Hisobot jadvallari. Tizim berilgan nuqtalar, kontur, konturlar to’plami, karta bo’yicha boshlang’ich yoki ish jarayonida hisoblangan o’lcham tavsiflarini ham oddiy, ham yig’ma qatlamlar uchun hamda qabul qilingan hisobot shakllarini - konturlar bo’yicha kaydnomani, suqilib kirgan yerlar to’g’risidagi ma’lumotnomani, yerlar eksplikatsiyasini; barcha yer uchastkalari maydonlarini hujjatlar va izlanishlar natijalari bo’yicha ko’rsatgan holda barcha yerdan foydala- nuvchilar ro’yxatini (yer uchastkalarini noqonuniy egallash va qurilish qilish holatlarini ham ko’rsatgan holda); foydalanilmayotgan va nooqilona foydalani- layotgan yerlar qaydnomasini va sh.o’. chiqarib berishni ta’minlashi kerak.
Kartalar va chizmalar. Ularni yaratish va chiqarib olish uchun YTLATda sturlitli kartografik belgilarning mavjud kutubxonasini kengaytirish va yangisini yaratish; silliq egrilar qurish; grafikaviy tasvirlarni rasmiylashtirish (shtrixlash, bo’yash, sturlitli belgilarni, turli xil yo’nalishdagi va shakldagi yozuvlarni, turli xil turdagi va rangdagi chiziqlarni va sh.o’. joylashtirish); koordinatalar to’rini va ramkalarini qurish; ramkadan tashqari rasmiylashtirishni bajarish (tepa yozuvi, legenda, shtamp va sh.o’.); chizmani plotterga chiqarish uchun qatlam elementla- rini ustivorliklari bo’yicha tartibga solish imkonini beradigan mexanizm yaratish kerak.
Erkin so’rovlar. Xar qanday ma’lumotlar bazasida standart so’rovlardan bitta yoki bir necha ko’rsatkichlar bo’yicha tizimdan talab etilayotgan ma’lumot- larni tanlash va ularni oldindan belgilangan shaklda ko’rsatish uchun foydalani- ladi. Biroq ko’pchilik vaziyatlarda bu yetarlik bo’lmaydi va foydalanuvchi tomonidan belgilangan sturlitlarga mos tarzda semantika ma’lumotlari bazasidan ma’lumotlarni tanlash hamda mos grafikaviy obyektlarni izlash va ekranga chiqarish zarurati tug’iladi.
Hisobotlar generatoridan foydalanib yaratiladigan ixtiyoriy shakldagi hujjatlar. Ularni ishlash zarurati, ananaviy hisobotlar shakllari zamonaviy talablarga javob bermay qolgan hollarda, tug’iladi. Shu maqsadda YTLAT modullari tarkibiga hisobotlar generatori kiritiladi va u foydalanuvchiga chiquvchi hujjatlar jadvallarini shaklan o’zgartirish yoki mustaqil ishlash imkonini beradi.
Ma’lumotlarni himoya qilish
Barcha avtomatlashgan tizimlar singari YTLATdan foydalanishda ham ma’lumotlarni himoya qilish katta ahamiyatga ega. Tizim birinchi navbatda ruxsatsiz kirishdan, tasodifiy ahamiyatli ma’lumotlarni o’chirish va tahrirlashdan, elektr energiyasi va dasturiy ta’minotdagi uzilishlardan himoyalangan bo’lishi zarur. Dasturlar to’plamlaridan foydalanishda mualliflash va autentifikatsiya tamoyillari, intellektual mulk huquqi saqlanishi muxim ahamiyatga ega. Bunda mualliflash tamoyili deganda foydalanuvchilar uchun ruxsat etiladigan turli xarakatlarni belgilash tushiniladi. Autentifikatsiya esa - foydalanuvchi, (ular guruhi va kompyuterlar) ismlarining to’g’riligini tekshiruvidir (asosan parol himoyasi yordamida). Qonun huquq egasining ruxsatisiz dasturiy ta’minotdan foydalanishni, nusxa ko’chirishni va tarqatishni taqiqlaydi.
YTLATni ishlashda loyihalashning qabul qilingan ko’rsatkichlarini (aniq- lik, o’lcham birliklari, turli xil koordinata tizimlariga o’tish o’lchamlari, senzura va sh.o’.) aniq belgilaydigan ko’rsatmalar ishlanishi kerak. Foydalanuvchilarni ro’y- xatga olish, parollar, kirish darajalarini cheklash, vakolatlar belgilash va sh.o’. tartibini ham o’ylash kerak ( 16-rasm).
16-rasm. Elektron xaritalarni himoya qilish
Nazorat savollari va vazifalar.
YTLATga qo’yiladigan asosiy talablarni sanab bering.
YTLATga kiritilgan modullar qanday masalalarni yechishni ta’minlashi kerak?
Yer tuzish ishlarining umumiy texnologik chizmasini yoritib bering.
Ma’lumotlarning grafikaviy, o’lchamli va semantik bazalari bilan toza ishlashni qanday funktsiyalar ta’minlashi kerak?
Plan-xarita materiallariga ishlov berishning asosiy texnologiyalarini aytib bering.
Foydalanuvchining loyihani yaratish jarayonida avtomatlashtirilgan tizim qanday vazifalarni bajarishi kerak?
Grafikaviy tahrirchining vazifalari nimalardan iborat?
Boshlang’ich grafikaviy materialni raqamli shaklga aylantirishning usullarini ayting.
Digitayzerdan foydalanishda raqamli shaklga aylantirishning qanday o’ziga xos hususiyatlari bor?
YTLATda berilgan ma’lumotlarning qanday modellaridan foydalaniladi?
Grafikaviy avtomatlashtirilgan loyihalash jarayoni qanday bosqichlardan tashkil topgan?
Xarita ichida turli qanday qatlam uchun obyektlar maydonlarini hisoblashni YTLATning qanday xarakatlari ta’minlashi kerak?
Yotqizish (joylashtirish) tamoyili nimadan iborat?
Loyihalarni, chizmalarni, kartalarni tuzish va chop etishga chiqarish uchun YTLATda qanday mexanizm ko’zda tutilgan?
Ma’lumotlarni himoya qilish muammosining ahamiyatliligini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |