VIII -BOB YER TUZISHDA EKSPERT TIZIMLARI
8.1. Ekspert tizimlarining tarkibi va imkoniyatlari
YETLIAT va GATlarning kelajakdagi rivojlanishi ko’p jihatdan ekspert tizimlarini yaratish va foydalanishga bog’liq. Ular sun’iy intellekt tizimining bir turi hisoblanadi. Sun’iy intellekt - bu XX asrning 50 yillarida kibernetika, lingvistika, psixologiya va dasturlash fanlari orasida paydo bo’lib, Viner, Makkalok va Rozenblatlarning neyron tarmoqlari bo’yicha ishlaridan boshlangan va tez rivojlanayotgan ilmiy fandir. Uni bilimlar va ularni qanday qilib olish,
sun’iy tizimlarda ko’rsatish, ularning ichida qayta ishlash va amaliy masalalarni yechish uchun foydalanish to’g’risidagi fan sifatida qarash mumkin. Hozirgi vaqtda ushbu sohadagi izlanishlar bir qancha asosiy yo’nalishlar bo’yicha olib boriladi (32-rasm):
32-rasm.Suniy intelektdan foydalanish yonalishlari
Sun’iy intellekt sohasida eng yirik rivojlanish ekspert tizimlarini (ET) yaratish bilan bog’liq. Ular hozirgi vaqtda yetarlik darajada keng tarqalib ulgurgan va ko’plab amaliy masalalarni yechishda foydalaniladi.
Yer tuzishni loyihalash masalalarini yechish doimiy ravishda katta hajmdagi ekspertlar bilimlarini jalb etishni talab qiladi. Bu qator sabablardan kelib chiqadi: ushbu turdagi masalalarning ko’pchiligi ojiz tarkiblashtirilgan; ularni qo’yishda mutaxassis-ekspertlarning qatnashishi; turli xil, biroq amaliy jihatdan teng qiymatli loyihalar olish imkoniyati; yechimlarning yagona algoritmi yo’qligi; loyihalashning navbatdagi qadamlarida loyihalanuvchi obyektlarning murakkabligi oshib borishi va hisobga olinadigan ko’rsatkichlarning soni ko’payishi.
Ekspert tizimlari (33-rasm) - bu aniq amaliy masalalalarni yechishda baza obyektlari bilan manipulyatsiya qilishni ta’minlovchi, ahamiyatli komponentlari bilimlar bazasi (ularni taqdim etish uchun belgilangan shaklga mos qurilgan) va chiqarish mexanizmidan iborat odam-mashina tizimidir.
33-rasm. Ekspert tizimi faoliyatining umumiy chizmasi
Bilimlar bazasi o’zida ekspert ma’lumotlari to’plamini ifodalaydi, ya’ni, ma’lum fan sohasidagi mutaxassislar bilimlari. Odatdagi ma’lumotlar bazasidan farqli o’laroq, bilimlar boshqacha taqdim etish shaklini talab etadi: buning uchunerkin tarkibli semantik tarmoqdan va doimiy tarmoqlar-freymalardan foydalani-ladi. Freymalar umumiy tushunchalarni bayonlaydi, slotlar va katakchalar, ularni aniqlashtiradi va natijada ET lari iyerarxik tarkibga ega bo’ladi. «Yechuvchi» (chiqarish mexanizmlari bloki) yordamida ekspertlarning professional bilimlari va real vaziyatlar (masalaning kiruvchi ma’lumotlari) orasida aloqalar belgilanadigan mantiqiy xarakatlar yig’ilgan. Shunday qilib, ET eng asosiy bilim sohasi va mos masalalarni yechish usullari to’g’risidagi ekspertlarning tasavvurlari modeli hisoblanadi. Tizimning takomilligi ushbu bilim sohasiga tizim yaratuvchilarining qanchalik chuqur kirib borganliklariga, ya’ni ularning tajribasiga bog’liq bo’ladi.
ET ning bo’laklarga ajratilgan tarkibi 34-rasmda keltirilgan. Foydalnuvchi so’roviga asosan chiqarish moduli (yechuvchi) mavjud bilimlardan foydalanib, javobni qidiradi, bu qidirish, odatda, foydalanuvchi va ET orasidagi muloqat yordamida amalga oshiriladi. Agar masalaning yechilishi foydalanuvchida shubha
uyg’otsa, u tushuntirish talab etishi mumkin (bu vazifani rasmda ko’rsatilmagan tushuntirishlar pastki tizimi bajaradi).
] Ekspertlardan olinadigan bilimlar
Bilimlar bazasi
taxrirchisi
34-rasm. Ekspert tizimi tarkibi
Bilimlarni o’zlashtirish moduli, agar u ETga qo’shilgan bo’lsa, induktiv chiqarish tamoyilida faoliyat ko’rsatadi; bunday modullarni ishlash endi boshlanayapti, shuning uchun ko’pchilik mavjud ETlarda u yo’q bo’lishi mumkin.
Ekspert tizimlarini yaratish - kompyuter dasturlarini yaratish, ma’lumotlar bazalarini, axborot-izlash tizimlarini ishlab chiqishga nisbatan kamroq shakllangan jarayon. Buning sababi, ushbu sohaning yoshida (ETlar 30 yilga yaqin vaqtdan buyon ishlanmoqda) emas, balki, turli xil bilim sohalarida kelib chiqadigan, yomon formallashtiriladigan masalalarning xilma-xilligidadir.
Shunga qaramasdan ET yetarlik darajada keng qo’llaniladi; ularni quyidagi turlar bo’yicha klassifikatsiyalash mumkin:
interpretatsiya (kuzatilayotgan ma’lumotlar bo’yicha vaziyatlarni baholash);
bashoratlash (berilgan vaziyatdan kelib chiqishi mumkin bo’lgan xulosalarni chiqarish);
tashxislash (diagnostika, texnik tizim ishidagi yoki inson organizmidagi buzilishlarni kuzatishlar ma’lumotlari asosida chiqarish);
loyihalash (belgilangan cheklashlarni qoniqtiradigan obyektlarning shaklini qurish);
rejalash (ko’zlangan maqsadga erishish uchun xarakatlar rejasini ishlab chiqish);
nazorat (xavf yoki kutilmagan vaziyat to’g’risida ogohlashtirish berish);
tuzatish (faoliyatdagi kamchiliklarni tuzatish bo’yicha tavsiyalar berish);
ta’mirlash (tizimda aniqlangan kamchiliklarni tugatish);
o’qitish;
boshqarish (tizimni o’zgaruvchi sturlioitlarga moslash).
Hozirgi vaqtda o’z ichiga 6 asosiy bosqichni oladigan ETni yaratishning ma’lum texnologiyasi shakllandi: identifikatsiya, kontseptualizatsiya,
formalizatsiya, bajarish, sinash va tajribali foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |