Rentgen nurlari. 1895 yilda Vilgelm Kondrat Rentgen (1845- 1923) qiziq hodisani kuzatadi. U katod nurlari tabiatini o’rganayotib, razryad trubkasi qalin qora qog’oz bilan o’ralishiga qaramay, ekranni lyuminessensiyalanishini (chaqnashini) kuzatadi. U bu nurlarni X nurlar deb ataydi. Bu nurlar, katod nurlari kelib urilganda shisha qobiqda yuzaga kelar ekan. Bu X nurlar magnit va elektr maydonida chetlanmas ekan. Hyech bir to’siqdan qaytmas, sinmas ekan va to’g’ri chiziqli tarqalar ekan. X nurlar tabiati ma’lum bo’lgach, uni Rentgen nurlari deb atash qabul qilindi. Rentgen nurlari kichik to’lqin uzunlikdagi yorug’lik nuri ekan (χ =1÷100Å).
R entgen nurlarining ochilishi insoniyat hayoti va madaniyatiga ulkan hissa qo’shdi. Tibbiyot sohasida misli ko’rilmagan muvaffaqiyatlarga erishildi, rentgenologiya fani vujudga kelib, zamonaviy tibbiyot diagnostikasining asosi yaratildi. 1901 yil 10 dekabr kuni fizika bo’yicha birinchi Nobel mukofoti Rentgenga berildi.
V .K. Rentgendan avvalroq boshqa bir nemis fizigi Filipp Lenard katod nurlarining tabiatini o’rganayotib, katod qarshisida joylashtirilgan metall folgada maxsus nurlanish vujudga kelishini, bu nurlanish elektr va magnit maydonlaridan o’tganda chetlanmasligini qayd etadi. Ammo, u bunga e’tibor bermagan edi. Rentgen tomonidan qilingan kashfiyotdan keyin, u rentgen nurlarini ochganligi haqida da’vo bilan chiqadi. Ammo bu paytga kelib rentgen nurlanishining kashfiyotchisi deb V.K.Rentgen tan olingan edi.
RADIOAKTIVLIK
Atom tuzilishining planetar modeli yoki Rezerford-Bor modeli yaratilishiga sababchi radioaktivlik hodisasidir. 1895 yildan boshlab Rezerford Tomsonning assisenti vazifasida o’z ilmiy izlanishini radioaktivlik hodisasini o’rganishdan boshlaydi. U a-zarrachani tabiatini, uning elektr va magnit maydonlarida chetlanishini chuqur o’rganib, uning massasi va zaryadini aniqlaydi. 1908 yilda a-zarracha bu geliy atomining ioni ekanligi isbotlanadi. Radioaktiv parchalanish qonuni ochiladi. N = N0ye-λt; N0 -parchalanish boshidagi atomlar soni, N-t vaqt o’tgandan keyingi atomlar soni, T =1n 2/λ -ga radioaktivlikning yarim yemirilishi davri deyiladi. τ= λ/2 - elementning o’rtacha yashash vaqti. Radoiaktivlik yemirilish davri tashqi ta’sirlarga bog’liq bo’lmasdan, har xil radioaktiv elementlar uchun turlicha ekan.
Katod nurlari shisha ballon devoriga tushib fluoressensiya hodisasini namoyon etadi va bu rentgen nurlari manbai bo’lib xizmat qiladi. Anri Bekkerel shunday savol qo’yadi: bu nurlanish, ya’ni rentgen nuri va fluoressensiya bir-birovi bilan qanday bog’lanishda ekan? Bekkerel tomonidan 1896 yilda uran tuzi yonida tasodifan fotoplastika qo’yilgan bo’ladi. Bir necha kundan keyin fotoplastinkani ochirganda unda uran tuzining shakli tushib qolganligini ko’radi. 1898 yilda Mariya va Pyer Kyurilar ham Bekkerel tajribasini davom ettirishib, toriy elementida, so’ngra paloniy elementlarida ham ushbu hodisani kuzatishadi hamda ular fanga radioaktivlik atamasini kiritishadi. So’ngra radiy va 1900 yilda M.Kyurining shogirdi Xasbert tomonidan aktiniy radioaktiv elementi ochiladi. 1899 yilda Bekkerel va undan xabarsiz holda Gizel Bekkerel nurlari magnit maydonidan o’tganda bir qism nurlar chapga va ba’zisi o’ngga chetlanishini kuzatishadi, bu nurlarni α va β — nurlar deb atadi. 1900 yilda Pol Viylyar uchinchi nur ham mavjud ekanligini, u magnit maydonida chetlanmasligini ko’rsatadi va uni — nurlar deb atadi. β -nurlar manfiy zaryadga ega zarrachalar (elektronlar) ekanligi aniqlandi. α-nurlar musbat zaryadli zarracha yoki Ne-atomining yadrosi ekanligi aniqlandi.
1989 yil Pyer va Mariya Kyurilar ikki yangi radioaktiv element poloniy va radiyni kashf etishdi. Fizikaga birinchi marta radiaktivlik atamasini kiritishdi. 1903 yil Mariya va Pyer Kyurilarga radioaktivlik sohasidagi kashfiyotlari uchun Nobel mukofoti beriladi. 1911 yil Mariya Skladovskaya — Kyuri radiy elementini metall ko’rinishida ajratib olganligi uchun ikkinchi marta unga kimyo sohasi bo’yicha Nobel mukofoti beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |