Annotatsiya o„quv qo„llanma «Yer tuzishda loyihalashning avtomatlashgan tizimlari»



Download 1,12 Mb.
bet48/58
Sana23.03.2022
Hajmi1,12 Mb.
#506701
TuriУчебное пособие
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
Bog'liq
2 bob

Kam formallashgan masalalarda faqat ayrim xarakatlarni bajarishning ketma-ketligini yozib ko’rsatish mumkin. Bunday hollarda mutaxassis bo’lmagan bajaruvchi bayonnomadan foydalanib, zarur bo’lganda malakali mutaxassisdan maslahat olib turishi kerak. Mos tarzda olingan natija nafaqat bayonnoma va boshlang’ich ma’lumotlarga, balki masalani yechishda qatnashayotgan mutaxassisning tajribasi va malakasiga ham bog’liq bo’ladi.
Qayd etish zarurki, yer tuzishning ko’plab loyihaviy masalalari kam formallashtirilgan ko’rinishda bo’ladi. Masalan, almashlab ekish hududini tashkil etishning grafikaviy qismini ishlashda printsipial ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilish uchun juda yuqori malaka talab etiladi va shu bilan bir qatorda, oddiy yaxshi formallashtirilgan xarakatlar ham bor (me’yoriy ma’lumotlarni yig’ish, loyihaviy yechimlarni iqtisodiy asoslash va boshq.)
Bajarish bosqichi maqsadi - talab etilgan masalalarni yechuvchi ETning bitta yoki bir necha turlarini yaratishdir. O’xshash turlarini (prototiplarni) yaratish, uning bo’laklarini dasturlashdan yoki ularni ma’lum asbob vositalaridan tanlashdan hamda bilimlar bazasini to’ldirishdan iborat. Prototip ETga kiritilgan bilimlarni taqdim etish g’oyalari, metodlari va usullarining yechilayotgan masalalarga mosligini tekshirishni ta’minlashi kerak. Prototipni yaratish taqdim etishning tanlangan yechish metodlari va usullari, juda bo’lmaganda, ushbu bilim sohasining qator masalalariga yaroqli ekanligini tasdiqlashi hamda bilimlar bazasi kengayishi sari shu turdagi barcha masalalarning yuqori sifatli va samarali yechimlarini olish tendentsiyasini namoyon etishi kerak.
Sinash (testlash) bosqichida bilimlarni taqdim etishning tanlangan usulini va ET ishini to’la baholash amalga oshiriladi.
Tajriba foydalanishi bosqichida ET ning foydalanuvchilar uchun yaroqliligi aniqlanadi.
Ekspert tizimlariga ham foydalanuvchi so’rovi bo’yicha, ham so’roviga bog’liq bo’lmagan hollarda ma’lumotlarni taxlil qilish, korrektsiyalash (to’g’ri- lash), sintez qilish va qaror qabul qilishni hamda qator analitik-klassifikatsiya vazifalarni bajarishni amalga oshirishga qodir ma’lumotlar va bilimlar bazalariga ega, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining mustaqil sinfi sifatida qarash kerak.
Xususan, ETlar kiruvchi ma’lumotlarni guruhlar bo’yicha taqsimlashni, maslahat berishni, xulosa qilishni, tashxis qo’yishni, bashoratlashga o’rgatishni, masalalar va obyektlarni identifikatsiyalashni, olingan natijalarni interpretatsiyalashni va sh.o’. bajara olishi kerak.
Ekspert tizimlarini an’anaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan birlashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday komleks tizimning ekspert qismi zarur ma’lumotlarni, ularga ishlov berish usullarini, turli xil ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlarni sifatli qidiruvni ta’minlash uchun qo’shimcha vosita berishi mumkin.

    1. Yer tuzish LIAT va GAT larida ekspert tizimlaridan foydalanish kelajagi

LIAT va GAT larning yer tuzishda samaradorligini oshirish hamda ularni foydalanishda qulayroq qilish uchun ekspert baholashlari usulidan, ayniqsa, ma’lumotlarni tahlil qilish va loyihaviy yechimni qabul qilishda, foydalanish zarur.
Ushbu usul yordamida, xususan, yer tuzish natijasida tabiiy muhitning kelajakdagi ahvolini bashoratlash mumkin. Agar negativ o’zgarishlar kutilayotgan bo’lsa, loyiha ularni tugatish maqsadida qayta ko’rib chiqiladi. Yer tuzishda ekspert baholashlaridan foydalanishga yer tuzish jarayoni to’g’risidagi empirik va formallashgan bilimlarni birlashtiruvchi yer tuzish ekspert tizimini yaratish yo’lidagi bosqichlardan biri sifatida qarash zarur.
Hozirgi vaqtda geoaxborot tizimlarida saqlanishi va ishlov berilishi mumkin bo’lgan lokal hududiy ma’lumotlaming hajmi tez o’sayapti va turlari ko’paymoq- da. Ularga ishlov berish ayrim xarakatlarning samarasizligi tufayli tez-tez pasayib turadi.
GATlarda ekspert tizimlarini qo’llash hamma vaqt ham majburiy emas. Ma’lumotlar bazasiga nisbatan ET masalalarning ham tashkiliy yechimiga, ham ma’lumotlar va formallashtirilgan bilimlarning zaruriy minimumi borligiga ancha qattiq talablar qo’yadi.
Ekspert tizimlarini yaratishda eng kamida uchta muammo kelib chiqadi:

  • ma’lumotlaming yetarlik darajada to’laligini ta’minlash. Bu kalitli (asos bo’luvchi) bilimlarni ajratishni va ma’lumotlar tarkibida ularning o’zaro aloqala- rini belgilash hamda amaliy masalalarni yechish uchun ushbu ma’lumotlardan samarali foydalanish imkonini beradigan kodlash tizimini yaratish va foydalanishni talab etadi;

  • ET faoliyati sifatining samarali bahosini olish va mos ko’rsatkichlarni ishlab chiqish. Muammo shundan iboratki, mutaxassislar bilimi - bu oddiy ma’lumotlar va faktlar yig’indisi emas. Aloqalarning ko’p o’lchamliligini yangilarini qo’shish yo’li bilan hisobga olishga formal urinishlar tizimning haddan tashqari yuki og’irlashishiga olib kelishi mumkin, natijada u yangi elementlarni qo’shish va mavjudlarining aloqalarini belgilash uchun yopiq bo’lib qoladi;

  • yechiladigan masalalar tarkibining va bilimlarni sintezlashning ehtimollik xarakteriga egaligi sababli, ishonchsiz natijalarni olish imkoniyati.

Sanab o’tilgan muammolarni yechish zaruriy, ammo, GAT da ekspert tizimlarini qo’llash uchun yetarlik bo’lmagan sturlioit hisoblanadi.
GATlar hozir tabiiy resurslarni va ulardan foydalanishni o’rganishda keng qo’llanilmoqda. Hozirgi vaqtdagi asosiy muammo shundaki, ular kompyuter tizimlari yordamida murakkab kenglik aloqalarni o’rganish tajribasiga ega mala- kali ekspertlarga mo’ljallangan. Oddiy foydalanuvchiga qulay, unga turli xil masalalarni yechishda yordam berishi mumkin bo’lgan interaktiv tizimlar GAT tavsifini sezilarli darajada yaxshilagan va uning qo’llanilishini kengaytirgan bo’lar edi. Xususan, GAT uchun ekspert tizimlarini ishlash, bu sohada kam tajribaga ega odamlarga kompyuterda ma’lumotlarga ishlov berish va taxlil qilishni samaraliroq olib borish imkonini bergan bo’lar edi. Sababi, turli xil manbalardan olingan kenglik ma’lumotlarini qo’shish muammosi, izlanishlar doirasini toraytirish masalalarida qo’llaniladigan sun’iy intellekt usullari bilan qo’shila oladigan ma’lumotlarning yangi modullarini ishlash yo’li bilan yechilishi mumkin.
Umuman, sun’iy intellekt usullarini va ekspert tizimlarini joriy etish uchun GAT yaxshi muhit hisoblanadi. Bu bir tomondan GATlarning o’zi murakkabligi va turli xilligidan, ikkinchi tomondan esa - ulardan foydalanishda paydo bo’ladigan ko’p raqamli ekspert masalalari borligidan kelib chiqadi. Hozirda kartalar kompozitsiyasini olish, ularga yuklanadigan elementlarni ajratish, mavzuli kartalarni olish, qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash, overleyli tuzilishni qurish va boshqlarda qo’llaniladigan ETlar yaratilgan.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish