Aniq fanlar


Radioaktiv nurlanish energiyasi.Radioaktiv



Download 3,94 Mb.
bet12/72
Sana25.06.2022
Hajmi3,94 Mb.
#704899
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72
Bog'liq
fizika va astranomiya tarixi majmua

Radioaktiv nurlanish energiyasi.Radioaktiv nurlanish jarayonida energiya ajralib chiqar ekan. Shu munosabat bilan M.Kyuri ikkita nazariyani ilgari surdi. Birinchisida radioaktiv moddalar tashqaridan energiya yutib, so’ngra uni qayta chiqaradi deyilsa, ikkinchi nazariyasiga ko’ra, radioaktiv moddalar o’z-o’zidan energiya chiqarib, unda asta-sekin o’zgarish yuz beradi. 1903 yilda P.Kyuri muhim kashfiyotni ochadi, ya’ni uran tuzi uzluksiz energiya chiqarib turishini aniqlaydi. Radioaktivlik tezda ko’p sohalarda, ximiya, geologiya, medinsinada qo’llanila boshlandi. Tibbiyotda radiologiya fani vujudga kelib, uning zamirida zamonaviy davolash vositalari yaratildi.


1888 yilda Galvaks zaryadlangan o’tkazgich ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda uning zaryadsizlanishini kuzatadi. Arrenius shisha ballon ichida ikkita elektrod joylashtirib, bu elektrodlar galvanometrga ulanib, elektrodlardan biri razryad nuri bilan yoritilganda, galvanometr zanjirda tok vujudga kelganligini ko’rsatadi. Bu birinchi fotoelement nusxasi edi. 1888 yilda Augusto Rigi metall plastinka ultrabinafsha nur bilan yoritilganda, u musbat zaryadlanib qolishini kuzatadi va birinchi bor bu hodisani fotoelektrik effekt deb atadi. Bu hodisaning mohiyatini Tomson tushuntirdi.
1879 yilda Edison qizitilgan metallar yuzasidan elektronlar uchib chiqish hodisasini kashf etdi va bu hodisa termoelektr deb atala boshlandi.
Fotoeffekt hodisasi va issiqlik nurlanishining Plank tomonidan yaratilgan kvant nazariyasi fizikada kvant fizikasining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Birinchi marta yorug’lik nurlanishining kvant nazariyasini M.Plank olg’a surgan edi. 1905 yilda Eynshteyn Plankning kvant nazariyasi asosida fotoeffekt hodisasini tushuntirdi. Buning uchun Eynshteyn quyidagicha mulohaza yuritdi: «Yorug’lik nafaqat kvant shaklida chiqariladi, balki kvant shaklida tarqaladi va kvant shaklida moddalarda yutiladi». 1923 yilda Kompton yorug’lik kvantini "Foton " deb atadi. Eynshteyn fotoeffekt hodisasini Plankning kvant nazariyasi asosida quyidagicha tushuntirdi:



Фотоэффект Комптон эффект


hv = A ishq+ mV2/2;
hv - metallga tushayotgan yorug’lik kvanti energiyasi.
Aishq — elektronning metaldan chiqishi uchun bajarilgan ish.
mV2 /2 — metalni tashlab chiqqan elektronning kinetik energiyasi. Eynshteynga fotoeffekt hodisasini izohlab berganligi uchun Nobel mukofoti beriladi.
Keyinchalik, 1922 yilda Kompton va 1923 yilda Raman effektlarining ochilishi yorug’lik kvant nazariyasining tamomila g’alabasiga olib keldi. 1928 yilda Landsberg va Mandelshtamlar yorug’likning krisstallarda kombinasion sochilishini ochdilar. Yorug’likning kombinasion sochilishi chet elda «Raman» effekti deb yuritiladi. Hindistonlik fizik Raman 1927 yilda yorug’likning suyuqliklarda kombinasion sochilishini ochadi. Yorug’likning kombinasion sochilishi va Kompton effektlari zamonaviy fizikaning asosiy ilmiy izlanish metodlari hisoblanadi. Ushbu usul bilan hozirgi kunda moddalar tuzilishi, yorug’lik va elementar zarrachalarning moddalar bilan o’zaro ta’siri o’rganilib, yangi-yangi fan sohalari vujudga kelmoqda.


D.D. Tomson (ingliz fizigi) atom modelini yaratadi. Uning, atom modeliga asosan, atom ikkita turli xil zaryaddan, ya’ngi musbat zaryadli uzluksiz muhitdan «flyuid-efir» va manfiy zaryadli elektronlardan tashkil topgan. Tomson fikricha, har bir elektron atomga tushayotgan nurlanishni sochuvchi markaz bo’lib xizmat qiladi. Bu mulohaza orqali yorug’likning sochilishi, dispersiyasi va zaryadlangan zarrachalarning moddalardan o’tishda chetlanishini tushuntirish mumkin. Tomson, Krauter va Berkli degan olimlar fikricha, atomdagi elektronlar soni uning atom og’irligiga proporsionaldir. Shu bilan zbirgalikda, radioaktivlik hodisasining ko’rsatishicha, atomdan α++- zarrachalarning chiqishi unda musbat zaryadli zarracha bo’lishligini taqozo etadi. Bu hol Tomson modeliga to’g’ri kelmas edi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish