madaniy rivoji.
Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi davlati muhim o‘rin egallaydi. Turk xoqonligi hususidagi manbalar yetarli bo‘lsada, lekin ularning ko‘pchiligida bir- biriga qarama-qarshiligi ma‘lumotlar bor. Birinchi navbatda VII- VIII asrlarda to‘plangan manbalar ancha qimmatlidir. Bu epikgrafik yodgorliklar O‘rxun-Enesey runiy yozuvlari, Xitoyning ―Tan xonadoni tarixi‖ VII-IX asr tarixiy manbasi VI asr ohirida yashagan Vizantiyalik tarixchilar Menandir, Protektor, Feofan Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi Ionna Efessiylarning tarixiy asarlaridir.
Shuningdek, bu to‘g‘ridagi ma‘lumotlar arab tarixchilari at-Tabariy, Denovariy (IX- X asr) o‘lkamiz fuzalolaridan Abu Rayxon Beruniy, Narshahiy (X asr) va boshqalar asrlarida ham uchraydi. Keyingi vaqtda bu masalaga yanada e‘tibor ko‘chaydi. Arxeolog olimlar, tarixchilar, adabiyotshunoslar, antropologlar bu xususida yangi tadqiqotlar olib bormoqdalar. Turklar, turkiy qabilalar tarixi masalasi Toshkentda o‘tkazilgan III jahon Turkologiya anjumanida ham keng muhokama etildi.
―Alpomish‖, ―Go‘ro‘g‘li‖, ―Manas‖, ―Dada qo‘rqut‖ kabi umumturkiy xalq dostonlari, O‘rtaasrlardagi Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot, tarix to‘g‘risida turli ma‘lumotlar keltiriladi.
XI asrda yashagan alloma Mahmud Qoshg‘ariyning zamondoshi Yusuf Xos Hojib o‘zining ―Qutadg‘u bilig‖ (Saodatga yo‘llovchi bilim) asarida afsonaviy turk sarkardasi Alp Er To‘nga to‘g‘risida shunday deb yozadi: ―u bilimdon, zakovatli, katta hunar egasi edi, bu fazilatlari uning shon-shuhratini dunyoga taratgan. U turk beklarining sarasi, ovozasi olamni tutgan, hunari talay edi. Uning tengi topilmasdi. Forslar uni Afrosiyob deb atashgan‖.
Tarixda turklarning kelib chiqishi hususida ko‘plab afsona, rivoyatlar ham mavjuddir. Abu Ishoq Nishopuriy jam qilgan (VIII asr) ―Qissai-al anbiyo‖ asarida turklarning kelib chiqishi Nuh payg‘ambarga borib taqaladi.
Xitoy yozma manbalarida Turklar ―xun‖ nomi ostida eramizning 92 yilida Oltoyning etaklariga kelib o‘rganishganligi va jujanlardan ruxsat olib ular uchun temir qazib chiqarishni boshlaganlari haqida ma‘lumot berildi. Bu ulug‘ Ashin urug‘i nomi bilan avval boshda atalib kelgan. Xitoylar Ashin qabilasini ―Tu-kyu‖, deb ham yuritilgan.
P. Pel‘o bu so‘zni ―Turk-yut‖ (ya‘ni turkiylar) deb izohlagan. ―Turk‖ atamasi kuchli, baquvvat degan ma‘noni anglatadi.
Avval bu urug‘ga berilgan turk atamasi keyinchalik ularga yaqin turgan barcha qabila-urug‘larga ham umumiy nom sifatida aytilib ketilgan.
Ashin urug‘idan bo‘lgan Asan (Asyan), va Tuu, (460-545) turkiy qabilalari ittifoqiga asos soladilar. Tuuning o‘g‘li Bumin (bu turkcha nom, xitoycha Tumin) o‘ziga Tele qabilasini buysundiradi. Endilikda ancha mustahkamlangan bu qabilalar ittifoqi o‘zlari qaram bo‘lib turgan jujanlardan xalos bo‘lish yo‘lini qidirishadi. Bumin 551 yili Markaziy Osiyodagi eng kuchli bo‘lgan jujanlar xonini mag‘lub etadi.
O‘sha yili Bumin yangi davlat –Turk hoqonligiga (551-744) asos soladi. Ili daryosi bo‘yida hukmdor deb e‘lon qilingacha ―Ilixon‖ degan unvonni oladi. Turklar hukumdori o‘zini hoqon (turkcha-qag‘an) deb yurita boshlaydi. Oltoydagi O‘tukan shahri yangi Turk hoqonligining poytaxti qilib belgilanadi. Bumin o‘z ukasi Istemiga (Istemi-turkcha, Sedimi-xitoycha, Sinjibu-arabcha, Stembi-xagan yunoncha) birinchi sarkarda, davlatning birinchi amaldori darajasiga to‘g‘ri keluvchi ―Yabg‘u‖ (bahodir) unvonini berib u bilan birgalikda o‘z davlatini kengaytirish payiga boshchilik qilib tez orada Sharqiy Turkistondagi nushibi, turkash, uzli qabilalarini o‘ziga buysundiradi.
Muqanxon hukmronligi davri turk hoqonligini eng qudratli pallaga olib kirdi. 554 yil Muqan hoqon Sharqqa yurish qilib Uzoq Sharq o‘lkalarini o‘ziga buysundiradi va Tinch okeani qirg‘oqlariga chiqadi. U O‘rxun, Tug‘la, Selenga daryolari bo‘ylaridagi qabilalarni, Yenisey daryosi bo‘ylaridagi qirg‘izlarni, Baykal atroflaridagi uyg‘urlarni o‘ziga bo‘ysundiradi. Muqan hoqon eftalitlar davlatini tugatish uchun 544 yil Eron shohi Xusrav I Anusheronga elchi jo‘natadi.
588 yil turklar Ural va Volga bo‘ylarini zabt etib Shimoliy Kavkazdagi ko‘chmanchi ovarlar bilan to‘qnashadi. Turklar eftalitlar va ovarlarga qarshi kurashishda Vizantiya va Eron bilan do‘stonaaloqani mustaxkamlashga harakat qila boshlaydilar. Vizantiyadan foydalangan Eron eftalitlardan Toharoston, Chag‘aniyon, Qobul atrofdagi yerlarni tortib oladi.
563 yildan eftalitlarga qarshi shimoldan turklar Choch vodiysiga bostirib kiradilar. Tez orada ular tomonidan Samarqand, Kesh, Naxshab egallanadi. Eftalitlar Xuttalon,
Termiz, Balx, Amul, Zamm shaharlaridan yordam olib Buxoro yaqinida katta jangga tayyorgarlik ko‘rdilar. 8 kunlik shiddatli jangda eftalitlar turklardan yengiladilar.
Turklar tezlik bilan harakat qilib iloji boricha eftalitlarning yerlarini ko‘proq o‘z
qo‘llariga olishga harakat qiladilar. Amudaryoning janubiy sohiligacha bo‘lgan yerlar, Eron, uning shimoliy sohillaridan Kaspiygacha bo‘lgan yerlar turklar qo‘liga o‘tadi. Birmuncha vaqt eftalitlarning qolgan-qutgani Zarafshon vohasida yashab turklarga soliq to‘lab turadi. Janubdagi yarim mustaqil eftalitlar yerlari sosoniylar tomonidan bir oz vaqtdan keyin butkul bo‘ysundirilib olinadi. Eftalitlar davlatining mag‘lubiyatidan so‘ng bevosita ittifoqchilar o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘la boshlaydi.
Hoqonlikning bevosita g‘arbiy qismini boshqarib turgan Istami va bosh hoqon Muqanxon ham savdo yo‘li va uning ahamiyatini yaxshi tushunib bu masalani tinchlik bilan hal qilishga harakat qila boshlaydilar. Istami Yabg‘u Sug‘d ixshidiga bu masalani hal etish vazifasini topshiradi. Eronga mashhur Sug‘d savdogari va diplomati Moniax boshchiligida elchilar guruhi jo‘natilgan. Xusravshoh o‘z atrofidagi amaldorlarning maslahatiga kirib, sug‘diylar olib kelgan ipakliklarni sotib olib, so‘ng uni elchilar ko‘z o‘ngida yig‘ib yoqib tashlaydi.
Istami bu voqeadan so‘ng qattiq ranjisa-da, Xusravshoh huzuriga 2-marotaba o‘z elchilarini yuboradi. Bu elchilar guruhi endilikda faqat turklardan iborat bo‘lib, uning natijasidan yaqin oradagi siyosat namoyon bo‘lishi kerak edi. Bu safar turk elchilari zaharlab o‘ldiriladi. Ularning faqatgina bir nechasigina hoqon huzuriga yetib keladi. O‘z ishlarini sosoniylar ―Turklar issiq ob-havoni ko‘tarisha olmadilar‖ deb berkitishadi. Istami Husrav I Anushervon qo‘shinlarini tor-mor qilib Eronning shimoliga bostirib kiradi. Eftalitlar o‘z yerlarining Eronga tushib qolgan qismini yana o‘z qo‘llariga qaytarib oladi. Eron tinchlik sulhiga kelishib 40000 Vizantiya tillasi to‘lash majburiyatini oladi. Undan so‘ng Eron bilan Vizantiya o‘rtasida ham urush boshlanib, ketib, sosoniylar davlati juda nochor ahvolga tushib qoldi.
576 yili Muqan hoqon va Istami yabg‘ularning vafotidan so‘ng Turk hoqonligining ta‘siri ancha zaiflasha boshlaydi. Eron sarkardasi Bahrom Chubin Chur-Bag‘a hoqon qo‘mondonligidagi 30000 kishilik turk qo‘shinini tor-mor qiladi. Chur Bag‘a jangda halok bo‘ladi. Bahrom Chubin Buxoro yaqinidagi Poykend shahriga bostirib Hoqon hazinasini esa Eron shohi Xurmuzdga yuboradi.
Muqon hoqon vafotidan (576 yil) so‘ng taxtga uning ukasi Arslon To‘ba o‘tirdi. Arslon To‘la buddiylikka berilgan bo‘lsa-da, mamlakatni mustahkamlash uchun TSi saltanati bilan shartnoma tuzadi. Bundan tashqari u mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish choralarini ham ko‘rdi. Ammo, 581 yilda Arslon To‘ba vafot etgach Turk hoqonlari o‘rtasida o‘zaro kurashlar avj olib ketdi. Bu kurashlar natijasida hoqonlik ikki qismga: sharqiy va G‘arbiy qismga bo‘linib ketdi. Sharqiy hoqonlik Xitoy va Mo‘g‘ulistoni bir qismini o‘z ichiga olib uni Arslon To‘baning kichik o‘g‘li Ishbara boshqara boshlaydi.
Ikkinchi hoqon g‘arbiy yerlarini-Ettisuv, Markaziy Osiyoning asosiy qismi, Sharqiy Turkiston, hozirgi Qozog‘iston tasarrufini olgan Istami yabg‘uning o‘g‘li Qora Cho‘rin boshqarar edi. Qora Cho‘rin Istamining vafotidan (576 yil) so‘ng bu lavozimiga o‘tirgan bo‘lib, boshqa hoqon va xonlar ichida eng qobiliyatlisi va tadbirkor edi. Keyingi xonlar- To‘mon va Amroq edi. Ulardan tashqari yana kichik 4 ta xon bo‘lgan. Bu hokimlar o‘rtasida zimdan adovat kezar, ularning ko‘pi bir-biriga dushman bo‘lib, qulay vaziyat kelishini kutib turar edilar. O‘zaro kurashlar natijasida mamlakat ichida ham ahvol keskinlashib, iqtisodiy tanazzul boshlanib ketdi.
Shu vaqtda keskin vaziyat paytida turkiy shahzoda Obro‘y boshchiligidagi xalq harakati (585-586 yillar) bo‘lib o‘tdi. Obro‘y harakati to‘g‘risida uzuq-yuluq ma‘lumotlar saqlanib qolgan. Xususan Abdurhmon Muhammad Nishopuriyning (XI asr) ―Hazinat-al- ulum‖ asaridagi bu masalaga bag‘ishlangan parcha Narshahiyning ―Tarixi Buxoro‖ asariga kiritilgan. Uning yozishicha Obro‘yning qarorgohi Poykandda bo‘lib, u boy zodagonlar va savdogarlar ustidan qattiq nazort o‘rnatgan. Bunga chiday olmagan zodagonlar Turkiston tomoniga yo‘l olishgan. Obro‘y atrofida esa qashshoq dehqonlar guruhlari yig‘ila borgan.
O‘zaro muttasil urushlar hamda taxt talashishlar mamlakatni parchalanib ketishi va ma‘naviy iqtisodiy inqiroz holatiga olib keldi. Qora Cho‘rin qarib qolgan vaqtida taxminan 600 yillarga kelib o‘zini xoqon deb e‘lon qiladi. Qora Cho‘rin Bug‘u xoqon (qahramon xoqon) degan nomni olgan edi. Xoqonlikdagi og‘ir vaziyatdan foydalangan Xitoy imperatori ichki nazolar keltirib chiqarishga harakat qiladi. 582 -603 yillardagi o‘zaro urushlardan so‘ng 603 yil xoqonlik to‘la mustaqil 2 qismga: Sharqiy va G‘arbiy qismlargaaylandi. G‘arbiy xoqonlik ta‘siri ostida Yettisuv, Chu vodiysi, Volga, Irtish, Ishim daryolari bo‘yidagi yerlar, Markaziy Osiyoning kichik yarim mustaqil davlatlari uning tarkibida bo‘ldi.
Feodal munosabatlar rivojlanayotgan G‘arb hoqonligining ijtimoiy tarkibi ham, siyosiy boshqaruvi ham ancha-muncha murakkab edi. Yarim asrlik hukmdorlik jarayonida turklarning bir qismi o‘troqlashadi, qolganlari yerli chorvadorlar bilan aralashib ketadi. O‘troq hayotning an‘anaviy –ma‘muriy udumlari ta‘sirida boshqaruv tarkiblari asta-sekin o‘zgarib, turklarning ijtimoiy va siyosiy mavqei mustahkamlanib boradi. Turklar siyosiy hayotda faol qatnashib, Markaziy Osiyo siyosatining hamma jabhalarida teng qatnasha boshladilar. Hoqon Sheguy vafotidan keyin (618 yil) hokimiyati kelgan To‘n yabg‘u (To‘n bahodir) davrida G‘arbiy hoqonlik yana kuchayadi.
Movarounnahr arablar tomonidan istilo etilishi va arablarga qarshi harakatlar. Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi. Qur‘oni- karim-muqaddas kitob.
Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va arablarning ko‘p asrlik hukmronligi bilan bog‘liq. O‘rta Osiyoga arab yurishlari 643 -644 yillarda boshlangan bo‘lsa ham, o‘lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan so‘ng faqat arab qo‘mondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi. VII asrning o‘rtalarida Arabiston yarim orolida yashovchi tarqoq arab qabilalari Islom ta‘limoti asosida markazlashgan kuchli Arab halifaligini tashkil qildilar. Bu harakatni rahbari Payg‘ambarimiz Muhammad Ibn Abdulloh edi. Arablar tez fursat ichida qo‘shni davlatlar Eron va Vizantiyani bosib oladilar. Misr, Suriya, Falastin davlatlari bo‘ysundiriladi. Islom dini jahon dinlaridan biriga aylanadi. Arablar Movarounnahrga 705 yilda Qutayba Ibn Muslim boshchiligida yurishni boshlab Balx shahrini egallaydilar. 707 yilda Qutayba katta qo‘shin bilan Amudaryodan o‘tib Buxoro vohasiga bostirib kiradi. Poykand shahrini qamal qilib, qattiq qirg‘indan so‘ng uni egallaydi. 708-709 yillarda Buxoroni bosib oladi. Shunday qilib 10 yil davomida muttasil olib borilgan qonli janglar natijasida Movarounnahr Arab halifaligiga bo‘ysundiriladi. Movarounnaxr bosib olingach istilochilar barcha shahar va qishloqlarga o‘z harbiy qismlarini joylashtiradilar, siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uni barqarorligini ta‘minlash uchun Islom dinining targ‘iboti va uni yerli aholi o‘rtasida tarqatish ishlari bilan shug‘ullanadilar. Ular harbiy kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar undirib, ularni turli jamoa ishlariga safarbar etadilar. Movarounnahrning iqtisodiy hayotini o‘z qo‘llarida jilovlash uchun
istilochilar bu yerda ham sosoniylarning soliq tartibini joriy etadilar. Tartib buyicha ekin yerlaridan 0,20-0,25 hissa miqdorida xiroj, chorva hunarmandchilik va savdo sotiqdan qirqdan bir hissada zakot hamda islom dinini qabul qilmagan ma‘jusiylardan esa juzya solig‘i olingan.
VIII asrning 70-80 yillarida Movarounnahrda Arablarga qarshi qo‘zg‘alon ko‘tarildi. Bu qo‘zg‘alon ―Oq kiyimlilar‖ qo‘zg‘aloni deb atalib o‘nga Marvlik hunarmand Xoshim ibn Haqim rahbarlik qildi. U ―Muqanna‖ ya‘ni niqobdor laqabini olgan, u savodli va bilimdon shaxs bo‘lgan. Qo‘zg‘alon Marvda boshlanib tez orada So‘g‘d, Qashqadaryo vodiysiga yoyiladi. Kesh shahri yaqinidagi som qal‘asi qo‘zg‘olon markazi bo‘lgan. Oq kiyimliklar harakati kengayib xalq harakatigaaylanadi. Bu qo‘zg‘olonni bostirish uchun xalifa katta kuch to‘playdi, ammo ko‘zg‘olonchilardan katta talofat olib, Samarqandga chekinadi. Qo‘zg‘olon 776 yilda Buxoroga yoyildi. Narshah qal‘asi qo‘zg‘olonning markaziga aylanadi. Son jihatidan ustun arablar Narshox qal‘sini egallab, qo‘zg‘olon raxbarini o‘ldiradilar. Arablar endi qo‘zg‘olon markazi bo‘lmish Samarqand va Kesh viloyatlariga katta kuch bilan yurish boshlaydilar. Oq kiyimliklar arablarga qarshi ikki yil jang qiladilar. Nixoyat qo‘zg‘olonchilar yengilib Samarqand shahri bosib olinadi. Kurashning ohirgi bosqichi Kesh vodiysida tog‘lar orasida bo‘ladi. Som qal‘asi uzoq muddat kamaldan so‘ng taslim bo‘ladi. Muqanna o‘zini yonib turgan olovga tashlab xalok qiladi. Sunday qilib 10 yil davom etgan Arab xalifaligini larzaga keltirgan qo‘zg‘olon bostiriladi. Qo‘zg‘olonni yengilishiga sabab qo‘zg‘olonchilar uyushqoqlik bilan harakat qilmadilar. Mahalliy zadogon dehqonlar arablar tomoniga o‘tib sotqinlik qildilar. Qo‘zg‘olonning uzoq davom etishi qo‘zg‘olonchilarni tinka (madori) ni quritdi. Arablar qo‘zg‘olonchilarni kuchlarini bilib har bir viloyatdaalohida- alohida ravishda bostirdilar.
Arab istilochilari Movarounnahrni bosib olgach, o‘z hukmronligini mustahkamlash uchun Islom dinini majburan qabul qildirishgaasosiy e‘tiborni qaratdilar. Movarounnaxrning taqvodor aholisini uzil kesil bo‘ysundirishda yagona dinga-islom diniga birlashtirish xal qiluvchi ahamiyat kasb etishini ular yaxshi tushunar edilar. Shu boisdan ular yerli aholining ma‘naviy hayotida muhim o‘rin tutgan otashparastlik, Moniy, Budda kabi dinlarni xurofot sohta dinlar deb e‘lon qildilar. Ayniqsa Movarounnaxr aholisining asosiy dini xisoblangan otashparastlikka qarshi qattiq kurash olib bordilar. Ibodatxonalarini vayron qilib o‘rniga jome masjidlarini bino qildilar. Diniy kitoblar yoqib yuborildi, din arboblari-koxinlar quvg‘in qilindi.
Islom dinini qabul qilib musulmon bo‘lgan aholiga dastlabki yillarda xiroj va juzьya soliqlaridan ozod etilib, imtiyozlar berildi. Namoz o‘qish uchun masjidga borganlarga ikki dirhamdan pul berildi. Islomni qabul qilishdan bosh tortgan aholidan jon boshi solig‘i-juzya undirib olindi. Og‘ir soliqlardan qutilish uchun birinchi navbatdaaholining eng kambag‘al katlami islomni qabul qildilar. Biroq ular nomigagina musulmon bo‘lib uzoq vaqtgacha o‘z dinlariga sodiqligicha qolganlar.
Shunday qilib arab istilochilari tomonidan Movarounnahrni bosib olinishi oqibatida mahalliy xalqni urf-odati, dini va e‘tiqodi, qadimdan rivojlanib kelayotgan madaniyati poymol etildi. Istilochilar Movarounnahrning hamma joylarida mahalliy din namoyondalarini, madaniyat, adabiyot va ilm ahillarini quvg‘in qildilar va qatl etdilar. So‘g‘d yozuvida bitilgan diniy va shariy kitoblarni, ilmiy asarlarni, qimmatli hujjatlarni yo‘q qildilar. Islom dini arab tili va yozuvi, xalifalik qonun va qoidalari zurlik bilan joriy etildi. Natijada Movarounnahr xalqi uzoq davr mobaynida besavod bo‘lib qoldi. Arablar keltirgan va yerli aholi uchun mutloqo yot bo‘lgan imloni o‘zlashtirib savodxon bo‘lish uchun yanaasrlarga teng avlodlar umri sarf bo‘ldi.
Amir Kutayba 715 yili hozirgi Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida unga qarshi isyon ko‘targan o‘z askarlari tomonidan o‘ldirilgan. Amir Kutayba askarlariga qattiq qarshilik ko‘rsatgan Xorazm, Termiz, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona kabi Turkiston hududlari keyinchalik Islom dinining eng yirik markazlari bo‘lib qoldi. Musulmon dunyosiga buyuk Xorazmiylar, Buxoriylar, Termiziylar, Farg‘oniy, Samarqandiylarni yetishtirib berdi.
Xadislar va ularning ijtimoiy-siyosiy mohiyati. Islom dini ta‘limotini rivojlantirishda O‘rta Osiyolik olimlarning hissasi. Ma‘naviy kamolotga erishuv
Do'stlaringiz bilan baham: |