60—80-yillarda Qora-qalpog'iston iqtisodiyo-tining bir tomonlama rivojlanishi. Taxiatosh GRESi O’zbekistonning energetika tizimi orqali o’rta Osiyo energotizimiga ulandi. 1970-yilda respublikaning barcha qishloq tumanlari asosan elektr-lashtirildi. Buxoro-Ural va o’rta Osiyo — Markaz gaz quvurlari qurilishida Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining ehtiyoj-lari hisobga olindi; gaz quvurlari qurilishi tajribasida bi-rinchi marta Qizilqum va Qoraqum sahrolarining bar-xanlari, Ustyurt platosi, Orolbo’yining suvsiz cho’llari yengib o’tildi. Qoraqalpog’istonning sanoat korxonalari va shaharlari sekin-asta tabiiy gaz bilan ishlashga o’tkazila boshlandi.
60—80-yillarda Qoraqalpog’iston sanoatining taraq-qiyoti asosan yengil sanoat, ya'ni paxta tozalash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalarning ustuvor rivojlantirilishi evaziga bo’ldi. Sanoat faqat bir tomonlama rivojlantirildi. Avtonom respublikada indu-striyaning mashinasozlik, elektrotexnika, kon-ruda, kimyo sanoati kabi tarmoqlari tashkil qilinmadi. Bu bir tomonlama rivojlanish Qoraqalpog’iston iqtisodiyotiga putur yetkazdi. Chunki avtonom respublika faqat xom ashyo mahsulotlarini chetga chiqarish hisobigagina aholi farovonligini yaxshilay olmas edi.
60-yillardan boshlab Orol dengizining quriy boshlashi butun mintaqada, eng avvalo, Qoraqalpog’istonda ekologik vaziyatni og’irlashtirdi. Orolbo’yi mintaqasining markazida joylashgan Qoraqalpog’istondagi aholi o’rtasi-da ko’plab yuqumli kasalliklar keng tarqaldi, toza ichim-lik suvi muammosi keskinlashdi. Ekologik fojialar Qora-qalpog’iston respublikasi iqtisodiyotiga o’zining salbiy ta'sirini hamon o’tkazib kelmoqda.
XX asrda Qoraqalpoq madaniyati. XX asrgacha qoraqalpoq adabiyoti asosan xalq og’zaki ijodi shaklida rivojlangan. XX asr boshlarida Umar Sug’irimbet o’g’li va Sidiq shoir demokratik ruhdagi asarlar yaratishdi.1917-yildan keyingi yangi qoraqalpoq adabiyotiga A.Musayev, S.Majitov, S.Nurimbetov asos solishdi. S.Majitov «Alifbe» va «Katta yoshdagilar uchun o’qish kitobi» (1926) darsliklarini yaratdi. Shuningdek, u qoraqalpoq xalqining qahramoni Ernazarga bag’ish-langan «Ernazar olako'z» (1928) dostonini ham yozdi.
20-yillarning oxirida qoraqalpoq adabiyotida dra-maturgiya va badiiy proza kabi yangi janrlar paydo boidi. A.Utepov, N.Dovqorayev, A.Begimovning hikoya va pyesalari, J.0ymirzayevning qissalari maydon-ga keldi. J.Oymirzayev keyinchalik «Amudaryo sohilla-rida» (1958) romanini yozdi.
60-yillarda qoraqalpoq prozasi LQayipbergenov, X.Seitov, U.Xo’janiyozov asarlari bilan boyidi. XX asr qoraqalpoq adabiyotida To’lepbergen Qayipberge-novning o’ziga xos o’rni bor. U «Qoraqalpoq qizi» (1963—1965) dialogiyasi va «Qoraqalpoq dostoni» (1968—1975) trilogiyasida, shuningdek, «Qoraqalpoq-noma» (1985) roman-essesida qoraqalpoq xalqining XVIII—XIX asrlardagi hayotini tasvirlaydi. Biroq uning asarlarida sovet mafkurasining ta'siri sezilib turadi. Qoraqalpoq shoirlari o’rtasida LYusupov alohida ajralib turgan.
20-yillardan boshlab Qoraqalpog’istonda milliy tilda gazeta va jurnallar, kitoblar nashr qilinishi yo’lga qo’yildi. «Amudaryo» nomli adabiy-badiiy va ijtimoiy-siyosiy jumal (1932-yildan) chop qilina boshlandi.
1959-yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog’iston filiali tashkil qilindi. Qoraqalpog’iston-da tarix fanining rivojlanishida akdemik Sobir Kamo-lovning xizmati katta.
Qoraqalpog’istonda musiqa va amaliy san'at ham sovet andozasi asosida taraqqiy qildi. An'anaviy millliy san'at turlari bilan bir qatorda teatr, rassomchilik, haykaltaroshlik kabi muhim sohalar ham yuzaga keldi va rivojlandi.
Demak, Qoraqalpog’istonda madaniyat sovet rejimi davrida kommunistik mafkura iskanjasida bo’lsa ham rivojlanish uchun o’ziga yo'1 izladi. Qoraqalpoq xalqi-ning orzu-armonlari badiiy adabiyotda o’z aksini topdi.
Savol va topshiriqiar
1. Urushdan keyingi yillarda Qoraqalpog'istonda xalq xo’jali-gi qanday ahvolda bo’lgan?
2. Qoraqalpog'iston iqtisodiyoti nima uchun bir tomonlama rivojlantirildi?
3. Orol fojiasining qoraqalpoq xalqiga ko’rsatgan ta'siri nimadan iborat?
4. XX asrda Qoraqalpog'iston madaniyati qanday rivojlandi?
5. To’Iepbergen Qaipbergenov ijodidagi milliylik xususida tahliliy axborot tayyorlang.
V bob materiallarini qanday o’zlashtirganingizni sinab ko’ring
1. Toshkent metropolitenining birinchi navbati qachon ishga tushirildi?
A. 1972-yil 22-aprelda. B.1975-yil 9-martda.C.1977-yil 6-noyabrda.D 1978-yii 4-dekabrda.E.1980-yil 1-avgustda.
2. Paxta monokulturasining oqibati nima bilan tu-gadi?
A. Orol dengizining suvi haddan tashqari kamayib ketdi. B. O’zbekiston ekologik falokat zonasiga aylandi.
C. Tuproq unumdorligi pasayib ketdi. D. O’zbek xalqi o’rtasida turli kasalliklar avj oldi. E. Barcha javoblar to'g'ri.
3. T.Qayipbergenovning trilogiyasi qanday nom-lanadi?
A.«Qoraqalpoq qizi». B.«Qoraqalpoq dostoni». C.«Qoraqalpoqnoma». D.«Amudaryo sohillarida».
E. «Amudaryo».
4. Oybekdan keyin O’zbek tarixiy romanchiligini yuqori pog'onaga ko’targan yozuvchi kim?
A. o’tkir Hoshimov. B. Odil Yoqubov. C.Pirimqul Qodirov. D. Said Ahmad. E. Mirmuhsin.
5. Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlariga qachon asos solindi?
A. 1970, 1974, 1976-yillar. B. 1958, 1972, 1978-yillar. C. 1972, 1978, 1958-yillar.D. 1978, 1972, 1958-yillar.
E. To’gVi javob yo’q.
6. 1976— 1980-yillarda O’zbekistonda nechta yen-gil sanoat korxonasi qurildi?
A. 15 ta. B. 20 ta. C. 23 ta. D. 32 ta. E. Bitta ham qurilmadi.
7. Yangi paxtachilik tumanlari qayerda barpo etildi?
A. Farg'ona va Zarafshon vodiysida. B. Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston ASSRda. C. Mirzacho’I, Qarshi dashti va Surxon-Sherobod vohasi-da. D. Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida. E. To'g'ri javob yo’q.
8. «Paxta ishi» qachondan boshlandi?
A. 1972-yil 7-noyabrdan. B. 1982-yil 30-dekabrdan. C. 1984-yil o’rtalaridan. D. 1985-yil 23-apreldan.
E. 1985-yil oxiridan.
9. Orol fojiasi nima uchun yuz berdi?
o’z fikringizni yozma bayon qiling.
VI b o b. O’zbekistonda sovet mustabid tuzumining inqirozga yuz tutishi va mustaqillik uchun harakatlar (1985-1991-yillar)
60-§. KOMMUNISTIK MAFKURANING NOMILLIYLIGI VA XALQ MANFAATIGA ZIDLIGI
Kommunistik mafkura-ning mohiyati va uning g’ayrimilliy xususiyatlari.80-yillarda sovet tuzumi tanglik holatini boshdan ke-chirayotganligi yaqqol namo-yon bo’ldi, bu hol uning ichki
manbalari nimadan iborat, degan masalani keskin qilib qo’ydi. Sobiq Ittifoqning kommunistik rahbariyati tang holatdan chiqish yo’llarini qidirishga, jon holatda tipirchilayotgan tuzumni barqarorlashtirishga intilib, ijti-moiy taraqqiyotning bunday barbod bo’layotganligiga sabab Stalin tipidagi ayrim shaxslardir, ular go’yo «kom-munistik g’oyaning yorqin qiyofasi»ni buzdilar, degan mafkuraviy afsonani zo’r berib singdirishga urindilar. Bunday yondashuvga muvofiq, faqat boshqaruv tizimini yangilash, ilgari yo'l qo’yilgan nuqsonlarni bartaraf etish, «sotsializmga insoniy qiyofa» bag’ishlash lozim, degan fikr bayon qilindi. Kommunistik talimot o’z-o’zicha «ilmiy jihatdan to'g’ri» ta'limot bo’lib qolmay, shu bilan birga «insoniyat fikrining oliy yutug’i» hamdir, deb targ’ib etildi.
Xuddi shu xildagi tushunchalar hozirgi kunda ham bir qator MDH mamlakatlarining avvalgi kommunistik rejimning tiklanishiga umid qilayotgan kommunistparast guruhlari tomonidan targ’ib qilinmoqda. Mustaqil O’zbekistonda davlat suvereniteti qo’lga kiritilgandan keyin sovet tuzumi davrining mafkuraviy kishanlari qafiyan uloqtirib tashlandi. Lekin jamiyatni jadal sog’lomlashtixish jarayoni borayotgan bo’lishiga qara-masdan, o’tmishning mafkuraviy sarqitlari, eskicha flkr-lash illatlari hamon ma'naviy sohaga ba'zan yashirin
399
tarzda ta'sir qilib kelmoqda. Respublika Prezidenti I. A. Karimov jamiyat o’tish davrining ana shu obyektiv real-ligini ko’rsatib o’tar ekan, o’tmish sarqitlari, avvalgi tuzumning voqelikdan uzoq barcha soxta qadriyatlari qanchalik katta zarar yetkazganligini, olg’a tomon harakat qiJishga jiddiy to’siq bo’lganligini ko’p marta ta'kidladi. Bu qadriyatlar birinchi qarashda qanchalik jozibali bo’lmasin, amalda real hayotdan uzoq edi.
Bularni ayniqsa yoshlarimiz aniq anglab yetishlari kerak, chunki mafkuraviy kurashning ko’p tomonlama qiyofasi, xilma-xil dushman siyosiy kuchlarning, shu jumladan, kommunistparast kuchlarning yosh avlodning hali pishib yetilmagan ongiga ta'sir etishga urinishlari jahon maydonida yetakchi o’rin egallab kelmoqda. Sotsialistik o’tmishga nazar tashlab shunga ishonch hosil qilish mumkinki, yangi iqtisodiy siyosat islohotlari, Xrushchev davrining «iliq shabadalari», keyin esa «qayta qurish» davri tajribasining ko’rsatishicha, sovet kommu-nistik tuzumi obyektiv ravishda olganda, chuqur o’zga-rishlarga qodir emasligi ma'lum bo’ldi. SSSRning inqirozga uchrashi, bu bilan esa jahon sotsialistik tizi-mining barbod bo’lishi tarixiy qonuniyat edi. Inqirozga uchragan kommunistik eksperiment kommunistlar barpo etgan «sotsializm binosi» avval boshdan o’ta yaroqsiz markscha loyihaning chirigan poydevori ustiga qurilgan-ligini ishonarli tarzda namoyish etdi, dunyoni qayta tuzishga qaratilgan bu loyiha o’z tabiatiga ko’ra xalqqa, millatga qarshi bo’lgan kommunistik mafkuraga asoslan-gan edi.
Kommunistik tuzum u yoki bu sababga ko’ra tur-mush tarzlari sun'iy ravishda kommunistik mafkuraga bo’ysundirilgan barcha xaJqlarga cheksiz falokatlar keltirdi. O’zbek xalqining yilnomasidagi «sovet davri» tarixi ham qayg’uli milliy tahqirlash sahifalariga to’la edi.
Bugungi kun nuqtai nazaridan yondashganda, kom-munistik mafkura xalqaro siyosiy ekstremizmning (keskin chora-tadbirlar ko’rishning) yaqqol ifodalangan mafkura turlaridan biri ekanligi namoyon bo’ladi. U o’zi paydo bo’lgan dastlabki kunlardan boshlab keng xalq
ommasiga nisbatan ommaviy zo’ravonlik qilishga va unga nisbatan siyosiy qirg’inlar ishlatishga asoslangan edi.
Keng qamrovga mo’ljallangan kommunistik ma'-naviy-siyosiy ekstremizmning halokatli ildizlari mark-sizm asoschilari tomonidan yaratilgan edi. K. Marks va F. Engels ijtimoiy fikr tarixida birinchi bo’lib proletari-atning o’z ozodligiga bo’lgan huquqini «kapitalizm zan-jirlari»ni zo’rlik bilan uzib tashlash yo’li bilan, hokimi-yatni orqa-o’ngini surishtirmasdan bosib olish asosida qo’lga kiritishni mutlaqlashtirgan edilar. Ular nafsoni-yatga tegadigan tarixiy vazifa «nazariyasi»ni, keyin esa jamiyatdagi boshqa sinflar va tabaqalar ustidan ishchilar sinfining diktaturasi «nazariyasi»ni asoslab berdilar. Proletariat «davrning ijtimoiy aql-idroki va ijtimoiy qalbi» deb e'lon qilindi, uning sinfiy manfaati esa «ijti-moiy taraqqiyot»ning belgilovchi kuchi va dunyoni chuqur qayta qurishning muhim vositasi deb e'lon qilin-di. Keyinchalik bolshevizm asoschisi V.I. Lenin sinfiy kurash to’g’risidagi markscha nazariyani g’ayrinsoniy xulosa, ya'ni mazkur kurashning cho’qqisi fuqarolar urushi hisoblanadi, degan xulosa biian to’ldirdi.
Kommunistik ta'limotning sinfiy yondashuv to’g’ri-sidagi asosiy tamoyili ishchilar sinfi va uning manfaat-larini ifodalovchi siyosiy kuchlarning, avvalo kompar-tiyaning manfaatlari jamiyatdagi boshqa barcha qatlam-lar va guruhlarning manfaatlaridan so’zsiz ustun tu-rishiga asoslangan edi. Bunday g’oyaviy nuqtai nazar obyektiv ravishda umuminsoniy qadriyatlardan voz kechishga, milliy omilning, tarixiy rivojlanish qonunla-rining alohida ahamiyatga ega ekanligini inkor qiJishga olib kelardi. Bu narsa kommunistik harakat paydo bo’lgan vaqtdayoq ma'lum bo’lgan edi. Marksizmning ma'naviy ustozlari o’z asarlarida ishchilar sinfi g’olibona «proletar inqilobi» yo’lida «eski axloqqa» nazar tashlab o’tirmasdan, har qanday vositalardan foydalanishga haq-lidir, degan fikrni ifodalab bergan edilar. Ular zamonaviy fuqarolik tartibi tayanib turgan axloqiy normalarning shartli ekanligini tinimsiz isbotlashga intilib, ishchilar
401
ko’z o’ngida umuminsoniy axloq qoidalari va normala-rini obro’sizlantirishga urindilar, ularni «burjuaziya uydirmasi» deb atab, qaror topgan konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan ag’darib tashlashga chaqirdilar.
Shunday qilib, kommunistik ta'limot ishlab chiqila-yotgan dastlabki paytlardayoq yalpi zo’ravonlik ishlatish-ning haqqoniyligi asoslab berilgan bo’lib, keyinchalik u son-sanoqsiz kishilarning hayotini qurbon qildi. Sinfiy kurash, mavjud tuzumni zo’ravonlik bilan ag’darib tash-lash g’oyasi o’zining butun mazmuni bilan demokratik fiiqarolar jamiyati negizlari va normalarini inkor etib, yorqin istiqbolga emas, balki jinoiy tartiblar hukmron bo’lgan mustabid ijtimoiy kazarma barpo etilishiga olib keldi. Chunki «burjua davlati»ni ag’darib tashlash, zo’ravonlikka asoslangan «proletar inqilobi» g’oyasi faqat xususiy mulkchilikka va boshqacha fikrlovchi har qanday kishiga qarshi qaratilib qolmasdan, shu bilan birga turar joyning daxlsizligiga, ayrim insonning ham, shuningdek, millat va xalqlarning ham o’z yashash tarzini o’zi erkin tanlash huquqiga qarshi qaratilgan edi.
Sinfiy yondashuv, murakkab ijtimoiy muammolarni zo’rlik ishlatish bilan hal qilishga intilish qatag’onlarning avj oldirilishiga sabab bo’ldi, eng tuban insoniy his-tuyg’ularning namoyon bo’lishiga imkon yaratdi. Sinfiylik abadiy axloq qonunlarining, insoniy ideallar-ning, an'anaviy xalq qadriyatlarining g’ayriinsoniy sinfiy ustunlik, sinfiy hukmronlik yo'1-yo'riqlari bilan almash-tirilishiga olib keldi.
Proletariat diktaturasi to’g’risidagi ta'limot og’ir oqi-batlarga sabab bo’ldi. Aslida demokratiyaning teskarisi bo’lgan proletariat diktaturasi zo’ravonlik qilishdan kelib chiqqan bo’lib, uni tinimsiz oziqlantirib turdi. U muqar-rar ravishda keng aholi ommasining haqiqiy hokimiyat-dan ajralib qolishiga, partiya diktaturasining vujudga ke-lishiga, u orqali esa dohiylar diktaturasining paydo bo’lishiga imkon berdi. Hatto rasman hukmron deb e'lon qilingan ishchilar sinfi ham, sotsialistik inqilob g’alabasidan keyin, Leninning fikricha, mafkuraviy va siyosiy «mashq»dan o’tishi lozim edi. «Proletariat dikta-
402
turasi» nazariyasi shunday jamiyatni barpo etishni belgi-lab bergan ediki, unda inson shaxsi qadrlanmas, demokratik tartib-qoidalar emas, balki mustabid tuzum hukmron bo’lardi.
Inqilob va proletariat diktaturasi to’g’risidagi markscha ta'limotning o’zboshimchalik xususiyatiga ega ekanligi «sotsialistik qurilish» to’g’risidagi xomxayollar bilan chuqurlashdi. Avvalo tovarsiz, bozorsiz poydevor ustiga quriladigan yangi ijtimoiy tuzum barpo etish g’oyasi o’ta yaroqsizligi bilan ajralib turardi. Marksizm asoschilari fikricha, sotsializm sharoitida tovar-pul munosabatlari barham topib, sotsialistik jamiyat ishlab chiqarish vositalarini davlat mulkiga aylantirar, bozorga qarshi tamoyilga asoslanar emish, bu bilan kishini kishi ekspluatatsiya qilish tugatilib, ijtimoiy adolat ta'minlanar emish.
Bugungi kunga kelib bunday iqtisodiy andozaning tarixan asossizligi ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanmoqda. «Bozorsiz sotsializm»ning tagi puch rejasi o’zining butun mazmuni bilan iqtisodiy rivojlanishning sog’lom jara-yonlarini bo’g’ib qo’yardi subyektiv omilning roli jiddiy ravishda ortishini, ma'muriy-buyruqbozlik apparatining kuchayishini nazarda tutardi. Bozorsiz munosabatlar mexanizmini faqat buyruq kuchi bilan, oshkora tazyiq o’tkazish, ta'qib qilish rejimini barpo etish bilan qaror toptirish mumkin emish. Sovet tuzumi haqiqatda buni yaqqol tasdiqladi. Oktabr to’ntarishidan keyin darhol xususiy mulkchilik ta'qib usullari bilan barham toptirila boshlandi, badavlat qatlamlar quvg’in qilindi, ko’p ukladlilik tugatilib, mafkuralashgan tanho iqtisodiyot jadal sur'atlar bilan shakllana boshladi. Biroq tarixiy tajribaning ko’rsatishicha, bozordan tashqari negizga, yuqoridan bo’ladigan tekischilik taqsimoti tamoyiliga asoslanuvchi sotsialistik iqtisodiyot darhol bozor iqti-sodiyotini yuqori samaradorlikka olib boradigan vosi-tadan mahrum bo’ldi. Bu vosita raqobatdan iborat edi, natijada sotsialistik iqtisodiyot faoliyatsiz bo’lib qoldi, korxonalardan tortib oddiy xodimlargacha xo’jalik muvaffaqiyati bog’liq bo’lgan narsalardan moddiy manfaatdor emasligi birinchi o’ringa chiqdi. Natijada ko’p marta islohotlar o’tkazishga urinib ko’rilishiga qaramas-dan, sovet iqtisodiyoti samarasiz, tabiiy xom ashyo resurslarini ayamasdan sarflashga, tovar ishlab chiqaruv-chilarni iqtisodiyotdan tashqari majburlashga asoslangan iqtisodiyot bo’lib qoldi.
Milliy munosabatlar sohasidagi markscha nazariya ham buzg’unchilik jarayonlarini kuchaytirdi. Sovet hokimiyatining milliy siyosati asos e'tibori bilan rasman baynalmilalchilik mafkurasi deb atalgan mafkuraga, ya'ni kommunistik imperiyani qaror toptiruvchi maf-kuraga tayandi. U proletariatning jahonshumul g’alabasi muqarrarligiga va millatlarning jadallik bilan qo’shilib ketishiga qafiyan ishonishga asoslangan edi.
K. Marks va F. Engels ekstremistik tafakkur tamo-yillariga amal qilib, sinfiy manfaatlarning milliy man-faatlardan ustunligi muqarrarligini «nazariy» jihatdan asoslab bergan edilar. Ular go'yo milliy munosabatlar birinchi navbatda sinfiy munosabatlar yig’indisi bilan, ijtimoiy tuzum xususiyati bilan belgilanadi, degan fikrga amal qilganlar. Sotsialistik inqilob amalga oshirilsa bas, sinflar antagonizmi bilan birgalikda millatlar o’rtasidagi tavofutlar ham barham topadi, deyishgan edi ular.
V. I. Lenin ham bolsheviklar milliy dasturini ishlab chiqishda milliy manfaatlar sinfiy manfaatlarga bo’ysu-nishi kerak, degan g’oyani saqlab qoldi. Buning ustiga u «proletar» yoki «sotsialistik baynalmilalchilik»to'g’risida-gi ta'limotning nazariy jihatlarini jiddiy ravishda chuqurlashtirdi, uni yalpi milliy baravarlash masalalarini ishlab chiqish bilan to’ldirdi. Lenin kommunistik g’oyani milliy g’oyaga qarama-qarshi qo’yishning nihoyatda muhimligi to’g’risidagi tezisni ilgari surdi.
To’g’ri, oktabr to’ntarishi arafasida bolsheviklar o’zlarini ko’rsatish uchun millatlarning «o'z taqdirini o’zi belgilash» huquqini e'lon qilgan edilar. Shundan keyingi davrda ham rasmiy hujjatlarda «erkin milliy rivojlanish» zarurligi to’g’risida gapirib o’tilgan. Biroq real hayotda ko’p narsalarni va'da qilgan bayonotlarga qarama-qarshi o’laroq, oktabrdan keyingi dastlabki kunlardan boshlab sovet davlati ulkan kommunistik imperiya sifatida tashkil topdi, u kommunizm xomxayollari yo’lida millatlar va elatlarni ezish, ularni qiyofasiz yangi tuzilma boigan sovet xalqiga sun'iy ravishda birlashtirish siyosatini o’tkazdi.
Shuni aytish kerakki, bolsheviklar hokimiyat tepasiga kelishdan ancha oldin Turkistonning ko’pgina milliy yetakchilari kommunistik ta'limotning o’lka xalqlarini og’ir mustamlakachilik kishanlaridan ozod qilish yo’lini, tarixiy taraqqiyot yo’lini yoritib turuvchi milliy g’oyaga nihoyatda zid ekanligini anglab yetgan edilar. Masalan, jadidlar harakatining fidoyilaridan biri, mashhur ma'ri-fatparvar olim va adib Mahmudxo’ja Behbudiy 1906-yil-dayoq Lenin partiyasini «buyrokratiyalar mustabid», deb atagan, uning dasturi Turkistonning erkin rivojlanishi uchun faqat yaroqsizgina bo’lib qolmasdan, shu bilan birga zararli ekanligini ham ta'kidlagan edi.
Sovet mafkurasining o’zbek xalqining iqtisodiy va ijtitnoiy turmushiga salbiy ta'siri. Sotsialistik g’oya o’zining butun mazmuni bilan o’lka-ning tub aholisiga, uning mil-liy tafakkuri va turmush tarzi-ga begona edi. Sovet hokimiyati bu yerga qizil armiya nayzalari ostida kirib keldi. Shu bilan birga sotsializmning zo’ravonlik tabiati darhol namoyon bo’ldi. Xalqning milliy ozodlikka, milliy davlatchilikni tiklashga bo’lgan orzu-intilishlari, uning o’z tarixiy taqdirini o’zi hal qilish huquqi inkor qilindi. O’zbekistonda sotsialistik davlatchilik andozasi chor mustamlakachilik rejimi o’rniga zo’ravonlik usullari bilan joriy etildi, proletariat diktaturasi davlatini o’rnatishning mustabidcha kommunistik loyihasi amalga oshirildi. Yangi hokimiyat o’ziga xos mustaqil milliy rivojlanish imkoniyatlariga barcha usullar bilan to’sqin-lik qildi, mahalliy aholini davlatni boshqarishga jalb etishga, siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritishga qarshilik ko’rsatdi.
O’zbekistondagi «sotsialistik qurilish»ning dastlabki qadamlaridan boshlab butun boshqaruv tizimi, davlat organlari faoliyati hukmron markazga qattiq bog’liq qilib qo’yildi va moskvalik siyosiy rahbariyat belgilab qo’ygan doiradan chetga chiqmasligi belgilab berildi. Ayni vaqt-da aholining markscha qoidalarga mos kelmaydigan qat-lamlariga, muxolifatdagi kuchlarga qarshi beqiyos quvg’inlar avj oldirildi. Leninning farmoyishi bilan 1918-yil yoz faslidan e'tiboran «qizil terror» siyosati o’tkazila boshlandi. U ommaviy qatag’onlar murvatini qattiqroq burash bilan olib borildi, ayniqsa bu tadbir qo’lda qurol bilan o’z milliy taqdirini o’zi belgilash qonuniy huquqi-ni himoya qilayotganlarga qarshi qaratildi. Bularning hammasi son-sanoqsiz qurbonlar berilishiga sabab bo’ldi. Shuni ta'kidlash kifoyaki, Turkiston aholisi kamayib 1915-yildagi 7 mln 149 ming kishidan 1922-yilga kelib 4 mln 835 ming kishiga tushib qoldi. Haqiqatda o’lkaning tub aholisi qirilib bitish yoqasiga kelib qolgan edi.
Keyinroq markaziy rahbariyat milliy siyosatdagi tak-tika yo’nalishlarini birmuncha yangiladi. Mahalliy aholi vakillarini davlat va jamoat boshqaruvi ishlariga jalb qi-lish zarurligi rasmiy darajada qayd etildi. 1924-yilda O’zbekiston SSR tashkil etildi. Bu hol markaz tomonidan O’zbek xalqiga o’z milliy davlatchiligiga ega bo’lish imkoni berildi, deb targ’ib qilindi. Biroq bu nav-batdagi mafkuraviy afsona, soxta davlatchilikdan boshqa narsa emasdi. Ayrim taktik usullarga, yangilanishlarga qaramasdan sovet imperiyasi tartibining mohiyati o’z-garmadi. Marksizm mafkurasiga tayanuvchi kommunis-tik tuzum xalqni mustamlakachilik asoratida saqlash, keng xalq ommasining tub manfaatlarini inkor etuvchi mustabid jamiyatni qaror toptirishni mo’ljallagan edi.
Davlatning xalq ustidan zo’ravonlik qilish amaliyoti saqlab qolindi, uning cho’qqisi 30-yillarning boshi — 50-yillardagi stalincha-beriyacha qonli harakatlarga aylanib ketdi. Stalin aslida Lenin boshlab bergan ishni davom ettirdi. U amalga oshirgan «yuqoridan boshlangan inqilob» ommaviy hokimiyat institutlarining yanada barham toptirilishiga, partiya diktaturasining, mafku-ralashgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimining mus-tahkamlanishiga olib keldi, uni boshqarishning o’zagi Moskvada to’plangan edi.
Stalincha istibdod tizimi proletariat diktaturasi to’g’risidagi markscha g’oyani amalda ro’yobga chiqa-rishni mantiqan oxiriga yetkazdi. Natijada sho’ro jami-yatiga davlatning mutlaq hukmronligi, aholining fuqa-roviy himoyasizligi, siyosat bilan axloqning haddan tashqari uzilib qolganligi, ijtimoiy ijodkorlikning so’nishi, boshqacha fikrlovchilarning muqarrar jazoga giriftor qilinishi, qullarcha tobelik vaziyatining avj oldirilishi, markaz bilan milliy respublikalar, shu jum-ladan, O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlarning yalpi imperiyacha mohiyat kasb etishi xos bo’lib qoldi.
50-yillarning o’rtalari — 60-yillarning boshidagi «siyosiy iliqlik» davrida stalincha istibdod tizimining ayrim haddan oshish jihatlari bartaraf etildi. Biroq ular mustabid tuzumning negizlariga daxl qilmadi. Hokimiyat tepasiga Brejnev ma'muriyatining kelishi bilan stali-nizmning g’oyaviy oqlanish yo’li ko’zga tashlandi, puturdan ketayotgan tuzumni mustahkamlashga qaratil-gan mafkuraviy hujum kuchaytirildi.
Markscha iqtisodiy andozaning joriy etilishi og’ir oqibatlarga sabab bo’ldi. Sotsialistik iqtisodiyotga xos bo’lgan umumiy illatlardan tashqari, u O’zbekistonda xalq xo’jaligining mustamlakachilik yo’nalishini saqlab qolish bilan to’ldirildi. Respublikamiz iqtisodiy jihatdan birmuncha taraqqiy etgan bo’lsa ham, lekin u hukmron markaz tomonidan belgilangan doiradan chetga chiq-masligi, o’lkaning arzon xom ashyo manbalari va tabiiy boyliklaridan markazning bemalol foydalanishini kafo-latli ravishda ta'minlashi avvalgidek davom etishi lozim edi. Bu hol shunga olib keldiki, O’zbekiston butun sovet tarixi mobaynida «sotsialistik baynalmilalchilik»ning mafkuraviy asoslanishi ta'siri ostida o’sha-o’sha xom ashyo yetkazib beruvchilik vazifasini bajarib keldi. Uning iqtisodiyoti bir tomonlama — xom ashyo yo’nalishida bo’lib qoldi, kompleks tarzda rivojlantirilmadi, xalq ehti-yojlariga yetarli e'tibor berilmadi. Chunonchi, Ittifoq markazi tomonidan tiqishtirilgan mehnat taqsimotiga muvofiq, bu yerda tabiiy xom ashyoni qazib olish va unga birlamchi ishlov berish, qishloq xo’jalik mahsulot-
lari yetishtirish bilan bog’liq sanoat tarmoqlariga ustun-lik berildi. Respublika darajasidagi va respublikaga bo’ysunadigan ilmiy va mehnat salohiyatini rivojlan-tirishga, tayyor buyumlar ishlab chiqarishga moijallan-gan tarmoqlar tashkil etilmadi. Masalan, O’zbekiston-ning o’zida yetishtiriladigan jami paxtaning faqat 8— 10%i bu yerda qayta ishlanar, qolgan paxtaning hammasi Ittifoq yengil sanoat korxonalariga yuborilardi, qayta ishlov berish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish respublikadan tashqarida bajarilardi.
Bunday mustamlakachilik rejasi markazga O’zbek xalqining tabiiy boyliklari xazinasidan vahshiyona foy-dalanish imkonini berardi. Bizning o’lkamiz o’nlarcha yillar mobaynida kommunistik metropoliyani paxta, qorako'1 teri, xom ipak, tabiiy gaz, rangli va nodir me-tallar bilan, shu jumladan, oltin, mis, uran, qo’rg’oshin, rux va hokazolar bilan ta'minlab keldi. 80-yillarning boshlarida bir yilda yetkazib beriladigan oltinning o’zi 50 tonnagacha yetadi. O’zbekistondan olib chiqib ketilgan ulkan tabiiy resurslarning qiymati yuz milliardlab AQSh dollarini tashkil etardi. Markaziy hukumat esa respub-likaning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga juda arzima-gan qoldiq mablag’larni ajratardi.
o’lkamizning markazga tobora ko’proq paxta yetka-zib beradigan ota meros mulkka aylantirilganligi uning mustamlaka ahvolida ekanligidan dalolat berardi. Ko’p yillar mobaynida hukm surib kelgan paxta yakkahokim-ligi, milliy iqtisodiyotning asosan paxtaga yo’naltiril-ganligi shunga olib keldiki, O’zbek xalqining boyligi hisoblangan paxta uning boshiga bitgan balo bo’ldi. Sun'iy ravishda singdirilgan paxta yakkahokimligi O’zbekistonning kambag’al respublika bo’lib qolishiga olib keldi, unga jiddiy ekologik xavf tug’dirdi, oziq-ovqat sohasida uni markazga bog’liqlikdan iborat tahqirlovchi ahvolga solib qo’ydi. Masalan, 70—80-yillarda respubli-ka aholisi jon boshiga to’g’ri keladigan milliy daromad Ittifoq bo’yicha o’rtacha darajadan 3 baravar kam bo’ldi. Bir tomonlama ixtisoslashuv natijasida O’zbekiston g’alla va go’shtning 70%ini, kartoshkaning 60%ini, qand-shakar, quruq sut va boshqa mahsulotlarning 100%ini chet-dan keltirishga majbur bo’ldi. Paxta yetishtirishning yil-dan-yilga ko’paytirib borilishi, xususan, yangi yerlarning ko’p miqdorda o’zlashtirilishi natijasida Orol dengizi suvining haddan tashqari kamayishi sodir bo’ldi, bu esa O’zbekistonni ekologik falokatlar zonasiga aylantirdi.
Ma'lumki, O’zbek xalqining
Do'stlaringiz bilan baham: |