Aniq fanlar


O’RTA ASR FIZIKASI (XI-XV asrlar)



Download 3,94 Mb.
bet50/72
Sana25.06.2022
Hajmi3,94 Mb.
#704899
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72
Bog'liq
fizika va astranomiya tarixi majmua

O’RTA ASR FIZIKASI (XI-XV asrlar)
Abu Rayhon Beruniy (973-1048)
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy 973 yilda qadimgi Xorazm poytaxti Kot (Qiyot) shahri yaqinida tug’ilgan. Qiyot — hozirgi Qarning Beruniy tumani (Shoboz) shahri hisoblanadi. Beruniy so’zi forscha «Berun» (tashqari) so’zidan kelib chiqqan, ya’ni shahar tashqarisidan yoki shahar tashqarisida tug’ilgan degan ma’nolarni anglatadi. Olimning otasini Ahmad, o’zini Muhammad deb atashgan. Hozirga qadar Beruniyning 152 ta asari ma’lum, shundan 32 tasi bizgacha yetib kelgan. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi minerologiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bag’ishlangan. U 50 yoshida eron, fors, arab, yahudiy va yunon tillarini mukammal bilgan. Beruniy astronomiyaga doir asarlari bilan geliosentrik nazariyani olg’a suradi. Ekliptikaning og’maligini aniqlab, bir yilda 52 sekundga kamayishini (hozirgi natija 47 sek.) aniqladi. U kvadrant astralyabiga o’xshash asboblar ixtiro qiladi. Yer aylanasi 40000 km ekanligini topadi. O’z asarlarida Yerni shar shaklida ekanligini e’tirof etib, Yer sharining bizga teskari tomonida ham materiklar mavjud ekanligini isbotlab, Kolumbdan bir necha yuz yil oldin Amerika qit’asini mantiqiy ravishda ochadi. 1048 yilda «Minerologiya» asarini yaratadi, bu asari ikki qismdan iborat bo’lib, 1- qism 36 bobni o’z ichiga olib, u qimmatbaho toshlarga bag’ishlangan. 2- qismi 12 bobdan iborat bo’lib, metallarga bag’ishlangan. Beruniy fizikaning mexanika, akustika, issiqlik, yorug’lik, elektr va magnetizm masalalariga doir fikrlarni olg’a suradi. Materiya, o’lchov birliklari, tezlik, chiziqli va burchak tezlik, og’irlik va solishtirma og’irlik, tutash idishlar, vodoprovod, buloqlar, fontan, artezian quduqlari, bo’shliq, atmosfera bosimi, konveksiya, suyuqlik zarrachalari orasidagi tortishish kuchi, inersiya, erkin tushish hodisalari, oddiy mexanizmlar g’oyasini boyitadi. U yorug’likni moddiy zarrachalar dastasi deb qaraydi. Yorug’lik tezligini tovush tezligi bilan taqqoslaydi. Yorug’likning qaytishi va sinishi, ranglarga bo’linishini tushuntirishga urinadi. Elektron so’zining sharqda atalishi «kahrabo» so’zining ma’nosini tushuntiradi. «Kah» — somon, «rubo» - o’g’irlamoq (tortib olish) degan ma’noni anglatadi, ya’ni qahrabo junga ishqalanganda yengil (somon) parchalarini tortishi sababli shunday deb nomlangan.
U gidrostatik tortish usuli bilan 50 dan ortiq moddalarning solishtirma og’irligini aniqlagan. Jadvalda bir necha moddalarning Beruniy tomonidan o’lchangan va hozirda ma’lum bo’lgan solishtirma og’irliklari keltirilgan. Ushbu jadvaldan ko’rinadiki, natijalar orasidagi farq unchalik katta emas. Bu narsa Beruniy juda mukammal tajriba usulidan foydalanganligidan guvohlik beradi. Beruniy o’zining «Minerologiya» nomli asarida ta’kidlashicha, u juda ko’p izlanishlar va urinishlar natijasida gidrostatik tortish ishlari uchun maxsus idish ixtiro etganligini yozadi. Ushbu idishning ostki qismi konus shaklida, bo’yin tomoni silindrsimion bo’lib, uning o’rtasidan teshik ochilib ingichka naycha ulangan. Idishga suv to’ldiriladi va unga solishtirma og’irligi aniqlanishi lozim bo’lgan jismlar tushirilganda, ushbu naychadan ma’lum miqdorda suv tarozi pallasiga oqib tushadi. Oqib tushgan suv og’irligi tarozida tortilib va u namuna siqib chiqargan suv og’irligi bilan taqqoslanib, jismlarning solishtirma og’irligi aniqlanadi. Beruniy erishgan ilmiy natijalar va uning Minerologiya asaridan Sharqning buyuk olimlaridan Umar Xayyom, Nosiriddin at- Tusiylar o’z ilmiy izlanishlarida keng foydalanishgan.
Beruniy bilan Ibn Sino bir davrda yashagan. Ular o’rtasida doimo ilmiy muloqot bo’lib turgan. Masalan, Ibn Sino savollariga Beruniy bergan javoblarini keltiramiz:
Savol: Toza suv to’ldirilgan yumaloq shisha idish quyosh nurini to’plab xuddi tiniq tosh kabi kuydirishi mumkin, agar havo bilan to’ldirilsa, u kuydirmaydi, nima uchun?
Javob: Albatta, suv qalin, vazmin, tiniq bir jism bo’lib, uning zotida bir oz rang bor. Shunday sifatdagi har bir narsadan yorug’lik akslanadi (sinadi). Shu’laning to’planishidan, kuydirish quvvati hosil bo’ladi. Havoda shu’la kuchli akslanmaydi, chunki havo nozik yupqa va tiniqdir.
Ikkinchi savol: Agar jismlar issiqlikdan kengayib, sovuqdan toraysa, ichidagi suvi yaxlab qolgan idishlar yorilishining sababi nima?
Javob: Jism qizib, kengayib joy talab qiladi, shunga o’xshash jism sovub kichikroq joy olgach, idishda bo’shliq hosil bo’ladi. Natijada sovuqlik idishni sindiradi.
Uchinchi savol: Nima uchun muz suv yuzida bo’ladi, holbuki, muz sovuqlik bilan qotishi sababli, Yer tabiatiga yaqinroq edi?
Javob: Suv yaxlagan vaqtda suvda havo bo’lakchalari qalashib qolib, yaxni suv tagiga cho’kishidan saqlaydi.
Ikki alloma o’rtasidagi ushbu ilmiy muloqot zamonaviy fizik tasavvurlarga ancha yaqin keladi, ammo o’sha davrga nisbatan ancha ilg’or fikrlar edi.
Al Beruniy «Minerologiya» asarida oltin, kumush, simob, temir, mis, qalay, qo’rg’oshinlarning xossalarini, ularning klassifakasiyasini, qazilish joylarini va ularni qayta ishlash haqida ma’lumot beradi. Ushbu asarida Al Beruniy «Marvarid» toshining optik va fizikaviy xossalari, uning turli tillarda (arab, fors, yunon, suriyon) atalishi, qaysi dengizlardan olinishi, olinish usullari va uni baholash haqida hikoya qiladi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish