III. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni o‘rganishdan oldin o‘quvchilarga ro
-
man va roman-trilogiya haqida ma’lumot beriladi.
So‘ngra “Ufq” romani haqida Abdulla Qahhorning
quyidagi fikrlari yozilgan slayd namoyish etiladi:
“Bu kitobni kitobxon boshdan oyoq shavq bilan, hech
qayerda turtinmasdan, diqqati susaymasdan, ishtahasi
bo‘g‘ilmasdan o‘qib chiqadi.
Yozuvchining “Mushtum” jurnali, 1955–1957),
“Yosh leninchi” gazetasi, O‘zbekiston Davlat radio
qo‘mitasi, “Qizil O‘zbekiston” gazetasi, “Sharq yul-
duzi” (1948–1950) jurnali tahririyatlaridagi faoliyati ye
-
tuk ijodkor bo‘lib yetishishiga, elga tanilishiga sabab
bo‘ldi.
Hikoyalari: “Ishqiboz”, “Tortiq”, “Qoplon”, “Qora
-
ko‘z Majnun”, “Sobiq”.
To‘plamlari: “Er yurak”, “Farg‘ona hiko yalari” , “Mu
-
habbat”, “Xandon pista” (hajviy to‘plam), “Bir o‘pich
-
ning bahosi” (hajviy to‘plam)
Qissalari: “Qadrdon dalalar”, “Hukm”, “Kiprikda
qolgan tong”
Romanlari: “Ufq”, “Jimjitlik” Dramatik asarlari: “Ke
-
linlar qo‘zg‘aloni” (komediya), “Kuyov”.
Adibning barakali va mazmunli ijodiy faoliya-
ti davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. Adib
“O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoniga, Davlat mu-
kofotiga sazovor bo‘lgan, “Buyuk xizmatlari uchun”,
“Do‘stlik” ordenlari bilan mukofotlangan. Said Ahmad-
ga Vatanimizning yuksak mukofoti – “O‘zbekiston
Qahramoni” unvoni berilgan.
Roman (fransuzcha – roman) – nasriy asar jan
-
ri. Roman – inson hayotini jamiyat bilan bog‘lab, keng
tasvirlovchi yirik epik janr hisoblanadi. U boshqa nas-
riy janrlar – qissa, hikoyalardan o‘zida ko‘plab perso-
najlarning taqdirini aks ettirishi, katta miqyosdagi vo-
qea-hodisalarni tasvirlashi bilan farq qiladi.
Roman-trilogiya uch kitobdan iborat bo‘lib, ijtimoiy
hayotning katta bir davrini o‘z ichiga oladi. Bunday
asar undagi qahramonlar hayotini, davrning juda kat-
ta qismini voqealar fonida ko‘rsatishga qodir bo‘ladi.
Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi uch kitobdan iborat
romandir. Romanning birinchi kitobi “Qirq besh kun”
deb atalib, unda xalqimizning urushgacha bo‘lgan
hayoti, uning mehnat jasorati (Katta Farg‘ona kanali
qurilgan) qalamga olingan. “Hijron kunlarida” deb at
-
aladigan ikkinchi kitob esa birinchi kitob qahramon-
larining urushda va front ortidagi qahramonliklari
haqida hikoya qiladi. Asarning uchinchi kitobi – “Ufq
bo‘sag‘asida” esa ularning urushdan so‘nggi taqdiri
tasvirlangan. Ushbu roman-trilogiyada juda katta davr
qamrab olingan va bu mustaqil kitob qahramonlar-
ning g‘oyat murakkab, baxtli va mashaqqatli taqdirini
batafsil yorita olgan.
“Kecha sahar paytida osmoni falakda turna o‘tdi.
Tursunboy shunda ham uyg‘oq edi. Turna ovozi unga
juda ko‘p narsalarni eslatib ketgan edi”. Sizningcha,
turnalar nimalarni eslatib ketgan bo‘lishi mumkin? Siz
ham hech turna uchib o‘tganini ko‘rganmisiz?
Qishlog‘ini, hamqishloqlarini, ota-onasini,
ko‘chasini, baxtli bolaligini, tinch hayotini eslatgandi.
Matndan Tursunboyning tashqi qiyofasi tasvirlan-
gan joyni topib qayta o‘qing. Yozuvchi nima uchun
Tursunboyni aynan shunday tasvirlagan, boshqacha-
roq bo‘lishi ham mumkinmidi?
Soqoli o‘sgan, sochlari quloqlaridan osilib
darvesh qiyofasiga kirib qolgan. Sovun tegmagan
betlari kir, badanidan achimsiq ter hidi kelardi. Bir
vaqtlar qizlarni shaydo qilgan qop-qora ko‘zlari endi
ma’yus, atrofga ma’nosiz boqardi.
Tursunboyning xudbinligi, odobsizligi yaqqol ko‘ri-
nadigan so‘zlar, holat va harakatlari tasvirlangan
o‘rinlarni matndan topib yozing va o‘z munosaba ti n-
gizni bildiring.
U shoshib ona qo‘lidan tugunchani oldi-yu
hech qayoqqa qaramasdan, hech narsa demasdan
o‘zini ovqatga urdi. – Shattaligimni dadam biladimi?
Unga aytma. Naq tutib beradi. – Dadang bir oyoqdan
ajrab kelgan. – Bilaman, bilaman, – dedi Tursunboy
yana labini yalab.
Do'stlaringiz bilan baham: |