Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan



Download 1,75 Mb.
bet4/32
Sana16.12.2019
Hajmi1,75 Mb.
#30517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza m


Savol va topshiriqlar

1. Turkistonda tashkil qilingan ma'muriy va siyosiy tashkilot-iar faoliyati qanday maqsadlarga yo’naltirilgan edi?

2. Iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilgan chora-tadbirlar-dan aholi tabaqalarining norozi bo’lishi sabablarini nimada deb bilasiz?

3. Yer-suv komitetlari, kambag'allar uyushmalarini tashkil qi-lish harakatidan qanday maqsadlar ko’zda tutilgan edi?

4. Turkistonda boshqaruv tizimining o’zgarishiga misollar keltiring.

6-§. XORAZMDA MILLIY-DEMOKRATIK HARAKAT. XON HOKIMIYATINING AG’DARILISHI

Reja:


  1. Xorazmda 1917 yildagi islohotchilik harakati: natijalari va mohiyati

  2. 2.Xonlikda vaziyatning keskinlashib borishi.

  3. 3.Bolshevistik tajovuzkorlikning kuchayishi. Xonning ag’darilishi. Respublikaning tuzilishi.

Xiva xonligi va Buxoro amirligida rivqjlanib kelgan demokratik harakat qo’shni davlatlarda bo’lgani kabi kengaydi. Birinchi jahon urushi hamda chorizmning ag’darilishi ularga ham sezilarli ta'sir ko’rsatdi. Bu ikki xonlikda ham ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, siyosiy o’zga-rishlar yuz berdi. Ijtimoiy harakat ko’p hollarda demokratik jarayonga o’sib bordi, islohotchilik talablari amaliyotda mujassamlashdi. Xalq ommasi tabaqalari, vakillari, ijtimoiy arboblarining qarashlari, talablari namoyon boldi. Shunga yarasha siyosiy tashkilotlar, yangi davlat boshqaruvlari o’rnatildi.

Xorazmda 1917 yildagi islohotchilik harakati: natijalari va mohiyati.Yosh xivaliklar partiyasi manfaatlanni lfoda qilib, o’z faoliyatini kengaytirib bordi. Uning saflarida ziyolilar, hunarmandlar, savdo tijorat doiralarining vakillari, bir qator ruhoniylar, ilg’or yoshlar to’plangan edi. Polvonniyoz Hoji Yusupov (1861-1936), Bobooxun Salimov (1874-1929), Hu-saynbek Matmurodov va boshqalar ommaga rus podshosi ag’darilishining mohiyatini, unda Davlat dumasining rolini, Muvaqqat hukumat tuzilishi mohiyatlarini tushuntirib, Xorazm xalqi oldida turgan vazifalar to’g’risida gapirdilar. Xalq ommasini islohotlar, ijobiy o’zgarishlar g’oyalari asosida uyushtirishga intildilar.

1917-yil fevralida Xiva xoni Asfandiyorxon davola-nishga ketgan edi. Xorazmda tartibni saqlab turishni Muvaqqat hukumatning Turkiston Komiteti amalga oshirdi. Xivada va Petro-Aleksandrovsk (hozirgi To’rt-ko'l)da rus armiyasining garnizonlari joylashgan edi. Shuningdek, Toshkentdan general Mirbadalov qo’mon-donligi ostidagi harbiy otryad ham Xivaga yetib keldi. Yosh xivaliklar xon poytaxtga qaytgan zahoti u bilan muloqotga tayyorgarlik ko’rdilar. Katta miting o’tkazish va xon oldiga vakillar yuborish rejalashtirildi.

16 kishidan iborat delegatsiya saylandi, unga turli tabaqa vakillari kiritildi. Xon oldiga qo’yilajak talablar ishlab chiqildi. Ular Majlis (parlament)ni tashkil qilish, o’ta reaksion amaldorlar (ministrlar)ni qamoqqa olish, Yosh xivaliklardan yangi hukumatni tuzish, soliqlar tizi-mini tartibga solish, qator boshqa ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirishdan iborat edi.

1917-yil 4-aprelda devonbegi hovlisi oldida ko’p ming kishilik miting bo’lib o’tdi. Shu kuni rus soldatlari Muvaqqat hukumatga sodiqlikka qasamyod qildilar. Miting qatnashchilari soldatlarni tabrikladilar va Nurul-laboy saroyi tomon yo'1 oldilar.

Polvonniyoz Yusupov va Husaynbek Matmurodov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari xon oldiga kirib, islo-hotlar o’tkazish talablarini bayon qildilar. Xon xalq harakatining keng quloch yozganidan qo’rqib ketdi. U talablarni qondirishga rozilik berdi. Mamlakatning ko’zga ko’ringan arboblari, ular qatori Yosh xivaliklar manifesti matnini ishlab chiqdilar va u 5-aprelda tantanali sharoit-da e'lon qilindi. Xon Majlisni chaqirishga va boshqa islohotlarni o’tkazishga rozilik bildirdi. U reaksion, xalqqa ko’p jabr-zulm o’tkazgan amaldorlar Ibrohimxo’ja, Ashur mahram, Ota mahram, Ro’zimuhammad mahram, Shohnazarboy yasovulboshini qamadi. Ular o’rniga Yosh xivaliklardan yangi odamlar tayinlandi. Mahkamai adliya deb atalgan Majlisga saylovlar o’tkazildi, deputatlar soni 49 kishidan iborat bo’ldi. Manifestda ko’rsatilishicha, bu organ islohotlar o’tkazilishini nazorat qilishi kerak edi. 1917-yil 26-aprelda Majlis ish boshladi. Unda Majlis raisi qilib Bobooxun Salimov, hukumat raisi qilib Husaynbek Matmurodov saylandilar.

Shunday qilib, mamlakatdagi ijtimoiy harakat dast-labki demokratik o’zgarishlar — islohotlar to’g’risidagi manifestning e'lon qilinishi va Yosh xivaliklar ishtirok etgan Majlisning tashkil qilinishiga olib keldi. Xon hokimiyatining cheklanishi belgilandi: bu o’zgarishlar-ning ahamiyati shunda ediki, demokratiya yo’lidagi dast-labki qadamlar qon to’kilmasdan sodir bo’ldi. Yosh xiva-liklar, mamlakat ilg’or doiralarining maqsad-intilishlari shu jihatdan so'1-ekstremistik bolshevikcha maqsad va siyosatdan farq qilar edi. Xorazmning siyosiy, iqtisodiy hayotida boshqa turdagi vo-qealar sodir bo’ldiki, natijada vaziyat o’ta murakkablashdi va chigallashdi. Jahon urushi xonlikning chetga paxta, beda urug’i, boshqa mahsulotlar sotishiga, bir qator mollarni olib kelishiga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Paxta ekin maydonlari qisqardi, paxta tozalash zavodlari ishi to’xtadi. Hunarmandlar uchun temir, ba'zi boshqa mollar taqchil bo’lib bordi.

Amaldorlar xalq ommasi ustidan zo’ravonlikni da-vom ettirdilar. Soliqlarni yig’ishtirib olishda tartib va izchil qoidalarning yo’qligi, oddiy fuqarolarga nisbatan adolatsizliklar jamiyatda norozilikning kuchayib borishi-ga olib keldi. Iqtisodiy hayotning izdan chiqishi natijasi-da ochlar soni ko’paydi, ijtimoiy ziddiyatlar keskin-lashdi. Yosh xivaliklar boshchiligidagi Majlis qator masalalar bilan shug’ullandi. Maorif islohotini o’tkazish, amaldor-lar daromadlarini hisobga olish va nazorat qilish,

boshqaruvni markazlashtirish, yo’llar va aloqa vositala-rini rivojlantirish ana shunday masalalardan edi. Majlis va Yosh xivaliklar hukumati mamlakatning tashqi alo-qalarini yo’lga qo’yishga ham harakat qildilar. Bu xalq ommasining o’sishiga ancha ijobiy ta'sir ko’rsatar edi.

Asfandiyorxon, uning atrofidagi reaksion amaldorlar progressiv o’zgarishlar, ayniqsa, xon hokimiyatining cheklanishini istamadilar. Yosh xivaliklar hamda Maj-lisga qarshi doiralar o’z kuchlarini to’play boshladilar va qarshi harakatga kirishdilar. 1917-yil may oyi boshida Bobooxun Salimov boshchiligidagi Majlis delegatsiyasi Turkiston Komiteti bilan aloqa o’matish uchun Tosh-kentga jo’naydi. Shu paytda Asfandiyorxon Yosh xivalik-larga qarshi fitna uyushtiradi. Hukumat raisi Matmuro-dov va yana 16 kishi qamoqqa olinib, shariatga zid ish ko’rganlikda ayblanadilar. Majlis tarkibi yangilanadi, unga xon amaldorlari va reaksion ruhoniylar kiritiladi.

Yosh xivaliklar hukumati faoliyatining dastlabki bosqichi (1917-yil 26-apreldan iyun o’rtalarigacha) shu bilan yakunlandi. Asfandiyorxon o’z mavqeini mus-tahkamladi, demokratik o’zgarishlar jarayoniga to’siqlar qo’yildi, xon manifestida aytilgan islohotlar bekor qi-lindi. Majlis keyinchalik xonga yon bosib, faoliyati bo’shashib ketishiga qaramasdan 1917-yil noyabr oyi oxirlarida xon Majlisni tarqatib yubordi.Asfandiyorxon Rossiya Muvaqqat hukumati, uning Turkistondagi vakillari bilan aloqa o’rnatishga intildi. Boshqaruvni yo’lga qo’yish uchun polkovnik Zaytsev Muvaqqat hukumatning Xorazmdagi harbiy komissari etib tayinlandi. U mamlakatdagi va Amudaryo bo’li-midagi rus harbiy qismlari qo’mondoni ham bo’ldi. Zaytsev sentabr oyi boshida katta harbiy otryad bilan Xivaga keldi.

Shu vaqtning o’zida turkman yovmutlarining bosh-lig'i Junaidxon (1857-1938) Xorazmga keldi. U 1916-yil qo’zg’oloni bostirilgandan so’ng Afg’onistonga o’tib ketgan edi. Junaidxon qisqa vaqt ichida o’z qo'1 ostiga bir yarim ming qurolli otliqlarni to’pladi. 1917-yil oktabr voqealari Xorazm mustaqilligi uchun ham xavf tug’dirdi.Shu sababli mamlakat kuchlarini birlashtirish uchun harakat boshlandi. 1918-yil yanvar oyida Junaidxon mamlakat qurolli kuchlari qo’mondoni etib tayinlandi. Amudaryo bo’limi (markazi Petro-Aleksandrovsk - To'rtko'1) Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan. Fevral inqilobidan keyin To’rtko’lda ham sovetlar tuzildi va faoliyatini boshladi. Bundagi so'1-ekstremistik guruhlar sovetlarga rahbarlikni qo’lga olish bilan qanoat-lanmasdan, bu yerdan butun Xorazmga tahdid sola boshladilar.Malumki, oktabr to’ntarishi oqibatida tuzilgan sovet hokimiyati Sharq xalqlari, jumladan, Buxoro va Xorazm hududlari daxlsiz, podsho hokimiyati tuzgan mustam-lakachilik bitimlari bekor qilindi, deb e'lon qilgan edi. Chorizm Amudaryoning o’ng qirg’og’i (To’rtko’l)ni Xorazmdan tortib olib, Turkiston general-guberna-torligiga qo’shgan edi. Xiva xoni To'rtko'1 va uning atrofidagi yerlarni qaytarib berishni Turkiston bolshevis-tik rahbariyatidan talab qildi. Bunday talabni qo’yishga yana sabab shu ediki, To’rtko'1 inqilobiy kuchlari Amudaryo so'1 qirg’og’i yerlariga tahdidni kuchaytirib yubordilar. Xonga qarshi siyosiy muxoliflarni inqilobiy fitnachilik, zo’ravonlik ishlari doirasiga torta boshladilar. Ham Xiva xoni, ham TSR hukumati To'rtko'1 (undagi harbiy istehkom, kemalar to’xtash joyi pristan)ning muhim siyosiy-strategik ahamiyatini tushunar edilar va yon berishni istamadilar.To’rtko’ldagi harbiy garnizon, shuningdek, sovet-lardagi siyosiy unsurlar ichida kelishmovchiliklar va zid-diyatlar tobora kuchayib bordi. Xiva aholisi ham rus armiyasining mamlakatda turishiga norozilik bildirdi. Shu sababli Zaytsev ikkita piyodalar otryadini To’rtko’lga ko’chirdi.1918—1919-yillarda Xorazmning iqtisodiy ahvoli og’irlashib, xalq ommasining moddiy qiyinchiliklari ortib bordi. Matbuotda ocharchilikning kuchaygani haqida xabar qilinadi. Asfandiyorxon hukmronligidan xalq ommasigina emas, amaldorlar va turkman qabilalari boshliqlari ham norozi edilar. 1918-yil 1-oktabrda saroy fitnasi oqibatida Asfandiyorxon o’ldirildi. Uning katta akasi Said Abdulla xon deb e'lon qilindi, hukumat bosh-lig’i Davlatmurod mahram bo’ldi. Yangi xon davlat ish-lari bilan shug’ullanmas edi. Hokimiyat Junaidxon qo’lida markazlashdi.

1918-yil 25-noyabrda Junaidxon qo’shinlari Amudaryodan o’tib, To’rtko’lni olmoqchi bo’ldi va uni qamal qildi. Ammo Chorjo’ydan «Toshkent» paroxodida harbiy kuch yordamga yetib keldi va hujum natijasiz chiqdi.9-aprelda Xiva yaqinidagi Taxtada bitim imzolandi. Unda, chunonchi, sovet hukumati Xorazm aholisining mustaqilligini tan oladi, deyilgan edi.

Ammo Xorazmga qarshi tajovuzkorliklar to’xtamadi. To'rtko'1, o’ng qirg’oqning boshqa joylarida xonga qarshi muxolifatchilardan drujinalar tuzildi, ular qurol bilan ta'minlandilar. 1919-yil 19-avgustda katta kommu-nistik otryad Chorjo’ydan To’rtko’lga yetib keldi. Shuningdek, qator bolshevistik tashkilotchi va targ’i-botchilar ham yuborildi.

1919-yil kuzidan amaliy tajovuz boshlandi. Bol-sheviklar Xorazm xalqi inqilob uchun yetilib, hatto mamlakatda qo’zg’olonlar boshlandi degan bahonada, go’yo ularga yordamga tayyor ekanliklarini e'lon qildilar. 1919-yil 21-noyabrda Turkfront harbiy inqilobiy soveti o’z vakili Skalovni yubordi. 28- va 30-noyabr kunlari To’rtko’lga qo’shimcha harbiy qismlar yetib keldi.

Tajovuzkorlik harakatlari 1919-yil dekabridan bosh-landi. 22-dekabrda shimoliy otryad, 24-dekabrda janubiy otryad Amudaryoni kechib o’tib, shahar va qishloqlarni ishg’ol qildi. 1920-yil 20-yanvarigacha shimoliy otryad Xo’jayli, Ko’hna Urganch, Porsu, Ilyali, Toshhovuzni egalladi, janubiy otryad 20-yanvarda Taxtani, 1-fevralda Xivani ishg’ol qildi.

1920-yil 2-fevralda Said Abdullaxon taxtdan voz kechdi, butun hokimiyat muvaqqat inqilobiy qo’mita qo’liga o’tdi.

Xorazmda xon va Buxoroda amir hokimiyatlarining ag’darilishi ob'ektiv qaraganda progressiv voqealar bo’ldi. XX asr boshlarida bu mamlakatlarda mavjud bo’lgan hokimiyat tizimlari, ijtimoiy-iqtisodiy muno-sabatlar chuqur inqirozga uchrab, jamiyatning ilgarilab borishida jiddiy g’ovga aylangan edi. Progressiv, demokratik doiralar, birinchi navbatda Yosh buxorolik-lar, shuningdek, Yosh xivaliklar boshi berk ko’chadan chiqib olish o’zanida faoliyat ko’rsatdilar, xalq ommasi manfaatlari va mavjud sharoit hisobga olingan dasturil-amallarini ilgari surdilar.

Ammo bolshevikcha ekstremizm, inqilobiy o’zgarish-larning zo’rlik, qizil qo’shin kuchi bilan kirib kelishi aholi boshiga og’ir kunlarni soldi, siyosiy, iqtisodiy, ijti-moiy munosabatlarning chigallashishiga olib keldi.



Savol va topshiriqlar

1. Xorazmda 1917-yil fevralidan keyin avj olgan junbushlar qanday maqsadlarga qaratilgan edi?

2. Yosh xivaliklar qo’lga kiritgan yutuqlarni gapirib bering, ulaming ahamiyati nimadan iborat bo’lgan?

3. Xon va amaldorlaming demokratik yangiliklarga qarshi kurashi nimalarda ko’rinadi?

4. Turkiston bolsheviklarimng Xorazmga tahdidi va tajovuzkorligi bosqichlari jadvalini tuzing.

7-§. BUXORO AMIRLIGIDA ISLOHOTLAR UCHUN KURASH. AJNABIY TAJOVUZKORLIK. AMIR

HOKIMIYATINING AG’DARILISHI

Reja:

1.Islohotlar uchun kurash-ning amaliy bosqichi

2.Vaziyatning keskinlashib borishi.1918 yil mart oyi voqealari.

3.1918-20 yillarda Buxorodagi ijtimoiy- siyosiy ahvol. Amirlikning mahv etilishi.

Rossiyada podsho hoki-miyatining ag’darilishi Buxo-ro amirligida ham ba'zi o’z-garishlar uchun turtki bo’ldi.Amir Said Olimxonning e'tirof etishicha, Muvaqqat hukumat Buxoro mustaqilligining tiklanganligini tan oldi. Bu haqda kelishuv imzolandi. Amir hukumati Afg’oniston va boshqa yerlar bilan aloqa o’rnatdi. Rossiya-Buxoro aloqalarida ham o’zgarishlar bo’ldi. Buxoroda ish olib borgan siyosiy agent Rossiya hukumati rezidenti deb atala boshlandi. Shuningdek, Buxoro amirligi hududidagi rus posyolkalarida ham ishchi va soldat sovetlari paydo bo’ldi, posyolkalarda siyosiy beqarorlik kelib chiqdi. Bu hol Buxoro-dagi muhitga ham bir-muncha ta'sir ko’rsatdi.

Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy muhit o’zgara boshladi. Hukmron taba-qaning, amir, amaldor-larning cheklanmagan va nazoratsiz boylik ortti-rishlari, sivilizatsiya mu-him ko’rinishlarining bo’lmagani, keng xalq ommasining haq-huquq-sizligi asosli ravishda noroziliklar keltirib chi-qardi. Buning natijasida hamda jadid Yosh buxoroliklar, ilg’or doiralar faoliyati oqibatida jamiyatda tub o’zgarishlarning amalga oshishi yetilib qoldi.

Buxoroning ichki-siyosiy hayoti 1917-yil bahorida yangi pallaga kirdi. Islohotlar, o’zgarishlar zarurligi aniq bo’lib qoldi. Islohotlar o’tkazish g’oyasiga bo’lgan mu-nosabatda mamlakat doiralari asosan ikki oqim — libe-ral-demokratik va konservativ oqimlarga bo’lingan edi. Birinchi oqim Yosh buxoroliklar va ularga yaqin demok-ratik doiralarda tashkil topti. Ular Yosh buxoroliklar islo-hotlar dasturini ishlab chiqishga kirishib, ilg’or g’oyalar va ularni amalga oshirish yo’llari ustida keng fikr almash-moqda edilar. Endi ular islohotlarni amalga oshirishni talab qilib chiqdilar. Bu talablar shu qadar ta'sirchan ediki, amir va Rossiya rezidenti bu jarayon o’zanida ish ko’rishga majbur bo’ldilar. Lekin ular islohotlar masalasi-dan o’z maqsadlari uchun foydalanmoqchi bo’ldilar.

Yosh buxoroliklar tashkiloti Rossiya rezidenti A.Mil-ler bilan aloqa bog’lab, fikr almashdi, Muvaqqat huku-matdan madad kutdi. Amir va qushbegi ham yangi Rossiyani o’z ittifoqchisi deb qaradilar. Ammo qozikalon Burhoniddin (Mirzo Urganjiy), rais Nizomiddinxo’ja va ularning tarafdorlari har qanday o’zgarishlarga qarshi chiqdilar. Amir qozikalon va raisni amalidan bo’shatdi, ularning o’rniga mo"tadil kayfiyatdagi Sharifjon (Sadr Ziyo) va Abdusamadxo’jani tayinladi.

1917-yil 7-aprelda Buxoro Arkining katta binosida amaldorlar, ruhoniylar, Rossiya vakillari, Buxoro va Turkiston jamoatchiligi vakillari yig’inida, shuningdek, Olimxon ishtirokida amir farmoni (manifesti) e'lon qilindi. Poytaxtda obro’li arboblardan iborat mahkamani tuzish, amaldorlar, ularning daromadlari ustidan nazorat o’rnatish, soliqlar tizimini tartibga solish, davlat byudje-tini joriy qilish, sanoat, tijorat, ma'rifat rivojlanishi uchun qayg’urish va'da qilindi.

Amir manifestining e'lon qilinishi 8-aprelda de-mokratik va konservativ lagerlarning ko’chaga chiqishiga sabab bo’ldi. Demokratik doiralar amir manifesti mam-lakatda tinch yo'1 bilan progressiv o’zgarishlarni amalga oshirish uchun dastlabki qadam, deb qaradilar. Shukrona namoyishi o’tkazishga qaror qilindi. «Yashasin islohot!», degan yalovlar ko’tarildi. Bir necha yuz kishi shahar markazi — passajdan Govkushon va Xiyobon orqali Registonga yurish boshladi. Namoyishchilar boshida F.Xo’jayev, Abdulvohid Burhonov (Munzim), Ota-xo’jayev, Mirbobo, Yusufzoda va boshqa faollar bordilar. Bir necha joyda qisqa mitinglar bo’ldi, namoyishchilarga yangi-yangi guruhlar kelib qo’shildi. Namoyishchilar ko’tarinki kayfiyatda edilar. Shu kuni konservatorlar va mutaassib guruhlar Registonda to’planib, islohotga, yangiliklarga qarshi jangarilik va murosasizlik kayfiyatlar-ini izhor etdilar. Ba'zi amaldorlarga nisbatan, islohot tarafdorlariga qarata dushmanona dag’dag’alar, hay-qiriqlar qildilar. Ularning jazavasi soat sayin kuchayib bordi. Bunday murakkab vaziyatda ikki lagerning to’qnashuvi noxush oqibatlar keltirishi mumkin edi. De-mokratik kayfiyatdagi namoyishchilar boshliqlari Regis-tonga borish niyatidan qaytdilar, namoyishchilarni tar-qalib ketishga daVat etdilar. Tadbir oxirigacha yetkazil-magan bo’lsada, u Buxoro amirligi demokratik o’zgarish-lar, islohotlar uchun yetilmaganligini yaqqol ko’rsatdi. 8-aprel voqealarining yakuni shu bo’ldiki, hukumat-dan konservativ kuchlar yana ustunlikka erishdilar. Dovdirab qolgan amir qozikalon Sharifjon maxdumni lavozimidan bo’shatdi, g’azablangan mutaassiblar rais Abdusamadxo’jani olomon qilib o’ldirdilar; qushbegi Nasrullobek buyrug’i bilan shoir Sadriddin Ayniy, Yosh buxoroliklar Mirbobo, Mirzo Nazrullo 75—150 darra urib jazolandilar. Islohotchilik harakatining bu bosqichi mana shunday noxushlik bilan yakunlandi.

Vaziyat jiddiylashib bordi.Dovdirab qolgan amir oqibat natijada mutaasib konservatorlarga yon bosdi. Islohotlar amalga oshirilmadi. Yosh buxoroliklar Yangi Buxoro (Kogon), Chorjo’y, Karki, Termizga ko’chib borib namoyishlar, majlislar o’tkazdilar, o’z faoliyatlarini davom ettirdilar.

Rus posyolkalarida siyosiy boshboshdoqlik va iqti-sodiy tanglik avj olib bordi. Amir manifestining e'lon qilinishiga kelgan Samarqand soveti delegatsiyasi a'zosi Mahmudxo’ja Behbudiy va yana bir-ikki musulmon a'zolar marosim o’tgandan so’ng Samarqandga jo’nab ketdilar. Delegatsiyaning boshqa a'zolari esa jo’nab ketishdan bosh tortdilar, bir necha kun davomida Samarqand soveti bilan Yangi Buxoro soveti vakillari o’rtasida to’qnashuvlar bo’ldi.

1917-yil oktabr to’ntarishi natijasida ekstremistik, buzg’unchi unsurlar posyolkalarda hokimiyatni qo’lga oldilar. Harbiy qismlar, qizil gvardiyachilar soni ko'-paytirildi. Bu jiddiy o’zgarishlar mamlakat aholisi ha-yotiga va Yosh buxoroliklar kayfiyatiga salbiy ta'sir ko’r-sata boshladi. Rus posyolkalaridagi garnizonlarning askarlari oziq-ovqat va yem-xashakni Buxoro tumanlari aholisidan tortib olishga kirishdilar. Turli xil qog’oz pullarning qiymati qolmagani natijasida yerli aholi o’z mahsulotlarini bu pullarga sotishni istamadi, soldatlar esa ba'zi joylarda zo’rlik bilan tortib olishgacha bordilar. Chunonchi, 1917-yil 9-oktabrda xabar qilinadiki, «Ter-mizda rus askarlari bilan bozorda savdo qilgan buxoroliklar o’rtasida to’qnashuv yuz berdi, buxoroliklardan o’ldirilganlar bor». Bunday hollar 1918-yilning qish va bahorida jiddiy tus oldi. Bu vaqtga kelib Fitrat Yosh buxoroliklar tashkiloti-ning takomillashgan dasturini ishlab chiqqan va bu dastur tashkilot tomonidan qabul qilingan edi. Unda dehqon-chilik va qishloq xo’jaligi, soliqlar, shuningdek, harbiy tizim, ichki ishlar, sud, yo’Uar, yer osti boyliklari, tashqi siyosat, maorif, vaqf masalalari batafsil ko’rilib ularni sivilizatsiya ruhi va mazmunida yechish taklif qilingan. Bu dastur ham islohotlarni tinch-osoyishta muhitda amalga oshirishni ko’zda tutgan. Unda aholi barcha qat-lamlarining manfaatlari himoya ostiga olingan.

Mana shunday vaziyatda 1918-yil 1-martda Turkiston XKS raisi RKolesov boshchiligidagi harbiy eshe-lonYangi Buxoro (Kogon)ga keldi. Yosh buxoroliklar-ning F.Xo’jayev, Abdurauf Fitrat, Otaxo’jayev, Abdulvohid Burhonov, Qori Yo’ldosh Po’Iatov, Fazliddin Mahsumdan iborat rahbar qo’mitasi Kolesov bilan uchrashdi. Kolesov sharoit bilan tanishib chiqmay, Yosh buxoroliklarning kayfiyatini ham hisobga olmasdan Buxoroga harbiy kuch bilan hamla qilishga qaror qildi.

Yosh buxoroliklar xunrezlikning oldini olishga intilib, amir nomiga ultimatum (talabnoma) yubordilar. Unda islohot dasturi tamoyillari bayon qilingan edi. Lekin voqealar davomi o’zgacha kechdi. Amirdan javobni kut-masdan Kolesov buyrug’i bilan qo’shin, zambaraklar, jami qurol-aslahalar eshelondan tushirilib, hujumga tayyorlandi. Bu qon to’kilishi xavfini tug’dirdi. Amir hukumati darhol ultimatum talablariga roziligini bildirdi. Amirning islohot o’tkazish to’g’risidagi ikkinchi far-monini tayyorlashga kirishildi, ammo 2-martda Buxoroga hujum boshlandi.

Amir hukumati muzokara olib borish bilan birga o’z kuchlarini ham harakatga keltirdi. G’azavotga safarbar qilinganlar Chorjo’ydan Karmanagacha bo’lgan temir yo’lni buzdilar, tajovuzkor qo’shinga har tomonlama hujum qildilar. Kolesov qo’shini qurshovda qoldi, o’q-dorisi tugadi, ahvoli og’irlashdi. Shu kuni — 2-martda amirning ikkinchi farmoni Yangi Buxoro (Kogon)ga yetkazildi. Yosh buxoroliklar qo’mitasi hujumni to’x-tatishni talab qildi. Muzokaralar bir necha kun davom etdi. 1918-yil 25-martda Qiziltepa bitimi imzolandi. Kolesovning tajovuzkorligi sharmandalarcha barbod bo’ldi.

1918-1920-yillarda Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy ahvol. Amir-likning mahv etilishi. Amirning 2-martdagi farmonida birinchi farmonning hayotga tatbiq etilmaganiga «ba'zi bir amaldorlarning ig’vogarligi» sabab qilib ko’r-satilgan, «hur fikrli kishilar»dan ijroiya komitet ta'sis eti-lajagi, «erkinlik dushmanlari»ning chetlashtirilishi, aholi uchun og’ir bo’lgan soliqlar - amlok va aminonaning bekor qilinishi, yangicha soliqlarning joriy qilinishi e'tirof etilgan edi. Ammo qurolli to’qnashuv oqibatida boshqa masalalar ustuvorlik qildi. Buxoroda, amirlikning boshqa joylarida siyosiy vazi-yat tubdan o’zgardi. Ijtimoiy va siyosiy hayot jarayoni o’zanidan chiqib ketdi. Yosh buxoroliklar quvg’ini, ularni hibsga olish, qatl qilishlar sodir bo’ldi. Jami 3 mingga yaqin kishi qatl etildi. Yosh buxoroliklar Samarqand, Toshkent va boshqa joylarga muhojirlikka ketdilar.

Yosh buxoroliklar, ilg’or kayfiyatdagi ziyolilar va arboblar bo’lib o’tgan voqealar, siyosiy vaziyatning o’zgarganini chuqur tahlildan o’tkazdilar, oldinda turgan vazifalarni muhokama qildilar. Yosh buxoroliklar o’z siyosiy yo’nalishlariga va taktikasiga bir qator muhim o’zgarishlar kiritdilar. Ulardan eng asosiysi tubdan o’zgargan vaziyatda tinch yo'l bilan amir hokimiyati saqlangan holda amirlikda demokratik o’zgarishlar bo’lishi imkoniyati qolmagan, deb e'tirof etilishi edi.

Fitrat, F.Xo'jayev va boshqalar milliy harakatda faol qatnashdilar, Buxoroda islohotlar o’tkazish borasidagi faoliyatni davom ettirdilar. Fitratning bunday faoliyati 1917-yil bahorida boshlangan edi. 16-apreldan Samar-qandda chiqa boshlagan «Hurriyat» gazetasining 24— 74-, 82—87-sonlariga Fitrat muharrirlik qildi. Kolesov voqealaridan so’ng Fitrat Toshkentda yashadi, «Chi-g’atoy gurungi» adabiy-ma'rifiy to’garagining tash-kilotchilaridan va faol a'zolaridan biri bo’ldi. Fitrat o’z maqola va asarlarida milliy davlatchilik, vatanparvarlik g’oyalarini tarannum etdi. F.Xo’jayev Yosh buxoroliklar g’oyalari ruhidagi dasturiy hujjat — maromnomani tuzdi va nashr etdi, «Uchqun» gazetasining chiqishini tashkil qildi. 1918—1920-yillarda Yosh buxoroliklar dasturlari, siyosiy qarashlari, taktikasida Buxoroda islohotlar o’tkazish uchun kuch, zo’rlik ishlatish zarur bo’lib qol-gani tan olindi, ikkinchi tomondan, aholining diniy e'tiqodi e'tirof etildi. Shuningdek, bolshevistik proletar diktaturasi, mulkdorlarni ekspropriatsiya qilish qoida-lariga yon berilmadi.

Buxoro hukumatining tashqi siyosatida, iqtisodiy alo-qalarida o’zgarishlar sodir bo’ldi. Rossiya qog’oz pullari ko’payib ketdi, ularning qiymati deyarli qolmadi. Natijada aholi rus posyolkalari, temir yo'1 bekatlarida bu pullarga mol, oziq-ovqat sotmay qo’ydilar. Turkiston hukumatiga mol ayirboshlash taklif qilindi. Lekin Buxoro paxtasi evaziga beriladigan paxta yog’i, guruch Turkistonda yetarlicha yo’q edi, savdo bo’lmadi. Shu vaqtning o’zida Buxoro bilan Angliya o’rtasida savdo birmuncha jonlandi. Jumladan, 1918-yilda inglizlar Bu-xoro bozorlarida 1 mln. pud paxta, 1 mln. dona qorako'1 teri, 200 ming pud jun, 150 ming pud xom ipakni xarid qildilar. Bu aloqalar 1919- va 1920-yilda ham davom etdi. Masalan, faqat 1919-yil bahorida ingliz savdogarlari 400 toy qorako'1 terini xarid qilib olib ketdilar. Chetga sotish uchun Buxoroda mahsulot ancha ko’p bo’lib, an'anaviy Rossiya bozori batamom izdan chiqqan, qog’oz pulning xarid quvati yo’q edi. Natijada Buxoroda ko’plab mollar, ayniqsa, paxta, qorako'1 teri, ipak sotilmay, omborlarda to’planib qolaverdi. o’z nav-batida ekin maydonlari qisqardi, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari oshdi. Rossiyadagi inqilobiy voqealar natijasida Buxoro savdogarlarining talaygina mollari Moskva, Nijniy Novgorod, Kazalinsk va boshqa joy-lardagi do’konlar, omborlarda qolib ketdi.

Buxoro bilan Rossiya davlatlari o’rtasidagi munosabatlar murakkab kechdi. Yangi rus hukumati chorizmning mustamlaka bitimlari bekor qilinadi, deb e'lon qilishi bilan Buxoro hukumati Samarqand va Jizzax, ularning atrofidagi yerlarim qaytarib berish masalasini qo’ydi. Lekin RSFSR hukumati bunga rozi bo’lmadi, aksincha, Buxoroni o’z ta'sir doirasiga olish choralarini ko’rdi.

1920-yil bahorida amir Turkkomissiya a'zolari Eliava va Frunzeni qabul qilib, muzokaralar olib bordi. Sav-dogarlarning vakillari Rossiyada qolib ketgan mollar taqdirini hal qilish uchun Buxorodan jo’nab ketdilar. Lekin RSFSR— Buxoro munosabatlari yomonlashib bordi. Moskvaning ma'qullashi oqibatida Buxoro amirligiga qarshi dushmanlik kampaniyasi kengaytirildi va ashaddiy tus oldi. Qo’pol ravishda Buxoroning ichki siyosiy tuzumini qurol bilan o’zgartirish choralari ko’rildi. Frunze, Kuybishyev o’z niyat-maqsadlarini ochiq-oydin gapirdilar. Amir hokimiyatiga muxolif kuchlar bolsheviklarga yordam so’rab murojaat ham qildilar.

1920-yil avgust oyi oxirlarida Turkiston fronti qo’mondoni MLFninze buyrug’i bilan Buxoro hududla-

rida juda katta harbiy kuchlar, zambaraklar, brone-poyezd, aeroplanlar jangovar holatga keltirildi. 29-av-gustga o’tar kechasi ko’p tomonlama tajovuzkorlik harakati boshlab yuborildi. Asosiy kuchlar poytaxt Bu-xoroga hujum qildilar. Qo’shinlar tinch aholi boshiga shiddatli o’q yog’dirdilar. Shahar vayron, ko’pgina odamlar qurbon bo’ldi. Buxoro shahrida yong’in avj oldi.Amir Olimxon poytaxtni tashlab chekindi, u Buxoroning sharqiy qismi tomon yo'l oldi. 1920-yil 2-sentabr kuni tajovuzkor kuchlar Buxoroni egalladilar. Amir hokimiyati ag’darildi.



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish