Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan



Download 1,75 Mb.
bet25/32
Sana16.12.2019
Hajmi1,75 Mb.
#30517
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Bog'liq
Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza m


Savo! va topshiriqlar

1. O’zbekiston sanoati 70-yillarda qanday ahvolda edi?

2. Sanoat korxonalari markazga qanday mahsulotlar yetka-zib bergan?

3. Xalq iste'moli mollari yetkazib beradigan soha muammo-lari haqida so’zlab bering.

4. Sanoatning bir tomonlama rivojlanishi sabablari nimada edi?

5. Industriyaning rivojlanishidagi inqirozli holatlar nimadan iborat bo’ldi?

'2—O’zbekiston tanxi, 10-sinf uchun

353


52-§. QISHLOQ Xo’JALIGIDAGI NOXUSH HOLATLAR

Qishloq xo’jaligining paxta yetishtirishga ixti-soslashtirilishi. Uzoq yillar davomida sovet hukumati O’zbekistonni qish-loq xo’jalik xom ashyosi, asosan paxta bazasiga aylan-tirishga harakat qilib keldi. Bu vazifa mashaqqat va katta yo’qotishlar evaziga hal qilindi.

Umumittifoq mehnat taqsimotiga ko’ra, O’zbekiston qishloq xo’jaligi paxta yetishtirishga, bir qator sanoat tar-moqlari esa paxtani dastlabki qayta ishlashga ixti-soslashtirildi. Oqibatda respublikada oziq-ovqat masalasi murakkablashdi. Chorvachilik mahsulotlari, g’alla, kar-toshka, sabzavot, poliz ekinlari yetishtirish ko’rsatkich-lari pasayib ketdi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari bi-lan tez sur'atlarda o’sib borayotgan aholi talabini qondirish muammolari keskinlashdi. Bu esa iqtisodiyot-ning bir yoqlama rivojlanishiga, aholi turmush darajasi-ning pasayishiga olib keldi.

Eng unumdor ekin maydonlari, sug’oriladigan yerlar g’o’za ekishga ajratildi. G’o’za oziq-ovqat ekinlarini yaroqsiz yerlarga, tog’ oldi joylariga, qumloq va to’qay-larga surib chiqardi. Buning ustiga go’zaga haddan tashqari e'tibor berilishi boshqa ekin maydonlarini suvdan amalda mahrum etdi.

Markaz talabi bilan respublikadagi ko’pgina hayotiy muhim manfaatlarga ziyon yetkazib bo’lsa-da, urushdan keyingi yillarda tag’in paxta yakkahokimligi tarkib topdi. 70—80-yillarning o’rtalarigacha respublikada sug’orish tarmoqlari qurilishi keng miqyosda amalga oshirildi, paxta ekish uchun eng unumdor yerlar o’zlashtirildi. Natijada shu davrda paxtaga ajratilgan maydon 1709 ming gektardan 1989 ming gektarga yetdi. 1980-yilga kelib paxta maydonlarining salmog’i respublika bo’yicha o’rtacha 75%ga yetdi, Jizzax viloyatida u deyarli 80%ni, Andijon viloyatida 80%dan ko’proqni tashkil qildi. Hol-buki, paxta 60%dan ortiq maydonni band etsa, chirindi yo’qolishi, tuproqning sillasi qurishi, hosildan qolishi, oxir-oqibat yerning tamoman ishdan chiqishini fan allaqachon isbotlab bergan. Keyingi yillarda jahonda g’o’za ekinlari maydoni qisqardi, ammo paxta yetishtirish ikki baravar oshdi. Bunga gektar hosildorli-gini oshirish hisobiga erishildi. O’zbekistonda paxta maydoni ortdi, hosildorlik va sifat esa yomonlashdi.

Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga par-tiyaviy rahbarlik va uning haddan tashqari mafku-ralashtirilishi oqibatida jiddiy murakkabliklar yuzaga keldi.

Qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirish borasidagi ko’p urinishlar ham kutilgan natijani bermadi. Masalan, 1975— 1980-yillarda paxtachilikni rivojlantirish sohasida olimlar olib borgan tadqiqotlar natijasida paxtaning 20 ta yangi istiqbolli navlari yaratildi. Jumladan, paxta eki-ladigan maydonlarning 65%ini ishg’ol etuvchi «Tosh-kent» navi ular ichida ancha serhosil chiqdi. Biroq bu kabi yangiliklar ham umumiy hosildorlikni oshirish imkonini bermadi. Bunga mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanmaslik sabab bo’ldi. Paxta maydonlarini zo’r berib kengaytirib, hosildor-likni oshirishga yetarli e'tibor bermaslik natijasida, jum-ladan, 1971—1975-yillarda respublika bo’yicha paxta-ning o’rtacha hosildorligi gektariga 28,5 sentnerni, 1981—1985-yilIarda o’rtacha 26,7 sentnerni tashkil etdi. Buning natijasida 1976— 1980-yillarda har yili o’rtacha 5,3 mln t, 1981—1985-yillarda esa 5,1 mln t paxta yetishtirildi.

Bu yillarda qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi-ni oshirish o’rniga yangi yerlar ochish, qurilishlarga va qo’shimcha ishlab chiqarish vositalarini jalb etishga ko’proq e'tibor berildi. Natijada paxtaning hosildorligi va sifati muttasil pasayib bordi, tuproqning sho’rlanishi oshib, ekinzorlarning ahvoli keskin yomonlashdi.

Paxtachilikning moddiy- texnik bazasi. Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtinshga katta e tibor berildi. Ayniqsa, paxtachilikni rivojlantirish uchun ko’plab texnika jalb etildi. Bunda 1969-yili Toshkent traktor zavodining barpo etilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Paxtachilik uchun zanir mashina va uskunalar ishlab chiqarish ko’paytirildi. Faqatgina 1976—1978-yillar ichida shu soha uchun 9 turdagi yangi zamonaviy mashina yaratildi. 1979-yildan 1986-yilga qadar respublikada 12 mingta yangi, kabi-nalari maxsus jihozlangan paxta terish mashinasi ishlab chiqarildi. Paxtaga moslashtirilgan maxsus mashinalarni ishlab chiqarish paxtachilikni yanada kengaytirish imko-nini berdi. Respublika paxta maydonlarida 1985-yili 40 mingta paxta terish mashinasi ishladi. Shu bilan birga, texnikaga ehtiyotsizlik bilan, xo’jasizlarcha munosabatda bo’lish, undan maqsadga nomuvofiq ravishda foydala-nish, qishloq mehnatkashlarida xo’jayinlik hissining yo’qligi kutilgan natijalarni qo’lga kiritish imkonini bermadi. 1970-yilda yetishtirilgan umumiy hosilning atigi 28%i, 1985-yilda esa faqat 37%i masbinalarda te-rildi. Paxta terimiga har yili yuz minglab shaharliklar jalb etilardiki, bu hol respublika iqtisodiyotiga ancha salbiy ta'sir ko’rsatdi. Bu davr mobaynida paxta terishni me-xanizatsiyalashtirish darajasi ikki hissa pasaydi.

Qishloq xo’jaligi ekinlari yetishtirishning yangi texnologiyalari sust joriy etildi, qo'1 mehnatini kamaytirishga jiddiy e'tibor berilmadi. Paxtachilikdagi eng sermehnat jarayon — paxta hosilini yig’ib olish sust mexanizatsiyalashtirilganligi sababli og’ir jismoniy mehnat asosan ayollar zimmasida edi.

Qishloq xo’jaligi texnikasini yuqoridan belgilangan narxlarda sotib olish xo’jaliklar iqtisodiyotiga sezilarli zarar yetkazdi, ya'ni mehnat kuniga to’lanadigan haq-ning kamayib ketishiga, dehqonlarning moddiy ahvoli yomonlashishiga olib keldi. Chiqarilayotgan texnikaning ko’pchiligi sifatsiz yoki mahalliy sharoitga to’qri kelmas edi. Agar 1976— 1980-yillarda respublika qishloq xo’jali-gi 85 ming dona traktor olgan bo’lsa, shu yillar ichida ularning 12 mingtasigina ishlatildi.

Hosildorlikni oshirish uchun ishlatiladigan mineral o’g’itlar ham nihoyatda qimmat narxlarda sotilardi. Ammo ularning ham ko’p turi mahalliy sharoitga to’g’ri kelmasdi. G’o’za bargini to’kish, zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatiladigan zaharli ximikatlar esa inson salomatligi uchun nihoyatda xavfli bo’lib, ayniqsa, qishloq aholisi salomatligiga katta ziyon yetkazdi.

70-yillarda odamlar zaharli ximikatlardan yoppasiga zaharlana boshladi. Bu hol respublika hukumatini muayyan choralar ko’rishga undadi. Aviatsiyadan foy-dalanish bir qadar qisqartirildi, dalalami yerda turib ish-lashga keng o’rin berildi. o’simliklarni himoya qilish-ning biologik usullari qo’llanila boshlandi. Biroq paxta ekin maydonlarining kengayib borishi natijasida aviatsiya vositasida ishlov berishdan to’la voz kecbilmadi, bu hol odamlarning hayoti va salomatligi uchun avvalgidek xavfli bo’lib qolaverdi.

Yoppasiga kimyolashtirish, paxta dalalariga zaharli ximikatlar yordamida ishlov berish tuproq, suv va havoning jiddiy zaharlanishiga olib keldi. G’o’za, g’alla, sabzavot ekinlari ekilgan yerlar va bog’lar tuprog’i olib tekshirilganida (1984-yil) unda, masalan, DDT mod-dasining miqdori yo'1 qo’ysa bo’ladigan sanitariya normalaridan 2—3 baravar oshiqligi aniqlangan. Farg’ona va Xorazm viloyatlarida paxta maydonlari tuprog’ining ifloslanishi sanitariya normalaridan 8—10 baravar yuqori bo’lib chiqqan. Zaharli ximikatlardan qishJoq xo’jaligida keng foydalanish biologik va ekologik oqibatlardan tashqari jiddiy ijtimoiy oqibatlarga ham olib keldi: kasalliklar soni ortib, ayniqsa, bolalar o’rtasida o’lim hollari ko’paydi, ayollar salomatligi yomonlashdi.



Qishloq mehnatkashlarining ahvoli. Oziq-ovqat yetkazuvchi qishloq xo’jaligi respublika ehti- yqjlarini aslo qondirmas edi. O’zbekistonda aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish belgi-langan fiziologik me'yorlardan ancha kam bo’ldi.

Mustabid sovet hukumati olib borgan siyosat tufayli paxta hosilini oshirish ketidan quvish respublikada oziq-ovqat muammosini hal qilish imkoniyatlarini cheklab qo’ydi. Natijada respublikada aholi jon boshiga go’sht, sut, kartoshka, sabzavot va poliz ekinlarini iste'mol qi-lish ancha kamaydi. Sabzavot-poliz mahsulotlari iste'-moli bo’yicha O’zbekiston boshqa respublikalar o’rtasida 5-o'rinni, meva va rezavor iste'moli bo’yicha 13-o'rinni egallagan. Respublika aholi jon boshiga ishlab chiqarish-da milliy daromad miqdori bo’yicha ittifoqdagi o’rtacha

ko’rsatkichdan 3 baravar orqada edi. Past milliy daro-mad mehnatkashlarning maoshi kamayishiga, ayniqsa, qishloq aholisining moddiy ahvoli yomonlashishiga olib keldi. Buning asosiy sababi O’zbekistonda paxta, pilla va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlariga belgilangan xarid narxlarining juda past bo’lganligi edi.

Paxtachilikni rivojlantirishdan O’zbek xalqi manfaat-dor bo’lmadi. Chunki u mehnatga haq to’lashning past me'yorlariga asoslangan edi. Paxtakor g’allakor, kartosh-ka va karam yetishtiruvchiga nisbatan bir necha baravar ko’p va og’ir mehnat qilsa-da, ulardan kam haq olardi. 80-yillarning o’rtalarida ham, 70-yillardagi singari, dehqonga mavsum boshida terilgan paxtaning har kilosi uchun bor-yo’g’i 4 tiyindan haq to’lanardi. Demak, te-rimning kunlik texnologik normasi 48 kg bo’lganda 1 so’m 92 tiyin ishlay olardi, xolos. Bir tonna paxta yetishtirishga 30 baravar ko’p sarf-xarajat ketsa-da, xarid narxlari atigi 4—5 baravar farq qilardi.

Ko’rinib turibdiki, qishloq xo’jaligi xom ashyosiga narxlarda katta nomuvofiqlik bo’lgan. Bu birinchi nav-batda mehnat haqi darajasiga ta'sir ko’rsatgan. Respub-likamizda bu ko’rsatkich ittifoqning boshqa hududlariga nisbatan ancha past bo’lgan. Chunonchi, qishloq xo’jali-gi xodimining 80-yillar o’rtalaridagi yillik mehnat haqi ittifoq bo’yicha 2200 so’mni, O’zbekistonda esa 1753 so’mni tashkil etardi, ya'ni 21% kam edi.

Qishloq aholisining shaxsiy tomorqa xo’jaliklariga e'tibor berilmadi. Mexanizatsiya darajasining pastligi natijasida ekish, ayniqsa, o’rib-terib olish muddatlari uzayib ketardi, bu esa unumdorlikni pasaytirib yuborar-di. Tomorqa xo’jaliklarining hajmi yildan-yilga qisqarib bordi. Bu qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining o’sish sur'atlari pasayishiga, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashning yomonlashuviga olib keldi. Tomorqa uchastkalarining maydoni 0,07—0,13 gektar-dan oshmasdi. Bundan tashqari, bir necha yuz ming qishloq aholisida umuman tomorqa yeri yo’q edi. Oqi-batda O’zbekiston oziq-ovqat iste'moli, umuman, tur-mush darajasi bo’yicha ittifoqda oxirgi o’rinlardan biriga tushib qoldi.



Savol va topshiriqlar

1. Qishloq xo’jaligida paxtachilikni rivojlantirish qanday nati-ja berdi?

2. Paxtachilikni moddiy-texnik ta'minlash qay darajada edi?

3. Paxta yetishtirgan dehqon mehnatiga yarasha haq olarmi-di?

4. Qishloq mehnatkashlarining moddiy ahvoli qanday edi?

53-§. YANGI YERLARNI o’ZLASHTIRISH VA PAXTA EKILADIGAN MAYDONLARNI KENGAYTIRISH

Irrigatsiya-melioratsiya O’zbekiston sug’orma deh-quriiishi qonchihkning eng qadimgi

o’lkalaridan biridir. Bobodeh-

qonlarimizning sug’orish sohasidagi boy tajribasidan foy-dalanib hozirgi davrda qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosil olinmoqda. Respublika dehqonchiligida yer-larni sun'iy sug’orish tizimi (kanallar, irrigatsiya inshoot-lari) hal qiluvchi rol o’ynaydi. Cho’llarni sug’orish ish-larini amalga oshirishda O’zbek xalqi fidokorona mehnat qildi. Cho’lquvarlarning qahramonona mehnati tufayli ulkan suv omborlari, kanallar, kollektor va drenajlar qurildi. Bu suv inshootlarining bunyod etilishi cho’Uarni sug’orish va obod qilish imkonini berdi.

50-yillarda boshlangan respublikadagi cho’llarni o’zlashtirish ishlari keyin ham keng miqyosda davom etdi. 70-yillarda Mirzacho'1 va uning tarkibiy qismi bo’lgan Jizzax cho’lida yirik paxtachilik vohasi tashkil etish maqsadida unumdor qo’riq yerlarni sug’orish va o’zlashtirish ishlari davom ettirildi. Shu munosabat bilan uzunligi 127 km ga boradigan eng yirik janubiy Mirza-cho'l bosh kanali, markaziy Mirzacho'1 kollektori quril-di, shimoliy Mirzacho'1 kanali kengaytirildi. Mirzacho’lning Jizzax mintaqasini suv bilan yaxshiroq ta'minlash uchun Jizzax suv ombori qurildi.

Mirzacho’lda yangi sug’oriladigan yerlarning melio-rativ holatini yaxshilashga alohida e'tibor berildi. Ochiq va yopiq kollektor-zovurlar tarmog’i va tik drenaj quduqlari qurildi. Suvdan birmuncha samarali foydala-nish uchun taqsimlovchi nov tarmoqlari qurildi va kanallarga beton yotqizildi.

Markaziy Farg’ona qo’riq yerlarini o’zlashtirish maqsadida katta hajmda irrigatsiya inshootlari qurildi. 70-yillarda Farg’ona vodiysini suv bilan ta'minlashni yaxshilash, cho’llarni o’zlashtirish uchun sersuv Norin daryosidan suv oladigan Katta Andijon, Katta Namangan kanallari va sig’imi 2 mlrd kub m keladigan eng yirik Andijon suv ombori qurildi.

Surxon-Sherobod vodiysida ham cho’llarni o’zlashtirish ishlari davom etdi. Sherobod cho’lini sug’orish va o’zlashtirishda Janubiy Surxon suv ombori, shuningdek, Uchqizil, Degeres suv omborlarining qurilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Janubiy Surxon suv ombori vujudga kelishi 100 km li Sherobod mashina kanalini ishga tushirish va Sherobod cho’lida 90 ming gektar yangi yerlarni sug’orish imkonini berdi. 90 km li qadim-gi Zang kanali qayta ta'mirlandi va suv o’tkazish imkoniyati kengaytirildi. Sherobod cho’lidagi muhim sug’orish inshooti hisoblangan 56 km li Amu—Zang kanali 1973-yili qurilib bitkazildi. o’sha yili Oqqap-chig’ay kanalining qurilishi boshlandi. Bu kanalning ishga tushirilishi tufayli Qiziriq cho’lida 30 ming gektar unumdor yerlar suv bilan ta'minlandi.

Qarshi dashtini Amudaryo suvi bilan sug’orishni xalqimiz asrlar davomida orzu qilib kelgan. Dashtda bir million gektar yerni sug’orish va o’zlashtirish mumkin edi. Bu ulkan ishlarni amalga oshirish uchun zarur mod-diy-texnik imkoniyatlar vujudga kelganidan so’ng 60-yil-larda Qarshi cho’lini o’zlashtirish boshlandi. Qarshi dashtida uzunligi 165 kmga boradigan Qarshi magistral kanali va Tallimarjon suv ombori asosiy irrigatsiya inshootlari edi. Qarshi kanalini qurish 1974-yili tugal-landi. Ketma-ket joylashtirib qurilgan 6 ta nasos stan-siyasi Amudaryo suvini 132 m balandlikka ko’tarib bera-digan bo’ldi. Ana shu eng yirik irrigatsiya inshootlarining ishga tushirilishi Qarshi dashtidagi qo’riq yerlarni sug’orishga imkon berdi.

O’zbekistonda 1985-yilga kelib 20 dan ortiq suv omborlari ishlaydigan bo’ldi. Shu bilan birga kanallar soni ham ortdi. Bu kabi irrigatsiya inshootlarining ken-gayib borishi xalq xo’jaligi uchun birmuncha iqtisodiy samara berdi, biroq buning salbiy oqibatlari yanada og’irroq bo’ldi.

Ittifoq hukumatining aybi bilan cho’Uarni o’zlash-tirish, sug’orish ishlari ekstensiv yo'l bilan olib borildi. cho’llarni o’zlashtirishda, ekin maydonlarini sug’orishda suvni tejab ishlatadigan usullar, yangi texnikalardan keng foydalanilmadi. Natijada ko’p miqdordagi suv yerga sin-gib, havoga bug’lanib ketishi tufayli isrof qilindi. Sug’orishda ekstensiv usulning qo’llanilishi, suvdan foy-dalanishda isrofgarchilikka yo'1 qo’yilishi Sirdaryo, Amudaryo suvlarining bir qismini Orol dengiziga quyish imkoniyatidan mahrum qildi va Orol fojiasiga olib kel-gan asosiy sabablardan biri bo’ldi.

Katta-katta suv omborlari, o’nlab, yuzlab kilometr masofaga cho’zilib ketgan Aydar, Arnasoy, Sariqamish, Chordara va boshqa drenajlar kollektor suvlari to’p-lagichlar bilan birga yerosti suvlarining ham yuzaga ko’tarilishiga yordam berdi. Oqibatda hatto eskidan sug’orilib kelayotgan yerlar ham ikkinchi bor sho’rlandi, botqoq bosdi, bog’-rog’lar va tokzorlar qurib qoldi. Yangi paxtachilik tumanlarini barpo etish maqsadida puxta o’ylamasdan sug’orish inshootlarini qurish, Sirdaryo va Amudaryodan tobora ko’p suv olish Orol dengizining qurib borishiga olib keldi va uni obihayotdan mahrum etdi. Bu narsa bugun Orolbo’yi mintaqasidagi ekologik vaziyatni mushkullashtirib qo’ydi. Yangi paxtachilik tumanmanlarini barpo etish.Respublikaning cho'1 tumanlarida qurilgan yirik suv

inshootlari, suv xo’jaligi ishlari Mirzacho'1, Qarshi dashtlarini, Surxon-Sherobod vodiysi va boshqa qo’riq yerlarni sug’orish va o’zlashtirishga yo'1 ochib berdi. Yerlarni o’zlashtirish (asosan paxta ekish uchun o’zlashtirish) kompleks tarzda olib borildi, boshqacha aytganda, yerlarga suv chiqarish bilan birga yangi ho’jaliidar barpo etilib, qishloqlar, shaharlar, turar joylar, sanoat korxonalari va madaniy-maishiy obyektlar qurildi.

1980-yilning boshiga kelib Mirzacho'1 hududida 300 ming gektardan ortiq qo’riq yerlar o’zlashtirildi va Mirzacho'1 yirik paxtachilik vohasi bo’lib qoldi. Yangi o’zlashtirilgan yerlarda Sirdaryo va Jizzax viloyatlari, Paxtakor, Ilich, Do’stlik, Arnasoy, Oqoltin, Mehnat-obod kabi yirik paxtachilik tumanlari, 50 ta yangi sov-xozlar, Yangiyer, Guliston, Paxtakor, Do’stlik, Baxt, Shirin shaharlari vujudga keldi. Mirzacho'1 dashtining tanib bo’lmas darajada o’zgarib ketishi cho’lquvarlarning fidokorona mehnati natijasi bo’ldi. O’zbekistonning yangi paxtakor mintaqasi paxta xom ashyosi yetishtirish-ni muntazam ravishda oshirib borib, 1980-yilda 492 ming tonnaga yetkazdi.

Shu bilan birga, Mirzacho'1 yerlari va boshqa qo’riq tumanlarga suv chiqarib, ularni o’zlashtirishda katta kamchiliklar ham bo’ldi. Suv xo’jaligi tashkilotlari yangi o’zlashtirilgan yerlarni xo’jaliklarga hali ko’p chala ishlari qolgan holatda topshirar edilar. Buning natijasida yer-larning kattagina qismi qishloq xo’jaligida foydalanilmay qoldi. Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 1984-yili har gektar yerdan bor-yo’g’i 7 sentner paxta olindi. Bunga, qisman, Jizzax viloyatidagi kollektorlarning 25 foizi umu-man ishdan chiqqanligi, yopiq va vertikal drenajning uchdan biri qisman ishlamaganligi, ba'zi joylarda yopiq zovurlarning umuman qurilmaganligi sabab bo’ldi. Ko’p hollarda qo’riq tumanlarda xo’jaliklar mukammal bo’lmagan holda qurilar, jumladan, turar joy va kommu-nal-maishiy obyektlar qurilishiga doir masalalar yaxshi hal qilinmas edi. Holbuki, bunday obyektlar yetishmas, mavjudlari esa sifati pastligi bilan ajralib turardi.

Qarshi dashtida yangi yirik paxtachilik tumanini barpo etish uzoq yillar davomida Ittifoq hukumatining diqqat markazida bo’lib keldi. Bu maqsad uchun 1970-yilda 1 mlrd so’mdan ortiq mablag’ ajratildi.

1963—1979-yillar davomida Qarshi dashtida 30 ga yaqin sovxozlar tashkil etildi. 70-yillarning ikkinchi yarmida 60 ming gektar yangi yer qishloq xo’jalik oborotiga qo’shildi.

Surxon-Sherobod vodiysida qurilgan sug’orish inshootlari 114 ming gektar maydondagi qo’riq yerlarni

sug’orishga imkon berdi. Sherobod cho’lining yangi o’zlashtirilgan yerlarida ikkita shahar, 17 ta yangi sov-xoz tashkil qilindi. Irrigatsiya-melioratsiya qurilishining kengayishi, ekin maydonlarini suv bilan ta'minlashning yaxshilanishi paxta hosildorligini oshirdi. 1970-yili Qashqadaryo viloyati paxtakorlari har gektar yerdan 32,3 sentner paxta olishgan bo’lsa, 1983-yili hosildorlik 36,4 sentnerga yetdi.

o’sha yillarda yangi yerlarni sug’orish geografiyasi va hajmlari ancha kengaydi, G’o’za ekiladigan maydonlar ortdi. Irrigatsiya, melioratsiya ishlari dasturining amalga oshirilishi natijasida yangi yerlarni o’zlashtirish sur'atlari jadallashdi. 1946-yilgacha bo’lgan davrda 600 ming gek-targa yaqin yangi yerlar ishga tushirilgan bo’lsa, 1966— 1985-yillar mobaynida 1800 ming gektarga yaqin, ya'ni uch baravar ko’p yer foydalanishga topshirildi.

Qo’riq yerlarga suv chiqarish va ularni o’zlashtirish, Ittifoq hukumatining zo’ri bilan yangi paxtachilik tumanlarini yaratish, paxta ekiladigan maydonlarni ken-gaytirish paxta yakkahokimligining yanada kuchayishiga olib keldi. Bu hol o’z navbatida oziq-ovqat va ekologik muammolarni hal qilishni yanada qiyinlashtirib, respub-likada ijtimoiy keskinlikni kuchaytirdi.



Savol va topshiriqlar

1. Mirzacho’I, Qarshi, Surxon-Sherobod cho’llarini o’z-lashtirish uchun qanday yirik suv inshootlari bunyod etildi?

2. Qo’riq yerlarni o’zlashtirishdan Markaz qanday maqsadni ko’zladi?

3. Ittifoq hukumati aybi bilan cho’llarni o’zlashtirishda yo’I qo’yilgan xatolar qanday yomon oqibatlarga olib keldi?

4. Paxta ekin maydonlarining kengayishi qanday ekologik muammolarni keltirib chiqardi?

54-§. AHOLINI ISH BILAN TA'MINLASH VA MILLIY ISHCHI KADRLAR TAYYORLASH MUAMMOLARI

Aholining ish bilan bandligi. 70-yillarga kelganda aholining ish bilan bandligi muammosi juda keskinlashdi. O’zbekiston xalq xo’jaligining ishchi kuchiga haddan tashqari to’yinganligi, mehnatga

layoqatli ishlamaydigan aholi miqdori o’sishda davom etayotganligi, ishchi kuchiga talab va taklifning miqdoriy va sifat jihatidan nomutanosibligi, uzoq yillar davomida ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishda milliy va ijti-moiy omUlarning hisobga olinmaganligi aholining ish bilan bandligi darajasiga jiddiy ta'sir ko’rsatdi.

Respublikada aholi tez sur'atlar bilan o’sib bormoq-da edi. Har yili tayyorlanadigan mutaxassislarning 25 foizi o’ziga munosib ish o’rni topa olmasdi. Yangi ish joylari O’zbekistonda jiddiy muammoga aylandi.

Mehnatga layoqatli yoshdagi aholining o’sish sur'at-lari aholi umumiy sonining o’sish sur'atlariga nisbatan jadalroq bo’ldi. o’sha yillarda respublika aholisining 70 foizini 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil qilgan.

O’zbekiston aholisining umumiy sonida O’zbeklar 1979-yilda 68,7%ni tashkil etdi. Aholi umumiy sonining o’sishida boshqa mintaqalardan doimiy yashash uchun ko’chib kelayotgan kishilarning hissasi ortib bordi. Ularning aksariyati shaharlarga kelib o’rnashdilar.

Bu omillar katta shaharlarda har bir kvadrat metr maydonga to’g’ri keladigan aholi sonining ko’payib, aholining nihoyatda zich yashashi bilan bog’liq muam-molarni keltirib chiqardiki, bu ishsizlikning yanada ortishiga olib keldi.

Aholining yuqoridagiga o’xshash omillar natijasida o’sib borishi shaharlarda ko’pgina muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Bunday ahvol, ayniqsa, Farg’ona vodiysidagi yirik shaharlarga — Andijon, Farg’ona, Namanganga ko’proq taalluqli edi.

Aholining haddan tashqari tig’iz yashashi, uning ta-biiy o’sishi va boshqa mintaqalardan ishchi kuchlarni keltirish hisobiga o’sish sur'atlarining yuqoriligi aholi shunday ham tig’iz joylashgan shaharlarda ijtimoiy muammolarni yanada murakkablashtirib yubordi.

Respublikada iqtisodiy va ijtimoiy siyosat uzoq vaqt mehnatga layoqatli kishilar ortiqchaligi, oilalarda bolalar ko’pligi, aholining mehnat ko’nikmalari o’ziga xosligi yetarlicha e'tiborga olinmagan holda amalga oshirildi. Buning oqibatida sermehnat tarmoqlar, ishlab chiqarishning kichik shakllari yetarli darajada rivojlanmadi. Sanoat korxonalarining filiallari va sexlarida sanoat xodimlarining 10 foizdan ozrog’i band edi. Mahalliy aholi o’rtasida kichik korxonalar g’oyatda manzur bo’lganligini hisobga olsak, bu ko’rsatkich juda past ekanligini anglash mumkin.

Ilmiy asoslanmagan noto’g’ri yo'1 bilan pala-partish joylashtirilgan ko’pgina sanoat korxonalari demografik va ekologik vaziyatni hisobga olmay qurildi. Ko’p mehnat talab qiladigan emas, balki ko’p fond talab qiladigan ishlab chiqarishlar, zararli chiqitlar va oqindi-lar salmog’i katta bo’lgan korxonalar barpo etildi. Respublika aholisining manfaatlariga xilof ravishda yirik shaharlarda o’nlab ishlab chiqarish korxonalari barpo qilindi. o’sha yillar mobaynida Toshkentda shahar aholisiga biron-bir narsa berish u yoqda tursin, unga katta ziyon yetkazadigan 70 dan ortiq korxona, ombor, bazalar joylashtirilgan edi. Ayni paytda Jizzax va Termiz kabi shaharlarda sanoat korxonalari juda kam qurilgan bo’lib, 80-yillar o’rtalarida ham o’z xom ashyo bazasida ishlaydigan bironta to’qimachilik va tikuvchilik korxo-nasi yo’q edi.

Umuman olganda, 70—80-yillarda respublikada ko’plab sanoat korxonalari qurilganligiga qaramasdan, 4,5 million kishi, ya'ni butun aholining 45%i turmush tarzi eng past darajada bo’ldi, ishsizlar soni salkam 1 mln ga yetdi. Ish bilan ta'minlanmaganlar orasida 16—29 yoshli yigit va qizlar 1970—1985-yillarda 33%dan 50%ga yetdi. Qishloq joylarda, ayniqsa, Buxoro viloyati va Qoraqalpog’istondagi qishloqlarda yoshlar orasida ishsiz-lar salmog’i bundan ham ortiq edi.

Biroq, ayni paytda, Toshkent, Farg’ona viloyati sha-harlari, Samarqand kabi yirik shaharlardagi sanoat kor-xonalarida band bo’lmagan ish joylari ham ko’p edi. Bu-ning sababi mahalliy aholida zarur mehnat ko’nikmalari va tegishli malakaning yo’qligi, mehnat va turmush sharoitining yomonligi, mehnatga haq to’lashning nis-batan pastligi, kadrlar tayyorlash, korxonalarni joy-lashtirish masalalari puxta o’ylanmaganligida edi. Ammo bu muammolarni hal qilishga urinilmadi, holbuki, boshqa mintaqalardan ortiqcha ishchi kuchlarini safarbar qilish bilan ular osonlikcha o’z yechimini topardi.

Aslini olganda, respublikamizda Ittifoq markazining manfaatlarini ko’zlab ko’plab korxonalar qurildi va shunga mo’ljallab boshqa mintaqalardan minglab kishi-lar keltirildi. Ularga ma'lum imtiyozlar berildi, ular turli qaror va farmoyishlar bilan himoya qilindi. Uy-joy Rossiyadan kelganlarga navbatsiz berilardi.

Mehnat bilan bandlik 1970-yilda 77%ni tashkil etgan bo’lsa, 1985-yilda 73%ga tushib qoldi. Mazkur muammo qishloq joylarida ayniqsa keskin tus olib bordi. Ish bilan band bo’lmagan aholining uchdan ikki qismi qishloqqa to’g’ri kelardi.

Respublikamizda sanoat korxonalarini joylashtirish ilmiy asosda olib borilmadi, ya'ni ularni joylashtirishda hududlarning xususiyatlari, xom ashyo, moddiy resurslar, malakali kadrlarning bor-yo’qligi hamda ekologik vaziyat kamdan-kam hisobga olindi. Mehnatga layoqatli aholini ish bilan band etish muammolari yillar davomida to’la hal etilmadi.


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish