Aniq fanlar



Download 3,94 Mb.
bet52/72
Sana25.06.2022
Hajmi3,94 Mb.
#704899
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72
Bog'liq
fizika va astranomiya tarixi majmua

Mirzo Ulug’bek
Mirzo Ulug’bek - Amir Temurning nabirasi Mirzo Shohruhning o’g’li 1394 yilning mart oyida Eronning Sultoniya shahrida tug’ilgan. Uning ismi Muhammad Tarag’ay bo’lib, yoshligidan Ulug’bek deb atala boshlangan va keyinchalik uning asosiy ismi bo’lib qolgan. 1411 yil Mirzo Shohruh o’g’li Ulug’bekni Movorounnahr va Turkiston hokimi etib tayinlaydi. Bu paytda Ulug’bek endi 17 yoshga to’lgan edi. Ulug’bek ota va bobolaridan farq qilib, harbiy yurishlarga qiziqmas, ko’proq ilm va fanga moyil edi. Ulug’bek o’zining uztozi deb Qozizoda Rumiyni hisoblaydi. U Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiylar kabi astronom va matematiklar ta’sirida ulg’ayadi. Ulug’bekning safdoshi Ђiyosiddin Jamshid Koshiyning guvohlik berishicha, Ulug’bek Qur’oni Karimni aksariyat qismini yoddan bilgan, fiqh, mantiq ilmlarini mukammal egallagan. Fan va madaniyatga qiziqqan Ulug’bek Samarqand, Buxoro va Ђijduvonda uchta madrasa qurdiradi. Samarqanddagi madrasa qurilishi 1417 yilda boshlanib, 1420 yilda nihoyasiga yetadi. Ushbu madrasa qoshida u dunyoning turli joylaridan mudarris va olimlarni taklif etadi va astronomiya maktabini shakllantiradi. Madrasada ilohiyot ilmidan tashqari tabiiy fanlar bo’yicha yetuk allomalar Ulug’bek, Qozizoda, Koshiy, Ali Qushchilar dars berishgan. Ushbu madrasada asosiy yo’nalish astronomiya fani edi. Ulug’bek rahbarligida Samarqand shahri yaqinidagi Ko’hak tepaligida Rasadxona qurilishi 1424 yilda boshlanib 1429 yilda nihoyasiga yetkaziladi. Rasadxona silindr shaklida 3 qavatli ulkan binodan iborat bo’lgan. Unda radiusi 40 m bo’lgan ulkan sekstant bo’lib, uning yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar holati aniqlangan. 1908 yilda arxeolog olim V. Vyatkin tomonidan uning qoldiqlari topildi. Ulug’bekning astronomik maktabi mahsuli sifatida uning «Ziji Ulug’bek», «Ziji jadidiy», «Yangi zij» ham deb nomlanadigan mashhur asari hisoblanadi. Ulug’bekning matematikaga doir «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», «Risolai Ulug’bek»; astronomiya va tarixga doir «Tarixi arba’ ulus» (To’rt ulus tarixi) asarlari bizgacha yetib kelgan. Ulug’bekning «Zij» asari to’g’risida. Bu asar ikki qismdan, ya’ni keng muqaddima (nazariy) va amaliy qismdan, ya’ni 1018 ta sobit yulduzning o’rni va holati aniqlab berilgan jadvaldan iborat. Muqaddimaning boshida Qur’oni Karimdan yulduzlar va sayyoralarga taalluqli oyatlar keltirilgan. Masalan: «Quyosh, Oy va yulduzlarning barchalari falakda suzib yurur» (Yosun surasi, 40 oyat, 322 bet). «Darhaqiqat, biz eng yaqin osmonni yulduzlar bilan ziynatladik. Va uni har bir itoatsiz shaytondan, jindan saqladik». (Vassofot surasi, 6,7 oyat, 325 bet).[16] Ulug’bek bu bilan astronomik kuzatishlarning zarurligini g’oyaviy asoslamoqchi bo’ladi. Ammo shunga qaramasdan Qur’oni Karimning mohiyatiga tushuna olmagan din peshvolari va aqidaparastlar uni g’ayridinlikda ayblab ig’vo tarqatishib, o’z o’g’li Abdullatif tomonidan o’ldirtiriladi. Ulug’bek «Zij» ning muqaddimasida o’zining ustozi Qozizoda Rumiyning ushbu asarni yaratishda unga rahbarlik qilganligini yozadi. O’zining shogirdlari orasidan Ali Qushchini «Farzandi arjumand» (ya’ni farzandim) deb, «Zij» ning amaliy qismini uning ittifoqligida yozganligini ta’kidlaydi. 1449 yili Ulug’bekning fojiali halokatidan so’ng Samarqand olimlari asta-sekin yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari bo’ylab tarqalib ketadilar. Ular o’zlari bilan Samarqand astronomiya maktabi asarlarining nusxalarini olib ketadilar va uning Ovrupoga tarqalishiga xizmat qiladilar. Ayniqsa, uning sodiq shogirdi Ali Qushchi 1473 yili Istambulga borib, u yerdagi rasadxonada Ulug’bek ishlarini davom ettiradi. Shu tariqa Ulug’bekning «Ziji» Turkiya va undan Ovrupo orqali butun duyoga tarqaladi. Ma’lumotlarga qaraganda «Zij» ning hozirgi kunda 100 ga yaqin forsiy nusxasi va 15 dan ortiq arab tilidagi nusxalari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Endi Ulug’bekning fizika faniga qo’shgan hissasi to’g’risida to’xtalaylik. Fizikanning asosiy fundamental qonunlaridan biri-butun olam tortishish qonuni 1680 yilda ingliz olimi Isaak Nyuton tomonidan ochilgan. Ammo Nyutongacha, Ptolemey, Ulug’bek va boshqa astronomlar tomonidan Oy, Quyosh va boshqa sayyoralarning harakat trayektoriyasi o’rganilgan. Bu to’plangan ilmiy natijalarga asoslanib, Iogan Kepler planetalarning harakat qonunlarini ochdi. Nyuton bu ilmiy izlanishlarni umumlashtirib, Butun olam tortilish qonunini kashf etdi. Demak, Butun olam tortishish qonuni ochilishida vatandoshimiz Ulug’bek va uning astronomiya maktabining ham ulushi bor

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish