Annotatsiya o„quv qo„llanma «Yer tuzishda loyihalashning avtomatlashgan tizimlari»



Download 1,12 Mb.
bet31/58
Sana23.03.2022
Hajmi1,12 Mb.
#506701
TuriУчебное пособие
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58
Bog'liq
2 bob

axborot birligi tamoyili. u klassifikatsiyalashning, sturlitli belgilar va timsol-larning, atamalar va ma’lumotlar o’lchamlarining, muammoli - yo’naltirilgan tillarning, bir xil ma’lumotlarni ko’rsatish va kodlash usullarining, obyektlarni identifikatsiyalashni ta’minlashning yagona tizimidan foydalanishni talab etadi;
ortiqchalilik tamoyili (saqlanayotgan ma’lumotlar xajmi, boshlang’ich ma’lumotlar to’laligi, ma’lumotlarni takror kiritishni yo’lga qo’ymaslik ustidan nazorat);
komplekslik tamoyili (xo’jalikda ichki yer tuzish loyihalarini asoslashda yechiladigan barcha masalalar orasida ma’lumotli aloqalarni tartibga solish, ma’lumotlarga murojat etish shakllari va usullarini unifikatsiyalash);
foydalanadigan ko’rsatkichlarning xarakatlanuvchanligi, ishonchliligi va aniqligi tamoyili.
ma’lumotlarning bir xilligi ta’moyili (ma’lumotlarni aniq
identifikatsiyalashni ta’minlash);
progressivlik tamoyili (YTLATning kelajakdagi rivojlanishini hisobga olib, ma’lumotlar to’plamlarini kengaytirish imkoniyatini ta’minlash);
ko’chiruvchanlik tamoyili (ma’lumotlar bazasini, ularning mantiqiy tashkil etilishini o’zgartirmasdan, aniq mashinalar va saqlovchilarda fizik tadbiq etilishini o’zgartirish imkoniyati).
YTLATning funktsional tuzilishi chegarasida avtomatlashtirilgan atributiv ma’lumotlar banki (maxsus ma’lumot - me’yoriy ta’minot pastki tizimi) katta ahamiyatga ega. Aniqroq aytadigan bo’lsak, bu pastki tizimga ta’minlovchi sifatida qarash mumkin, sababi, uning asosiy vazifasi - YTLAT asosiy funktsional pastki tizimlarida loyihalashni avtomatlashtirish uchun zarur va asosan ichki foydala- nishga mo’ljallangan axborot ta’minotining standart bo’laklarida yo’q maxsus ma’lumotlar va me’yorlar bazasini to’plash, yaratish va yuritish hisoblanadi.
Shunga qaramasdan quyidagi vaziyat, ya’ni, ushbu pastki tizim mustaqil axborot mahsulotini yaratish uchun mo’ljallanganligi va u tashqi iste’molchilarga yetkazib berilishi mumkinligi, uni YTLAT ning funktsional tizimlari qatoriga qo’shish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu, boshqa barcha funktsional pastki tizimlar aloqalarini aniqroq qatorga tizish va ular vazifalarini aniqlashda xatolarga yo’l qo’ymaslik imkonini beradi.
Ma’lumotlar bazasiga xizmat ko’rsatish, ma’lumotlarni doimiy to’ldirib va tuzatib borishdan iborat bo’ladi. Bu ishlarni o’tkazish davri saqlanayotgan ma’lumotlarning o’zgaruvchanlik darajasiga bog’liq bo’ladi.

    1. Grafikaviy materiallarga va u bilan bog’liq o’lchamlarga analitik ishlov berish tizimi

Ushbu tizimn (YER elementi) o’ta murakkab va ko’p qirralidir. Ularni shartli ravishda ikkita katta guruhga ajratish mumkin:

  1. Oldindan determinatsiyalangan masalalarni yechish, masalan quyidagilarni:

  • obyektlarning joylashgan o’rinlarining geografik yoki to’g’ri burchakli koordinatalarda aniqlash;

  • chiziqli, maydonli va masshtabsiz obyektlarning geometrik o’lchamlarini hisoblash (burchaklar kattaligi, to’g’ri va egri obyektlarning uzunligi, perimetrlar, maydonlar va sh.o’.);

  • turli xil turdagi hajmlarni hisoblash (foydali qazilma boyliklar zahirasi, ma’lum hududga yog’adigan yog’ingarchilik miqdori, muzliklar, ko’llar, ayrim balandliklar hajmi va sh.o’.);

  • navigatsiya (yo’nalishlarni, o’rnini aniqlash) ma’lumotlarini olish (ortodrom, loxsodrom, yo’nalish va sh.o’. chiziqlarning joylashishini ekranda ko’rsatish va hisoblash);

  • kartalarni taxlil etish ma’lumotlari bo’yicha yangi tavsiflarni olish (daryo va irrigatsiya tarmoqlari zichligi, aholi zichligi, o’rmon bilan qoplanish darajasi, daryolarning o’rtacha uzunligi, berilgan mavzuli guruhlar obyektlari soni va sh.o’.);

  • kiritilgan kartaning sifatini va aniqligini baholash (berilgan masshtabni tekshirish, rejaviy konturlar joylashuvidagi, balandliklarni hisoblashdagi xatolarni aniqlash va sh.o’.);

  • ishlab chiqarish kartalarini (nishabliklar, qiyaliklar tikligi, ekspozitsiyalar va sh.o’. kartalari) relyefning raqamli modellari asosida tuzish va boshq.

  1. Qatlamlarni mantiqiy yotqizish jarayonida olinadigan, integrallashgan ma’lumotlarga ishlov berishga asoslangan, kenglik masalalarini yechish.

Ushbu guruh masalalarining klassik misoli sifatida, yerdan foydalanishlar kesimida qishloq xo’jalik yerlari maydonlarini hisoblash va zarur hujjatlar to’pla- mini tayyorlashni ko’rsatish mumkin (yer turlari va kadastr ma’lumotlarini turli xil qatlamlarga tayyorlashda). Shuni ta’kidlash mumkinki, amaliyot ko’rsatishicha, aynan shunday ma’lumotlarni ajratib saqlash eng maqsadga muvofiq sanaladi, sababi, bunda bir qatlamga kiritilgan o’zgartirish, boshqa qatlamlarga umuman ta’sir etmaydi. Shu bilan bir qatorda, qatlamlarni mantiqiy taxlash turli doim yer turlarining yerdan foydalanuvchilar bo’yicha taqsimlanishining aniq holatini olish imkonini beradi.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish