Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan


Milliy madaniyat va ziyolilarga nisbatan bolsheviklar tomonidan o’tkazilgan tazyiqlar



Download 1,75 Mb.
bet9/32
Sana16.12.2019
Hajmi1,75 Mb.
#30517
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza m


Milliy madaniyat va ziyolilarga nisbatan bolsheviklar tomonidan o’tkazilgan tazyiqlar. 1918-yil noyabrida Turkistonda e'lon qilingan dinni davlatdan, maktabni dindan ajratish to’g’risidagi dekret, shu kabi qator boshqa ko’rsatmalar asosida masjidlar va madrasalar yoppasiga yopila bosh-landi, islom diniga, uning rahnamolariga kuchli tazyiq, haqorat, xo’rlashlar avj oldirildi. 20-yillar boshlarida xalq ommasining qahr-u g’azabi oshishi natijasida vaqflar, qoziliklarning tugatilishi to’xtatilgan bo’lsa ham, sho'-rolar hokimiyatining yerli aholi madaniyati, imon-e'ti-qodiga dushmanlik siyosati o’zgarmadi.

Qizil imperiyachilik Sharq xalqlari madaniy qoloq degan shovinistik, uydirma aqidaga asoslangan edi. Milliy ziyolilar, jumladan, yerli aholi vakillari bo’lgan rahbar kadrlar burjua millatchilik g’oyalari bilan zahar-langan, deb ularga ochiqdan-ochiq dushmanlik siyosati o’tkazildi. Rasmiy hujjatlarda milliy ziyolilar bilan yerli aholi o’rtasida nizo, dushmanlikni keltirib chiqarishga ko’rsatma berildi.

Buxoro shahriga Frunzening qizil armiyasi hujum qilib, snaryadlar yog’dirganida madaniy-tarixiy ahami-yatga ega bo’lgan Ark, boshqa obidalar yong’inda qoldi, vayron bo’ldi. Mashhur Minorai kalon to’plardan ni-shonga olindi, unga jiddiy zarar yetkazildi. Poytaxtda, qator viloyat va tumanlarda masjidlar, madrasalar bu-zildi, qo’shin otxonalariga aylantirildi. Rossiya emissari I. Sols Buxoro respublikasida ikki vazifa bo’lib, ulardan bittasi «mullalarning g’oyaviy ta'siriga qarshi kurash», deb belgiladi. Bolsheviklar «eski maktablarga qarshi kurash»ni bayroq qilib ko’tardilar.

Xorazm va Buxoro respublikalarida madaniy-ma'-naviy hayotga kelgindi unsurlarning varvarlarcha tazyiq ko’rsatishiga xalq ommasi, yangi hokimiyatning ko’pchi-lik rahbarlari, ziyolilar, joylardagi ma'muriyatlar xodim-lari qat'iy qarshi chiqib, ochiq noroziliklar bayon qildilar. Bolshevikcha qizil imperiyachilik tazyiqi ma-daniy amaliyotga zarar yetkazdi.

Sinfiylik va siyosatlashtirish Turkiston, Buxoro va Xorazmda zo’r berib o’tkazildi. O’zbek tilida, yerli aholi tillarida chiqa boshlagan gazeta, jurnallar ta'qib ostiga olingan, ular tez orada yopilgan, faoliyatini davom ettir-ganlari doimiy jiddiy nazorat ostiga olingan. Bosilgan materiallar mazmunini xalq manfaatlaridan uzoqlash-tirish, odamlar ongini chalg’itish, zaharlashga harakat qilingan. Yangi ochilgan, ayniqsa, tuman-qishloqlardagi maktablarga mablag’ ajratilmagan. Rasmiy yig’inlarda takror «yerli aholi o’rtasida maorif ishini kengaytirishga» to’siqlar qo’yilgani aytilgan.

Xotin-qizlar masalasidagi siyosat ularni og’ir qo'1 mehnatiga tortish, erkaklar bilan raqobatini kuchaytirish, oilada urf-odatlarga zudlik bilan chek qo’yish shiorlari orqali ziddiyatlarni keltirib chiqarishga qaratildi.

Madaniyat sohalariga sho’ro hokimiyati, so'l guruh-lar tutgan yo'l salbiy ijtimoiy va g’oyaviy ta'sir ko’rsatdi. Bu hol ayniqsa, 1923-yil yozidan kuchayib, hokimiyat, siyosiy tashkilotlar bilan aholi, ziyolilar o’rtasidagi jiddiy g’oyaviy-siyosiy to’qnashuvlarni keltirib chiqardi.

1. O’zbekistonda 1917— 1924-yillardagi madaniy-ma'naviy

muhit xususiyatlari nimalardan iborat bo’lgan?

2. Xalq ommasi, milliy ziyolilar madaniy-ma'rifiy sohalarda

qanday maqsadlar uchun kurash va sa'y-harakatlar olib bordilar?

1. Milliy madaniyatga inqilobiy tajovuzkor kuchlar tomonidan

yetkazilgan zarar to'g'risida gapirib bering.

2. Milliy ziyolilarga, imon-e'tiqodga sovet hokimiyatining

siyosati mohiyatini ochib bering.

1.Madaniyat tushunchasining mohiyatini ochib bering.

2.Milliy madaniyat va ziyolilarga nisbatan bolsheviklar

tomonidan qanday tazyiqlar o’tkazildi?

3.Buxoro respublikasi maorif noziri lavozimida

kim barakali ishladi?



17-§. O’QUV YURTLARI, MATBUOT, MA'RIFAT,MUTAXASSISLAR TAYYORLASH JARAYONIDAGI

ZIDDIYATLI MUAMMOLAR.

Reja:

1.Milliy maktab-maorifni joriy qilish sa'y-hara-katlari.



2. Matbuot, ma'rifat mas-kanlari, tibbiyot

3. Kadrlar tayyorlash masalasi. San'at .

Yosh avlodni o’qitish, buning uchun shart-sharoitlar yara-tish xalq ommasi, uning ilg’or vakillari uchun dolzarb bo’lib kelgan. Ma'rifatparvar olim, pedagog, jamoat arbobi Abdulla Avloniy (1878—1934) maktab masalasi, ya'ni «tarbiya bizlar uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidur», deb ta'kidladi. Bu jami O’zbek ziyolilarining e'tiqodi, qarashi bo’ldi. Ular yangi maktablar ochish, o’quv-tarbiya ishlarini rivojlantirish, internatlar tuzib yetim bolalarni to’plash, muallim, tarbiyachilarni tayyorlash ishlariga faol kirishib ketdilar. Behbudiy maslakdoshlariga «Maorifga yordam etingiz... Maorifni Buxoro tuprog’iga joriy qilingizlar!», deb vasiyat qildi. 1919-yil bahorida uni amir jallodlari Qarshida qatl qildilar.



Xalq ta'limining iste'dodli tashkilotchilari Abdulqodir Shakuriy, Ismatulla Rahmatullayev, Ishoqxon Ibrat O.Dadaxo'jayev, Abdulla Mustaqov, Hodi Fayziyev' Ashurali Zohiriy, Sobirjon Rahimov, Shokirjon Ra-himiy, Qori Niyoziy, Said Rizo Alizoda, To’xtanazar Shermuhamedov, Rafiq Mo’min va boshqalar katta pedagogik ish olib bordilar. Maktablar soni o’sdi 1918-yil boshida 330 taga, 1920-yilda Farg’ona, Sirdaryo Samarqand viloyatlarida 1405 taga yetdi. Tashkil bo’lgan maktablar, ayniqsa, qishloq joylarida va tumanlarida asosan 1-2-boshlang’ich sinflardan iborat edi Keyinchalik yuqori sinflar paydo bo’lib bordi. Bunday tartibotdagi qizlar maktablari ham Toshkentda, Andi-jonda, Qo’qonda va boshqa joylarda birin-ketin ochildi. Ayol muallimlari Solihaxon Muhammadjonova, Muhar-rama Qodirova, Gulsum Kopayeva, Fotima Burnasheva Zebimso Razzoqova, Zaynab Sadriddinova, Maryam Shanpova va boshqalar dars-tarbiya ishlarini olib borganlar.Keng doiradagi bilimdon ziyolilar qator maktablar faoliyatini namunali darajaga ko’tardilar. 20-yillar boshi-da Samarqandda Abdulqodir Shakuriy (1875—1943) mudirlik qilgan maktab, 1922-yilda Farg’ona shahrida Husanxon Niyoziy boshchiligida ochilgan ikkinchi bos-qich maktab, qator boshqa maktablar shular jumlasidan edi.Milliy, jadid maktablari uchun darsliklar, o’qish kitoblarini ziyolilarimiz asr bosbidan yozib chiqarib keldilar. 1917-yildan maktablar sonining o’sishi, maorif ijtimoiy darajasining ko’tarilishi darsliklarga talabni oshirdi. Pedagog, olim, davlat arbobi Abdulla Avloniy 1917-yilda «Turkiy guliston yoxud axloq» tarbiyaviy-didaktik kitobini qayta nashr qildi, shuningdek, «Maktab gulistoni» o’qish kitobini, ikki jildlik «Adabiyot yoxud milliy she'rlar» kitoblarini yaratdi va chop etdi. 1920-yil-dan Toshkentdagi o’lka bilim yurtida, so’ngra O’zbek xotin-qizlar bilim yurtida mudirlik qildi.

Fitrat 1917-yilda «O'quv« kitobini, 1919-yilda Sh.Rahimiy va Q.Ramazon bilan birga «Ona tili» dars-ligini, so’ngra «Imlo masalalari» kitobini yozib chiqardi. 1917-yildayoq Said Rizo Alizoda birinchi sinflar uchun «Birinchi yil» o’qitish dasturini ishlab chiqdi. Shokirjon Rahimiy 1919-yilda birinchi alifbo «Sovg’a», 1922-yilda «O’zbek alifbosi» darsliklarini, boshqa o’quv qo’Uan-malarini chiqardi. 1918-yildan u Toshkentda maktab mudiri bo’lgan.Buxoro va Xorazm respublikalarida ham maktablar, ta'lim-tarbiya maskanlari ochildi.Aholining bolalarni o’qitishga, ilm-ma'rifatga ish-tiyoqi kuchayib borgan, bunday talablar katta yig’inlarda yangragan. Ammo xo’jalikning parokandaligi, sun'iy to’-siqlar oqibatida 20-yillar boshida maktablar soni qisqar-di, darsliklar yozish, nashr qilish to’xtadi. 1922-yilga kelib Turkistonda bolalarning 25 foizi maktablarga jalb qilingan edi. Buxoro respublikasida 1921-yilda 175 ta yangi maktab, 11 ming o’quvchi bor edi. Lekin 1924-yil o’rtalariga kelib maktablar 69, o’quvchilar 3563 tani tashkil qildi. Xorazmda 40 ta umumta'lim maktablari va internatlarda 2600 bola ta'lim-tarbiya oldi. O’zbekiston respublikasi tashkil bo’lganida turli bosqichdagi 1500 ta maktab bo’lib, ularda 116 ming o’quvchi o’qir edi.

Matbuot, ma'rifat mas-kanlari, tibbiyot. Milliy ziyolilar, davlat arbob jurnallarmng tar-biyaviy, ziyo tarqatuvchilik roliga jiddiy ahamiyat berdilar va sermazmun faoliyat ko’rsatdilar. 1918-yilda «Ishtirokiyun» (1922-yildan «Qizil bayroq», keyin «Turkiston» nomi bilan), «Meh-natkashlar o’qi», «Mehnatkashlar tovushi» (Samar-qandda), «Farg’ona», «Yangi Farg’ona», «E1 bayrog’i», «Xalq», «Xalq qalqoni», «Yangi Sharq», «Erkinlik» nomli gazetalar, «Maorif va o'qituvchi», «Moliya axboroti», «Kasabachilik harakati» jurnallari chiqarildi. 1923-yildan chiqa boshlagan «Mushtum« hajviy jumali (muharriri — Ho’ji Muin Shukrillayev) keng ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, «Mashrab» nomli jur-nal ham chiqqan. 1918—1920-yillarda Turkistonda O’zbek tilida 11 nomda gazeta chiqarildi. 20-yillarda ham bu jarayon davom etdi.

Yangi sharoitlarda O’zbek milliy matbuotchiligini rivojlantirishga ma'rifat-chi darg’alar AAvloniy, M.Behbudiy, Fitrat, Mu-navvar Qori, A.Qodiriy, Cho’lpon, Ashurali Zohi-riy, iste'dodli jurnalistlar G’ozi Yunusov, Elbek, Po’lat Soliyev, Mannon Ramziy va qator boshqalar katta hissa qo’shdilar.

Gazeta va jurnallar rasmiy tashkilotlar or-ganlari sifatida ta'sis etil-gan va qattiq nazorat qi-lingan. Shunday bo’lsa-da, nashr qilingan materiallar-da xalqparvar, adolatpar-var ruh ustuvor bo’lgan g’oyalar ilgari surildi.

Sovet tashkilotlari siyosiy aqidalarga tayanib mat-buotga ta'qibni kuchaytirdilar. Ayrim gazetalar 2—3 oy faoliyat ko’rsatib ulgurmasdan yopilar, man qilinar edi. Gazetalar nomlarini o’zgartirib chiqarardi. Sof vijdonli jurnalistlar ta'qib ostiga olindilar, keyinchalik qatag’on qilindilar.

Yosh buxoroliklar 1919-yilda «Qutulish», 1920-yilda «Uchqun» gazetalari va «Tong» jurnalini chiqardilar. Jurnalda F.Xo’jayev, Fitrat, P.Soliyev, A.Mustafoyev-ning maqolalari e'lon qilingan. Respublika tuzilgach, «Buxoro axbori», «Ozod Buxoro» gazetalari ta'sis etildi. Buxoroda matbuotni tashkil qilishda Said Ahroriy, Cho’lpon katta xizmat ko’rsatdilar. Xorazm respublikasi-da «Inqilob quyoshi» gazetasi nashr qilindi.

1925-yil boshida O’zbekistonda O’zbek tilida 17 nomda gazeta va jurnallar chiqqan. Toshkentda 7 ta bosmaxona ishlab turgan. Kutubxonalar, muzeylar soni ko’payib bordi. Toshkentning Eski Jo’va dahasida «Turon» kutubxonasi samarali faoliyat ko’rsatdi. Buxoro respublikasi hukumati maxsus komissiya ta'sis etdi, u nodir qo’lyozmalar, kitoblarni to’plash bilan shug’ul-landi. 1921-yil dekabrida Minorai kalon yonidagi bino-da davlat kutubxonasi tuzildi, kitoblar, qo’lyozmalar to’plandi. Respublikaning viloyatlarida ham kutubxo-nalar tashkil etildi. 1921-yilda ularning soni 13 taga yetdi. O’zbekiston tashkil bo’lganida markaziy va mahal-liy kutubxonalar 152 tani tashkil etar edi.

Muzeylar tashkil qilishga kirishildi. 20-yillar o’rtasiga kelib 5 ta muzey bor edi. Ularda xalqimizning boy tarixi aks etgan osori-atiqalar qo’yilgan. Shu bilan birga, sha-harlarning yevropacha qismlari (Yangi shaharlar)dagi kutubxonalar, muzeylar, boshqa tomosha joylaridan sovet hokimiyatining siyosiy maqsadlari uchun foy-dalanilgan, sinfiylik aqidalari targ’ib etilgan.

Tibbiyot masalalari jiddiy ahamiyat kasb etdi. Ocharchilik, moddiy qiyinchiliklar odamlar salomatligi-ga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Qator kasalliklar epidemiya tusiga kirdi. Buxoro shahrida ekologik muhit, ichimlik suvi muammosi, rishta, bezgak kasalliklari xavfli daraja-da edi. Turkistonga ko’plab kelgan och-qochoqlar yuqumli kasalliklarning ko’payishiga sabab bo’ldilar. Yerli aholi shaharlardagi kasalxona, poliklinikalarga kam murojaat qilgan. Shuning uchun eski shaharlarda, qishloq joylarida tibbiyot punktlari tashkil qilina bosh-landi, vrachlar, hamshiralar sonini ko’paytirishga e'tibor qaratildi. Buxoro respublikasi hukumati bezgakni davolash uchun qishloqlarga dorilarni pulsiz tarqatish haqida qaror chiqardi. Berlindan klinika jihozlarini sotib oldi, ular 1923-yil avgustda Buxoroga yetib keldi. Natijada 1924-yilda respublikada tropik kasalliklar insti-tuti, 5 ta kasalxona, 2 ta ambulatoriya faoliyat ko’rsatgan.



Kadrlar tayyorlash masalasi. Tashkil bo’layotgan maorif tizimi boshqa sohalar uchun o’qituvchilar, mutaxassislar tayyorlash choralari ko’rildi. Toshkentning Yangi sha-harida 1918-yilda Turkiston davlat universiteti, sharqshunoslik instituti, konservatoriya, texnikumlar ochildi. 1920-yilda universitetga Rossiyadan pedagog-professorlar, kitoblar, o’quv qurollari yetkazib kelindi. Bu maskanlar inqilobiy sinfiylik tamoyili bilan ishladi. Universitetning tayyorlov-ishchilar fakulteti (rabfak)da kambag’al tabaqaga mansub kishilar o’qigan. Yerli xalqlar vakillari ularga kam qatnagan.

Toshkentning Eski shaharida, Qo’qon va boshqa sha-harlarda muallimlar tayyorlash kurslari, 1920-yildan 7 ta dorulmuallimin (инnpoc), bir nechta bilim yurtlari faoliyat ko’rsatdi. 1925-yilga kelib O’zbekiston qishloqlarida 2748 muallimlar ishlab turgan yoki 3—4 marta o’sgan.

1924-yilda Qo’qon bilim yurtini 13 ta yigit-qizlar bitirib chiqdi. Unda keyinchalik O’zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti T.N.Qori Niyoziy dars berdi, bitirganlardan akademiklar, yirik fan va madaniyat arboblari yetishib chiqdi.

Chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar, yoshlarning o’qib kelishlari XX asr boshlaridan kengayib bordi va keyinchalik ham davom etdi. Buxoro respublikasi hukumati tashabbus ko’rsatib, bu ishga tashkiliy tus berdi. 1922-yilda Turkiston, Buxoro va Xorazmdan 70 ga yaqin yoshlar Germaniyaga o’qishga jo’natildi. Buxoro respublikasi hukumati Berlinda yotoqxona uchun bino sotib oldi, o’quvchilarni moddiy ta'minlab turdi, ularning ahvoli, o’qishlaridan ogoh bo’ldi. Yoshlarimiz Germaniyaning turli o’quv yurtlarida muvaffaqiyat bilan o’qidilar, mutaxassislar bo’lib yetishdilar. Afsuski, o’z ona yurtiga qaytgan yigit-qizlarimiz mustabidlik qatag’oniga uchradi.

O’zbekistondan boshqa yurtlar, shaharlarga ham o’qishga yuborilar edi. Buxoro respublikasi rahbariyati Turkiyaga o’qishga buxorolik yoshlarni yuborib turdi.

San'at . O’zbekiston ko’p asrlik san'at turlariga boy. Musiqa, ashula, xalq raqslari, turli-tuman asboblar, jumladan, mashhur karnay va nog’ora keng tar-qalgan. Sharq san'atining shoh asari «Shashmaqom», qator klassik kuy va g’azallar shu zaminda yaratilgan. Keng xalq ommasi san'atni tushungan va ardoqlagan. Samarqandlik Hoji Abdulaziz Abdurasulov, toshkentlik To’ychi Hofiz Toshmuhamedov, xorazmlik Matyoqub Xarratov, Matyusuf Xarratov, Matpano Xudoyberganov, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), buxorolik Domla Halim Ibodov, Farg’ona vodiysidan Madumar Hofiz, Shorahim Shoumarov, Matbuva Hofiz, Abduqodir Naychi (Ismo-ilov) va boshqalar O’zbek klassik qo’shiqchilik san'atini tarannum qildilar. San'at truppalari, milliy teatrlar tuzil-di va faoliyat ko’rsatdi.

Yangi san'at turlari doirasi kengaydi. M. Behbudiy, A. Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hoji Muinlar asos solgan O’zbek dramaturgiyasini Fitrat, Xurshid (Sham-siddin Sharafiddinov, 1890-1960), G’ulom Za-fariy va boshqalar davom ettirdilar. Fitrat 1920-yilda «Chin sevish» pyesasini yozdi, keyinchalik «Hind ixtilolchilari», «Abulfayzxon», «Shaytonning tangriga isyoni» dramalarini yaratdi. Xurshid 1918-1924-yillarda muallimlik qilish bilan birga «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin» hamda boshqa dra-malarini yozdi, ularda aytilgan «Girya», «Chor-goh», «Segoh», «Ushshoq», «Bayot», «Suvora», «Dugoh» qo’shiqlari O’zbek klassik qo’shiqlariga aylandi.

Milliy sahna san'ati sohasiga yetuk aktyor va rejissyor Mannon Uyg’ur (1897—1955), teatr tanqidchisi, g’arb pyesalari tarjimoni Cho’lpon fidoyilik ko’rsatdilar.

Kino san'ati rivojlandi. 20-yillar o’rtalarida o’zbe-kistonda 14 teatr (ularning ko’pchiligi milliy teatr), 19 kinoteatr faoliyat ko’rsatgan.

1924-yilda 24 nafar yosh O’zbek san'atkori Rossiyaga o’qishga jo’nab ketdi.

Madaniy-marifiy qadryatlar taqdiri. O’zbek xalqi mintaqadagi boshqa xalqlarga xos

muruvat va mehribonlik, xayrehson fazilatlarini maktab va ma'rifatga nisbatan keng amalga oshirgan. Sovet hokimiyati buning moddiy asoslarini, jumladan, vaqt mulklari, daromadlarini o’zlashtirishga harakat qildi, ma'rifatparvar mulkdorlarning sa'yharakatlari davom etishiga yo'1 qo’ymadi. Muno-fiqlik bilan inqilobiy kampaniyalar o’tkazildi, shiorlar tashviqot qilindi. Madrasalar yopildi, an'anaviy mak-tablarga dushmanlik tazyiqi o’tkazildi.

Ko’pchilik milliy kadrlar, ziyolilar, jamoatchilik jiddiy qarshilik ko’rsatdilar. Vaqflarni yo’q qilmay, islohot o’tkazish, ulardan kelgan daromadlarni maktab-ma'rifat uchun ishlatish yo’liga o’tildi. Maorif idoralarida vaqf boshqarmalari tashkil etildi.

1922-yilda Xorazm respublikasida 328 ming tanob vaqf ekin yerlari bo’lgan. Buxoro respublikasida 1924-yil boshlarida vaqf boshqarmasiga 248 ming tanob yer, 1500 ga yaqin do’konlar va saroylar, 200 ga yaqin uylar, bozorlar, hammomlar, tegirmonlar qaragan. O’zbekis-tonda 1924—1925-yillarda vaqf mablag’lari bilan 150 taga yaqin maktablar, internatlar va boshqa ta'lim-tar-biya muassasalari ta'minlangan.

Aholi to’lab turgan mablag’lar hisobidan 1923-yilda, masalan, Farg’ona viloyatida 310 sinfning xarajati qop-langan, ularda 10,5 ming bola o’qigan.

Buxoro respublikasi hukumati qizil armiya vayron qilgan, zarar yetkazgan Minorai kalonni, masjidlar, boshqa obidalarni ta'mirlashga kirishdi. Shuningdek, 1924-yilda 48 ta maktab, 5 ta klub, 10 ta qizil choyxo-nani byudjet mablag’laridan ta'minladi. 20 ta talabaga stipendiya tayinlandi. Qishloq muallimlarining maoshi aniq ko’rsatilib, to’lab turildi. Tijoratchilar ham maktab va maorifga moddiy ko’maklashdilar.

O’zbekiston hududida 1917—1924-yillarda maorif, madaniyat va ma'naviyatda murakkab jarayonlar kechishi bilan bir qatorda, xalq ommasi maktab, ma'rifat va o’z milliy an'analari uchun qattiq kurash olib bordi.

Savol va topshiriqlar

1. 1917— 1924-yillarda O’zbekiston hududida milliy maktab-maorifning ahamiyati, joriy qilish yo’llari qanday edi? Bu sohada fidoyilik ko’rsatgan arboblar xizmati nimalardan iborat bo’ldi?

2. Madaniyat va san'atda kechgan jarayonlar, ularning xususiyatlarini ochib bering.

3. Mutaxassislar yetishtirish muammolariga yondashuv, ulaming mohiyati to'g'risida o’z fikringizni bildiring.

4. Milliy-madaniy qadriyatlar va ziyolilarga qilingan inqilobiy, qizil imperiyachilik tazyiqning salbiy, halokatli tomonlarini nimalarda ko’rasiz?

MAVZU : MILLIY-HUDUDIY CHEGARALASH VA O’ZBEKISTON SSRNING TUZILiSHI


Reja:
1.Turkiston - mintaqa xalqlarining yagona makoni, umumiy Vatan.
2. Milliy respublikalar va d viloyatlar tuzishga ko’rsatma berilishi va uning

siyosiy jihatdan asoslanishi.
3. 1924-yilgi milliy-hududiy chegaralash
4. O’zbekiston SSRning tash-kil etilishi. Chegaralanish yakunlari.

Markaziy Osiyo, jumladan, , Turkiston, Buxoro va Xorazm davlatlarining tub xalqlari necha asrlar davomida turmush tarzi va an'analari jihatidan bir-biriga yaqin bo’lib keldilar. Buxoro va Xorazm XX asr 20-yillarining boshiga qadar mustaqil davlatlar bo’lgan. Bu mintaqa yagona zamini, o’z xo’jaligi, an'analari, dini, madaniya-tining mushtarakligi bilan ajralib turgan. o’rta Osiyo davlatlaridan har birining ko’p millatli ekanligi, o’z-beklar, turkmanlar, tojiklar, qoraqalpoqlar, qirg’izlar, qozoqlar va boshqa yerli xalqlarning uchala davlat hududlarida tarqalib yashashi tarixan an'anaviy bo’lgan. Mana shu davlat tuzilmalari doirasida har bir xalq yoki alohida urug’lar xo’jalik hayoti tizimidagi o’z o’rnini egallab, o’zining ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyati bilan davlat va mintaqa ijtimoiy hayotining yaxlit zanjiridagi uzilmas halqani tashkil etgan. Turkiston mintaqasining xalqlari shu zaminni qadimdan o’zlarining asl vatani deb bilganlar. Vatan yagonaligi hissi xalq ijodiyotida, an'analarida, madaniyatida o’z aksini topgan va shu mintaqada yashab turgan barcha xalqlarning abadiy qadriyatiga aylangan.

Bu mintaqaning xalqlari birdir degan g’oya avloddan-avlodga o’tib, milliy yetakchilar, jamoat arboblari va milliy ziyolilarning qarashlari hamda amaliy faoliyatla-rida aks etdi. Hudud yaxlitligiga, xalqning birligiga xavf-xatar tug’ilgan kezlarda ana shu g’oya xuddi bir qalqondek bo’lib turdi, xalqlarning bir-biridan ajralib, uzoq-lashib ketishining oldini oluvchi omil bo’lib qoldi.

Milliy respublikalar va d viloyatlar tuzishga ko’rsatma berilishi va uning siyosiy jihatdan asoslanishi. Tarixan tarkib topgan uchta davlatni tugatib turib, ularning o’rniga yangi davlatlar tuzish fikri o’lka va markazning rahbar xodimlaridan chiqdi. 1920-yilning boshlaridayoq TSRni bo’lib tashlash va milliy tU belgisiga qarab muxtor (avtonom) respublikalar tuzish masalasi qo’yilgan edi. Bu g’oya Turkkomissiya raisi Ya.Rudzutak tashabbusi bilan 1920-yil 15-yanvarda qabul qilingan tezislarda aytiladi. Bu tezislar o’sha yilning iyun oyida RKP(b) Markaziy Komitetining «Partiyaning Turkistondagi vazifalari haqida» degan qarori loyihasiga kiritildi. Bu taklifni V.I. Lenin qo’llab-quvatladi. Loyihaga bildirgan o’z mulohazalarida u Turkistonning «O’zbekiya, Qirg’iziya, Turkmaniya»ga bo’lingan kartasini tuzish zarur deb ko’rsatdi. V.I. Lenin birmuncha keyin-roq o’zi tayyorlagan boshqa bir loyihada o’z nuqtai nazarini o’zgartirib: «Respublikani (ya'ni Turkistonni) 3 qisrhga bo’lish oldindan hal qilib qo'yilmasin», deb uqtirdi.

Turkistonning ma'muriy-hududiy kartasini qaytadan ko’rib chiqish bolsheviklarning qaytadan tuzish siyosati-dan o’lkada norozilik kuchayib borgan, mustaqillik uchun harakat ko’lami kengayib kelayotgani, milliy masala yuzasidan Kavkazortida boshlangan kurash aks sadosi va boshqa sabablarga ko’ra orqaga surilib turdi. 1920-yilga kelib o’rta Osiyoda TSRdan tashqari Buxoro va Xorazm Xalq Sovet respublikalari tuzilganligi ham muhim omil bo’ldi. Bu respublikalar tuzilganidan keyin ma'lum rahbarlar guruhi ularni ham hududiy qayta bichish doirasiga tortish rejalarini ilgari surdilar.

Milliy respublikalar tuzish zarurligi g’oyasi tashabbuschilari uni (ya'ni, bu g’oyani) yerli xalqlar hayotida tengsizlik mavjudligi, milliy mojarolar kuchayib borayotgani bilan asosladilar. Bu mojarolardan qutulish yo’li turkmanlar, qirg’izlar va boshqalarning milliy davlatini tuzish, deb e'lon qildilar, amalda esa bu chora-tadbir xalqlarni bir-biridan ajratib qo’yishdan boshqa narsa emas edi. Hududlarni qaytadan belgilash va chegaralash tarafdorlari til tafovutlari, milliy tafovutlarga diqqatni ko’proq qaratib, ho’jalikka oid, iqtisodiy omillarni, mavjud suv resurslari, sug’orish tizimlarining umumiy ekanligini kamroq hisobga oldilar. Umuman, siyosiy jihatlar birinchi darajali hisoblandi. Rahbar xodimlar orasidagi yevropaliklar bilan tub xalqlar vakillari o’rtasidagi ixtiloflar, shuningdek, ayrim guruhbozlik ko’rinishlari mexanik tarzda O’rta Osiyo mintaqasi xalqlari o’rtasidagi munosabatlarga ko’chdi. Rudzutak, Stalin va boshqalar o’rta Osiyoda milliy mojaro mavjudligini uqtirdilar. Milliy masala sun'iy ravishda bo’rttirib yuborildi va davlatlar hududini tubdan qayta belgilash uchun hal qiluvchi asosiy dalil sifatida ilgari surildi.

Turkkomissiya va Ya.Rudzutak tezislarigas qarama-qarshi o’laroq, Turor Risqulov va bir guruh milliy yetakchilar 1920-yildayoq turkiyzabon xalqlar yagona bo’lib, ularning tarixiy ildizlari, dinlari, an'analari va madaniyati mushtarakdir, Turkistonni alohida qismlarga ajratib bo’lmaydi, degan g’oyani ilgari surdilar. Biroq bu fikrni bolshevikcha Markaz inkor etib, uni panturkizm, panis-lomizm, burjua millatchiligi deb baholadi.

Mintaqani milliy-hududiy jihatdan qayta tuzish masalasi partiya organlari tomonidan ishlab chiqildi va amalga oshirildi. o’rta Osiyo byurosi (Sredazbyuro) umummintaqani qamrab oladigan chegaralanish zarurli-gi to’g’risidagi masalani respublikalar partiya organlari, partiya xodimlari muhokamasiga qo’yishga zo’r berib intildi. Bu holat, xususan, SSSR tuzilgach (1922-yil 30-dekabr) kuchaydi.

1922-yili, va ayniqsa, 1923-yili yerli millatlar vakillarining bir qancha rahbar xodimlari o’rta Osiyoda amalga oshirilayotgan milliy siyosatdan qoniqmayotgan-liklarini ochiq-oydin ma'lum qiia boshladilar. 1923-yil oxirida Turkiston xodimlarining bir guruhi Markazga xat bilan murojaat qilib, unda milliy nizolar o’lkada tugatilmasdan, ko’proq avj oldirilmoqda, deb qayd etdilar. Ushbu maktubda milliy yetakchilar mavjud bo’lgan ma'lum milliy-hududiy nizolarni tarixan tarkib topgan hududlar, aloqalar, davlat tuzumini keskin buzmasdan, har bir alohida respublika doirasida hal qilish zarur, degan fikrni ilgari surdilar. Ba'zi joylarda bu g’oya amaliy jihatdan yuzaga chaqarildi. 1923-yil oktabrida Buxoro respublikasida turkman va tojik viloyatlari tash-kil etildi. Keyinchalik Xorazm respublikasida muxtor turkman va muxtor qirg’iz-qozoq-qoraqalpoq viloyatla-rini tashkil etishga qaror qilindi. 1923-yil dekabrida Farg’ona vodiysi vakillari RSFSR tarkibida Farg’ona muxtor viloyati tashkil etish to’g’risida taklif bilan chiqdilar. Biroq bu fikrni o’lkadagi rahbar organlar, avvalo partiya organlari xato fikr deb rad etdi. Chegaralash g’oyasini ishlab chiqib, maromiga yetkazish yo’li va boshqa bir qancha takliflar ham olg’a surildi. Biroq Markaz va RKP(b) Markaziy Komiteti o’rta Osiyo byurosi yaxlit va ulkan mintaqada, avalo uchta o’rta Osiyo respublikalari hududlarida yalpi hududiy chegaralash chora-tadbirlarini qat'iy ilgari surdilar.



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish