Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet3/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev XXI asr barkamol avlodi, ma‘naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarix fanining o‘rni va saboqlari xususida.


O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoev ―Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va havflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma‘naviyat va ma‘rifatga, ahloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga intilishga e‘tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Aynan ta‘lim va ma‘rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da‘vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi‖, deb ta‘kidlaydi. Yosh avlodning ta‘limi, tarbiyasi haqida gapirganda alloma Abdurauf Fitratning quyidagi fikrlari: ―Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib, izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e‘tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq‖, degan purma‘no gaplari naqadar haqiqatdir. Bugungi murakkab globallashuv davrida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma‘naviyatini asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta‘siridan saqlash va himoya qilishda Vatan tarixini har tomonlama chuqur, birlamchi manbalarga tayanib talqin etish, kelajak avlodga haqiqiy tariximizni o‘qitish orqali ularni yuksak ma‘naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi.

―O‘zbekiston tarixi‖ fanining vazifasi:

  • Vatanimiz hududlarida eng qadimgi davrlardan boshlab bo‘lib o‘tgan tarixiy- madaniy jarayonlarni xolisona hamda haqqoniy manbalarga tayangan holda tahlil qilish, o‘rgatish, ularning sabablari va mohiyatlarini talaba yoshlarga ochib berish, tarixiy saboq chiqarishini kuchaytirish;

  • tarixning turli davrlarida mamlakat iqtisodiy va madaniy ravnaqi uchun fidoyilik qilgan davlat arboblari, ulug‘ sarkardalar, ilm-fan hamda madaniyat namoyandalari, milliy qahramonlar faoliyatini o‘rganish, fahr va o‘rnak olish asosida yoshlarimizni millatparvarlik ruhida tarbiyalash;

  • tarixiy xotira asosida yoshlarimizni ―Biz hech kimdan kam emasmiz va kam bo‘lmaymiz‖, ―Biz faqat o‘z bilimimiz, iqtidorimiz, iste‘dodimiz, kuchimiz, mehnatimizga ishonamiz‖, ―Vatanimiz-faxrimiz, gullab-yashnashi, taraqqiyoti uchun har birimiz mas‘ulmiz‖, ―Kelajak yoshlar qo‘lida‖, ―Biz-Vatanga tayanchmiz‖ kabi bunyodkor g‘oyalar ruhida tarbiyalash;





1Karimov I.A. O‘zbekiston XX1 asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid va barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –Toshkent: O‘zbekiston, 1997. 137-bet.

  • hozirgi kunda mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlar va juda ko‘plab bo‘layotgan zamonaviy o‘zgarishlar mohiyatini, huquqiy-demokratik jamiyat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish yo‘lidagi yangiliklarni, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha ―Harakatlar strategiyasi‖ning bajarilishi, O‘zbekistonning yanada taraqqiy etishi, jahon hamjamiyati bilan kuchli integratsiyalashuvi jarayonlarini yoshlarga yetkazish va bevosita o‘zlarining ham shu harakat a‘zolari ekanligini ta‘kidlab bor kuch va imkoniyatlarini Vatanining rivojlanishi uchun hissasini qo‘shish kerakligini qalbiga joylash. Ularning faolligini oshirish, yuksak ma‘naviyatli, qat‘iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur ilmga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash;

―O‘zbekiston tarixi‖ fanini o‘qitishda talabalarda fan bo‘yicha zarur ko‘nikma xosil bo‘lishida va kelgusi yetuk mutaxassis bo‘lib yetishida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar samara beradi deb o‘ylayman:

  1. O‘zbekiston tarixi nihoyatda boy va rang-barangdir. O‘lkamiz hududlari eng qadimgi davrlardan boshlab jahon tsivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri hisoblanib, bu yerda dunyo tsivilizatsiyasidagi mahalliy xalqlarga xos tarixiy-madaniy jarayonlar bo‘lib o‘tgan. O‘lkamiz hududlaridan dunyo tsivilizatsiyasi tarixiy taraqqiyotida o‘chmas iz qoldirgan olimu fuzalolar, davlat arbobiyu, sarkardalar yetishib chiqqanlar. Bular haqida talabalarga ko‘proq ma‘lumotlar berishda turli mavzularga oid taqdimotlardan keng foydalanish samarali natija beradi.

  2. ―O‘zbekiston tarixi‖ fanini o‘qitish jarayonida mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tarixchi olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarini, jumladan xalqaro, respublika jurnallarida chop etilgan materiallaridan ham dars jarayonida muntazam samarali foydalanishni, yangiliklar bilan yashashni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

  3. Ma‘lumki, pedagogik texnologiya ta‘lim-tarbiya jarayonga o‘ziga xos bo‘lgan innovatsion yondashuvdir. O‘qitishning va‘zxonlik, og‘zaki bayon qilish usullarini me‘yorlashtirib, kompьyuterlar yordamida ta‘limning texnik vositalari yordamida o‘qitish o‘quvchi bilish faoliyatining boshqaruvchisi, tashkilotchisi, maslahatchisi yakuniy natijaga erishishi, ustoz yordamida talabalarning ko‘proq mustaqil ishlarini tashkil etish, talabalarning, yoshlarning mustaqil, erkin fikrlashini kuchaytirish zarurdir. Chunki jahonning yetakchi davlatlari andozalari talabiga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlash hozirgi davrning talabidir.

  4. ―O‘zbekiston tarixi‖ni o‘qitish jarayonida so‘nggi zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan, ovozli tarixiy o‘quv qo‘llanmalar, videoroliklardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.

  5. Fanni o‘qitishda joylardagi o‘lkashunoslik, tarixiy va uy muzeylarga, yodgorliklar, qadimiy me‘moriy obidalar, ziyoratgohlarga talabalarni olib borish, ekskurtsiya tashkil qilish va o‘z yashab turgan joyining tarixi bilan birgalikda

―O‘zbekiston tarixi‖ni o‘qitish ham samarali natijalarni beradi.

  1. O‘qitishda interfaol va yangi pedagogik texnologiya usullaridan kengroq va samarali foydalanish. Jumladan, ma‘ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), ―Klaster ( Axborotni yoyish)‖, ―Sinkveyn (Axborotni yig‘ish), ―Tanqidiy fikrlash‖, ―Intelektuallar musobaqasi‖ ―Menyu‖, ―Aqliy hujum‖, ―Blits so‘rov‖, ―Zanjir‖ va boshqa metodlardan samarali foydalanish.

  2. Talabaning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta‘lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirish, ―o‘z-o‘zini o‘qitish‖ asosida talabaning o‘quv materialini o‘zlashtirish imkoniyatlaridan keng foydalanish, talabaning o‘zlashtirish darajalarini nazorat qilishni tashkil etish.

  3. Demokratik, tenglik, ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda modulli tizimga yondashilib, talabalar bilan birgalikda ishlashni joriy etishga e‘tiborni qaratish zarurligini tashkil etish.

  4. Ta‘lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta‘lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob‘ektiv qarama- qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta‘minlanadi.

  5. ―O‘zbekiston tarixi‖ fanini o‘qitishni tashkil etishda quyidagi shakllardan, dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh kabilarni qo‘llash.

  6. O‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati kabilar samarali natijalarni beradi.

Aniq ta‘kidlaganda, Vatan tarixi, talabalarda xalqning o‘tmishi, hozirgi zamon va kelajagi yagona tarixiy jarayon degan tuvshunchani shakllantiradi. Bu esa yoshlarni olg‘a intilishga, taraqqiyotga ko‘maklashishiga undaydi. Yoshlarning ilmiy dunyoqarashini, siyosiy madaniyatini tarbiyalaydi, jamiyatda o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilashga ko‘maklashadi. Kelajak sari intilayotgan yoshlar uchun bu ma‘naviy boy meros mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va mashaqqatli mehnat, har qanday to‘siqlarni yengish, ilmga va ziyoga intilish kabi hislatlar yotadi. Bunday xislatlar O‘zbekiston tarixini o‘qitish orqali yoshlarga singdiriladi.

2-Modul: Markaziy Osiyo jahon tsivilizatsiyasining ajralmas qismi.





  1. Download 5,34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish