Annotatsiya o„quv qo„llanma «Yer tuzishda loyihalashning avtomatlashgan tizimlari»



Download 1,12 Mb.
bet44/58
Sana23.03.2022
Hajmi1,12 Mb.
#506701
TuriУчебное пособие
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
Bog'liq
2 bob

Chimshin

Tugatish


31-rasm. Jadvallarni shakllantirish va chop etishga chiqarish bo’yicha modulning umumlashtirilgan blok-chizmasi
Ishlov berish grafasini tanlash bloki yig’ilgan ma’lumotlarning to’laligi, sifati, birgalikda ishlatilishi mumkinligi bilan aniqlanadi, natijada, loyihaviy yechimlarni va mos loyiha oldi tizimlarni asoslash usullarini tanlash amalga oshiriladi.
Ushbu chizma masalani yechish uchun zarur, u yoki bu dasturiy vositani tanlashga nisbatan qaror qabul qilish amalga oshiriladigan mos, ko’plab mumkin bo’lgan boshlanishlardan birini aniqlovchi, savollar ro’yxatini shakllantirishga asoslanadi.
Masalani yechish jarayonida ma’lumotlar to’la hajmda chiqarilmasligi, faqat olingan natijani taxlil qilish, baholash va zarur qarorni qabul qilish uchun zarur asosiy ma’lumotlar bilan cheklanilishi mumkin. Zarurat tug’ilganda foydalanuvchi boshlang’ich ma’lumotlarni tuzatadi, ishlov berish grafasini o’zgartiradi, yangi natijalarni to ular o’zini qanoatlantirguncha olaveradi.
Yer tuzish masalalarini avtomatlashtirilgan tarzda hisoblash chizmasini amalga oshirishda taxlil va qaror qabul qilishni bajaradigan yer tuzuvchining tajribasi, bilimi va malakasi katta ahamiyatga ega.
Obyektivlikni oshirish, mehnat sarfini kamaytirish, foydalanuvchiga nisbatan malakaviy talablarni pasaytirish maqsadida sun’iy intellektga ega, ekspert tizimlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Chiquvchi materiallarni shakllantirish va ularni tashqi qurilmaga uzatish bloki ishlab chiqilgan shakllarga mos tarzda chiquvchi ma’lumotlarni taqdim etish uchun mo’ljallangan. Bunda mashinada ishlov berishga yaroqli hujjatlarning mavjud shakllaridan foydalanish va ularning qo’l bilan to’ldirish elementlarini to’la tugatgan holda, yangilarini ishlab chiqish mumkin. Hujjatlarni unifikatsiyalash, standartlash va ularning aylanishini takomillashtirish ishlari bajariladi.
Tizimda boshqarish va ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish foydalanuvchi tomonidan muloqat tartibida amalga oshiriladi. Bu dinamik, tanlab va zarur darajadagi nazorat bilan, mos ma’lumotlar bazasini to’ldirishni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Faoliyat ko’rsatish diagnostikasi, keyinchalik kuzatib nazorat qilish, olingan natijalarni interpretatsiya qilish va natijalar ishonchliligiga javobgar mansabdor shaxs tomonidan yakuniy yechim qabul qilinishi bilan, yechim natijalari bo’yicha raqamli ko’rsatkichlar jadvali shaklida (analitik, kompleks, sintetik) beriladigan masalaning chiquvchi xabarlari bilan ta’minlanadi.

    1. YETLIATning samaradorligi

Avtomatlashtirilgan tizimni qo’llashdan olinadigan umumiy samara ikki qismdan iborat bo’ladi: Setliat= Sf+Sl (3)
Bunda Sf - YETLIAT yordamida yaratilgan va yer tuzish mahsulotidan foydala-nuvchi tomonidan uning yuqori sifati natijasida olinadigan yillik iqtisodiy samara; Sl- yer tuzish tashkiloti tomonidan YETLIATdan foydalanish natijasida olinadigan yillik iqtisodiy samara.
Samaraning birinchi tashkil etuvchisi quyidagi ifoda yordamida baholanishi mumkin: Sf=[Bk-(T+EmK)]N (4)
Bunda Bk- maxsulot birligining ko’tara bahosi;
T- ishlab chiqarish tannarxi; K- ishlab chiqarishni tashkil etishga qilingan kapital xarajatlar; Em - kapital xarajatlar qoplanishining me’yoriy koeffitsiyenti (0,15); N- mahsulotlarning yillik ishlab chiqarilishi.
Bu ifoda mahsulotning o’rnini bosuvchi boshqa mahsulot yo’q bo’lgan vaziyatda ishlatiladi. Agar u bor bo’lsa, hisoblashlar quyidagi ifoda yordamida amalga oshiriladi: Cf=(x1 d+x2)N, (5)
Bunda x1 va x2 - oldingi (yangining o’rnini bosuvchi) va yangi maxsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlari, mos tarzda d- yangi maxsulot ko’rsatkichlarini eskisinikiga keltirish koeffitsiyenti.
Sl qiymati loyiha tashkiloti doirasida baholanadi, ya’ni:
Sl=D-Xetliat (6)
Bunda D - daromad;
XETLIAT - texnik vositalar bahosi, transport xarajatlari, montaj, elektr energiyasi, binolar ijarasi, xodimlarni o’qitish, boshqa xarajatlar (loyiha oldi izlanishlari, YETLIAT arxitekturasini ishlash va original dasturiy modullarni tayyorlash bilan bog’liq sarflar).
Loyiha tashkilotlarida daromad xodimlarni qisqartirish va loyihalash uchun talabnomalarning baajarilish darajasi o’sishi hisobiga olinishi mumkin.
Keltirilgan ifodalarda profilaktika va remont ishlarini bajarish, sarflanadigan materiallarni almashtirish va sh.o’. bilan bog’liq YETLIATni ekspluatatsiya qilishga sarflanadigan joriy xarajatlar hisobga olinmagan.
Loyihalash samaradorligini ma’lumotlarga ishlov berish xarajatlarini pasaytirish hisobiga oshirish zahiralarini baholash uchun, yer tuzish bo’yicha loyiha institutida dasturiy ta’minotning o’zlashtirilishi natijalari taxlil etildi. Boshlang’ich ma’lumotlar sifatida loyihalarni amalga oshirishda olingan ko’rsatkichlardan foydalanildi. U yoki bu qaror ta’sirining raqamli o’lchami mos tannarx hajmining pasayishi bo’yicha (foizlarda) aniqlandi. Bu ko’rsatkich ma’lumotlarga ishlov berish tizimining iqtisodiy samaradorligini hisoblash hamda ular bo’laklarini joriy etish navbatini belgilash uchun me’yor bo’lib xizmat qiladi.
Avtomatlashtirish obyektining asosiy faoliyati sohasida tejash hajmi quyidagi ifoda bo’yicha hisoblanadi: C=^Tri (7)
Bunda Ц - tejash koeffitsiyenti, %;
Tri - tannarx qiymati, so’m.
Avtomatlashtirishdan maksimal tejashga erishish uchun loyihalash obyektlaridagi maxsulotlar tannarxi tarkibini hisobga olish kerak.
Iqtisodiy samara yig’indisi quyidagidek aniqlanadi:
Syil=Smm +Saf +YemK, (8)
Bunda Smm - ma’lumotlarga ishlov berishdagi tejash;
Saf - avtomatlashtirish obyektining asosiy faoliyati doirasida tejash;
Yem - kapital xarajatlar samaradorligining me’yoriy koeffitsiyenti;
K - ma’lumotlarga ishlov berishni avtomatlashtirishga sarflangan kapital xarajatlar.
Ma’lumotlarga ishlov berishdagi xarajatlar tejalishini hisoblashda turli xil turdagi hisoblash mashinalari uchun tavsiya etilgan koeffitsiyentlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu koeffitsiyentlar avtomatlashtirish obyektlarining xususiyatlarini ham hisobga olishadi.
Asosiy faoliyat sohasidagi mumkin bo’lgan maksimal tejashni baholash uchun mahsulot tannarxi tarkibi taxlil qilinadi va masalalar majmualarini o’zlashtirishning navbatlari shunday aniqlanadiki, bunda me’yoriy koeffitsiyentlar yordamida hisoblangan tejash hajmi maksimal bo’lsin. Shu bilan turli bir aniq obyekt uchun avtomatlashtirish variantini tanlashni optimallash imkoniyati paydo bo’ladi. Bu esa hozirgi vaqtda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish samaradorligini o’stirish zahiralarining katta qismini xarakatga keltirish imkonini beradi.
Ma’lumotlarga ishlov berish tizimining samaradorligini hisoblash uchun quyidagi ifodadan foydalanish mumkin:
S=Syil -(MK+E), (9)
Bunda Syil - tizimni o’zlashtirish natijasida yillik tejash;
M - samaradorlikning me’yoriy koeffitsiyenti;
K - kapital yuklamalar;
E - ekspluatatsiya xarajatlari.
Yer tuzishni loyihalashda avtomatlashgan tizimni o’zlashtirishning iqtisodiy samaradorligi diskontlangan integral samara qiymati bilan baholanadi:
Тр


(10)
П Тр )= №(t )-с (t )]e - r'dt
О
Bunda c(t) - to’la tannarx; r- diskont me’yori; Tp- loyihani joriy etish
davri; Q(t)- yalpi mahsulotning chiqish dinamikasi


    1. Download 1,12 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish