Anguage and literature



Download 10,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/73
Sana30.03.2022
Hajmi10,13 Mb.
#518591
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73
Bog'liq
uzb-2019 2son(1)

Mahfuza DAVRONOVA,
Samarqand davlat universiteti doktoranti, 
filologiya fanlari nomzodi
IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA JANRLAR MASALASI 
VA USLUB BIRLIGI
Nasriy yo‘lda yaratilgan hikoyalarda ham epizodik 
hikoya bosh qahramon tilidan bayon etiladi. Demak, 
shoir tasvir ifodasini to‘g‘ri tanlaydi.
Uzoqni ko‘radigan
Otangda ham gunoh yo‘q:
“Unga qiz beradigan
Anoyi yo‘q, ahmoq yo‘q!”
O‘lan – mayin, o‘t – mayin,
Indamaydi toptasang.
Birovga indamayin
Ochiladi darbozang.
O‘z taqdiriga nisbatan isyon etmaslik o‘zbek 
qizlarining azaliy qadriyatlaridan sanalgan. Shu 
sabab ota munosib ko‘rgan yorni tanlashi va u bilan 
umrguzaronlik qilishi odatiy holga aylanib ketgan. 
Oila deb atalmish muqaddas go‘sha uchun zamin 
tayyorlaydigan ota-onalar o‘zlarining qizlariga munosib 
bo‘lgan oila bilan ittifoq tuzishga harakat qilishadi. 
Ikki yoshning istak-xohishi qaysi bir oilada inobatga 
olinsa, yana qaysidir oilada inobatga olinmaydi. Shoir 
ushbu fikrlarni nazarda tutgan holda: “Otangda ham 
gunoh yo‘q”, – deya uning sa’y-harakatlarini qaysidir 
ma’noda oqlaydi. Oshiq yigitni munosib ko‘rmaganligi 
esa lirik qahramon tilidan: “Unga qiz beradigan 
Anoyi yo‘q, ahmoq yo‘q!” – deya vulgar so‘zlar orqali 
ta’kidlanadi. Biroq o‘quvchining bu so‘zga bo‘lgan 
munosabati ijobiyligicha qoladi. Chunki unda ota 
mehri, cho‘rtkesarligi ifoda etilgan. She’rda, ayniqsa, 
“Birovga indamayin, Ochiladi darbozang” misralari 
o‘quvchini larzaga solmasdan qolmaydi. O‘quvchida 
qizga nisbatan achinish hissi paydo bo‘ladi. Chunki u 
sevgi deb atalmish muqaddas tuyg‘uni qalbining tubiga 
yashirib yashashga mahkum. “O‘lan – mayin, o‘t – 
mayin, Indamaydi toptasang” misralari esa sevgiga, ikki 
yoshning tuyg‘ulariga nisbatan tortilgan “qizil chiziq”qa 
o‘xshaydi. Hali yashnab, gurkirab ulgurmagan hissiyotni 
shoir endi o‘sib chiqqan maysaga qiyoslasa, uning 
inobatga olinmasligi toptash mumkinligiga ishoradek 
go‘yo. Juda katta fojiani shoir mana shu ikki misraga 
joylar ekan, birovga indamayin darvozaning ochilishi 
bu fojiani kulminatsion nuqtaga ko‘tarib, uni dramatik 
fojiaga aylantiradi.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
45
Kichik tadqiqot
Nigohimni so‘nggi dam
Kipriging kesib o‘tdi.
Yo‘lingga yotib olsam,
Ko‘nglimni ezib o‘tding.
Senga oson, har qalay,
Buzsa bo‘lar nikohni.
Menga qiyin, men qanday – 
Bekor qilay nigohni?!
She’rning xulosasi fikrimizni yanada oydinlashtiradi. 
Darhaqiqat, yor boshqa inson bilan turmush qurib, 
hayotini u bilan bog‘lagan. Shu sabab oshiqning nigohini 
qayta uchratganda kipriklari uning nigohini kesib o‘tadi, 
ya’ni unga qaramaydi, e’tibor bermaydi. Albatta, oshiq 
bu holatni ko‘rganda ruhiy iztirobga tushadi. Natijada 
oshiq qalb qiynoqlariga duchor bo‘ladi. Shu sabab 
“Senga oson har qalay, Buzsa bo‘lar nikohni”, – deya 
e’tirof etadi. Lirik qahramon esa: “Menga qiyin, men 
qanday Bekor qilay nigohni?!” – deya har on, har soniya 
vujudini larzaga soluvchi armonni shu ikki misraga 
joylay oladi. 
Iqbol Mirzo ijodidagi bag‘ishlov janrida yaratilgan 
asarlar haqida ham to‘xtalish ahamiyatlidir. “Adabiy 
turlar va janrlar” nomli kitobda bag‘ishlov haqida quyidagi 
fikrlar keltirilgan: “…u yo bu kishiga bag‘ishlanuvchi 
she’r janri, ammo qasida yoki xat emas. …bag‘ishlovga 
musharraf bo‘lgan real kishining muhim tomonini, 
xizmatini to‘g‘ri, samimiy ta’kidlash bu janrdagi she’rning 
xarakterli belgilaridan biridir. ...bag‘ishlov xalqqa, biror 
jamoa yo tashkilotga, biror soha kishilariga, biror tarixiy 
hodisaga qaratilgan bo‘lishi mumkin, hamma gap 
she’rning kimga va nimaga bag‘ishlanayotganligidadir”. 
[1, 164]
Bag‘ishlov prototipli she’r hisoblanadi. Albatta, 
bu hol unga tipiklashtirish va individuallashtirish 
masalalarida ham muayyan talablar yuklaydi. Shu 
talablar asosida Iqbol Mirzo ijodidagi bag‘ishlovlarni 
tahlilga tortamiz. Uning “Yigit”, “Qo‘qon shamoli”, 
“Akalarimga”, “Paxta” kabi bag‘ishlovlari mavjud. 
Shoir aksariyat bag‘ishlovlarida prototip obrazlarni 
sarlavhadan so‘ng ko‘rsatadi. Bir necha bag‘ishlovlarida 
esa mazmundan kelib chiqib, ayrimlarida sarlavhaga 
“ga” jo‘nalish kelishigining qo‘shilishi natijasida mazkur 
asar bag‘ishlov janrida yozilganligini aniqlash mumkin. 
Shoirning “Akalarimga” nomli bag‘ishloviga shu nuqtayi 
nazardan razm solamiz:
Uch bora aylandi ajal qamchisi,
Uchta yulduzimni falakdan uzib,
Bugun jigarimda uchta tig‘ izi,
Shavkat Rahmon, Oxun, Muhammad Yusuf.
Birovi shamshirday to‘g‘ri zot edi,
Biri erkatoyi she’riyat bog‘in.
Birisiga mayda gaplar yot edi,
Shavkat Rahmon, Oxun, Muhammad Yusuf. 
[3, 98]
Shoir hayotidagi eng og‘ir uch yilda uning nigohida 
go‘yoki osmondan uch yulduz qulagandek bo‘ldi, ya’ni 
shoirning qalbidagi uchta tig‘ o‘zbek adabiyoti hamda 
madaniyatining uch katta daraxti qulaganligi hamda 
judolik azoblaridan darak beradi. Bu uch ijodkor she’r 
uchun prototip obraz bo‘lib xizmat qilgan. Shu bilan 
bir qatorda shoir ularning individual jihatlarini ochib 
berishga muyassar bo‘lgan. Biri shamshirday to‘g‘ri zot, 
ya’ni Shavkat Rahmon, biri she’riyat bog‘ining erkatoyi –
Muhammad Yusuf, biriga mayda gaplar yot – Oxun. 
Shoir ularning xarakteri hamda ruhiyatiga xos jihatlarga 
to‘xtaladi.
Nazar yomon ekan, suq yomon ekan,
Bir ariqdan suv ichib, birga o‘sib,
Ko‘p ekan-da joningga ko‘zin tikkan...
Shavkat Rahmon, Oxun, Muhammad Yusuf.
Xalqimiz hayotida ming-ming yillardan beri irim-
sirimlar o‘rin olgan, bular shoir nigohidan ham chetda 
qolmagan. U, avvalo, bundan ustalik bilan foydalana 
olgan. Ya’ni shoir “Nazar yomon ekan, suq yomon 
ekan” (insonga ko‘z tegmoq ma’nosida) misrasini 
keltiradiki, bu bilan har uchala ijodkorning yosh 
ketishiga ishora qiladi. Bir yerda ko‘kargan daraxtlar 
bir ariqdan suv ichishlari tabiiy. Suv ichish bu yerda 
Vatanni ifoda etadi. Shu bilan birga mumtoz darg‘alar 
ijodidan ilhomlanish ma’nosini ham beradi. Ushbu 
bag‘ishlovda jamiyatimizning tipik vakillari bo‘lgan uch 
shaxsga shoirning murojaat etishi she’rda o‘tkir nido 
bo‘lib jaranglaydi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Iqbol Mirzoning 
bag‘ishlov, she’riy hikoya, she’riy ertak, rivoyat, marsiya 
kabi janrlardagi asarlarida ham shoirning betakror ovozi 
yangrab turadi. 

Download 10,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish