3.Firma xarajatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonani asosiy maqsadi foyda
olishdir. Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish, ishlab chiqarish
xarajatlarini miqdori va korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga bo`lgan talab bilan
chegaralangandir.
Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlari foydani asosiy chegaralovchisi va shu
vaqtni ichida taklif xajmiga ta‘sir etuvchi asosiy omildir. Shuning uchun ishlab
chiqarish xarajatlarini hisobga olish, uning tarkibini tahlil etish korxona
samaradorligini oshirish, uni oqilona boshqarishining muhim shartlaridan biridir.
Keling endi xarajatlar masalasiga iqtisodiyot nazariyasidagi mavjud yondashuvlarni
ko`rib chiqaylik. Mehnat nazariyasiga asosan K. Marks ishlab chiqarish xarajatlarini
tova ishlab chiqarishga sarflar (ish haqi, xom ashyo, yoqilg`i, mehnat qurollarini
amortizatsiyasi) sifatida talqin etgan. Undan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga u
savdodagi xarajatlarni ham qo`shgan. Birinchi xil xarajatlarni u ishlab chiqarish,
ikkinchi xilini esa muomala xarajatlari deb atagan. Bunda u bozordagi ahvol va
boshqa hollarni e‘tiborga olgan. Marks tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlari
tashkil etadi degan fikrga asoslangan.
Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi xarajatlar tasnifiga boshqacha
yondoshadi. U resurslarning chegaralanganligi, noyobligidan va ulardan al‘ternativ
foydalanish deganda daraxtdan mebel, qurilish materiali, qog`oz va boshqa
mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlari tshuniladi. Bundan ma‘lum ishlab
chiqarishda qo`llanilayotgan biron-bir resursni iqtisodiy xarajatlari tovar ishlab
chiqarish uchun eng oqilona ishlatish usuli qiymatiga teng. Resurslarni
chegaralanganligi sababli har doim ishlab chiqarishni tashkil etish, tanlash muammosi
oldida turadi. Tanlash bir vaqtining o`zida biror bir narsadan vos kechishni anglatadi.
Shunday qilib, iqtisodiy xarajatlar — korxona tomonidan resurslarni yetkazib
beruvchilarga to`lov, shuningdek ishlab chiqarishni aniqlangan variantini amalga
oshirish uchun xuddi shu korxona tomonidan qo`llanishini ta‘minlovchi ichki
xarajatlardir. Yuqorida berilgan tarifdan biz xarajatlarni tashqi va ichki turlarga
bo`linishini ko`rishimiz mumkin. Tashqi xarajatlarga o`z mahsulotini ishlab chiqarish
uchun zarur narsalarni ya‘ni ish haqi, yoqilg`i, xom ashyo va shu kabilarga tshuniladi.
Ichki xarajatlar bu xususiy korxona egasi yoki magazin egasi o`ziga ish haqi
to`lamaydi yoki o`z pulini savdoga qo`ygan bo`lsa, bankga qo`ygan taqdirdagi
protsentini olmaydi. Ammo firma egasi normal foyda oladi. Aks holda bu ish bilan
shug`ullanmas edi. Normal foyda xarajatlarni bir elementini tashkil etadi. Undan
tashqari iqtisodiy yoki sof foyda ham farqlanadi, u umumiy tushumdan ichki va tashqi
shuningdek normal foydani chegirib tashlash bilan aniqlanadi. Iqtisodiy foydadan
buxgalteriya foydasi, umumiy tushumdan tashqi xarajatlarni chegirib tashlash orqali
aniqlanadi.
Korxonalarni yalpi xarajatlari (IH) doimiy (DX) va o`zgaruvchan (OX)
xarajatlardan iborat bo`ladi.
Doimiy xarajatlar — bu ijara to`lovi, qorovullik xizmati to`lovi, boshqaruvchi
va muxandislar maoshi va shu kabilardan iborat bo`ladi va ishlab chiqarish xajmiga
bog`liq bo`lmaydi.
O`zgaruvchan xarajatlar — doimiyga kirmagan boshqa hamma xarajatlar, ya‘ni
xom ashyo, materiallar, yoqilg`I, elektr energiya, ish haqi va shunga o`xshashlardan
iboratdir. Korxona faoliyatini tashkil etish va oqilona boshqarish mahsulot birligiga
qilingan xarajatlar (O`IH) bilish muhimdir. O`rtacha xarajatlar, umumiy xarajatlar
miqdorini korxona ishlab chiqargan mahsulot hajmiga bo`lish orqali hisoblanadi.
Xuddi shu yo`sinda o`rtacha doimiy (O`DX) va o`rtacha o`zgaruvchan (O`O`X)
xarajatlar farqlanadi.
Korxona faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish uning miqdorini muttasil
oshirib borishdan iboratdir, ushbu xol esa chegaraviy xarajatlar tshunchasini
qo`llashga sabab bo`ladi.
Chegaraviy xarajatlar (ChX) deganda hisoblangan va aslida ishlab chiqarish
hajmiga nisbatan har bir qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar.
Yuqorida qayd qilingan endiki doimiy xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot
hajmiga bog`liq bo`lmaydi, aksincha o`zgaruvchan xarajatlar esa ishlab
chiqarilayotgan mahsulot hajmiga bog`liqdir, ammo bu bog`liqlik bir xilda emasdir.
Birinchi bosqichda o`zgaruvchan xarajatlar kamayib boradi, chunki ishlab chiqarish
ko`lami oshib boradi. Ma‘lum davrdan boshlab o`zgaruvchan xarajatlar birligini
(masalan mehnat) belgilangan resursga (yer, kapital) qo`shib borish kamayib boruvchi
qo`shimcha yoki chegaraviy mahsulotni beradi. Bu hol iqtisodiyotda ―kamayuvchi
samara qonuni‖ degan nomni olgan. Masalan, stanokda xizmat ko`rsatuvchi
ishchilarning soni ortib borsa unda ularning qanchalik ko`proq ishlab chiqarishga jalb
etilishiga mos ishlab chiqarish hajmi sekin o`sib boradi. Demak, korxonalarning
ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori qo`llanilayotgan resurslarni miqdoriga bog`liq.
Ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan resurslarning miqdorini ayrim hollarga nisbatan
tez o`zgartirish mumkin, boshqa hollarda esa u uzoq davrni talab etadi. Binobarin,
iqtisodiy tahlil jarayonida qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarni farqlash zarurdir.
Iqtisodiy nuqtai nazaridan ular o`rtasidagi farq ishlab chiqarish quvvatlarini o`zgartira
olishidadir. Qisqa muddatli davrda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tshurish
mumkin. Shunga ham e‘tibor berish kerakki, ushbu davrlarni chegarasi har xil
tarmoqlarda turlichadir. Qisqa va uzoq davrini farqlash firmani foydasini ko`paytirish
strategiyasi va taktikasini aniqlashda muhimdir.
Firmaga qisqa muddatli davrda qaror qabul qilishida mahsulot birligi
xarajatlarni ta‘siri muhimdir. Mahsulot birligiga xarajatlar, mahsulotni ishlab
chiqarish o`sib borgan sari pasayadi, chunki ularni absolyut miqdori o`zgarmasdir.
O`zgaruvchan xarajatlar boshlang`ich davrda, ishlab chiqarish ko`lamlarini ortishi
sababli kamayib boradi. Undan so`ng esa ko`lam samarasini ustidan ―kamayuvchi
samara‖ qonuni ustun kelishi natijasida mahsulot birligi o`zgaruvchan xarajatlar o`sib
boradi. Masalan, konditer fabrikada dastgohlarni uch smena ishlatish, ularni ishlash
samarasini pasayishiga olib keladi, chunki uchinchi smenada ishlash dastgohlarni
profilaktika qilishga imkon bermaydi, natijada dastgohlarni unumsiz to`xtashlari
ko`payadi va u ishlab chiqarish natijalariga salbiy ta‘sir ko`rsatadi.
Agarda bozor narxi S nuqtadan pasaysa unda korxonalar ushbu tarmoqni
tashlab boshqa tarmoqqa o`tib ketadilar. Bu nuqtada faqat yangi mahsulotni ishlab
chiqarishga o`tgan korxonalar davom ettirishi mumkin bo`ladi yoki korxona o`tkazgan
tahlil ushbu tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qisqa muddatda talabni
ko`tarilishi natijasida baxoni ko`tarilishini tasdiqlasa korxona o`z faoliyatini davom
ettirishi mumkin bo`ladi. Korxona o`z xarajatlarini qoplay olmaydi. Bunday vaziyatda
korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishni to`xtatishi lozim bo`ladi. Uzoq muddatli
davrda ishlab chiqarish quvvatlarini o`zgartirish mumkin. Firma bu davrda ishlab
chiqarish maydonini yangi qurilish hisobiga kengaytirish, sexlarda yangi dastgohlarni
o`rnatish, yangi ishchilarni ishlab chiqarish jarayoniga tortishi mumkin, demak uzoq
muddatli davrda hamma xarajatlar o`zgaruvchan xarajatlar sifatida maydonga chiqadi.
Firmani kengaytirish davrida yalpi xarajatlar o`zgaradi. Boshida ko`lam (mashtab)
samarasi hisobiga kamayadi. Undan keyin ishlab chiqarish ko`lam samarasi ta‘siri
tamom bo`lgandan keyin u eng kam miqdoriga yetadi. Shundan so`ng yalpi
xarajatlarni ortishi jarayoni boshlanadi.
Bozorda sharoit o`zgardi — quvvatlarni oshirish yoki kamaytirish to`g`risida
firma yangi qarorni qabul qilishi lozim bo`ladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini muttasil
kamaytirib borish, korxonani foydaliligini oshirishning asosiy vositasi bo`lib
hisoblanadi. Chunki korxonaning xarajatlari qanchalik kam bo`lsa foyda miqdori
shunchalik ko`p bo`ladi. Bizning mamlakatimizda buhgalteriya hisobida ―xarajatlar‖
tushunchasini o`rniga ―tannarx‖ tushunchasi ishlatib kelingan. Tannarx mahsulotni
ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini yig`indisidan iborat. Uni asl va meyoriy
xarajatlar asosida hisoblanadi. Bu tushunchalar o`rtasida farq mavjud.
Maxsulot tannarxiga:
a)
xom ashyo va materiallar.
b)
yoqilg`i va moylash materiallari.
c)
elektr energiya xarajatlari.
d) asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish amortizatsiya ajratmasi.
e) ish haqi.
f) ijtimoiy sug`urta ajratmalari.
g) umumiy ishlab chiqarish xarajatlari (sex, brigada boshliqlarining ish haqi).
h) umumiy xo`jalik xarajatlari (korxona boshqaruv xodimlari) ish haqlari kiradi.
Mahsulot tannarxi tarkibi har bir sanoat tarmoqlarida o`ziga xos xususiyatga
ega. Masalan, neft sanoatida mehnatga haq to`lash va asosiy ishlab chiqarish
fondlarining amortizatsiyasi uchun nisbatan ko`p xarajat qilinadi, yengil, oziq-ovqat
sanoatida xom ashyo va materiallar salmog`i 85—90% ga yetadi.
Qishloq xo`jalik mahsulotlari tannarxi tarkibi sanoatnikidan ancha farq qilib,
urg`lik, o`g`it, yem-xashak qiymati, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishga
ketgan xarajatlar ham kiritiladi. Shu xo`jalikning o`zida yetishtirilgan urug`lik, yem-
xashak va boshqa mahsulotlar o`z tannarxiga ko`ra baholanadi. Sotib olingan urug`lik,
yem-xashak, mineral o`g`itlar, yoqilg`i va boshqa mahsulotlarni olib kelishga ketgan
harajatlarni ham hisobga olgan holda baholanadi. Qurilishlarda tayyorlangan mahsulot
tannarxini aniqlash o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib bunda, xarajatlarning eng ko`p
qismi qurilish materillari hisobiga tog`ri keladi, bu mahsulot tannarxini aniqlashda
qilingan sarf-xarajatlar qiymatini bitkazilgan binoning kv/m miqdoriga taqsimlanadi.
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borishi korxona foydasini oshirishning
asosiy vositasi bo`lib xizmat qiladi. Zero mahsulot bahosi tarkibining asosiy
elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin, xarajatlar qanchalik qisqarib borsa
shunga mos foyda miqdori oshib boradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu fan-
texnika taraqqiyotining (FTT) yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir. FTT
yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xom ashyo
materiallaridan yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga imkon beradi.
Shuningdek, yangi unumdorligi yuqori bo`lgan, samarador mashina, dastgoh va yangi
texnologik jarayonlar yaratilishi, uni ishlab chiqarishga joriy etish pirovard natijada
korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. Fan-texnika
taraqqiyotining XX asr ikkinchi yarmidagi o`ziga xos jihati prensipial yangi
texnologik ishlab chiqarish usuliga o`tishi bilan xarakterlanadi. Uning mavjud
texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy
samaradorligida emas, balki sifat nuqtai nazaridan yangi moddiy nematlar va
xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatlaridadir. Xarajatlarni pasaytirishning asosiy
yo`nalishlaridan biri bu ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning
takomillashtirishdir. Ushbu yo`nalish ishlab chiqarishda yo`qotishlarni kamaytirish
yo`li bilan xarajatlarni pasaytirish bu esa o`z navbatida jonli mehnatni iqtisod qilishga
ya‘ni ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga olib keladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarga bo`lgan baholarning
shakllanishi bilan talab va taklif nazariyasi mavzusida tanishgan edik.
Narx — (baho) tovar qiymatining pulda ifodalanishi. Narxni tovar qiymati
belgilaydi, ammo bozor sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bo`lishi
mumkin, bu esa bozordagi o`sha tovarga bo`lgan talab va uning taklifiga bog`liq
bo`ladi. Tovar narxining darajasi, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaligi sifati va
boshqa tovarlar o`rnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid quvvatiga xam bog`liq
bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho yordamida korxonalar ishlab chiqarishni
tashkil etishning asosiy muammolaridan biri — nima ishlab chiqarish kerakligini xal
etadilar. Baho tovar taklifi, axolini to`lov qobiliyati, ishlab chiqarish resurslarini oshib
yoki kamayib ketishi to`g`risida korxona egalariga axborot beradi.
Bahoning ya‘na bir vazifasi
Do'stlaringiz bilan baham: |