Anguage and literature



Download 10,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/73
Sana30.03.2022
Hajmi10,13 Mb.
#518591
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
Bog'liq
uzb-2019 2son(1)

1-ilova
Venn diagrammasi
Topshiriq. 
Lеksik-morfologik kategoriya va 
funksiоnal-mоrfоlоgik katеgоriyalarni taqqoslang va 
Venn diagrammasida ifodalang.
2-ilova
“Tushunchalar asosida matn tuzish” metodi
Topshiriq:
berilgan so‘zlar asosida 5-6 gapdan 
iborat matn tuzing. Tuzilgan matnlar asosida grammatik 
kategoriyalarni tasniflang:
1. 1-sentabr, O‘zbekiston, sho‘rolar tuzumi, majlis,
deklaratsiya. (Mustaqillik)
2. Yomg‘ir, sovuq, o‘tin, quyosh, gul, Vatan. (Bahor)
3. “Munojot”, Shahrisabz, Oqsaroy, Amir Te mur,
musiqa. (I maqom festivali)
3-ilova
Qiyoslash asosida xulosa chiqarish
Topshiriq: 
grammatik ma’no tarkibini o‘zaro 
qiyoslang.
Lеksik-
morfologik 
kategoriya
Lеksik-
morfologik va 
funksiоnal-
mоrfоlоgik 
katеgоriyalarni 
o‘zaro qiyoslang
Funksiоnal-
mоrfоlоgik 
katеgоriya
Nisbat, harakat 
tarzi, bo‘lish-
li-bo‘lishsizlik, 
o‘zgalоvchi, 
sоn, subyеktiv 
munоsabat, qi
-
yoslash, daraja 
katеgоriyalari
Ularning har 
ikkisi ham mor-
fologik kate-
goriya bo‘lib, 
ma’lum bir 
so‘z turkumlari 
doirasiga taal-
luqli
Kеlishik, ega
-
lik, kеsimlik 
funksiоnal-
mоrfоlоgik 
katеgоriyalar
Lеksik-
morfologik 
kategoriya
Kеlishik, 
egalik, 
kеsimlik 
funksiоnal-
mоrfоlоgik 
katеgоriyalar
Grammatik ma’no
Kategorial 
ma’no
Yondosh ma’no
Hamroh ma’no
?
To‘g‘ri javob: 
kategorial va yondosh ma’no dialektik 
bog‘langan, hamroh ma’no esa nisbiy.
Bundan tashqari bir necha xil shakl-ko‘rinish, 
mazmun-mohiyatga ega KLASTERlar, Intellekt xarita, 
tushunchalar tahlili asosidagi krossvordlardan ham 
foydalanish mumkin. Bularning barchasini o‘qituvchi 
yoki talabalarning o‘zlari ham tayyorlab kelishlari 
mumkin. Biz ko‘p hollarda talabaning mustaqil ishida 
shunday topshiriqlar beramiz va talabalar hech 
bo‘lmaganda shulardan bittasini bo‘lsa-da tayyorlashga 
harakat qiladi. Tushunchalar tahlili metodi har bir modul 
yoki mavzuda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan metod bo‘lib, 
u, o‘z navbatida, dars salohiyati va samaradorligini 
oshiradi. 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
23
2019-yil bahor ayyomida tavalludining 90 
yilligi nishonlanadigan Ozod Sharafiddinov 
yarim asrlik mehnat va ijod faoliyati davomida 
muallim-murabbiy, munaqqid, publitsist, tarji-
mon, muharrir sifatida millat ma’naviy-madaniy 
hayotida yorqin iz qoldirdi. Birinchi Prezidentimiz 
aytganlariday, u hayotda ham, ijodda ham o‘zi-
ning haqqoniy so‘zi, iroda va matonati bilan yurtdoshla-
rimiz, avvalambor, yoshlari miz uchun ibrat namunasiga 
aylangan edi.
U kishining mustaqillik yillarida, ayniqsa, og‘ir xastalik-
ka chalingan kezlaridagi ijodiy shijoati tarixda kam uchray-
digan noyob hodisa. Shu yillar davomida yaratgan asar-
larining o‘zi yarim asrlik boy ijodiy merosining uchdan ikki 
qismini tashkil etadi. Yana bir xarakterli jihati, dard bilan 
olishuvlar asnosida qog‘ozga tushirgan bitiklari hayotga, 
el-yurtga, adabiyotga cheksiz mehr-muhabbat tuyg‘ulari 
bilan yo‘g‘rilgandir. Ustoz ijodiy faoliyati va merosining har 
bir qirrasi alohida olam: faoliyat sohalarining har birida bu 
zot, chunonchi, bir yetuk muallim yoxud bir yetuk publitsist, 
tarjimon, muharrir umri davomida erishishi mumkin bo‘lgan 
maqomlarga ko‘tarila oldi. Ammo uning adabiyot ilmi, ada-
biy tanqid sohasidagi xizmatlari alohida tahsinga sazovor.
Munaqqid Ozod Sharafiddinov milliy tanqidchilik may
-
doniga, Abdulla Qahhor iborasi bilan aytganda, chaqmoq-
dek yashnab, momoqaldiroqdek gulduros solib kirib keldi, 
yarim asr davomida u tanqidchiligimizning karvonboshisi 
bo‘lib qoldi; uning sa’y-harakati tufayli tanqidchiligimiz tari-
xida tub burilish, yangi bosqich boshlandi, o‘ziga xos mak-
tab yaratildi. Bu maktab ahamiyati, ko‘lamini tasavvur etish 
uchun o‘sha paytga qadar tanqidchiligimiz bosib o‘tgan 
yo‘lga, o‘sha kezlardagi vaziyatga bir nazar tashlab o‘taylik.
Garchi adabiyotshunoslik bobida boy tajribaga ega 
bo‘lsak-da, zamonaviy tanqidchilik bizda keyinroq, o‘tgan 
asr boshlarida maydonga keldi. Boshda munaqqidlik vazi-
fasini yangi adabiyotning asoschilari Qodiriy, Cho‘lpon, 
Fitrat, keyinroq, Oybek, A.Qahhordek siymolar ado etdilar. 
Biroq ular yangi zamon adabiy harakati uchun bu kifoya qil-
masligini, maxsus professional tanqid ham zarurligini yax-
shi bilardilar. Ularning malakali munaqqidlar tarbiyasiga 
naqadar katta e’tibor berganliklari tarixdan ma’lum. Buning 
uchun Abdulla Qodiriyning Sotti Husaynga, Cho‘lponning 
Vadud Mahmudga bo‘lgan umidi, e’tiborini eslash kifoya.
Ming afsus, sho‘ro adabiy siyosati, mamlakatda avj 
oldirilgan sinfiy-mafkuraviy kurashlar tufayli 20-yillarda 
iste’dodli munaqqid sifatida tan olingan Vadud Mahmud 
tanqid maydonini erta tark etdi. Boshda chin nafosat 
kashshofi sifatida tanila boshlagan A.Sa’diy, Qodiriy kat
-
ta umid bog‘lagan S.Husayn vulgar sotsiologizm yo‘liga 
tushib oldilar. Boshqalarning qismati ham deyarli shu xilda 

Download 10,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish