Tuman qishloq xo`jalik majmuining rivojlanishini ta’minlash
maqsadida, paxtakor va boshqa xo`jaliklar, qayta ishlash korxonalari hamda
xizmat ko`rsatuvchi korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, huquqiy
shaxs maqomiga ega bo`lgan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv organ.
Agrofirmalar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- davlat tayyorlov korxonalariga paxta tolasi, boshqa qishloq xo`jalik
mahsulotlarini yetkazib berish;
- qishloq xo`jaligini ilmiy-texnik darajasini oshirish, jahon standartlariga
mos mahsulot ishlab chiqarishni ta‘minlash;
- mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasida bozor munosabatlarini
rivojlantirish, moddiy-texnik resurslarning raqobatchi bozorlarini yaratish;
- xo`jaliklar va boshqa korxonalarga investitsiyalarni jalb qilishda
ko`maklashish;
- marketingni tashkil etish, bozor holatini (konyukturasini) o`rganish va
xo`jaliklar, korxonalar va tashkilotlarga yetishtirilgan mahsulotlarini sotishda
ko`maklashish, hamda o`z Nizomiga muvofiq boshqa vazifalarni.
2.Firma faoliyatini erkinlashtirish
O‗zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o`tishni o`ziga xos modeli
yaratilgan bo`lib, uning beshta ustuvor yo`nalishi Respublika Prezidenti
I.A.Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslangan va ishlab chiqilgan. Bu
yo`nalishlar qisqa qilib aytganda: birinchidan, islohotlarni evolyutsion yo`l bilan,
ya‘ni bosqichma-bosqich amalga oshirish; ikkinchidan, davlat islohotlarni
boshqaruvchi vazifasini bajarishi, uning bosh islohotchi ekanligi; uchinchidan,
islohotlar inson uchun, uning hayoti farovon bo`lishi, manfaatlari va talablari
ro`yobga chiqishiga shart-sharoit yaratish uchun amalga oshirilishini e‘tiborga olib
jamiyatda kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish; to`rtinchisi, iqtisodiyotning siyosatdan
ustunligini ta‘minlash, uni mafkuradan ozod qilish; beshinchisi, qonunning
ustunligini ta‘minlash, qonunlarga rioya qilishdir.
Ushbu yo`nalishlarga mos O‗zbekiston Respublikasidagi xususiylashtirish
modeli ishlab chiqilgan.
Xususiylashtirish modeli quyidagilardan iborat:
xususiylashtirish respublikada o`tkazilayotgan islohotlarning o`zagini
tashkil qilib, uning ichki mantiqiga bo`ysindirilgan;
xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;
xususiylashtirishda qonunning ustuvorligiga birlamchi bo`lib, barcha
jarayon, istisnosiz, ta‘lluqli qonunlar va me‘yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etishi
shart;
xususiylashtirish aholining kam ta‘minlangan qismini ijtimoiy qo`llab-
quvvatlash, aholini o`sishini hisobga olish, asta-sekin ijtimoiy kafolatlar tizimiga
o`tishini e‘tiborga olishga adresli yo`naltirilishi;
xususiylashtirish jahon tajribasini hisobga olgan holda, inqilobiy
sakrashlarsiz, bosqichma-bosqich, evolyutsion yo`l bilan amalga oshirilishi.
Bozor iqtisodiyotini shakllanishining asosiy negizini mulk masalasini hal
etilishi tashkil etadi. Shu sababli ham 1992 yili O‗zbekiston Respublikasida Davlat
mulk va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash qo`mitasi tashkil qilinadi.
Bu organ respublikada bozor islohotlari jarayonlarini amalga oshiruvchi
ijro organlardan biri bo`lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- ko`p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va tadbirkorlikni qo`llab-
quvvatlashda yagona siyosatni o`tkazish;
- davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo`llab-
quvvatlash jarayoniga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish;
- bozor infratuzilmasini yaratish;
-
fuqarolarning
mulkiy
huquqlarini
himoya
qilishni
va
xususiylashtirilgandan keyin tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;
- xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashga doir dasturlarni
ishlab chiqish va hokazolar.
Ushbu organ mamlakat hukumati bilan birgalikda xususiylashtirishning
strategiyasi va taktikasini ishlab chiqdi. Ushbu dasturga muvofiq o`tish davri
sharoitida mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish tartib va
usullari aniqlandi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos mulk munosabatlarini shakllantirishning
asosiy yo`li mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdir. Shu
sababli islohotlarning asosini mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan
chiqarish tashkil qiladi. Bu esa davlat korxonalarini isloh qilishni asosini tashkil
qilgan.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish deb qanday jarayonni
tushunamiz?.
O‗zbekiston Respublikasining ―Davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish
to`g‗risida‖gi
Qonunining
birinchi
moddasida
bu
tushunchalarning umumiy tarifi berilgan, unda: ―Davlat tasarrufidan chiqarish -
davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali
jamiyatlarga, mas‘uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli bo`lmaydigan
boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga taalluqli bo`lmagan yuridik
shaxslarning davlat mulki ob‘ektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining
aksiyalarini davlatdan sotib olishdir‖, - deb tariflangan. Shu bilan bir qatorda bu
tushuncha moddiy ishlab chiqarish va ularni taqsimlashni, xizmatni davlat
nazoratidan chiqarish hamda boshqaruv huquqlarini yangi mulkdorlarga yoki
yollanma boshqaruvchilarga berishni ham aks ettiradi. Chunki bu jarayonlar
nafaqat mulkdorni o`zgarishini bildirib, u mulkka egalik va boshqarish huquqining
xususiy shaxs ixtiyorida jamlanishini ham taqozo qiladi. Bu jarayon jamiyatda
konstitutsional o`zgarishlarga olib kelishi muqarrar, ya‘ni amalda yangi xo`jalik-
huquqiy tizimini yaratishni ham talab qiladi.
Xususiylashtirish monopoliyaga qarshi yo`nalishga ega bo`lib, iqtisodiyotni
tarkibiy o`zgarishlarga, xo`jalik tizimini rekonstrukturalashga asos bo`ladi,
jamiyatni barqarorlashtirish va inflyatsiyaga qarshi kurash muammolarini hal
qilishga yordam beradi.
Respublikada xususiylashtirishni huquqiy-me‘yoriy jihatdan ta‘minlash
uchun zaruriy qonunlar va me‘yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. Ularda mulk
shakllari, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularning qoidalari,
amalga oshirish usullari, shakllari, bosqichlari, ob‘ektlari va ularni sotib olish
tartiblari va boshqa shart-sharoitlari belgilab qo`yilgan. Xususiylashtirish
bosqichlari ―oddiydan murakkab sari‖ qoidasi asosida o`tkazilishi belgilab
qo`yilgan. Bu asosida Respublikada xususiylashtirishni uch bosqichi amalga
oshiriladi.
Birinchi (1992-1993 yillar) bosqichni savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy
xizmat sohasi va kichik sanoatni o`z ichiga olgan kichik xususiylashtirish tashkil
etdi. Natijada 53902 ta inshoot yangi mulk shaklini egalladi. Shulardan: 10638 tasi
savdo; 12561-maishiy xizmat ko`rsatish; 24316-matlubot kooperatsiyasi; 4753-
tayyorlov sohasi inshoatlari tashkil etgan. Ularning 95 foizi yuridik shaxs
maqomini olgan.
Bu davrda korxonalar va yashash joy fondlari xususiylashtirildi. Mulkdor
sifatida mazkur korxonalarning xodimlari va uylarda yashovchi kishilar ro`yobga
chiqdi. Davlat mulki bo`lgan 53902 ob‘ekt asosida 18000 oilaviy korxona va yopiq
turdagi 1700 aksiyadorlik jamiyati tuzildi. 700 dan ortiq sovxoz jamoa
xo`jaliklariga aylantirildi. Umumiy maydoni 170000 gektar bo`lgan 15000 fermer
xo`jaligi tuzildi. 1993 yilda YAMMning 35% iqtisodiyotning nodavlat sektorida
ishlab chiqildi.
Ikkinchi (1994-1995 yillar) bosqichda ommaviy xususiylashtirish amalga
oshirildi, bu bosqich yengil, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoatini, tayyorlov
shahobchalarini, qurilish, transport, aloqa korxonalarini va sanoatning ayrim
inshootlarini o`z ichiga oldi.
Xususiylashtirishning ikkinchi bosqichida 180000 kichik, o`rta va yirik
korxona mulk shaklini o`zgartirdi, ularning aksariyati ochiq turdagi aksiyadorlik
jamiyatlariga aylantirildi. Sanoat korxonalarini keng miqyosda xususiylashtirilishi
natijasida 2 mln. aksiya, pay va ulushga ega bo`lgan xususiylashtirilgan korxona
egalari, 85 ming xususiy va kichik korxona egalari, 14 ming ko`chmas mulk
egalarini o`z ichiga olgan mulkdorlar sinfi tashkil topdi.
1996 yildan boshlab xususiylashtirishni uchinchi bosqichi amalga
oshirilishi boshlandi. Ushbu bosqich islohotlarni chuqurlashtirish davriga mos
bo`lib, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada
chuqurlashtirishga yo`naltirilgan bo`lib, yirik davlat korxonalarini mulkchilikning
boshqa
shakllariga
aylantirildi.
Xoldinglar,
moliya-sanoat
guruhlari,
korporatsiyalar (assotsiatsiyalar), konsernlar, agrofirmalar tashkil qilish va boshqa
masalalarni hal qilishga ko`paytirilgan.
1998 yildan boshlab industrial gigantlar hisoblanishi yonilg‗i-energetik
kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik sohalarining yordamchi
korxonalarida, 1999 yildan boshlab esa - xorijiy sarmoyador xususiylashtirish
jarayoniga keng jalb etish boshlandi.
O‗rta va yirik korxonalarni xususiylashtirish jarayonining asosiy shartlari
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 18 noyabr 477-sonli
―Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilish choralari
haqidagi‖ farmoyishida keltirilgan, xususiy tadbirkorlik va qimmatli qog‗ozlar
bozori, korxonalarni aksiyalashtirish va mulkdor sinfni shakllantirish ishlari
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 28 avgustda ―Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash davlat dasturi
to`g‗risida‖gi 344-sonli qarori asosida amalga oshira boshlandi.
Kichik va o`rta biznes, xususiy tadbirkorlik yetakchi rol o`ynaydigan ko`p
ukladli iqtisodiyotning jadal shakllanayotgani tufayli 2002 yilda 38 mingga yaqin
mikrofirma, kichik va o`rta korxona tuzilib, ularning umumiy soni 240 mingtaga
yetdi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Dasturiga binoan 2000 yilda 374,
2001 yilning 9 oyida 801 korxona, 2002 yilda 1260 korxona xususiylashtirildi.
Davlat mulki qo'mitasi tomonidan 2012 yilning 1 yanvar holati bo'yicha 792 ta
(269 ta AJ va 52 ta MChJ) ustav fondida davlat ulushi mavjud bo'lgan
xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining monitoringi amalga oshirilmoqda.
Davlat vakili tomonidan ishonchli boshqarilayotgan korxonalarning moliya-
xo'jalik faoliyati asosiy ko'rsatkichlarining tahliliga ko'ra, 2011 yilni 776 ta (97,9
foiz) xo'jalik sub'ektida foyda bilan yakunlagan, jumladan, ularning 514 tasida
(61,8 foizi) 2010 yilga nisbatan o'sish kuzatilgan.
Davlat mulklarini ijaraga berishdan jami 34,2 mlrd. so'mlik mablag' tushimi
ta'minlanib, bu 2010 yilga nisbatan 1,65 barobarga ko'p demakdir. Ushbu
mablag'larning 50 foizi mahalliy byudjetlarga, qolgani davlat mulkini balansida
saqlovchi tashkilotlarga yo'naltirilgan.
Tarkibiy o`zgarishlar natijasida iqtisodiyotning nodavlat sektorida mavjud
bo`lgan korxona va tashkilotlarning 86,5% (1.10.2001y) faoliyat ko`rsatgan.
Quyidagi jadvalda 2002-2008 yillarda korxonalar mulkchilik shakllari bo`yicha
o`zgarish soni keltirilgan.
Jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |