Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet7/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Bronza davri.O‘rta Osiyoda bronza davri mil. avv. III ming yillikdan I ming yillikning boshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston xududida bu davrga xos arxeologik materiallar ancha ko‘p topilgan masalan fanda toza bog‘iyob madaniyati, Amurobod madaniyati, Zomonbobo madaniyati, Sopolli madaniyat va boshqalar shu davrga xos makonlardir. Bu davr uchun xos xususiyat shuki, mehnat va ov qurollari tayyorlashda bronzadan keng foydalanishga o‘tilgan. Bu davrda Vatanimiz xududida ibtidoiy tasviriy san‘at ancha rivojlandi. O‘rta Osiyo xududidagi tog‘li xududlardan shu ko‘nga qadar ko‘plab qoyatosh sur‘atlari topib o‘rganilganki, bu bronza davrida yashagan ajdodlarimiz tomonidan ishlangan. Bunday ibtidoiy, eng qadimgi rasmlar Surxondaryoning Zarautsoy degan tog‘ yon bag‘irligidan topilgan va u mil. avv. VIII-IV ming yilliklar ishlanganligi tadqiqotchilar tomonidan aniqlangan.



Tadqiqotchilarning fikricha Markaziy Osiyoda ilk temir davri mil. avv. I-ming yillikning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu paytga kelib ibtidoiy jamoa tuzumi o‘zining ohirgi bosqichini o‘tayotgan edi.

Temir dehqonchilik va xunarmandchilikning rivojlanishiga katta ta‘sir ko‘rsatdi. Temir ibtidoiy jamoa tuzumi-ni buzib yubordi va xo‘jalik tabaqalanishining tezlashiga olib keldi. Temir tufayli chorvachilik dehqonchilikdan uzil-kesil ajraldi, ko‘plab hayvonlarning egalari bo‘lgan aslzodalar paydo bo‘ldi. Temir tufayli dehqonchilikdan hunarmandchilik alohida xo‘jalik turi sifatida ajralib chiqdi. SHuni takidlab o‘tish o‘rinliki, ilk hunarmandchilik bir muncha avval paydo bo‘lgan edi. Biroq u hali dehqonchilik va chorvachilikdan alohida xo‘jalik turi sifatida ajralib chiqmagan edi.

    1. Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar.

Ajdodlarimiz miloddan avvalgi 3 minginchi yillardayoq misga qalay aralashtirib bronza ya‘ni qattiq metall qotishmasini olishni undan pishiq va qattiq mehnat qurollari, qilich, hanjar, uy-ro‘zg‘or, zeb-ziynat buyumlari yasashni o‘zlashtirib oladilar. Bronzaning kashf etilishi metallurg hunarmandlarni, metallurgiya ustaxonalari va zargarlik korxonalarini vujudga keltirdi. Hunarmandchilikning bu tariqa ixtisoslashuvi turli hududlar o‘rtasida mahsulot ayirboshlashga, ularni iqtisodiy jihatdan bog‘lashga olib keldi. Bronza davrida yashagan ajdodlar xo‘kiz, ot, eshak, tuyadan transport vositasi sifatida foydalanganlar. Hayvonlar qo‘shilgan g‘ildirak aravalar vujudga keldi. O‘zbekiston hududidan bronza davri odamlarining makoni va qabristonlari topib o‘rganilgan. Buxoro viloyati Qorako‘l tumani markazidan 15 km. Shimoliy-sharqdagi Zamonbobo ko‘li atrofida 1950 yillarda Ya.G‘ulomov 1960 yillarda A.Asqarov tadqiqot ishlari olib borib, bronza davri odamlarining makonlarini topib o‘rganadilar. Bu Zamonbobo madaniyati deb atalib, maydoni 170 kv.metr yerto‘la tipidagi uy, ikki chayla, kulolchilik xumdoni va boshqa ashyolar topildi. Qazuv ishlari vaqtida uning atrofidan o‘choq o‘rni, ustunlar o‘rnatilgan chuqurchalar, qoramol, echki, yovvoyi xayvonlarning suyaklari, qorayib ketgan bug‘doy va arpa donlari, chaqmoqtoshdan yasalgan o‘roq parchalari, toshdan yasalgan munchoqlar topilgan. Topilmalardan zamonboboliklar dexqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganliklaridan darak

beradi. Zamonbobo ko‘lining shimoliy sohilidan topilgan qadimgi qabristonda 45 ta mozor ochilib o‘rganilgan. Mozor hozirgidek lahad shaklida bo‘lib, marhumlar o‘ng va chap yoni bilan ko‘milgan. Erkaklar qabridan o‘q-yoy paykonlari, pichoqsimon qurollar, ayollar qabridan tosh munchoqlar, oltin marjon, surma, toshoyna va boshqa buyumlar topilgan. Qazilmalardan topilgan Badaxshon la‘lidan ishlangan munchoqlar, sopol idishlar zamonboboliklarning boshqa hududlaridagi urug‘ jamoalari bilan iqtisodiy- madaniy aloqalarda bo‘lganligini ko‘rsatadi. Milloddan avv. III-II ming yilliklarga kelib O‘rta Osiyo jamiyatida sodir bo‘lgan iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari bu xududlarda ilk shaharning paydo bo‘lishiga imkon yaratdi.



O‘lkamiz hududida dastlabki shahar madaniyatning shakllanishi ham jamiyat taraqqiyotida bo‘lgani kabi uzliksiz taraqqiyot yo‘li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko‘ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi uzoq va bosqichma-bosqich davrlarni bosib o‘tgan. O‘zbekistonning turli hududlarida tadqiqotchilar qadimgi shahar harobalarini topib tekshirdilar. Arxeologik topilmalarning dalolat berishicha bu ko‘hna shaharlarning ba‘zilarini yoshi 2700-3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob, Ko‘ktepa (Samarqandda,) Qiziltepa (Surxon vohasida) Uzunqir, Yerqo‘rg‘on (Qashqadaryo vohasida) va boshqalar kiradi. Tadqiqotchilarning keyingi xulosalariga ko‘ra O‘rta Osiyo xududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyati mil. avv. II ming yillikdayoq ya‘ni bronza davridayoq shakllana boshlagan. Bu shaharlar asosan aholisi sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullangan vohalarda, qadimgi savdo yo‘llari bo‘ylarida, hukmdorlar qarorgohlari atrofida paydo bo‘lgan. Qadimgi shaharlarni qishloqdan ajralib turgan bir qator belgilari bo‘lgan. Bular; shahar mudofa devoriga ega bo‘lishi, shahar markazidaark, bozor va diniy e‘tiqod uchun sig‘inish joyini mavjudligidir.

    1. ―Avesto‖ insonning ma‘naviy hayotini shakllantirishdagi o‘ rni


Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti turli davrlarda, turli makon va zamonda yuzaga kelgan katta siljishlar, g‘oyaviy-ma‘rifiy sakrashlar, kuchli ruhiy ta‘sirlar orqali takomillashish jarayonini boshdan kechirgan. Qadimiy Turonda esa ana shunday holatlar va tub burilish hodisalari boshqa xalqlarga nisbatan birmuncha oldinroq, shaklan va mohiyatan birmuncha xilma-xilroq tarzda yuzaga keladiki, bu nafaqat ana shu hudud, balki butun dunyo xalqlari madaniy taraqqiyotida alohida voqea sifatida tan olindi va insoniyat taraqqiyoti silsilasida muayyan ijtimoiy-tarixiy rol o‘ynadi.

Bundan uch ming yil ilgari qadimiy Xorazmda dunyoga kelgan ―Avesto‖ zardushtiylik dinining muqaddas kitobi sifatida katta ijtimoiy, ma‘naviy, axloqiy voqealikka aylandi. Balki butun insoniyat taraqqiyotining yangi bosqichi, tasavvur va tafakkur olamining yangi sarchashmasi, inson, ijtimoiy hayot, ta‘lim-tarbiya, yashash zavqi va mohiyati bilan bevosita bog‘liq yuksak insonparvar g‘oya sifatida yuzaga keldi1.

―Avesto‖ga binoan qadimda ham Movarounnahr va Xuroson xalqlari yashagan hududlarida ta‘lim va tarbiya birmuncha rivojlanganligini ko‘rsatadi. Ta‘lim jarayonida kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan bilimlar o‘qitilgan, hunarlar o‘rgatilgan. Ana shu malakalari hosil bo‘lgach, qizlar 15 yoshdan, o‘g‘il bolalar 17 yoshida ―lagomzadan‖ va

―zinzadan‖ imtihonidan o‘tgan. Natijada ular balog‘ot yoshiga yetgan, ro‘zg‘or yuritishni o‘rganib, ―kadbonu‖, ―kadxudo‖ bo‘lish huquqini qo‘lga kiritgan ekan.

Ta‘lim-tarbiyaga alohida e‘tibor berilib, otashkadalar huzurida maxsus maktablar ochilgan. Ta‘lim jarayoniga endi matematika, astranomiya, tib bilimi, tarix,





1 Avesto. –Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2015. - 4 bet

huquqshunoslik, gigiena fanlari ko‘proq o‘qitilib, yoshlarning ma‘naviy kamolotiga ham alohida e‘tibor berilgan. Ahuramazda tomonidan joriy etilgan farzlar hamda Zardusht o‘gitlaridagi sunnatlarni to‘la bajaradigan, har jihatdan pok, yuksak ahloqli, ustoz fotihasini olgan dindor oq matodan chakmon, ko‘ylak kiyib, ustidan yupqa xarir kamar bog‘lab yurishi kerak bo‘lgan. Bu odat yaqin XIII asrgacha saqlanib kelingan.

―Avesto‖da ustozlar haqida alohida ta‘kidlar berilgan. Yaxshi ustozlar ―sog‘lom aql xushli farzandlarni, jasur, dono va turli tillarni biladigan o‘g‘il-qizlarni, elni balo- qazolardan himoya eta oladigan o‘g‘lonlarni, yaxshi kelajak, porloq hayotni ravshan ko‘z bilan ko‘ra oladigan avlod‖ni tarbiyalaydi. U yoshlar qalbida o‘z dini, xalqi, yurtiga mehr uyg‘otadi. Ularni halol mehnat evaziga rizq-ro‘z topib yashashga o‘rgatadi‖, ―Yaxshi ustozlar tangriga yaqin odamlardir‖, deb yaxshi ustozlarni ulug‘laydi.

―Avesto‖da qiz bolalar tarbiyasiga ham alohida e‘tibor berilgan. ―O‘g‘il bolalarga nisbatan qizlar ilmi donish o‘rganishga jiddiyroq kirishsinlar. Zeroki, ular ota-ona xonadonida bo‘lgan vaqtlarida ota ro‘zg‘orini tartibga solib, ziynat berib borsalar, jufti xaloli manziliga borgach, bolalar tarbiyasi, ta‘lim bilan, kelajak nasl tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lmoqlari lozim bo‘ladi‖.

Shu bilan birga yomon ustozlar haqida ham gapiriladi. ―Yomon ustoz o‘z loqaydligi bilan, farosatsizligi, uquvsizligi, hunarini, bilimini, malakasini takomillashtirish yo‘lida zahmat chekmasligi bilan yosh avlodning, umuman, odamlarning zehnini zanglatadi. Iymon e‘tiqodini zaiflashtirib, ma‘naviy jihatdan qashshoqlashtirib qo‘yadi. Johiliyat sari yetaklaydi. Odamlarning ijodiy mehnatini ko‘ra olmaydi. Xalqning eng qutlug‘ an‘anlaridan mahrum etadi. Jahon xalqlari hayotini yolg‘on gaplar bilan parishon qiladilar‖1. Bunday faktlardan ko‘rinadiki, qadimda ham ajdodlarimiz farzandlarning ta‘lim-tarbiyasiga alohida e‘tibor berganlar. Kelajagimiz ko‘zgusi bo‘lgan farzanlarimizni ma‘naviyatli-ma‘rifatli qilib tarbiyalaganlar. Uy- ro‘zg‘or ishlarini to‘liq o‘rgatgandan keyin oila tayyorligini bilish uchun maxsus imtixonlardan o‘tgan. Undan so‘ng turmush qurishga tayyorligi ta‘kidlangan. Shunday qiziqarli dalillarni hisobga olgan holda ―Avesto‖ farzandlarimiz tarbiyasida ta‘limning ahamiyati, ustozning yosh avlod tarbiyasida jamiyat oldidagi burchi, ma‘suliyati haqidagi mulohazalari hozirgi turmushimizda ham o‘z qiymatini yo‘qotgan emas.

Hozirda ham farzandlarimizni jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat‘iy hayotiy nuqtai nazarga ega qilib tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini qo‘llab- quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni sportga keng jalb etish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, iste‘dodli bolalar, o‘smirlar va yoshlarni to‘g‘ri tanlash va izlab topishni tashkiliy jihatdan uyushtira bilish lozim2. Ularning iste‘dod va qobiliyatini o‘rganish, yuzaga chiqarish, buyuk maqsadlar sari yo‘naltirish alohida ijtimoiy ahamiyatga ega. Farzanlarimiz uchun davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar berilgan. Foydalanishni bilgan yoshlarimiz juda katta yutuqlarga erishmoqda. O‘zi, oilasi, davlati, jamiyati uchun kerakli munosib insonlarga aylanmoqda.



Yaqin yillarda farzandlarimizning ta‘lim-tarbiya olishida asosiy bo‘g‘in xisoblangan ta‘lim tizimida, sezilarli zalvorli katta islohotlar amalga oshirildi. E‘tiborga molik





1 Hamidjon Homidiy ―Avesto‖dan ―Shohnoma‖gacha. –Toshkent: Sharq, 2007. - 67-73 betlar

2 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili‖da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-uslubiy risola. / - Toshkent: Ma‘naviyat, 2017. 203-204 betlar.

islohotlardan maktabgacha ta‘lim vazirligining tashkil etilishi bo‘ldi. Bu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, harakatlar dasturida yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab yangi bog‘chalar qurilishi, ta‘lim-tarbiya sifatini yuqori bosqichga ko‘tarish nazarda tutilgan. Buyuk mutafakkirimiz Yusuf Xos Xojib, ―O‘quv qayda bo‘lsa ulug‘lik bo‘lar, bilim qayda bo‘lsa buyuklik bo‘lar‖, ―Bolani bilimli qilmoqchi bo‘linsa, unga yoshligidanoq bilim o‘rgatib borish kerak‖, deb purma‘no fikrlarini meros qilib qoldirgan1. Ta‘lim-tarbiya davlat siyosatining ustivor yo‘nalishiga aylandi. Ko‘plab ota- onalar, o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida 11 yillik ta‘lim olish qayta tiklandi. Chunki insonning eng asosiy jamiyatdagi o‘rni yurakdan qilgan mehnati, ilmu-ma‘rifati, hunari, chiroyli go‘zal axloqi bilan belgilanadi.

Xulosa o‘rnida shuni ta‘kidlash lozimki, ijtimoiy hayotimizning qaysi jabhasini olmaylik, amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlar amaliy tasdig‘ini topmog‘i uchun biz, siz- hammamiz uyg‘oq qalb, uyg‘oq ruh va uyg‘oq dunyoqarash, ezgulik, yaxshilik bilan o‘zgarishlarga o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak.


3-Modul: O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish