Anguage and literature



Download 10,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/73
Sana30.03.2022
Hajmi10,13 Mb.
#518591
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73
Bog'liq
uzb-2019 2son(1)

III. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni o‘rganishdan oldin o‘quvchilarga ro
-
man va roman-trilogiya haqida ma’lumot beriladi.
So‘ngra “Ufq” romani haqida Abdulla Qahhorning 
quyidagi fikrlari yozilgan slayd namoyish etiladi:
“Bu kitobni kitobxon boshdan oyoq shavq bilan, hech 
qayerda turtinmasdan, diqqati susaymasdan, ishtahasi 
bo‘g‘ilmasdan o‘qib chiqadi. 
Yozuvchining “Mushtum” jurnali, 1955–1957), 
“Yosh leninchi” gazetasi, O‘zbekiston Davlat radio 
qo‘mitasi, “Qizil O‘zbekiston” gazetasi, “Sharq yul-
duzi” (1948–1950) jurnali tahririyatlaridagi faoliyati ye
-
tuk ijodkor bo‘lib yetishishiga, elga tanilishiga sabab 
bo‘ldi.
Hikoyalari: “Ishqiboz”, “Tortiq”, “Qoplon”, “Qora
-
ko‘z Majnun”, “Sobiq”.
To‘plamlari: “Er yurak”, “Farg‘ona hiko yalari” , “Mu
-
habbat”, “Xandon pista” (hajviy to‘plam), “Bir o‘pich
-
ning bahosi” (hajviy to‘plam)
Qissalari: “Qadrdon dalalar”, “Hukm”, “Kiprikda 
qolgan tong”
Romanlari: “Ufq”, “Jimjitlik” Dramatik asarlari: “Ke
-
linlar qo‘zg‘aloni” (komediya), “Kuyov”.
Adibning barakali va mazmunli ijodiy faoliya-
ti davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. Adib 
“O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoniga, Davlat mu-
kofotiga sazovor bo‘lgan, “Buyuk xizmatlari uchun”, 
“Do‘stlik” ordenlari bilan mukofotlangan. Said Ahmad-
ga Vatanimizning yuksak mukofoti – “O‘zbekiston 
Qahramoni” unvoni berilgan.
Roman (fransuzcha – roman) – nasriy asar jan
-
ri. Roman – inson hayotini jamiyat bilan bog‘lab, keng 
tasvirlovchi yirik epik janr hisoblanadi. U boshqa nas-
riy janrlar – qissa, hikoyalardan o‘zida ko‘plab perso-
najlarning taqdirini aks ettirishi, katta miqyosdagi vo-
qea-hodisalarni tasvirlashi bilan farq qiladi.
Roman-trilogiya uch kitobdan iborat bo‘lib, ijtimoiy 
hayotning katta bir davrini o‘z ichiga oladi. Bunday 
asar undagi qahramonlar hayotini, davrning juda kat-
ta qismini voqealar fonida ko‘rsatishga qodir bo‘ladi. 
Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi uch kitobdan iborat 
romandir. Romanning birinchi kitobi “Qirq besh kun” 
deb atalib, unda xalqimizning urushgacha bo‘lgan 
hayoti, uning mehnat jasorati (Katta Farg‘ona kanali 
qurilgan) qalamga olingan. “Hijron kunlarida” deb at
-
aladigan ikkinchi kitob esa birinchi kitob qahramon-
larining urushda va front ortidagi qahramonliklari 
haqida hikoya qiladi. Asarning uchinchi kitobi – “Ufq 
bo‘sag‘asida” esa ularning urushdan so‘nggi taqdiri 
tasvirlangan. Ushbu roman-trilogiyada juda katta davr 
qamrab olingan va bu mustaqil kitob qahramonlar-
ning g‘oyat murakkab, baxtli va mashaqqatli taqdirini 
batafsil yorita olgan.
“Kecha sahar paytida osmoni falakda turna o‘tdi. 
Tursunboy shunda ham uyg‘oq edi. Turna ovozi unga 
juda ko‘p narsalarni eslatib ketgan edi”. Sizningcha, 
turnalar nimalarni eslatib ketgan bo‘lishi mumkin? Siz 
ham hech turna uchib o‘tganini ko‘rganmisiz?
Qishlog‘ini, hamqishloqlarini, ota-onasini, 
ko‘chasini, baxtli bolaligini, tinch hayotini eslatgandi.
Matndan Tursunboyning tashqi qiyofasi tasvirlan-
gan joyni topib qayta o‘qing. Yozuvchi nima uchun 
Tursunboyni aynan shunday tasvirlagan, boshqacha-
roq bo‘lishi ham mumkinmidi?
Soqoli o‘sgan, sochlari quloqlaridan osilib 
darvesh qiyofasiga kirib qolgan. Sovun tegmagan 
betlari kir, badanidan achimsiq ter hidi kelardi. Bir 
vaqtlar qizlarni shaydo qilgan qop-qora ko‘zlari endi 
ma’yus, atrofga ma’nosiz boqardi.
Tursunboyning xudbinligi, odobsizligi yaqqol ko‘ri-
nadigan so‘zlar, holat va harakatlari tasvirlangan 
o‘rinlarni matndan topib yozing va o‘z munosaba ti n-
gizni bildiring.
U shoshib ona qo‘lidan tugunchani oldi-yu 
hech qayoqqa qaramasdan, hech narsa demasdan 
o‘zini ovqatga urdi. – Shattaligimni dadam biladimi? 
Unga aytma. Naq tutib beradi. – Dadang bir oyoqdan 
ajrab kelgan. – Bilaman, bilaman, – dedi Tursunboy 
yana labini yalab.

Download 10,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish