan chiqib ketadigan bo’lsalar, vosi-talar ularga qaytarib berilmas edi. Bu dehqonlaming mulkdan ajralishini boshlab berdi. Kolxozlar iqtisodiy jihatdan butunlay davlatga qaram bo’lib qoldi. Ularning mustaqilligi va tashabbusi keskin cheklandi.

Yirik ishlab chiqarish vositalari MTSlar ko’rinishida davlat qo’lida to’planib bordi. MTSlar kolxoz dalalarini natural haq evaziga ishlab berar, bu haqning miqdorlari esa yuqoridan belgilab berilardi. 1933-yil boshlariga kelganda O’zbekistonda 73ta MTS ishlab turdi. Ular qishloq xo’jaligini texnik jihatdan qayta qurishni tezlashtirdi, lekin texnikani ularda to’plash qishloq mehnati imkoniyatlarini ochib berishga yordam qilmadi. Amalda kolxozlar ham, MTSlar ham yer egalari emasdi-lar, yerning egasi aslida davlat bo’lib qoldi.

O’zbekistonda kolxozlar tuzish bilan bir qatorda sovxozlar — davlat xo’jaliklari tuzish yuzasidan ham ish olib borildi. 1932-yilda respublikada 60 dan ziyod sovxoz bor edi.

Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi dehqonlarni majburlashning noiqtisodiy usullaridan foydalandi. Bu avvalo dehqonlar ishlab chiqargan mahsulotning bir qis-mini o’ziga xos bir o’lpon tariqasidagi soliq ko’rinishida tortib olishda ifodalandi.

Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi o’z e'tiborini paxta yetishtirishni ko’paytirish, respublika iqtisodiyotini xom ashyo tayyorlashga moslashtirishga qaratdi. Bunday siyosat mamlakatning paxta mustaqilligini qisqa muddat-larda qo’lga kiritishini ko’zlar edi. 1929— 1932-yillarda g’o’za ekiladigan yer maydonlari 550 ming gektardan 928 ming gektarga kengaytirildi, yalpi paxta hosiJi esa 652 ming tonnadan 750 ming tonnaga yetkazildi. 1932-yili respublika sobiq Ittifoq bo’yicha paxta hosiiining 60 foizini berdi. Mana shu paytdan boshlab xorijdan paxta olib kelish to’xtatildi. Biroq paxta yetishtirishni ko’pay-tirish ekin maydonlarini kengaytirish asosidagina amalga oshirildi.

Mana shu davrda kolxozlar ichki turmushi tartibga solinmaganligi tufayli katta qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Kolxozchilar mehnatini oqilona tashkil etish, hisobga olish va unga haq to’lash usullari hali yo’q edi. 1931—1932-yillardan boshlab mehnatga ishbay asosda haq to’lanadigan doimiy brigadalar tashkil etila boshlan-di. Bu mehnat sarflni va mehnat kunlari shaklida to’lanadigan haq miqdorlarini belgilashni ko’zda tutardi.

Ko’rilgan choralarga qaramay, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida biror yirik o’zgarishlar bo’lgani yo'q. Dehqonlarning qattiq mehnati va shijoati tufayli o’zbe-kiston qishloq xo’jaligida 1935—1937-yillardan boshlab ba'zi yutuqlar qo’lga kiritildi. Don, sholi, arpa, makka-jo’xori ishlab chiqarish ko’paydi. Chorvachilik qishloq xo’jaligining muhim sohasi bo’lib qoldi. 1940-yil boshi-ga kelib qoramollar soni 1934-yildagiga qaraganda bir yarim baravardan ziyodga ko’paydi.

Qishloq ahlining fidokorona mehnati o’zining nati-jasini berdi. 1939-yilda yalpi paxta hosili deyarli 1 mln 583 ming tonnaga yetdi, paxta hosildorligi esa gektariga 17,8 sentnerni tashkil etdi. O’zbekistonda kanop yetishtiriladigan bo’ldi, kanop ishlab chiqarish umumit-tifoq miqyosiga nisbatan 3 foizni tashkil etdi. Urushdan oldingi yillarda O’zbekiston mamlakatda yetishtiriladi-gan barcha pillaning yarmini berar edi. Qishloq xo’jali-gini mustahkamlash, ayniqsa, paxtachilikni rivojlantirish uchun sug’orish inshootlari qurilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bunday qurilishlarni hashar usulida olib bo-rish odat tusiga kirdi. O’zbek xalqining jasorati bilan, jumladan, 1939-yil 1-avgust—15-sentabrda Katta Farg’ona kanali qazildi. Natijada 1937 — 1940-yillar mobaynida O’zbekistondagi sug’oriladigan yerlar may-doni 260 ming gektarga kengaydi. Lekin O’zbekistonda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi asosan Markaz sanoa-tining ehtiyojini qoplashga qaratildi.

Kolxoz tuzilishi sharoitlarida qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining hamma sohalari qafiy nazorat ostiga olindi: mahsulot ishlab chiqarish va mehnat unumdorli-gi yuzasidan reja ko’rsatkichlari, soliq majburiyati joriy etildi, jamoa xo’jaliklarining daromadlari va sarf-xarajat-lari belgilab qo’yildi- Kolxozchilar o’z mehnatlarining mevalaridan mustaqil ravishda foydalana olmas edilar. Jamoa xo’jaliklari ekin maydonlari, hosillari va daro-madlarining o’sishi aniq bir kolxozchining, shu jamoa-dagi ma'lum bir mehnatkashning o’z moddiy holatiga amalda ta'sir o’tkazmas edi. Ko’pgina oilalar qashshoq-larcha turmush kechirardilar. Majburlovchi va eksplua-tatsiya qiluvchi feodal tuzum o’rnini partiya-davlat tuzu-mi egalladi.

Jamoalashtirish natijasida dehqonlarga xos butun tur-mush tartibi buzildi, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar zavol topdi. «Yuqoridan qilingan inqilob»dan meros bolib qolgan eng og’ir narsa — yer egasining yo’qolganligi, mehnatkash inson bilan yer, jamiyat bilan tabiat aloqalarining yemirilganligi bo’lsa, ajab emas. Qishloqda an'anaviy bo’lgan ko’pgina xalq odatlari va rasm-rusumlarini qoralash, dinga qarshi o’ylamasdan, qo’pol ravish-da o’tkazilgan tashviqot-targ’ibot ham yomon ta'sir qildi.



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish