Anguage and literature



Download 10,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/73
Sana30.03.2022
Hajmi10,13 Mb.
#518591
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
Bog'liq
uzb-2019 2son(1)

…Bu­ sof­ hayot,­ yozuvchining­ qalbini­ o‘rtagan,­
ardoq lagan, unga ilhom bergan hayot tasviri, og‘ir va 
shu bilan birga farahbaxsh, musibatga to‘la va shu bi
-
lan birga odamga quvvat beradigan umid, uning boshi
-
ni “toshdan” qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy 
hayot manzarasidir.
Kitobda qimirlagan har bir jonning qayg‘usi, qu
-
vonchi, qilmishi, muhabbati, g‘azabi, og‘zidan chiqadi
-
gan­har­bir­so‘zi­rost:­birov­urush­kasofatidan­tor-mor­
bo‘lgan muhabbati xarobasi ustida ko‘z yosh to‘kadi; 
urush bo‘roni ko‘z ochirmaydigan vaqtda birovning 
qalbida­muhabbat­g‘unchasi­yaproq­yozadi;­ota­askar-
likdan qochgan farzandini otadi va shu bilan birga 
“Xayriyat, o‘q tegmadi”, – deydi; qishloqdan qahramon 
chiqqanda butun qishloqning ko‘kragi ko‘tariladi, har bir 
xonadonga fayz kiradi, urush kasofati onaning o‘limiga 
sabab bo‘ladi; oddiy odam mehnat frontida katta tashki
-
lotchi bo‘lib ketadi; odamlar qo‘lidagi bir burda nonning 
yumshoq joyini jangchilarga ilinadi. Nayman cho‘llarida 
dushmanga qarshi yana bir mehnat fronti ochadi.
­…­“Ufq”da­tasvir­etilgan­qishloq­hayotini,­odamlarni­
ko‘rib har bir o‘zbek katta iftixor bilan: “Biz – o‘zbeklar!” 
deydi, qardosh xalqlar o‘zbekni mehr bilan: “O‘zbek 
og‘aynim”,­–­deb­ataydi…”­
Shundan so‘ng asar o‘rganila boshlanadi. Birinchi 
ustundagi tarqatmalar o‘quvchilarga tarqatiladi va javob 
berishlari so‘raladi.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
19
Dars – muqaddas
Romandan olingan quyidagi parchadagi: “Tur-
na qanotida bu cho‘llarga bahor olib keldi-yu, ammo 
Tursunboyning qalbida uyulib, muz bitib yotgan qorni 
eritolmadi. Unga bahor kelmadi” izohini sharhlang. 
Romanda inson ruhiyati bilan tabiat holati o‘rtasidagi 
munosabat qanday aks ettirilgan?
Bahor kelishi bilan cho‘lda ham ish qizirdi. 
“Egilgan boshni qilich kesmas”, deb xalqdan, vatan
-
doshlaridan kechirim so‘rab urushga ketsa, jang qilib 
yuzi yorug‘ bo‘lsa, uni, albatta, Vatan ham, Zebi ham 
kechirardi. Lekin Tursunboy bunday qilmadi. Qalbida
-
gi muz shunga ishora.
Bir paytlar ko‘ngil qo‘ygan qizga Tursunboyning 
begonaligi ifodalangan tasvirni asardan topib yozing.
“Shu topda ularning orasi ikki yuz metrcha 
ham kelmaydi. Chaqirsa eshitadi. Yugursa yetadi. 
Ammo chaqirishning ham, yugurib yetishning ham 
iloji yo‘q. Ularning orasi millionlarcha kilometr, unga 
na yurib yetib bo‘ladi, na uchib”.
Onaning aqldan ozishiga sabab bo‘lgan holatlar 
tasvirlangan o‘rinlarni ovoz chiqarib qayta o‘qing va 
izohlang. Jannat xolaning murdasini qabristonga olib 
ketayotganlarini ko‘rib turgan Tursunboy va uning 
xayo lidan o‘tgan fikrlarga munosabatingizni bildiring.
Jannat xola javob bermadi. Uning ko‘zlari 
bejo. Faqat qo‘llarini muttasil silkitib to‘qay tarafga qa-
rab qichqirardi. Ona aqldan ozgan edi. Nizomjon uni 
suyab chodir oldiga olib kelgunicha terga pishib ketdi. 
Jannat xola hamon to‘qayga qarab qichqirar, uning 
qo‘lidan chiqib o‘sha yoqqa yugurmoqchi bo‘lardi.
Asardagi “Tursunboyning bari qilmishlari endi joni 
bilan birga tanini tark etgan edi. Endi u yolg‘iz tana 
otaniki edi. U yoshlik paytlaridagidek beozor uxlayot-
ganga o‘xshardi. Yuzlari norasida yuzidek pok edi 
u ning” tasvirini izohlang.
Butun parcha davomida, isqirtligi, yuvuq-
sizligi, ochko‘zligi qayta-qayta ta’kidlangan qahra-
monning: “Yuzlari norasida yuzidek pok” – deya 
tasvirlanganligini quyidagicha baholaymiz. Buning 
sababi o‘zbeklarda dunyodan o‘tgan kishiga munosa-
bat o‘zgacha bo‘ladi. Marhum ortidan hech kim yo-
mon so‘z aytmaydi.
O‘g‘lini otishga otib, tegmaganini ko‘rgach: “Xayri-
yat, tegmabdi”, – deb o‘ziga taskin bergan bechora ota-
ning hissiyotlari, tuyg‘ulari haqida mulohaza yuriting.
“Tutun tarqaganda Ikromjon o‘g‘lining qa
-
mishlarni qayirib hamon ketayotganini ko‘rdi. “Xay-
riyat, tegmabdi”, – dedi. Yana miltiqni oldi. Bu gal bo
-
lani mo‘ljalga olmadi. Jahl bilan duch kelgan tarafga 
qarab tepkini bosdi”. Ota-da axir. Bolasining xalqdan 
kechirim so‘rab, yurt oldida yuzi yorug‘ bo‘lishini 
xohlaydi. O‘g‘lining kamolini ko‘rishni xohlaydi.
“Ikromjon qabr tepasidan keta olmadi. Har gal 
o‘rnidan turib ketmoqchi bo‘lardi-da, yana faryod urib
o‘zini qabr ustiga otardi” tasviriga e’tibor bering. Qah-
ramonning holatini o‘z tilingiz bilan ifodalashga uri-
ning. Uning xatti-harakatini izohlang.
Asarda Tursunboy qilmishi qoralanadi, hatto 
otasi ham o‘g‘lini mahv etishga tayyor. Lekin Tursun
-
boy uning yolg‘iz farzandi, bir umr Ikromjon xotirasida 
uning yoshligi, voyaga yetayotganda ota-onasini qu-
vontirib yurganlari ko‘z o‘ngidan ketmaydi. Ana shu 
holat uni farzandi qabridan hech uzoqlashtira olmasdi.
Parchani o‘qib chiqqach, siz qanday holatga tush-
dingiz? Matndan sizni larzaga solgan o‘rinlarni topib 
belgilang. O‘z munosabatingizni bildirishga urinib 
ko‘ring.
Tursunboyning bari qilmishlari endi joni bilan 
birga tanini tark qilgan edi. Endi u yolg‘iz tana bo‘lib 
ota bag‘rida qolgan edi. U yoshlik paytlaridagidek 
beozor uxlayotganga o‘xshardi. Yigirma bir yil ar
-
doqlab boqqan, shamolni ravo ko‘rmay joniga o‘rab 
o‘stirgan bolasi xoinlikdan, qo‘rqoqlikdan, ona oldida-
gi hech qachon yuvib bo‘lmaydigan gunohlardan pok 
bo‘lolmay, ota quchog‘ida begonadek yotardi.
O‘quvchilarning javoblari tinglanadi va o‘qituvchi xu-
losasini aytadi:
– O‘quvchilar, avvalo, ota-onadan ham ayb o‘tgan:
ular yolg‘iz o‘g‘illarini erka, tantiq qilib o‘stirganlar. 
Bugun erka farzand ularni el orasida sharmisor qila-
yapti. Biroq bu ayblovlar zamirida urushni qoralash, bu 
qirg‘inbarotni o‘ylab chiqarganlarni la’natlash yotibdi. 
Urush ota-onalarni farzand dog‘ida kuydirdi, bolalar-
ni yetim qildi, mamlakatni xarobaga aylantirdi. Barcha 
baxtsizliklarning sababi – ana shu urush.
So‘ngra o‘quvchilarga

Download 10,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish