Dasturli R/P Post Script Level 2 orqali chop etish:
amalda turli qanday murakkablikdagi fayllarni chiqarish imkonini beradi, ularning hajmi bo’yicha cheklashlar olib tashlanadi;
rangni uzatishdagi buzilishlarni tugatish uchun rang kolibrovkasini qo’llash imkonini beradi;
fayllarni chop etishga tayyorlash jarayonini tezlashtiradi (ayrim vaqtlarda bir necha marta), ayniqsa agar RIP Post Script til emulyatoriga emas, balki uning haqiqiy amalga oshirilishiga ega bo’lsa;
tasvirni cho’zishni, o’lchamlarga hech qanday cheklash qo’ymasdan, uni avtomatik tarzda plotter formatiga mos fragmentlarga bo’lib, keyinchalik bir butun qilib yelimlash bilan bajarish imkonini beradi.
CorelDraw va PhotoShop vazifalarining ko’plarini mujassamlab, tasvirni rastrli - vektorli tahrirlash imkonini beradi (bunday integral vazifalar eksport - import bo’yicha fayllar operatsiyalariga sarflanadigan vaqtni tejaydi).
Shunday qilib, dasturli RIP plotter texnologiyalarining zarur elementiga, plotterlar ishlari unumdorligi va sifatini oshirishning ahamiyatli vositasiga aylanadi.
Nazorat savollari va topshiriqlar
Loyihani tayyorlashni GAT yoki LIAT ga o’tkazishning umumiy texnologiyasi nimalardan iborat bo’ladi?
Uch o’lchamli grafikaga ishlov berishning asosiy texnologiyalarini sanab bering.
Grafikaviy stantsiya nima? LIAT bilan ishlashda u qanday asosiy ishlarni bajaradi?
Rastrli va vektorli tasvirlarga tarif bering.
Raqamli tasvirni yaratishning qanday usullarini bilasiz?
Gibrid texnologiyalar nimalardan iborat bo’ladi?
Raqamli tasvirni olishda qanday vositalardan foydalaniladi?
Skanerlash jarayoni nimalarni o’z ichiga oladi?
Qanday grafikaviy fayllar formatlarini bilasiz?
Qaysi grafikaviy format ma’lumotlarni siqishning eng yuqori darajasiga erishishni ta’minlaydi?
Vektorlashning qanday dasturiy vositalarini bilasiz?
LIATda qanday rastrli - vektorli tahrirchilardan foydalanish mumkin?
Qanday qurilma grafikaviy ma’lumotlarni qog’ozga chiqarishni
ta’minlaydi?
Grafikaviy chiqarish qurilmalarining asosiy turlarini sanab bering.
Grafikaviy chiqarish qurilmalarining asosiy markalarini ayting.
Grafikaviy fayllarni plotterga chiqarishning turli xil usullarining ustunliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?
VII - BOB. YER TUZISH HISOBLASHLARINI AVTOMATLASHTIRISH
1.Asosiy tamoyillar
Yer tuzish ishlari amaliyotiga kompyuter texnologiyalarini joriy etish, nafaqat yer resurslari va yerdan foydalanishni tashkil etish jarayonlari to’g’risida iqtisodiy ma’lumotlarni olish, yig’ish va ishlov berishni avtomatlashtirishni, balki, yerdan foydalanishning turli xil kenglik ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lumotlardan foydalanish asosida ish texnologiyasini qayta qurishni talab etadi. Zamonaviy uslu- biy, dasturiy va texnik vositalar bu sohadagi ko’plab zerikarli, ko’p mehnat talab etadigan jarayonlardan ozod etadi, chiqadigan hujjatlar sifatini yaxshilaydi, anana- viy texnologiyalarning ko’plab oraliq bo’g’inlarini tugatadi, avtomatlashtirilgan loyihalash jarayonida ularni raqamli shaklga o’tkazish hisobiga grafikaviy material-lardan foydalanishni yengillashtiradi.
Loyiha oldi bosqichi mazmunini tashkil etuvchi, ishlarni bajarish bo’yicha qarorlar davlat, viloyat yoki tuman darajasida qabul qilinadi va ular mos byudjetlardan moliyalanadi. Shu bilan bir vaqtda, loyiha bosqichi ishlari (xo’jalik- lararo va xo’jalikda ichki yer tuzish loyihalarini, ayrim yer tuzish tadbirlariga ishchi loyihalarni ishlash) avvalo, ayrim xo’jaliklarga va ularning birlashmalariga kerak va mos tarzda ular tamonidan moliyalanishi mumkin. Asosiy qiyinchilik shundan iboratki, sifatli yer tuzish yechimlarini kam xarajatlar bilan ta’minlash va shu bilan turli qanday xo’jalikka zarur ishlarni o’tkazish uchun topshiriq berish imkoniyatini amalda ta’minlash kerak. Yer tuzishni loyihalash amaliyotiga avtomatlashtirishni keng joriy etish bir qator muammolarni yechishni talab etadi (25-rasm) .
Yer tuzishni avtomatlashtirish uchun boshlang’ich nuqta butun yer tuzish masalalarining o’zaro aloqalari chizmasi va uning asosiy elementi sifatida xo’jalikda ichki loyihalash hisoblanadi (26-rasm). Shunday chizmaning borligi yer tuzishni loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun ayrim bloklarga guruhlashni yengillashtiradi, ishlarni bajarishning aniq texnologiyalariga mos, masalani yechishning ketma - ketligi tartibini, ularni kirish va chiqish ma’lumotlari darajasida kelishtirishni aniqlash imkonini beradi.
26-rasm. Yer tuzishni loyihalash amaliyotiga avtomatlashtirishni joriy etish muammolarni
Chizmada ko’rsatilgan yer tuzish muammolari, ularni yechishda yanada detallashtirishni talab etadi. Yer tuzishning turli bir elementi murakkab tarkibga ega va uni xo’jalik hududida optimal joylashtirish uchun mavjud axborot ta’minotini hisobga olgan holda, dala va kameral ishlarning bajarilishi ketma - ketligini aniq tasavvur etish kerak.
Yer tuzish hisoblashlarini avtomatlashtirish jarayonida quyidagi masalalarni yechish kerak:
- o’rganiladigan sohani taxlil qilish;
27-rasm. Loyihaviy yer tuzish ishlari tizimi
muammoga aniqlik kiritish (masalani identifikatsiyalash, vaqtinchalik cheklashlar, mavjud resurslar, ishlarni baholash va sh.o’.);
loyihaviy yechimlarni asoslash usullarini taxlil etish;
uni EHMda yechish uchun usul tanlash;
yer tuzish hisoblashlarini avtomatlashtirishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish;
matematik va dasturiy algoritmlarning iqtisodiy - matematik modellarini ishlab chiqish;
yer tuzishning muammoli masalasini yechishning texnologik chizmasini ishlab chiqish;
dasturiy-texnik vositalarning shaklini, dasturiy modullari tarkibini, ular ishlarini muvofiqlashtirish uchun interfeyslarni aniqlash;
axborot ta’minoti tarkibini aniqlash;
kiruvchi yoki chiquvchi ma’lumotlar oqimini bayonlash, uni tarkiblash va unifikatsiyalash;
kiruvchi va chiquvchi hujjatlar shakllarini ishlab chiqish;
dasturiy vositalarni ishlab chiqish va sozlash;
ishlangan dasturiy ta’minotni sinab ko’rish;
olingan natijalarni tahlil qilish.
Avtomatlashtirilgan yer tuzish hisoblashlari tizimi va vositalari
Yer tuzish masalalarini avtomatlashtirilgan tizimda yechish, LIATni loyiha- lash va yaratish doirasida amalga oshiriladi. O’quv qo’llanmaning 3-bobida yoritilgan avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish kontseptsiyasilariga, xususan, tizimlilik, modullik, bo’laklarga bo’lish va lokal optimallash kontseptsiyalariga mos tarzda, oldiniga yer tuzishning ayrim masalalarini yechishga yo’naltirilgan, zarurat tug’ilganda dasturiy modullardan tashkil topgan mustaqil bloklar loyihalanadi. YETLIATning xar bir loyiha oldi tizimi YETLIATning kompleks vositalarini tashkil etuvchi, interfeyslar tizimi orqali tizimdan foydalanuvchilar (yer tuzuvchi mutaxassislar) bilan, ma’muriy, tashkiliy va moddiy-texnik tadbirlar
28-rasm. YETLIAT tizimi va vositalarining umumlashtirilgan chizmasi.
Umulashtirilgan chizmadan (28-rasm) ko’rinib turibdiki, tizimni va avtomatlashtirilgan hisoblash vositalarini yaratish jarayonida quyidagi turdagi ta’minotlarni ishlab chiqish kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: |