O‘zbekiston qadimgi tsivilizatsiya va madaniyat beshigi .
Insoniyatni paydo bo‘lishi xususidagi qarashlar va nazariyalar
Ibtidoiy jamiyat, uni davrlashtirish va bu boradagi yangicha yondashuvlar.
Markaziy Osiyodagi poleolit, mezolit, eneolit va bronza davri yodgorliklari
Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar.
―Avesto‖ insonning ma‘naviy hayotini shakllantirishdagi o‘rni
O‘zbekiston qadimgi tsivilizatsiya va madaniyat beshigi .
Insoniyat qadim-qadimdan o‘z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma‘naviy madaniyatga, ya‘ni ma‘lum darajadagi tsivilizatsiyaga ega bo‘lgan. Davrlar o‘tishi nitijasida, insoniyat tsivilizatsiyasi darajasi o‘sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilish usuli, qanchalik darajada moddiy va ma‘naviy boyliklarni yaratib va ko‘paytirib borishi bilan bog‘liq kechgan. U yoki bu tsivilizatsiya haqida so‘z borganda insoniyatning yashash uchun kurashi, tinimsiz mehnati, ma‘naviyat va ma‘rifatga intilishi tufayli o‘zi uchun yaratgan va madaniy qulayliklari-ov va mehnat qurollari, kiyim-bosh, uy-joy va oilaviy munosabatlari, ishlabchiqarish usullari, maishiy
xizmat vositalari, ijtimoiy ongi va ma‘naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-huquqiy, munosabatlari darajasi asosida tavsiflanadigan ma‘lum bir tarixiy davr tushuniladi. Masalan, qadimgi Sharq tsivilizatsiyasi, Antik Yevropa tsivilizatsiyasi, Islom tsivilizatsiyasi, Xristian, hozirgi zamon tsivilizatsiyasi kaabi tushunchalarda insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, axloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va boshqa jihatlari mujassamlashgan bo‘ladi.
Ilk tsivilizatsiyaga doir eng muhim belgilardan, davlatning paydo bo‘lishi, yozuvning vujudga kelishi, dehqonchilikning hunarmandchilikdan ajralib chiqishi, jamiyatning sinflarga bo‘linishi, shaharlarning paydo bo‘lishi kabi belgilarda ko‘rinadi.
Hozirgi tsivilizatsiyaga xos muhim belgilardan, huquqiy davlatning mavjudligi, butun jahon miqyosida ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanganligi, kommunikatsiya tizimining mavjudligi, planetar ong, planetar axloqning shakllangani kabilarda ko‘rish mumkin. Har bir mintaqada tsivilizatsiya davriy nuqtai nazardan erta yoki kechroq, o‘ziga xos tarzda shakllanib, rivojlanib borgan.Tarixiy ilmiy tadqiqotlar bizning vatanimiz- O‘zbekiston insoniyat tsivilizatsiyasining qadimgi o‘choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda.
Insoniyatni paydo bo‘lishi xususidagi qarashlar va nazariyalar.
Ilmiy manbalardan O‘zbekiston odamzod ilk paydo bo‘lgan o‘lka ekanliginin anglash, ajdodlarimizning qadimgi hayoti, turmush tarzi, moddiy va ma‘naviy madaniyati haqidazarur bilimga ega bo‘lish mumkin. Jamiyatshunos va tabiatshunos olimlar yer sharida hayotning paydo bo‘lishi, odamlarning vujudga kelishi muammolari ustida uzoq yillardan beri tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Bu haqda diniy va dunyoviy ta‘limotlar, rivoyatlar mavjud. Islom dini odamlarning Alloh tomonidan tuproqdan yaratilib, unga jon kiritilgani, dastlabki odamlar Odam Ato va Momo Havodan bo‘lganligi haqida to‘xtalib, ularning qachon yaratilganligini Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi, bu yolg‘iz ungagina ayonligi g‘oyasini ilgari suradi.
Yunon olimi Arastu odamning paydo bo‘lishini yer hayotining paydo bo‘lishi va rivojlanishi jarayoni bilan bog‘liq tushuntiradi. ―Odamzod oddiydan murakkabga, hayvonot olamidan odamzot dunyosiga o‘sib chiqdi‖, -deb ta‘kidlaydi.
Ingliz olimi Charlz Darvin yevropalik arxeologlarning Gibraltar g‘oyasi, Germaniyaning Neandertal vodiysi va Avstriyadagi tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilib, odamlarning ajdodlari daraxtda yuruvchi eng oliy turdagi maymunsimon odamlar driopiteklar bo‘lganligi haqidagi evolyutsion nazariyani ilgari suradi. U har qanday maymundan odam paydo bo‘lmasligini, odamlarning ajdodlari bo‘lmish driopiteklar allaqachon o‘lib ketganligini ta‘kidlaydi. Biroq bunday nazariyalar mutlaqo ilmiy haqiqatga ziddir. Xullas odamzotning paydo bo‘lishi haqida olimlarning turlicha fikr, qarashlari mavjud, hozircha fanda odamzot tabiatning bir qismi, u sayyoramizda taraqqiyotning ma‘lum bosqichida vujudga keldi, kishilik jamiyati mehnat tufayli takomillashib bordi, dastlab odamlar ibtidoiy to‘da shaklida, keyinroq urug‘-jamoa bo‘lib yashaganlar degan hulosalar ham mavjuddir.
3-4. Ibtidoiy jamiyat, uni davrlashtirish va bu boradagi yangicha yondashuvlar. Markaziy Osiyodagi poleolit, mezolit, eneolit va bronza davri
Do'stlaringiz bilan baham: |