Annotatsiya o„quv qo„llanma «Yer tuzishda loyihalashning avtomatlashgan tizimlari»


Vektorli ko’rinish (ma’lumotlarning vektorli modeli)



Download 1,12 Mb.
bet27/58
Sana23.03.2022
Hajmi1,12 Mb.
#506701
TuriУчебное пособие
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58
Bog'liq
2 bob

Vektorli ko’rinish (ma’lumotlarning vektorli modeli) deb nuqtali, chiziqli va poligon shaklidagi kenglik obyektlarining koordinata juftlari (vektorlar) yig’indisi shaklidagi raqamli ko’rinishiga aytiladi. Vektorli-rastrli ko’rinishga keltirish (rastr-lash) - bu kenglik obyektlarini vektorli ko’rinishdan rastrli
ko’rinishga rastr ele-mentlariga, obyektlarning vektorli bayonnomalari elementlarining ularga qarashli yoki qarashli emasligidan kelib chiqib, qiymatlar berish yordamida aylantirishdir.
To’xtovsiz digitayzerlash tartibidan foydalanilganda obyektning o’mini tavsiflovchi ortiqcha sondagi nuqtalar paydo bo’ladi. Bunda olingan ma’lumotlarni siqish uchun maxsus funktsiya ko’zda tutilishi kerak bo’ladi.
Amaliy masalalarni yechishda raqamli shaklga keltirilgan grafikaviy obyekt- larga mos semantika belgilanishi kerak. Buning uchun quyidagi usullardan biri foydalanilishi mumkin: ma’lumotlarni interaktiv kiritish bilan birga obyektlarni avtomatik aylantirib chiqish; zarur ma’lumotlarni kiritish obyektlarini qo’lda tanlash; semantikaning to’plamini kiritish bilan obyektlarga avtomatik yoki qo’lda tartib raqami berish; bir qismi oldin kiritilgan obyektlar uchun ma’lumotlarning to’plamini qo’shimcha kiritish.
Ishni yengillashtirish uchun klassifikatorlardan (ma’lumotnomalardan) foy- dalanish mumkin. Ular foydalanishga qulay va o’zgartirilishi mumkin bo’lishi kerak.
Grafikaviy tahrirchini loyihalashda ma’lumotlarni berish moduli katta ahamiyatga ega bo’lib, u ma’lumotlardan foydalanish, tahlil etish va manipul- yatsiya qilish imkoniyatlariga ta’sir etadi. Eng oddiy formatlarda faqat obyektlar- ning geometrik aloqalari saqlansa, murakkab formatlarda - obyektlar va ular atri- butlarining topologik mazmun - mohiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlar saqlanadi.
YTLATdagi ma’lumotlar atributi - bu kenglik obyektini tavsiflovchi va uning shaxsiy tartib raqami (identifikatori) bilan mujassamlangan (uning joyini ko’rsatish bilan bog’liq bo’lmagan) xususiyat, sifat va son ko’rsatkichlaridir.
Loyihalashda olinadigan natijalar sifati ko’plab omillarga, jumladan, turli xil xarakatlarni qo’llash orqali ta’minlanadigan, ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar­ning to’g’riligiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari YTLAT quyidagilarni ta’min- lashi kerak:

  • foydalanuvchining tashqi amaliy dasturlaridan turli qanday obyektning metrik va semantik tashkil etuvchilarga kirishini;

  • ma’lumotlarni ichki formatdan talab etilgan formatga o’tkazish va teskari amalni;

  • turli xil mashinalarda tayyorlangan grafikaviy va semantik ma’lumotlar bazasini markaziy ma’lumotlar bazasiga qo’shishni;

  • ma’lumotlarni tarmoq orqali kiritish va qayta ishlash variantini.

Grafikaviy avtomatlashtirilgan loyihalash jarayoni bir necha bosqichlardan iborat bo’ladi:

  1. Boshling’ich grafikaviy materialni rastrli shaklga aylantirish (masalan, skanerga qo’shib sotiladigan standart dasturlar yordamida).

  2. Hisoblashlar va grafikaviy loyihalash natijalarini fayllarga yozish va ularni tashqi qurilmalarga (printer, plotter) chiqarish.

  3. Rastrli tasvirni raqamli vektorli shaklga aylantirish (rastrni vektorlash). Bunda AutoCAD, Mapinfo, Arcinfo, CREDO, «Karta 2005» yoki boshqa dasturiy mahsulotlar modullaridan foydalaniladi.

  4. Raqamli grafikaviy tasvirni qayta ishlash. Vektorlashtirilgandan keyin obyektlarini manipulyatsiya qilish mumkin bo’lgan karta olinadi.

  5. Ishlab chiqarish kartalarini olish (joyning nishabligi, eksplikatsiyasi). Buning uchun 3D-o’zgartirish funktsiyasiga ega maxsus to’plamlardan (paketlar) foydalaniladi.

  6. Kompyuterda loyihalash, dalalarni va loyiha elementlarini joylashtirish jarayoni qo’lda bajarilgandek tartibda olib boriladi, faqat ishlar olingan vektorli kartada yuqorida sanab o’tilgan dasturiy mahsulotlar yordamida amalga oshiriladi.

  7. Yechilayotgan masalaga taalluqli hisoblashlarni avtomatlashtirilgan tarzda bajarish. Ularning loyihalash jarayonida zarurlari foydalanilayotgan dasturning standart funktsiyalari yordamida amalga oshiriladi (Masalan, maydonlarni, masofa- larni, perimetrlarni hisoblash, ko’rish burchagini o’zgartirish va sh.o’.). Loyihaviy yer tuzish yechimlarini asoslash uchun zarur hisoblashlar mos tashqi dasturlarni chaqirish yo’li bilan bajariladi.

    1. CHiziqli va konturli obyektlarning maydonlarini hisoblash

YTLATda yechiladigan masalalarning eng ko’p tarqalganlaridan biri - turli qanday qatlam uchun karta maydoniga tuzatib bog’langan chiziqli va konturli obyektlarning maydonini hisoblashdir. Bu masalani yechishda maydonlarida defor- matsiya natijasida o’zgarish yo’q kartalardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
YTLAT tarkibiga konturli obyektlarni identifikatsiyalashni va ularning yopiqligini nazorat qilishni ta’minlovchi; masshtabsiz sturlitli belgilar bilan ko’rsatilgan chiziqli va nuqtali obyektlarni identifikatsiyalash, ularning chiziqli o’lchamlariga mos tarzda himoya mintaqalarini qurish; ajratilgan himoya maydon- larini hisobga olgan holda, barcha obyektlarning maydonlarini hisobga olish; sektsiyalar va planshetlar ichida maydonlarni bog’lash; planshetga yangi konturni geodezik koordinatalari bo’yicha tushirish va zarurat tug’ilganda planshetda konturlarni qayta bog’lash; obyektni bo’lish yoki ikki va undan ko’p konturlarni berilgan maydon ko’rsatkichi bo’yicha bittaga birlashtirish.
Konturlar maydonlarini hisoblash bo’yicha berilgan topshiriqning EHMda avtomatlashtirilgan tarzda yechilishining yiriklashtirilgan chizmasi 13- rasmda keltirilgan.
Foydalaniladigan texnik vositalar va maxsus dasturlar to’plamlaridan kelib chiqib, keltirilgan chizma o’zgarishi mumkin. Shunga qaramasdan, yer tuzish ehtiyojiga mo’ljallangan turli qanday avtomatlashtirilgan tizimda maydonlarni hisoblash bloki u yoki bu shaklda amalda o’rin egallaydi.
YTLATdan foydalanishda yotqizish tamoyili dasturiy ta’minotga o’ziga xos talab qo’yadi. Xususan, nuqta, kontur, konturlar guruhi (masalan, ularning tartib raqamlari bo’yicha), kartaning chegara bo’yicha boshqa qatlamdan olingan, hohlagan qismi va sh.o’. uchun qatlamlarni grafikaviy va mantiqiy yotqizishda umumlashtirilgan ma’lumotlarga bo’lgan foydalanuvchining talabi qondirilishi kerak. Ma’lumotnoma yotqizilish tamoyili bo’yicha tuzilishi kerak, ya’ni birinchi qatlam konturlariga ikkinchi qatlam konturlari kiradi, ularning turli bittasiga uchinchi qatlam konturi kiradi va sh.o’.
Foydalanuvchining hohishiga ko’ra, yotqizish natijalari yangi qatlam sifatida saqlanishi, to’plangan semantika ma’lumotlari esa, ma’lumotlar bazasiga kiritilishi mumkin. Tizim oddiy yoki to’plangan qatlamdan berilgan qatlamni yoki pastki qatlamni ajrata olishi va uni mustaqil qatlam sifatida saqlay olishi ham kerak.


13-rasm. Konturlar maydonlarini avtomatlashgan tarzda hisoblash chizmasi.
Panorama majmuasi yordamida aniq maydonli va chiziqli ob’ektlar bo’yicha maydon o’lchamlarini avtomatlashgan tizimda hisoblash ishlariga misollar 14-15 rasmlarda keltirigan.

14-rasm.Maydonli ob’ekt bo’yicha maydon hisoblash


15-rasm.Chiziqli ob’ekt bo’yicha maydon hisoblash


    1. Boshlang’ich va natijaviy ma’lumotlarni chiqarish uchun shakllar

Boshlang’ich va natijaviy ma’lumotlarni chiqarish uchun turli xil shakllardan foydalanish mumkin: ulardan eng ko’p tarqalganlari misolida (hisobot jadvallari, kartalar va chizmalar, erkin so’rovlar, hisobotlar generatoridan foydalanib yaratiladigan ixtiyoriy shakldagi hujjatlar ) ko’rib chiqamiz.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish