Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan


Makedonskiy boshchiligida O‘rta Osiyoga yurishi. Spitamen boshchiligidagi harakatlar



Download 5,34 Mb.
bet9/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Makedonskiy boshchiligida O‘rta Osiyoga yurishi. Spitamen boshchiligidagi harakatlar.

Miloddan avvalgi VI asr o‘rtalarida Ahmoniylar davlatiga (mil avv.558 -330 yy) qadimgi fors qabilalari ittifoqi boshlig‘i Kir11 asos solgan. Xind daryosidan Egey va O‘rta dengizgacha bo‘lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini shuningdek Misr, Midiya, Bolqon yarim orolining bir qismini bosib oladi. Kir O‘rta Osiyo yerlariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko‘radi. Kirning O‘rta Osiyoga birinchi xarbiy yurishlari mil. Av. 545-539 yillarni o‘z ichiga oladi. Uning O‘rta Osiyoga ikkinchi yurishi 539-530 yillarni o‘z ichiga oladi. Turonning tabiatdan erksevar, yurtparvar xalqlari o‘z ona yurtlarini mardonovor himoya qiladi. Bu esa Kir11 ning qayta-qayta bu hududga katta qo‘gshin bilan bostirib kelishga majbur etgan. Axamoniylarning yurishiga doir ma‘lumotlar Yunon va Rim mualliflaridan Geradot Yustin, Strabonlarning yozuvlarida ko‘p uchraydi. Eron shoxi bilan massagetlar malikasi mard va jasur ayol To‘maris o‘rtasidagi munosabatlar, ularning o‘zaro urushi yakunlariga oid Gerodot ma‘lumotlari alohida e‘tiborga molik. Uning ta‘kidlashicha, ―Mening bilishimcha bu jang barcha janglardan ham dahshatliroq edi. Avval ikkala qo‘shin bir-birlariga uzoq masofadan turib kamondan o‘qqa tutdilar. Kamon o‘qlari tugagach, ikki dushman kuchlar nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzoq vaqt davom etdi. Ko‘p qon to‘kildi. Nihoyat massagetlar g‘alaba qozondidilar. Fors qo‘shinlarining katta qismi, jumladan, Kir ham jang maydonida xalok bo‘ldi‖. Ma‘lumotlarning so‘ngida Gerodot ―Kirning o‘limi haqida ko‘p hikoyalari orasida, menimcha, bu eng ishonchlisidir‖, deya xulosa chiqaradi. 200 minglik katta jangovar qo‘shin tuzib To‘maris yurtiga kelgan Kir 2 harbiy maxoratda tengsiz bo‘lgan massaget qabilalarini ochiq jangda yengish qiyinligini his etib, turli nayranglar ishlatishga urinib ko‘radi. Shu maqsadda To‘maris huzuriga elchilar yuborib, unga uylanmoqchi ekanligini bildiradi, lekin bu nayrangi natijasiz chiqadi. Kir 2 shundan so‘ng yana xiyla ishlatib, To‘marisning jasur o‘g‘li Spargalisni asirga oladi va oqibatda u o‘zini halok etadi. Yagona farzandidan ayrilgan ona nafrati, buning ustiga el yurt ozodligini har narsadan a‘lo bilgan To‘maris Kir qo‘shiniga qarshi jangga tayyorgarlik ko‘radi. Butun vujudi bila massagetlar g‘arnimlarga qarshi jang boshlaydi va massagetlarning g‘alabasi bilan yakunlanadi. Kir ham jangda haloq bo‘ladi bu miloddan avv. 530 yilga to‘g‘ri keladi.

Axomoniylar shoxi Doro1 (522-486) davrida Turon hududlari bosib olinadi. Tarixiy ma‘lumotlar bo‘yicha Doro1 519-518 yillardagi xarbiy yurishlar davomida sak qabilalarini qiyinchilik bilan yengib, itoatga keltirgan. Eron axamoniylariga qarshi O‘rta Osiyoning Parfiya, Marg‘iyona hududlarida Saklar o‘lkasida ko‘plab xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lgan. Eron hududidan topilgan Bexiston yozuvlarida mil. avv. 522 yilda Marg‘iyonada ko‘tarilgan kuchli xalq qo‘zg‘olonlariga Frada degan shaxs yetakchilik qilishgan. Doro 1

qo‘shini qo‘zg‘olonchilardan o‘ch olishadi, 55 ming qo‘zg‘olonchi qatl etiladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham qo‘lga olinib qiynoq bilan o‘ldiriladi. Qadimgi davr muallifi Polien, jasur Shiroq obrazi bilan saklarning ahmoniylarga qarshi qahramonona kurashini hikoya qiladi.Bularning barchasi mahalliy xalqlarning ajnabiy bosqinchilar zulmiga bo‘yin egmay o‘z erkinligi uchun tinimsiz kurash olib borganligini ko‘rsatadi. Mil. avv. 4 asrga kelib Eron Axamoniylari hokimiyati kuchsizlanib, zaiflashib qoladi. Bunday sharoitda Xorazm birinchi bo‘lib o‘z mustaqilligini tiklaydi. Usta diplomat moxir siyosatchi Farasman mil. av.v 4 asrda Xorazm mustaqilligini qo‘lga kiritib, uni mustahkamlay boshladi. O‘lkaning boshqa hududlarida ham ozodlikka chiqish kuchayib, qattiy kurash harakatlari keng avj oldi.

Ko‘pgina manbalarning ma‘lumot berishicha, O‘rta Osiyoning katta qismi Ahamoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bular, Midiya, Elam, Parfiya, Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm, Saka Xamuvarka, Saka Tigraxauda yerlari kirgan. Gerodotning aytishicha, Doro 1 ahmoniylar davlatini 20 ta o‘lkaga bo‘lgan.

Ahmoniylar davrida O‘rta Osiyo xalqlarining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik edi.

M. Avv. 6-4 asrlarda Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona va Farg‘ona vohalarida ko‘plab shahar va qishloqlar bo‘lgan. Yirik shaharlar Afrosiyob, Ko‘ktepa, Uzunqir, Yerqo‘rg‘on, Qiziltepa, Ko‘zaliqir qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan bo‘lib, ular viloyatlar va dehqonchilik tumanlarining ma‘muriy va iqtisodiy markazlari vazifasini bajarganlar. Shaharlarda kulolchilik, temirchilik, bronza quyish, to‘qimachilik va savdo sotiq rivojlangan. Bu davrda O‘rta Osiyoda Oromiy yozuvi tarqaladi. Oromiy yozuvidan

4 ta mahalliy yozuv ajralib chiqdi. Bu parfiya, so‘g‘d, baqtriya va Xorazm yozuvlari bo‘lib, O‘rta Osiyo hududida arablar kelgunga qadar saqlanib qoldi. m. avv. 6 -4 asrlardahunarmanchilik va savdo sotiq munosabatlarining rivojlanishi natijasida O‘rta Osiyo xalqlari ilk marta zarb qilingan tanga pullar bilan tanishdilar va muomala qildilar. O‘rta Osiyo hududidan ahmoniylar pul tartibiga oid tangalar topilgan.

Aleksandr Makedonskiy (miloddan avvalgi 356-323-yy) ning O‘rta Osiyoga yurishi miloddan avvalgi 329-yilning baxor faslida boshlandi u tez fursat ichida Eronni, sung Baqtriya bilan Sogdiyonani buysundirdi. Miloddan avvalgi 329 yili Aleksandr Makedonskiy kushonlari Oks-Amudaryodan o‘ta boshladi. Kushonlar olti kun deganda ular kechuvdan o‘tib bo‘ldilar, yunon bosqinchilari O‘rta Osiyoni juda osonlikcha qo‘lga kiritishni mo‘ljallagan bo‘lsalarda ular xisob kitob va rejada yanglishgan edilar. Aleksandr kushonlariga birinchi zarba Ariana(xozirgi Xisor viloyati)da berildi. Shimoli – sharqiy viloyatlar-Girkaniya Ariya, Parfiya, Baqtriya va Sugdiyonani bo‘ysundirish uchun uch yil vaqt kerak bo‘ldi. Ayniqsa Baqtriya va Sugdiyonani qo‘lga kiritish Aleksandr uchun juda qiyin kechdi. O‘rta Osiyo xalqlari erk va ozodlik uchun kurashga otlandilar. Ahamoniylarning qo‘shinlarini uch marta mag‘lub etgan Aleksandr O‘rta Osiyoda mislsiz katta qiyinchiliklarga duch keldi.

Bosqinchilarga qarshi umumxalq urishi e‘lon qilgan baqtriyaliklar, sug‘diyonaliklar va saklar uch yil davomida dushman bilan mardonovor jang qildilar. Ayniqsa Samarqandni egallash oson kechmagan, buning uchun ikki yil kerak bo‘lgan. Dastlab makedonlar bu shaxarni sulx yo‘li bilan egallaganlar so‘ng Aleksandr bu yerda kichik bir lashkar guruxini qoldirib o‘zi Sirdaryo tomon yo‘l olgan.



  1. O‘rta Osiyoda birinchi bor Ustrushonada-Samarqand bilan Xo‘jand oralig‘ida tog‘liklarning qattiq qarshiligiga duch qeldi. Tog‘liklar bilan bo‘lgan jangda Aleksandir mislsiz darajada shavqatsizlik qilgan. Arian bergan ma‘lumotlarga qaraganda u 30 ming mahalliy aholidan 22 mingini qirib tashlagan. Bunday daxshatli voqealar Spitamenga saboq bo‘ldi va u Aleksandrga qarshi kurashga otlandi. Aleksandr jang bilan tog‘liklarni

qirib Sirdaryo bo‘ylariga chiqib oladi. Bu yerdaAleksandrni do‘stlarcha sovg‘a-salomlar bilan To‘maris kutardi. Aleksander sak elchilarini garovda qoldirib, o‘z odamlaridan bir kishini To‘maris ortidagi saklar yurtiga ayg‘oqchilik maqsadlarida yuboradi. Huddi shu paytda Aleksandrga Samarqanddan chopar kelib Spitamen boshchiligida shaharda unga qarshi qo‘zg‘alon ko‘tarilganligi haqida xabar beradi.

Milloddan avvalgi 328 yilda Aleksandr Spitamen boshchiligida Samarqandda ko‘tarilgan qo‘zg‘olanni shavqatsizlik bilan bostirdi.




    1. Yunon-Baqtriya, Parfiya, Sug‘diyona, Qang‘ va Davon davlatlari. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti.

Mahalliy xalqlarning mustaqillik uchun to‘xtovsiz kurashlari sabab miloddan avvalgi III asrning o‘rtalarida boshlab Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib mustaqil bo‘ldilar.

Shunday qilib O‘rta Osiyoni grek-makedonlar tomonidan bosib olishini bu yerda ellinistik davlat deb tarixda nom olgan davlatni tuzilishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun ham Iskandarning yurishi va salavkiylar hukmronligi davri milliy davlatchiligimizni rivojlanishid antik (qadimgi) yoki ellinistik davr deb ataladi.

Miloddan avvalgi 250 yillar arafasida Baqtriya hukmdori Diodot o‘zini salavkiylar davlatidan mustaqil qila boshladi. Biroq u salavkiylar davlati bilan aloqani darhol uzmadi va o‘zining faoliyatida salavkiylarga qarashligini yuzaki bo‘lsada ko‘rsatib siyosat yurgizdi. Biroq uning o‘g‘li Diodot II o‘zini salavkiylardan mustaqil podsho deb e‘lon qildi. Shu tariqa Baqtriya yeparhiyasi (satrapligi) o‘rnidaYunon-Baqtriya podsholigi vujudga keldi. Bu podsholik 100 yildan ortiqroq hukm surdi. (miloddan avvalgi 250-140 yoki 130 yillar). Uning hududiga Sug‘d, Baqtriya, Mirg‘iyona yerlari hamda Parkana va Chochni bir qism yerlari kirgan.



Yunon-Baqtriya davlatida Diodot II dan keyin Yevtidem Demetriy (miloddan avvalgi 199-167 yillar) Yevkratitlar hukmronlik qiladi. Bular davrida o‘zaro urushlar ko‘chaydi.

M.Evratit davrida So‘g‘d, Yunon-Baqtriya davlati tarkibidan chiqib ketadi.(miloddan avvalgi 160 yillarga yaqin) va keyinchalik Xorazm tarkibiga kiradi. Huddi shu vaqtda Parfiya podshosi Mitridat I Baqtriyaga qarshi urush boshlaydi. Yevkraditni o‘zi esa Xindistonni shimoliy qismini buysundirib kelayotganda o‘z o‘g‘li Galiak tomonidan o‘ldiriladi.

Shunday keyin asta-sekin Yunon-Baqtriya podsholigining inqirozi boshlandi (miloddan avvalgi II asr o‘rtalarida)

Kuchsizlanib qolgan Yunon-Baqtriya davlatiga O‘rta Osiyoda yashovchi ko‘chmanchi qabilalar-yuechjeylar miloddan avvalgi 140 va 130 yillar o‘rtasida, hujum qilib, uni ag‘dardi. Umuman olganda yuechjeylar O‘rta Osiyoda yunon-makedonlar hukmdorligini tag-tomiri bilan ag‘darib tashladilar. Miloddan avvalgi II asrning ohirgi choragida Amudaryoning shimolidagi hududlarining barchasi yunon hukmdoridan ozod etildi. Miloddan avvalgi. I asrning o‘rtalarida eng ohirgi Yunon-Baqtriya davlati yerlari yuechjeylar tomonidan bosib olingan va yo‘q qilingan edi.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish