Annotatsiya o„quv qo„llanma «Yer tuzishda loyihalashning avtomatlashgan tizimlari»



Download 1,12 Mb.
bet40/58
Sana23.03.2022
Hajmi1,12 Mb.
#506701
TuriУчебное пособие
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
Bog'liq
2 bob

Raster Desk LT 98/2000. Raster Desk versiyasi, AutoCAD LT98/2000 (i) bilan birgalikda faoliyat ko’rsatadi va uning komplektiga kiradi.
Autodesk CAD Overlay 2000/2000i. Bu tizim skanerlangan rastrli tasvirlarni AutoCAD 2000 (i), AutoCAD Map 2000(i) muhitida tahrirlash va vektorlash uchun mo’ljallangan. Ko’rsatilgan dasturlarni kuchli gibrid (rastrli - vektorli) tahrirchiga aylantiradi. Rastrli tasvirni vektorli formatga aylantirish, zarurat tug’ilganda amalga oshiriladi.
Autodesk CAD Overlay R14.01. Skanerlangan rastrli tasvirlarni Auto CAD R14, AutoCAD Map R2, R3 muhitida tahrirlash va vektorlash uchun mo’ljallangan. AutoCAD ga avtonom ustqurilma sifatida foydalaniladi yoki Civil Survey Complete, Terrain Modeling Suite to’plamlariga qo’shiladi.

    1. Grafikaviy ma’lumotlarni chiqarish

LIAT ning ko’plab dasturiy to’plamlari ishlari natijasi, tarkibida turli xil grafikaviy materiallar (chizmalar, grafiklar, diagrammalar, kartalar va sh.o’.) katta qismini egallaydigan konstruktorlik va texnik hujjatlar to’plamlari hisoblanadi. Grafikaviy hujjatlarni qattiq, keng formatli asoslarga (qog’oz, kalka, plenka) chiqarish uchun plotterlardan foydalaniladi. Odatdagi printerlar faqat kichik o’lchamli hujjatlarni (matnli hujjatlar, kichik chizmalar, A4 va maksimum A3 formatlarida) chop etishga yaroqlidir.
Tasvirni tuzish tamoyili bo’yicha plotterlar vektorli va rastrli turlarga ajraladi. Vektorli plotterlarda yozuvchi elementlar (oddiy kontselyariya ruchkasini eslatuvchi, rapidograflar, flomasterlar) asosga (qog’ozga) nisbatan belgilangan yo’nalishda xarakatlanishadi va chiziqlarni chizishadi: to’g’ri, aylana va sh.o’. Rastrli plotterlarda tasvir qatorlar bo’ylab va ketma - ket (qator ketidan qator) shakllanadi, bunda tasvirni chiqarish yo’nalishi doimiy va o’zgarishsiz (odatdagi printerlar ham rastrli qurilmalar hisoblanadi) bo’ladi.
Vektorli plotterlarning past unumdorligi sababli (ularning dinamik tavsiflari o’zining chegarasiga yetdi va ularni kelajakda yaxshilash imkoniyati yo’q hisobi), barcha taniqli firmalar ularni chiqarishni to’xtatishdi. Shunga qaramasdan, bu turdagi plotterlar yuqori aniqlikdagi ishlab chiqarishlarda (ularning aniqligi rastrli plotterlarnikidan yuqori) va turli xil sabablarga ko’ra, ularsiz ishlash mumkin bo’lmagan sohalarda (masalan, tikuvchilikda) talab etilishi mumkin. Shuning uchun ham MUTON firmasi va bir necha boshqa firmalar peroli plotterlarni chiqarishni davom etishmoqda.
Yaqinda peroli plotterlar bazasida yangi qurilma yaratildi. Unda yozuvchi bo’g’in kesuvchi asbobga (katterlarga) almashtirildi. Ulardan ko’rsatkichlarni, yo’l belgilarini va sh.o’. tayyorlashda foydalaniladi. Katterlar ishlov berish kengligi va foydalaniladigan pichoq turi bo’yicha farqlanishadi.
Katterlar tavsiflari peroli plotterlar parametrlariga yaqin, lekin aniqligi va kesish tezligi ularga qaraganda past va foydalanilayotgan plyonka turiga bog’liq bo’ladi.
Rastrli plotterlar orasida (elektro - statik, lazerli, termovoskli va issiqlik o’tkazishdan foydalaniladigan) eng ko’zga tashlanarlisi chop etishning sepish (struynoy) texnologiyasiga asoslangan qurilmadir. Bunday plotterlar printerlarga, qator hususiyatlari bo’yicha esa poligrafiya uskunalariga yaqinlashadi, bu esa ulardan nafaqat LIATda, balki reklama ishida hamda kartografiya maxsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish imkonini beradi. Ularda bugungi kundagi eng yaxshi baho (ish unumdorligi) sifat nisbatlari ko’rsatkichlari bo’lib, bu farq kundan kunga ortib bormoqda. Sepuvchi plotterlar LIAT uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, o’ta murakkab, rangli elementlarga boy chizmalarni, kartalarni va planlarni chiqarishda esa perolik plotterlardan ancha oldinga o’tib ketishdi.
Bu qurilmalarning chop etish tizimlari siyoh bilan to’ldirilgan katrijlardan (monoxrom modellardagi 1 katrij, 4 dan 6 gacha rangli) va sepuvchi qurilmadan iborat bo’ladi. Sepuvchi qurilma juda mayda teshikchalardan iborat matritsa bo’lib, u orqali siyoh tomchilari qag’ozga «otiladi». Sepib chob etishning ikki asosiy turi mavjud: issitib chop etish (termopechat) va pezoelektrik chop etish. Issitib chop etishda turli bir sepuvchi teshikchada issitish elementidan foydalaniladi, ular siyohni qizitib, ularni tashqariga itaradigan par pufakchalari hosil qilishadi. Pezoelektrik chop etishda pezokristaldan foydalaniladi, u elektr toki ta’sirida o’z shaklini o’zgartiradi va siyohni qog’ozga sepadi. Birinchi usulning kamchiligi - siyohning asosiy tomchisi bilan, uning juda mayda yo’ldoshlari paydo bo’lishidir, ular yuqori aniqlik olishga (maksimum 720 dpi) imkon berishmaydi. Ikkinchi usuldan foydalanilganda chop etuvchi qurilma aniq shakllantirilgan sovuq tomchilardan iborat siyohni «otadi», bu yuqori sifatli tasvir (1440dpi gacha) olish imkonini beradi. Ko’rsatilgan texnologiyalardan oxirgisi ancha qimmat hisoblanadi va tasvirning ko’plab juda mayda elementlarini ko’rsatish talab etilganda foydalaniladi. Undan tashqari, yuqori aniqlikda chop etish (300 dpi dan katta) hozircha juda sekin (fotoreal tasvirni sepuvchi EPSON Stuluscolor 3000 A2 formatli, imkoniyati 1440 dpi bo’lgan plotterda chop etish tahminan 50 minut vaqt talab etadi). LIAT chizmalarini chop etishga chiqarishda imkoniyatni 300 dpi dan yuqoriga ko’tarish chop etish sifatining sezilarli yaxshilanishiga olib kelmaydi. Reklama ishida plakatlarni, ko’rsatkichlarni va sh.o’. tayyorlashda ham imkoniyatni oshirish sezilarli natijalarga olib kelmaydi (sababi, ular asosan 1 metrdan kam bo’lmagan masofadan qaraladi). Shuning uchun sepuvchi, keng formatli, rangli chop etish uchun bugungi kunda optimal usul deb, isitib chop etishni (imkoniyati 300 dpi) hisoblash mumkin.
Biroq esda tutish kerakki, yetarli darajadagi sifatda chop etish uchun plotterda bo’lingan katrijli sepuvchi tizim bo’lishi kerak - faqat shunday plotterlar to’la rangli tasvirni berishga qodir bo’ladi (masalan, ENCAD Novajet, CROMA, OCE Graphics seriyasidagi plotterlar). Aralash sepish tizimiga ega plotterlar (ENCAD Cadjet2 kabilar) chizma hujjatlarni chiqarishga mo’ljallangan va ancha arzondir.
Chop etishning tezligi va tannarxiga bir martalik katrijlar o’rniga siyohni to’xtovsiz yetkazib berish tizimidan foydalanish katta ta’sir ko’rsatadi. Ular katta hajmdagi rezervuarlardan foydalaniladi (odatda, turli bir rang uchun 500 ml hajmdagi), ulardan bo’yoqlar ingichka egiluvchan naycha-o’tkazgichlarda sepish qurilmasiga uzatiladi. Tizim tashqaridan o’rnatiladi yoki o’ziga o’rnatilgan bo’ladi (ENCAD Novajet Pro plotterlarida). Uning qulayligi shundan iboratki, agar chop etish vaqtida to’rtta rangdan birining siyohi tugab qolsa, chop etishni to’xtatmas- dan rezervuarga Yangi siyoh quyish va brakka yo’l qo’ymaslik mumkin. Bundan tashqari siyohga qilinadigan xarajatlar tahminan 2-3 baravarga kamayadi (siyoh- ning nisbatan past bahosi va undan yuqori tejamkorlikda foydalanish hisobiga).
Sepish texnologiyalarida ishlatiladigan siyoh ikki sinfga bo’linadi: standart va ultrafeoletdan hamda namlikdan himoyalangan. Birinchisi atrof-muhit ta’siriga chidamsiz va uni albatta laminirovkalash (o’rab muhofazalash) kerak. Ularning ustunligi - pastroq bahosi, bo’yoqlarning ochiqligi va sifatliligi. Ikkinchi sinf siyohlari tarkibida eritilgan suyuq bo’yovchilar o’rniga suyuq muhitda mayda zarrachalar aralashmasi sifatidagi qattiq bo’yovchilar foydalanilganligi bilan ajralib turishadi. Pigment zarrachalari oddiy bo’yovchilarga nisbatan sekin rang berishadi, bundan tashqari ular suv ta’siriga, unda erimaganliklari uchun, yetarlik darajada turg’un hisoblanishadi.
Zamonaviy plotterlarning ko’pchiligi qog’ozlarni rulon (o’ram) qilib uzatish qurilmalariga ega. Busiz cho’zilgan tasvirlarni chop etishning iloji yo’q, u ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish va qurilma unimdorligini oshirish imkonini ham beradi. Qog’oz varaqlarini yuklashga vaqt sarflanmaydi, bu ayniqsa qog’ozlarni barabanli uzatish qurilmasiga ega plotterlarda ancha og’ir (masalan, Hewlett Packard kompaniyasining barcha plotterlarida). Avtomatlashtirilgan pichoq zarur joylarda kesishni bajaradi.
Sepuvchi plotterning boshqa parametrlari (xotira hajmi, turli xil buyruq tizimlarining borligi, ma’lumotlar formatlarini avtomatik taqsimlash va sh.o’.) faqat LIAT to’plamlaridagi chizmalarni chop etishda ahamiyatga ega. To’la rangli rastrli tasvirlarni chop etishga chiqarishda ularning ahamiyati rastrlovchilar (RIP) bilan ishlash zarurati tufayli pasayadi. Ushbu farqlarni tushunish uchun faylni chop etishga chiqarishning asosiy usullarini ko’rib chiqamiz.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish