Andijon mashinsozlik instituti



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana15.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#554003
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
firma mohiyati turlari va xarajatlari

 
Jami mulk shakli
Shu jumladan 
Yillar 
o`zgartirilgan 
korxonalar soni 
Xususiylashti-
rilgan 
aksiyadorlik 
jamiyatlariga 
aylantirilgan 
2002 
374 
103 
271 
2004 
260 
92 
168 
2005 
215 
87 
128 
2006 
193 
84 
109 
2007 
174 
63 
111 
2008 
160 
59 
101 


Yuqorida keltirilgan jarayonning boshlanishida korxonalarni davlat 
tasarrufidan chiqarishning o`ziga xos yo`nalishlarini qayd qilish zarur. Ularga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
- ijara korxonalarining tashkil etilishi; 
- mulkchilikning aralash shakllari, ya‘ni davlat va shirkatchilik shakllariga 
ega bo`lgan korxonalarni tashkil etilishi; 
- dastlabki xususiy korxonalar va aksiyadorlik kompaniyalarning tashkil 
etilishi; 
- boshqaruvning oliy va o`rta bo`g‗inining qayta tashkil etilishi. Bu 
yo`nalish vazirliklar va idoralar aksiyadorlik negizidagi korporatsiyalar va 
konsernlarga aylantirilishini taqozo qiladi. 
1990-1992 yillari O‗zbekiston Respublikasida yuqorida keltirilgan 
yo`nalishlar orqali mulkchilikning nodavlat shakllariga ega bo`lgan ishlab 
chiqarish tuzilmalarining barcha turlari tashkil etildi va sinovlar o`tkazildi. Ushbu 
jarayon davlat korxonalarini ommaviy tarzda davlat tasarrufidan chiqarishiga 
ob‘ektiv imkoniyatlar yaratdi. 
Davlat mulkini (korxonalarini) isloh qilish, ya‘ni xususiylashtirish, davlat 
tasarrufidan chiqarishning, jahonning turli davlatlari tajribasidan kelib chiqib, 
quyidagi usullar asosida amalga oshirilishi mumkin: 
1. Davlat korxonalari aksiyalarini ochiq sotish; 
2. Davlat korxonalarini xususiy investrlash (mavjud ob‘ektni to`g‗ridan-
to`g‗ri sotib olish yoki aksiyalar paketini to`la sotib olish yo`li bilan amalga 
oshiriladi); 
3. Korxonalarning mulkini sotish va keyinchalik mavjud qarzlarni to`lash 
yo`li bilan davlat korxonasini tugatish; 


4. Davlat korxonasini alohida bo`limlarga ajratish yoki bo`lish va qayta 
qurish yo`li bilan ularni qismlar bo`yicha sotish; 
5. Aksiyalarni kim oshdi savdosi orqali sotish; 
6. Korxonalarni mehnat jamoasi a‘zolari va rahbarlari tomonidan sotib 
olish; 
7. Davlat korxonasining xususiy shaxs tomonidan ijaraga olinishi yoki 
davlat va xususiy korxonalar o`rtasida korxonani boshqarish to`g‗risida bitim 
tuzish. Bunday korxonaning mablag‗lari davlat mulkchiligicha qoladi. 
―O‗zbekiston Respublikasidagi korxonalar to`g‗risida‖gi Qonunning 1 
moddasining 2 bandida: ―Korxonaning faoliyati maqsadlarini ro`yobga chiqarishga 
o`z mahsuloti, ishlari va xizmatlariga bo`lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda 
ana shu asosda mehnat jamoasi a‘zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini 
hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini ta‘minlash yo`li bilan 
erishiladi‖ - deb ta‘kidlab qo`yilgan. Bundan kelib chiqadiki korxona o`z 
maqsadlariga faqat mahsuloti, ishlari va xizmatlariga bo`lgan ehtiyojlarni 
qondirish orqali erishadi. Korxona o`z faoliyatini to`la-to`kis iste‘molchilarning 
talabini qondirishga yo`naltirishi shart va zarurdir. Bu borada ularning mas‘uliyati 
ham qonunlarda belgilab qo`yilgan. Masalan: ―Iste‘molchilarning huquqlarini 
himoya qilish to`g‗risida‖gi qonunning 27 moddasida Iste‘molchilar huquqlarini 
himoya qilish to`g‗risidagi qonun hujjatlarni buzganlik uchun ishlab chiqaruvchi 
javobgar bo`ladi deb belgilab qo`yilgan. 
Ushbu qonunning 5 moddasida ishlab chiqaruvchi o`z korxonasining nomi 
va joylashgan (yuridik) manzili haqida iste‘molchini xabardor qilishi shartligi, 6 
moddasida ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste‘molchiga o`zi realizatsiya 
qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqidagi zarur, to`g‗ri va tushunarli ma‘lumotlarni 
o‗z vaqtida berishi shart ekanligi belgilab qo`yilgan. 


Tovar (ish, xizmat) haqidagi ma‘lumotda ularni majburiy talablarga 
muvofiq kelishi shart bo`lgan normativ hujjatning nomi, tovar (ish, xizmat)ning 
asosiy iste‘mol xususiyatlari, bahosi, sotib olish tartibi, ishlab chiqargan sanasi, 
ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari, ulardan samarali va xavfsiz 
foydalanish qoidalari kabilar keltiriladi. Bularni mazmunidan shunday xulosa 
qilish mumkinki, ishlab chiqaruvchi iste‘molchi uchun xizmat qilishga majbur. 
Mahsulotlarni standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash ham 
korxonalarni 
o`z 
faoliyatini 
iste‘molchi 
talablariga 
moslashtirishga 
majburlashtiradigan omillardan biridir. 
Standartlashning asosiy vazifasi mahsulotning atrof-muhit, aholining 
hayoti, sog‗ligi, mol-mulkiga xavfsizlikni ta‘minlash uchun, texnikaviy va axborot 
jihatidan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o`zaro almashuvchanligini, ularni 
nazorat qilish usullar birligi va tamg‗alash birligini ta‘minlash kabilardir. 
Respublikada xalqaro iqtisodiy aloqalarning kuchayishi, savdo-sotiqning 
rivojlanishi, ichki va tashqi bozorga tovar chiqarishdagi raqobatning kuchayishi, 
ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish, ishlab chiqarish samaradorligi va 
mahsulot sifatini yaxshilashning barcha imkoniyatlarini izlab topish va ulardan 
amalda foydalanish bo`yicha bir qator muhim vazifalarni ko`ndalang qo`yadi. 
Bunday sharoitda mahsulot sifatini boshqarish tizimidagi muhim vosita sifatida, 
uning hayotiy siklining barcha bosqichlarida standartlash, metrologiya va 
sertifikatlashtirishning roli benihoya ortadi. 
Jahon birjalarida konditsion, ya‘ni standart talablariga muvofiq keladigan 
tovarlar uchun yuqori narx va har qanday nostandart tovar uchun yaroqsiz mol 
sifatida juda past narx belgilanadi. 
Standartlashtirishning muhim vazifalaridan biri - sifat ustidan davlat 
nazoratini o`rnatish bo`lib, uning asosini haqiqiy olingan mahsulot bilan standart 
talablari ko`rsatkichlarini qiyoslashni tashkil etadi. Shunga ko`ra ishlab chiqarish 
bilan boshqaruv o`rtasida javob aloqasi o`rnatiladi. Standartlar xalq iste‘mol 


tovarlari asosiy xususiyatlarini nafaqat ishonarli aniqlash, balki tezkorlik bilan 
aniqlash va uning iste‘mol qiymati to`g‗risida keng tasavvurga ega bo`lish 
imkonini beradi. Natijada har bir muayyan holatda sifatning eng maqbul darajasi 
bilan ishlab chiqarishni tashkil etish mumkin bo`ladi. 
Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish iste‘molchilarni himoya 
qilish asosiy me‘yoriy hujjati hisoblanib, muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik 
belgisi vositasida mahsulotlar yoki xizmatning muayyan standart yoki boshqa 
me‘yoriy texnik hujjatga javob berishini tasdiqlaydigan dalildir. Mahsulotlarni va 
xizmatlarni sertifikatlashtirish orqali yuksak sifatga erishish hamda ularni jahon 
bozorida raqobat qila olishi ta‘minlanadi. 
Sertifikatlashtirishning 
asosiy 
maqsadlaridan 
yana 
biri 
shundaki, 
sertifikatlashtirish asosidagina mamlakat korxonalari, qo`shma korxonalar va 
tadbirkorlar xalqaro miqiyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va 
xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratiladi. 
Korxona faoliyatini iste‘molchilar talabiga yo`naltirishning ijtimoiy asosi 
tovar (xizmat) ishlab chiqarishni azaldan ijtimoiy harakterga ega ekanligidan kelib 
chiqadi. Ishlab chiqaruvchilar o`z manfaatlariga jamiyatni, iste‘molchilarni talabini 
qondirish orqali erishadi. Buning uchun korxonani boshqaruvchilari jamiyat 
oldidagi sotsial javobgarlikning mohiyatini to`g‗ri tushinishi va uni jiddiylashtirish 
zarur. 
Yaponiyadagi 
―Matsusita 
Elektrik 
Industrial‖ 
kompaniyasining 
rahbarlaridan biri K.Matsusitaning fikricha boshqarishning yangi falsafasi asosida 
sotsial javobgarlikni tan olish yotadi. U shunday deydi: ―... har bir kompaniya, o`z 
mashtabidan qat‘iy nazar, foyda olishdan o`zga, uning faoliyat ko`rsatishini 
oqlaydigan maqsadni ko`zlashi kerak...‖. 
Korxonalar jamiyat manfaati uchun faoliyat yuritishi va aholining moddiy 
farovonligini oshirishga xizmat qilishi zarurligi butun jahonda tan olingan. 


XX asrda sanoatni rivojlantirishda yuqorida keltirilgan boshqaruv 
falsafasini amaliyotda qo`llab, Yaponiya davlati korxonalari sifatsiz va arzon 
mahsulotlar ishlab chiqarishdan, iste‘molchi talabiga yo`naltirilgan oliy sifatli 
tovarlar ishlab chiqish orqali o`zlarini ham, jamiyatni ham rivojlanish darajasini 
yuqori pog‗onaga olib chiqqan. 



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish