veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
17
Dars – muqaddas
146-mashq
doskada bajariladi. Mashqda
berilgan
gaplarning egalari aniqlanib, ularning qaysi so‘z
turku-
mi bilan ifodalanganligi topiladi.
Namuna:
Aqlli
o‘zini ayblar,
aqlsiz
do‘stini.
Aqlli,
aqlsiz
gapning egalari, sifat so‘z turkumiga oid.
To‘g‘ri va aniq javob bergan guruh rag‘bat kartoch-
kasini qo‘lga kiritadi.
“Tushunchalar”
usulidan foyda-
lanib, mashqda keltirilgan maqollar mazmuni izohla-
nadi. So‘ngra o‘quvchilarga turli mevalar ko‘rinishidagi
shakllar tarqatiladi. Mevalarda berilgan gaplarni uchta
guruh uch yo‘nalishda bajaradi:
“Shoirlar”
guruhi gaplarning egasini aniqlaydi;
“Ijodkorlar”
guruhi gap egasining qaysi so‘z turku-
mida ekanligini aytadi;
“Yozuvchilar”
guruhi ega tarkibidagi qo‘shim-
chalarni izohlaydi.
V. Baholash va rag‘batlantirish.
Dars so‘ngida
“Bilib oldim”
metodi qo‘llaniladi.
O‘quvchilar yangi mavzuda nimalarni o‘rganganliklarini
xulosalaydilar.
Guruhlar to‘plagan rag‘bat kartochkalari hisobla nib,
g‘olib guruh aniqlanadi, faol qatnashgan o‘quvchilar
hamda g‘olib guruh rag‘batlantiriladi. Barcha o‘quvchi-
lar ishtirokiga ko‘ra baholanadi.
VI. Uyga vazifa.
147-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Egani topib, tagiga
chizing.
Adiba
BEKCHANOVA
,
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir
tumanidagi
41-umumiy o‘rta ta’lim
maktabining
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
YURAKDAGI BITMAS JAROHAT
YOXUD VATANNING KORIGA YARAGIN, BOLAM!
Dars mavzusi:
Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasidan
olingan parchani o‘rganish. (8-sinf, III chorak)
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad:
berilgan
parcha mazmunini
tahlil qilish, asar qahramonlarining his-tuyg‘ulari, or-
zu-armonlari, ular xarakteridagi murakkabliklar, urush
davridagi og‘ir hayot va yozuvchi mahorati haqida ba-
tafsil fikr yuritish;
b) tarbiyaviy maqsad:
o‘quvchi ma’naviyatini boyi-
tish,
ularga Vatan, ota-ona oldidagi farzandlik burchi
haqidagi tushunchalarni chuqurroq singdirish;
d)
rivojlantiruvchi maqsad:
o‘quvchilarga
ona-Vatanga muhabbat, dovyuraklik,
jasurlik, mardlik
hislarini singdirish.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar:
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
– hayot
davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, hayotiy tajribani
mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z
xatti-
harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul
qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: