Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan


-§. ZIYOLILARNING QATAG’ON QILINISHI SHAXSGA SIG’INISHNING FOSH ETILISHI



Download 1,75 Mb.
bet20/32
Sana16.12.2019
Hajmi1,75 Mb.
#30517
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Bog'liq
Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza m


40-§. ZIYOLILARNING QATAG’ON QILINISHI SHAXSGA SIG’INISHNING FOSH ETILISHI

Reja.

1. Qatag'onlar.

Ommaviy qatag’onlar va bedodlikning dastlabki kuchli to’lqini O’zbekiston bo’ylab 30-yillarda o’tgan edi. Buning natijasida o’n minglab sof vijdonli begunoh kishilar nobud bo’ldilar.

Urush tugagach, oradan ko’p o’tmay O’zbekiston bo'ylab yana bir yalpi qirg’in to’lqini yelib o’tdi. 30-yil-lardagi qatag’onlar asosan partiya, sovet, xo’jalik va har-biy kadrlarga qarshi qaratilgan bo’lsa, 40-yillar oxiri va 50-yillar boshidagi qatag’onlar asosan madaniyat va fan arboblariga taalluqli bo’ldi. Bu qatag’onlar uchun Markazning 1946—1948-yillarda ayrim san'at va badiiy asarlarni sinfiylik prinsipi talabidan kelib chiqib tanqid qilgan qarorlari g’oyaviy asos bo’lib xizmat qildi. Shu vaqtdan e'tiboran adabiyot va san'atning ijodiy, demokratik taraqqiyoti uzoq yillargacha susayib qoldi, joylarda o’zgacha fikrlashga barham berila boshlandi.

Respublikaning partiya organlari Markazning yo'l-yo’riqlariga tayanib, dunyoqarashi va ijodi partiya mafkurasiga to’g’ri kelmaydigan ijodiy ziyolilar vakilla-riga hujum qila boshladilar. Ularning asarlarida go’yo millatchilik g’oyalari «mavjudligi» ayblash uchun bahona bo’ldi. o’z ijodida o’rta asrlar tarixini va oktabr to’nta-rishidan oldingi tarixni yoritib bergan yozuvchi va shoir-lar o’tmishni ideallashtirishda ayblanib, ularga «mil-latchi» degan yorliq yopishtirildi.

Partiya organlari ba'zi yozuvchilar, shoirlarning ijodida jiddiy g’oyaviy xatolarni topadigan, ularni milliy jihatdan cheklanganlikda, feodal o’tmishni zararli tarzda ideallashtirishda va feodal madaniyat oldida qullarcha tiz cho’kishda ayblashga odatlandilar. rjiunonchi, Oybek, Abdulla Qahhor, M. Boboyev, Mirtemir, Shayxzoda va boshqa O’zbek yozuvchilari badnom qilindi. Milliy cheklanganlik uchun «Sharq yulduzi», «Звезда Востока» jurnallari tahririyatlariga ham jiddiy ayblar qo’yildi.

Shu bilan birga, «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Tohir va Zuhra», «Alpomish», «Gulandom» Va boshqa afsonaviy folklor syujetlariga asoslangan opera, balet va musiqali drama spektakllari ijodkorlari ham «zararli» g’oyalarni targ’ib qilishda ayblandilar. Ko’pgina konsert tashkilotlari va musiqiy teatrlar «Eski arxaik musiqani va juda g’amgin, mungli maqom namu-nalarini» tarqatishda qoralandi. Partiya «O’zbekistonning musiqiy san'ati hayotdan orqada qolmoqda, O’zbek xalqini kommunistik ruhda tarbiyalash maqsad va vazi-falariga to’la-to’kis xizmat qilmayotir», deb uzil-kesil ta'kidladi.



1951-yil avgustda respublika matbuotida «Ba'zi shoirlarning ijodidagi mafkuraviy buzg’unchilik to’g’risi-da» nomli maqola e'lon qilinib, unda Turob To’la, Mirtemir, Sobir Abdulla, Habibiy millatchilar sifatida nohaq tanqid qilindi. Shundan so’ng «O’zbek sovet adabiyoti vazifalaridan chetda» nomli maqola paydo bo’ldi, unda O’zbek adabiyotining Oybek, H. Zaripov, H. Yoqubov, I. Sulton va boshqa arboblari «jiddiy mafkuraviy xatolar va buzg’unchilik»da ayblandi.

Yozuvchi va shoirlardan Said Ahmad, Mirkarim , Mirzakalon Ismoiliy, Maqsud Shayxzoda, Shuk-, Shuhrat (G’ulom Alimov), Hamid Sulaymon va boshqalar 1951-yili «sovetlarga qarshi millatchilik faoli-yati»da ayblanib qamoqqa olindilar, so’ng esa 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildilar.



1952-yil 21—22-fevralda O’zbekiston Kompartyasinirig X plenumida «Respublikada mafkuraviy ish-arning ahvoli va uni yaxshilash choralari» degan masala ko’rib chiqildi. O’zbekiston Kompartiyasi KPSSning tarkibiy qismi sifatida uning g’oyaviy-tarbiyaviy sohadagi siyosatini, milliy madaniyatni cheklash, ziyolilarini -qatag’on qilish to’g’risidagi ko’rsatmalarini hayotga tad-biq qilish choralarini ko’rdi. Plenum o’z qarorida O’zbek adabiyoti va san'atining rivojlanishiga, milliy ziyolilar-ning ijodiy fikr yuritishiga katta ziyon yetkazdi. Plenum ijodiy va ilmiy muassasalardagi «millatchi»lar, «pail_ turkchi»lar, «kosmopolit»larni fosh qilish kompaniyasi-ning oliy nuqtasi bo’ldi, folklor asarlar, ayniqsa, «Alpo-mish» dostoni tabiatan zararli, xalqqa qarshi, chunJu o’tmishni «ideallashtiradi» deb ko’rsatdi. Plenum mada-niyat arboblarinigina emas, ijtimoiy fan olimlarini ham mafkuraviy xatolarga yo'l qo’yganlikda aybladi. Ular «tom ma'noda siyosiy va ishchanlik sifatlari jihatidan o’z vazifalariga to’g’ri kelmaydigan shaxslar» deb baholandi. Turob To’la, Shayxzodaning she'r va qo’shiqlari «g’oya-siz va axloqsiz» asarlar toifasiga kiritildi.

Bu partiya anjumani ilmiy va ijodiy ziyolilar vakilla-rini ta'qib qilishni kuchaytirishga turtki berdi. Bu O’zbek xalqining madaniyati 20—30-yillardagi singari yakson qilinishini anglatardi. Qatag’onlar yetkazgan ma'naviy zararning ko’lamini tasavvur qilish ham mushkul. «Navoiy» romani muallifi Oybekning boshi ustida ham bulutlar quyuqlashdi, chunki kimgadir O’zbek adabiyoti asoschisi Alisher Navoiyning Husayn Boyqaro Hirotda hukmdorlik qilgan davrda vazir bo’lgani, asarlari so’fizm falsafasi bilan sug’orilgani yoqmagan edi. Tarixiy o’tmishga bo’lgan bunday munosabat, o’tmishdagi atoqli shoir va olimlarning ijodiga ular yashagan davr sharoit-larini hisobga olmay, zamonaviy qo’pol nuqtai nazardan baho berish, ijod erkinligining yo’qligi adabiyot, san'at va O’zbek xalqining madaniyatiga misli ko’rilmagan zarar yetkazdi.

Qatag’on qilingan san'at, madaniyat arboblari totali-tar tartibot davrida avjga chiqqan o’zboshimchalifc qonunbuzarlik va bedodlik dastidan begunoh qurbon bo’ldilar. Lekin adolat, garchi tezda bo’lmasa-da, har qalay tiklandi. O’zbekiston madaniyatining asossiz qatag’on qilingan ko’pgina arboblari 1956-yilda shaxsga sig’inish fosh etilishi sharofati bilan oqlandilar.

Sovet davrida, shuningdek, urushdan keyingi yillarda O’zbek xalqi boshiga tushgan ko’p kulfatlar Stalin shaxsiga sig’inish bilan bog’liqdir. 30-yillarda qaror topgan shaxsga sig’inish bir kishining rolini ko’klarga ko’tarish bilan birga, hokimiyatga sig’inish va totalitar tartibotni keltirib chiqardi. Shaxsga sig’inish sharoitida hokimiyat oliy darajadagi qadriyatga aylanadi, uni boshqarayotgan shaxs jjohiylashtiriladi. Totalitar jamiyatning asosiy belgisi faqat davlat, uning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy ha-yotinigifla emas, kishilarning shaxsiy hayotini ham nazo-rat qilishdan iboratdir.

Shaxsga sig’inish Stalin vafotidan so’ng KPSS Markaziy Komiteti birinchi kotibi N. S. Xrushchev tashabbusi bilan 1956-yilda fosh qilindi. Stalin shaxsi bilan bog’liq barcha qora ishlar ochib tashlandi. 30—50-yillarda O’zbekistonda minglab rahbar xodimlar, ziyo-lilar, oddiy mehnatkashlar qatag’on qilingan, aholiga zulm o’tkazilgan edi. Muhim davlat ahamiyatiga molik masalalar ham Oliy Sovetda jo’ngina, munozaralarsiz, qo’i ko’tarish yo’li bilan hal qilinardi.

Shaxsga sig’inish sharoitida ijodiy fikr jilovga olindi. Chuqur ilmiy tadqiqotlar o’rnini Stalin asarlaridagi g'oyalardan tashqariga chiqmaydigan, sayoz yozilgan ilmiy risolalar egalladi. Tarixiy asarlarda barchaga ma'-lum faktlar, malumotlar kitobdan-kitobga ko’chib yurdi, arxiv hujjatlariga asoslangan asarlar yozilmas edi. Olimlarga bo’lgan va bo’layotgan hodisalarga erkin fikr bildirish huquqi berilmadi.

Shaxsga sig’inish va uning og’ir oqibatlarini tugatish maqsadida respublika huquq va vakolatlarini kengaytirish, qonunlarga qat'iy rioya qilish, rejalashtirish tizimini qayta qurish, demokratiya prinsiplarini tiklash tadbirlarini amalga oshirish rejalashtirildi.

Stalin shaxsiga sig’inish yillari rahbarlikning o’ta arkazlashtirilishi, nazoratning haddan ortiq kuchayti-rishi, milliy respublika rahbarlariga ishonchsizlik bilan qarash natijasida O’zbekiston respublikasining suvereniteti butunlay cheklangan edi. Shaxsga sig’inish oqibat-larini tugatish maqsadida respublikaning davlat, xo’jali^ va madaniy qurilishdagi huquqlari qisman kengaytirildj 1957-yilda sud tuzilishi, fuqaro, jinoyat va protsessual kodekslarni qabul qilish haqida qonunlar chiqarishni viloyat, ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal qilish ittifoqdosh respublikalar ixtiyoriga berildi. 0'zbe-kiston hukumati o’ziga berilgan huquqlardan foydalanib bir qancha viloyat va tumanlarni qisqartirdi, bo’shagan mablag’larni xalq xo’jaligini rivojlantirishga yo’naltirdi. Bu ishlarni amalga oshirishda O’zbekistonning o’sha paytdagi rahbari Nuritdin Muhitdinovning xizmati katta bo’lgan.

Milliy respublikalarning madaniy qurilish sohasidagi huquqlarini kengaytirishga doir bir qancha chora-tadbir-lar ko’rildi. O’zbekiston hukumatiga oliy o’quv yurtla-rining professor-o’qituvchilari tarkibi, yordamchi xodimlar shtatlarini va fakultet dekanlarining shtatli lavozimlarini va shu kabilarni tasdiqlash huquqi berildi. Oliy o’quv yurtlarining kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini belgilash, o’quv-metodik, tarbiya va ilmiy-tadqiqot ish-larini tashkil etish, moddiy ta'minot, qurilish, oliy o’quv yurtlarini pul bilan ta'minlash Ittifoq qaramog’idan respublika hukumati qaramog’iga o’tkazildi.

Xalq xo’jalik rejalarini tuzish quyida — kolxoz, sovxozlar, sanoat korxonalari va qurilishlardan bosh-lanadigan bo’Idi. Respublika hukumatiga davlat rejala-rining bajarilishi, kapital qurilish, moddiy-texnik ta'minotni amalga oshirish, mahsulotni realizatsiya qi-lishni tashkil etish va xo’jalik tadbirlarini pul bilan ta'minlash masalalarini hal qilish huquqi berildi.

Shaxsga sig’inishga qarshi kurashning boshlanishi, O’zbekiston respublikasiga ayrim huquqlar berilganligi milliy ziyolilar, ilm-fan, madaniyat xodimlari, adabiyot, san'at arboblarida erkinlikka umid uchqunlarini paydo qildi. Qatag’on qilingan ijodkorlarning temir sandiqlar-dagi «maxfiy» tamg’asi bosilgan asarlari, manbalar, arxiv hujjatlari olimlar foydalanishi uchun qisman ochil"1-Ijodiy faoliyat jonlandi.

30-yillarda qatag’on qilingan ayrim davlat va madaniyat arboblari oqlandi. Lekin bu jarayon sovet alvrida ziddiyatli kechib, u oxiriga yetkazilmadi.

Shaxsga sig’inishga qarshi kurash sharoitida mahalliy sovetlar, ijtimoiy tashkilotlarning faoliyatiga ham qisman jon kirdi. Kasaba uyushmalarining huquqlari qisman kengaytirildi. Fabrika, zavod, mahalliy kasaba uyush-jnalari komitetlariga ishlab chiqarish rejalarining loyi-halarini ishlab chiqishda qatnashish, ishchi va xiz-matchilarning mehnat sharoitini yaxshilash, moddiy-maishiy xizmat ko’rsatish bo’yicha olingan majburiyat-larning bajarilishi to’g’risida muassasa rahbarining bildirishini eshitish, kamchiliklarni tugatishni ma'muri-yatdan talab qilish, o’zini oqlamagan rahbarlarni o’zgar-tirish yoki jazolash masalalarini tegishli tashkilotlar oldiga qo’yish huquqi berildi.

Ijtimoiy tashkilotlar faoliyatini faollashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishchilar, kolxozchilar, hunar-mandlar, xizmatchilar, ziyolilarning mehnat faolligini oshirish maqsadida amalga oshirildi. Biroq ma'muriy-buyruqbozlik sharoitida bu tashkilotlar faoliyati bo’g’ilib, rejalar qog’ozda qolib ketdi.

Respublikaga berilgan huquqlar dengizdan bir tom-chi edi. O’zbekiston respublikasi suvereniteti avvalgidek cheklanib qolaverdi.

Stalin shaxsiga sig’inish tugatildi, lekin u vujudga keltirgan hokimiyat tizimi, totalitar tartibot saqlamb qoldi. 50-yillar oxiridan boshlab Xrushchev shaxsiga sig’inish avj oldirildi.



Savol va topshiriqlar

1- Urushdan keyingi qatag'onlarning asosiy sabablarini tushuntirib bering.

2. Yozuvchi va shoirlar qanday bahonalar bilan ayblandilar? 3. Milliy madaniyatimizni cheklashdan maqsad nima edi? 4. Shaxsga sig'inishning mohiyatini nimada deb bilasiz?

5. Shaxsga sig'inishning salbiy oqibatlari haqida gapirib oering.



41-§. O’zbekiston SANOATINING BIR TOMONLAMA RIVOJLANISHI

Reja.

1. Sanoat qurilishidagi qir-g'inliklar. Urushdan keyingi yillarda sanoatni boshqarish ma'-muriy-buyruqbozlik usullari va qattiq rejalashtirish, o’ta markazlashtirish prinsiplari asosida olib borildi. Bu holat sanoatning rivojlanishida jiddiy ziddiyatlarni keltirib chiqardi. o’sha davrda Ittifoq hukumati tarkibiy qismi bo’lgan O’zbekiston respublikasi suvereniteti o’ta cheklangan bo’lib, u Ittifoq rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosatni so’zsiz amalga oshirishga majbur edi.

Urushdan keyingi besh yilliklarda davlat sanoatni o’stirish uchun katta miqdorda kapital mablag’lar ajrat-di. Lekin ularning katta qismi og’ir industriyaga sarflan-di. Sanoatning bu sohasi asosan paxtachilikni rivojlanti-rishga, ya'ni Markaz manfaati uchun xizmat qilardi. Shu bilan birga, sanoat qurilishida avvalgi mo’ljal va ko’rsat-malar saqlanib qolaverdi. Ular rivojlangan mamlakatlar-da keng tadbiq etiladigan yangi texnologiyalar, fan va texnika yutuqlaridan foydalanishni ko’zda tutmas edi.

Eng kucbJi nomutanosiblik hollari yengil sanoatda sodir bo’ldi. Yengil sanoat ishlab chiqarish rejalari baja-rilmas edi. Bu soha amalda rivojlanmay, turg’un bo’lib qoldi. Rejalarga muvofiq bu sohaga ajratilgan sarmoya keyinchalik qaytarib olindi. Asbob-uskunalar yillar davo-mida yangilanmas, yangi texnologiyalar haqida so’z ham bo’lishi mumkin emas edi. Bunday munosabat mahalliy korxonalarda iste'mol mollari ishlab chiqarishni tobora kamaytirib, ularning chetdan keltirilishini oshirdi. Respublika aholisining bunday mollarga ehtiyoji yetarli darajada ta'minlanmadi.

Sanoatni rivojlantirishdagi ichki ziddiyatlarga qara-may, ishchilarning fidokorona mehnati tufayli urushdan keyingi yillarda sanoat ancha o’sdi. Har besh yillikda 100 taga yaqin sanoat korxonalari ishga tushirildi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1970-yili 1940-yildagiga qaraganda 8,5 baravar ko’paydi.

Ushbu yillarda O’zbekiston respublikasida ko’p sohali mashinasozlik industriyasi, kimyo, neft, toshko’mir, gaz, tog’-kon va energetika sanoati yanada rivojlandi. Busiz iqtisodiyotni tiklash va uning yanada yuksalishini ja'minlash mumkin emas edi.

Mashinasozlik va metall ishlash O’zbekiston sanoa-ning yirik sohasi bo’lib, xalq xo’jaligini texnik jihatdan aayta qurollantirishda muhim rol o’ynadi. 1970-yilga kelib 100 ga yaqin mashinasozlik va metall ishlovchi korxonalar faoliyat ko’rsatardi. Paxtazorlarda ishlatishga jno’ljallangan kuchli traktorlar ishlab chiqarishni o’zlashtirib olgan Toshkent traktor zavodi, paxta terish mashinalari ishlab chiqaradigan «Tashselmash» zavodi, «O’zbekselmash» va «Chirchiqselmash», Toshkent eks-kavator zavodi va respublikada hamda undan tashqarida ishlatiladigan mahsulot beruvchi boshqa ko’pgina kor-xonalar shular jumlasidandir.

Respublika mashinasozlik zavodlarining aksariyati paxtachilik bilan bog’langan edi. Butun sanoat ishlab chiqarish hajmining uchdan ikki qismidan ko’prog’i qisbloq xo’jaligiga, xususan, paxtachilikka to’g’ri kelardi. Biroq, shuni aytib o’tish kerakki, O’zbekiston sanoati-ning paxta tozalash korxonalari paxta xom ashyosini faqat dastlabki ishlovdan o’tkazardi, xolos. Paxtani ish-lab, oxirgi mahsulotga aylantirish huquqi Rossiya to’qi-machilik korxonalariga berilgan edi. Respublikada g’allachilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik, uzumchilik uchun, ipakchilik va chorvachilikdagi jarayonlarni me-xanizatsiyalash uchun mashinalar ishlab chiqarilmasligini ham qayd etib o’tish zarur. Natijada muhim sanoat sohalarining rivojlanishi orqada qolib, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko’paytirishga to’g’anoq bo’ldi.

50-yillarda Buxoro viloyatining Gazli shahrida ulkan gaz-neft konining topilishi O’zbekistonda gaz sanoatining J5Z sur'atlarda rivojlanishiga asos bo’ldi. Gazlining umu-' gaz boyligi 446 mlrd kubometrga teng edi. Gaz ishlab chiqarish yildan yilga ortib bordi. 1960-yilda 0,4 mlrd ftetr tabiiy gaz ishlab chiqarilgan bo’lsa, 1970-yilga bu ko’rsatkich 32 mlrd kubometrga yetdi. Ittifoq hukumatining O’zbekistonda gaz ishlab chiqarishn" oshirishdan maqsadi uni Rossiya sanoat markazlaria ko’proq tashib ketish edi. 1963-yilda Buxoro—Ural 1967-yilda eng uzun o’rta Osiyo — Markaz gaz quvuri ishga tushirildi. Bu ikkala quvurlar orqali Rossiyaga 1969-yilda 28 mlrd kubometr tabiiy gaz olib ketildi.

O’zbekiston boy mineral xom ashyo bazasi hisob-lanadi. Respublikada ko’pgina foydali qazilmalar: oltin mis, qo’rg’oshin, rux, volfram, uran, tabiiy gaz' toshko’mir va Mendeleyev jadvalidagi boshqa elementlar mavjud konlar topildi. Ular asosida shaxtalar, zavodlar neft va gaz korxonalari qurildi, yangi shaharlar paydo bo’ldi.

50—60-yillarda respublikada oltin ishlab chiqarish sanoati ancha rivojlandi. Oltin ajratib oluvchi kompleks-lar, fabrikalar, oltin ruda kombinatlari, shuningdek, mis rudasini qayta ishlovchi kombinatlar ishga tushirildi.

Olmaliqda mis, qo’rg’oshin, rux va boshqa nodir metallar konlarining ochilishi O’zbekistonda rangli me-tallurgiyani rivojlantirishda katta rol o’ynadi. 50—60-yil-larda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining to’la ishga tushirilishi O’zbekistonni yirik mis sanoati markaziga aylantirdi. Kombinat ikki majmuadan — qo’rg’oshin-rux majmuasi hamda mis majmuasidan (Qalmoqqir koni, mis boyitish fabrikasi, mis zavodi) ibo-rat bo’lib, mis va mis buyumlar, rux, qo’rg’oshin, sulfat kislota, molibden, oltin va boshqa nodir metallar chiqarardi. Sovet davrida bu korxonaning ham asosiy mahsuloti Rossiyaga tashib ketilardi.

Biroq sovet davrida mustamlaka qatorida bo’lgan respublika o’z qazilma boyliklaridan mustaqil foydalana olmas edi. Yirik rangli metall korxonalari Ittifoq vazir-liklariga bo’ysunardi.

Respublika iqtisodiyotida yetakchi o’rinlardan birini kimyo sanoati egallaydi. O’zbekiston kimyo sanoatining to’ng’ich korxonasi 1940-yilda ishga tushirilgan ChirchiQ elektr kimyo kombinati bo’ldi. Urushdan keyingi yillar-da Qo’qon (1947) va Samarqand (1955) superfosfat zavodlari, keyinchalik esa Fargg’ona azotli o’g’itlar zavodi, Navoiy kimyo kombinati, Olmaliq kimyo zavodi ishga tushirildi. Bu yirik korxonalar paxtachilikni mineral o’g’itlar bilan ta'minlashi lozim edi.

50—60-yillarda respublikada kimyo sanoatining yangi ohasi — gidroliz zavodi barpo etildi. Shu yillarda Andijon gidroliz zavodi, Farg’ona furon birikmalari zavodi va Yangiyo'1 biokimyo zavodi qurildi.

0'zbekistonda ko’plab yirik kimyo korxonalarining aurilishi foydadan ko’ra ko’proq salbiy oqibatlarga olib keldi. Ko’pgina korxonalar aholi qalin yashaydigan joy-larda bo’lib, atrof-muhitni ifloslantirdi, ekologik vaziyatni murakkablashtirdi. Atmosferaga zararli moddalar tashlanishi oqibatida tabiatga, o’simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetdi. Kimyo majmui korxonalarida filtrlash qurilmalarining yetarli emasligi insonlarning salomatligiga ham salbiy ta'six ko’rsatdi.

Xo’jalik yuritishning ma'muriy-buyruqbozlik usullari hukmronligi bilan bog’liq chetga og’ish va qing’irliklar haqida gapirganda shuni ham aytib o’tish zarurki, o’sha yillari respublikaga asosan Rossiyadan metall ishlovchi uskunalar, neft mahsulotlari, yog’och-taxta, g’alla va sanoatning bir me'yorda ishlashi uchun zarur boshqa materiallar keltirilar edi. Bu rasmiy targ’ibot orqali o’z vaqtida xalqlarning do’stona aloqasi, rus xalqining O’zbek xalqiga yordami deb uqtirilsa-da, aslida respubli-ka sanoati taraqqiyotini mustaqillikdan mahrum etuvchi izchil siyosat edi.

Respublika sanoatining o’si- shi bilan bir qatorda transport ham rivojlanib bordi. Tran-sport tarmog’i uning barcha sanoat markazlarini yagona majmuaga birlashtirdi.

Urushdan keyingi yillarda respublikada 600 kmdan zjyod bo’lgan Chorjo’y-Qo’ng’irot temir yo’li qurildi.Yangi qazilma konlarining topilishi va yangi shaharlarning qurilishi Navoiy-Uchquduq temir yo’lining qurilishiga sabab bo’ldi. Bu O’zbekistonda rangli metallurgiya, jumladan, oltin sanoatining vujudga kelishi bilan bog’liq edi. Mirzacho'1 va Qarshi dashtlaridagi yerlarning o’zlashtirilishi Sirdaryo-Jizzax va Samarqand-Qarsjj; temir yo’llarini qurish zaruratini keltirib chiqardi.

60-yillarda Qo’ng’irot-Beynov temir yo’li qurilishi keng miqyosda olib borildi va 70-yillar boshida ishga tushirildi. Bu temir yo'l magistrali Qoraqalpog’istonni Qozog’iston bilan to’g’ri bog’lab, o’rta Osiyodan Markazga olib boradigan ikkinchi yo’lni vujudga kel-tirdi, Qoraqalpog’istondan Moskvagacha bo’lgan yo’lni 2 ming km ga qisqartirdi. Shuningdek, bu yo'1 Qora-qalpog’iston va Xorazm viloyatining iqtisodiy talon-toroj qilinishi, Markazga ko’proq xom ashyo yetkazilishiga qulay sharoit yaratdi. 1970-yili temir yo'l transportining yuk oboroti 1965-yilga nisbatan 10 mlrd t/kmga yaqin o’sdi va 36 mlrd t/kmni tashkil qildi.

Urushdan keyingi yillarda avtomobil transporti ham rivojlandi. Eski yo’llar ta'mirlandi, yangi asfalt va beton yotqizilgan yo’llar qurildi. Avtomobil saroylari yangi, takomillashgan mashinalar hisobiga o’sdi. 1966—1970-yillarda avtotransportda yuk tashish ikki baravar o’sdi va 1970-yil oxiriga kelib 9 mlrd t/kmga yaqinni tashkil etdi.

Ushbu davrda fuqarolar aviatsiyasi ham rivojlanib bordi. Uni rivojlantirish respublikada 1924-yilda bosh-langan edi. 50-yillar o’rtalarida O’zbekiston havo yo’llarida yuksak tezliklar davrini ochib bergan TU-104 rusumli yo’lovchi tashuvchi samolyot paydo bo’ldi. Havo transporti xodimlari keyingi yillarda yangi samo-lyotlarning talay xillarini o’zlashtirdilar. Ayrim shahar-larda zamonaviy aerovokzallar qurildi. Bu O’zbekiston shaharlarini bir-biri bilan, shuningdek, boshqa respub-likalar va mamlakatlar bilan bog’ladi. o’sha yillari respublika poytaxti Toshkent jahonning 50 ga yaqin sha-harlari bilan havo yo’llari orqali bog’langan edi.

Biroq transportda ham talay muammolar bo’lganini aytib o’tish joiz. Temir yo'1 va avtomobil yo’llari quri-lishi boshqa respublikalar, jumladan, Turkmaniston, Tojikiston hududlaridan o’tkazilib, iqtisodiy jihatdan ular bir-biriga qaram qilib qo’yilgan edi. Bunday siyosatning halokatli ekani respublikalar mustaqil bo'l-gandan so’ng ayniqsa sezilmoqda, respublikalar o’rtasida katta kelishmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Shu bilan birga, o’sha yillari transport xodimlarining ?-texnik bazasi fan-texnika yutuqlari asosida darajada mustahkamlanmay qoldi. Respublika VCmir yo’Uari tarmog’ini elektrlashtirish, yuk va 'lovchilar tashishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish ishlari sust olib borildi.

Transportning barcha turlari — temir yo'1, avtomobil ansporti, fijqarolar aviatsiyasida yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish borasida jiddiy kamchiliklar mavjud edi.

Urushdan keyingi yillarda Kadrlarni tayyorlash O’zbekiston sanoati uchun malakali ishchi kadrlar hunar-texnika bilim yurtlarida va bevosita ishlab chiqarish jarayonida yakka tartibda hamda kurslarda tayyorlandi. Respublikadagi hunar maktablari, temir yo'1, binokorlik o’quv yurtlari, yirik korxonalar qoshidagi fabrika-zavod ta'limi (FZO) maktablari sanoatni rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. 1940—1955-yillarda xalq xo’jaligi uchun jami 143 ming malakali ishchilar tayyorlab berildi. Ishchi kadrlarga ehtiyoj yildan-yilga ortib bordi. Malakali kadr-lar tayyorlash ham o’sib bordi. 1966— 1970-yillarda hunar-texnika o’quv yurtlari xalq xo’jaligiga 172 ming nafar ishchilarni tayyorlab berdi.

Shu bilan birga, respublika hunar-texnika ta'limida katta kamchiliklar mavjud edi. o’quv yurtlarida O’zbeklar va boshqa tub aholi vakillari, xotin-qizlar soni kam edi. Korxonalarda turar joy va zarur maishiy sharo-itlarning yo’qligidan yosh ishchilarning ko’pchiligi ishlab chiqarishda o’rnashib qolmasdi. 1962-yilda oziq-ovqat, yengil, trikotaj, gaz va neft sanoatidagi O’zbek va boshqa yerli aholidan bo’lgan ishchi va xizmatchilar soni 30 foizdan sal ortiqni tashkil qilardi. Mashinasozlik, metall ^hlash sanoati va og’ir sanoatning boshqa sohalarida o zbek va mahalliy millat vakillari soni juda oz edi. 1%3-yili Toshkent asbobsozlik zavodidagi ishchi va xizmatchilar orasida O’zbeklar va boshqa tub millat vakillari ulushi 20 foizni tashkil etdi.

Sanoatni rivojlantirishning muhim omillaridan biri muhandis-texnik kadrlar edi. Oliy va o’rta maxsus bilim yurtlari tayyorlovchi malakali mutaxassislar soni ortih bordi. 1960—1970-yillarda sanoat, qurilish, transport va aloqa sohalari bo’yicha oliy va o’rta maxsus o’quv y laridagi talabalar soni 20 mingdan 63 mingga, ya'ni 3 aravardan ziyod ko’paydi.

Biroq respublikada O’zbeklardan sanoat ishchilari va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash masalasi keskin tus oldi. Uzoq davr mobaynida O’zbek mutaxassis kadrlari salmog’i juda past bo’lib keldi. 1965—66-o'quv yili oliy o’quv yurtlari talabalari tarkibida O’zbeklar 52%ni, ruslar 25%ni, o’rta maxsus ta'lim o’quv yurtlari o’quvchilari tarkibida O’zbeklar 47%ni, ruslar 28%ni tashJtil qildi. Vaholanki, respublika aholisi tarkibida O’zbeklar 65%ni, raslar 12%ni tashkil etardi. Bu totalitar tartibotning, mil-liy respublikalar mahalliy xususiyatlarini inkor etuvchi ma'muriy-buyruqbozlik tizimining belgisi edi.

o’sib kelayotgan sanoat, qurilish va transportning ishchi va mutaxassis kadrlarga bo’lgan ehtiyoji Ros-siyadan olib kelingan kadrlar hisobiga qondirib borildi. Respublikaga boshqa mintaqalardan kelayotgan ishchi va mutaxassislar oqimi kengayib borgani holda, ish bilan band bo’lmagan O’zbeklar va boshqa mahalliy aholi soni tobora ko’payib bordi.


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish