Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet16/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

IX asr boshlarida Movarounnahr. Toxiriylar, somoniylar va qoraxoniylar davlati. Davlatni boshqarish, soliq siyosati, yer-suv munosabatlari.

  • G‘aznaviylar va Saljuqiylar davlati.

  • Xorazmshohlar davlati. Davlatni boshqarish tizimi, soliq siyosati. Yerga egalik shakllari.

  • Uyg‘onish davri. IX-XII asrlarda O‘rta Osiyoda madaniy yuksalish. 5.Tabiiy va ijtimoiy fanlar rivoji.

    1. Badiiy adabiyotning rivojlanishi.

    7.IX-XII asrlarda islom dini va so‘fiylik.


      1. IX asr boshlarida Movarounnahr. Toxiriylar, somoniylar va qoraxoniylar davlati. Davlatni boshqarish, soliq siyosati, yer-suv munosabatlari.

    Arablar istilosidan keyin O‘rta Osiyoda (IX-XII) feodal munosabatlar yanada mustahkam negizda qaror topa bordi.

    Xuroson va Movorounnahrni idora qilgan arab hokimlari butun xalifalik saltanatiga kuchli ta‘sir o‘tkazdilar. Buni 809 yilda Bog‘dodda musulmon dunyosi tarixida salmoqli iz qoldirgan. Mashxur xalifa Xorun-ar-Rashid vafotidan so‘ng xalifalikda yuz bergan muhim siyosiy o‘zgarishlar ham yaqqol isbot qildi. Movorounnaxr va Xurosonning yirik feodal namoyondalari bo‘lmish Tohir ibn Xusayn, Samonhudot singari yetakchi kuchlar madadi bilan xalifalik taxtiga o‘tirgan Xorun-ar Rashidning kenja o‘g‘li, Xuroson noibi Ma‘mun yangi xalifa sifatida mahalliy feodallar, amiru-beklarga iltifotlar ko‘rsatib, ularning ichki mustaqqilligini yanada mustahkamlashga sezilarli ta‘sir ko‘rsatdi. Buning natijasida Tohir ibn Xusayn, Samonxudot va ularning avlodlari Xuroson va Movorounnahr hududlarining amalda hukmdorlari bo‘lib oldilar. Tohiriylar rasman xalifalikka tobe‘ xisoblansalarda, amalda o‘z ichki mustaqil siyosatini o‘tkazib va uni amalga oshirib bordilar. Sulola asoschisi Tohir ibn Husayn Xurosonning eng yirik yer egalaridan bo‘lib u Horun ar-Rashidning o‘g‘li Ma‘munni taxtga o‘tirishiga yordam bergan. Ma‘mun (813 - 833 y.) xalifa bo‘lib olgach, Tohir ibn Husayn tez orada xalifalikning eng nufuzli kishilaridan biriga aylandi.

    U bir necha vaqt xalifa qo‘shinining bosh sarkardasi lavozimida ishladi. 821 yili esa xalifa uni Xuroson noibi qilib tayinladi. Tohir Xuroson noibligini poytaxti qilib Nishopur shahrini tanladi. Xurosonga qaytgach u o‘ziga qarashli noiblikni mustaqil davlatga aylantirish rejalarini tuza boshladi. Bir yil o‘tmasdanoq Tohir ibn Husayn xalifa ismini juma namozidagi xutbada qayd qilishni man qildi. Bu xalifaga nisbatan ochiq isyon edi. Lekin uning rejalari amalga oshmadi. U to‘satdan vafot etdi. Taxmin qilinishicha, uning o‘limida xalifaning odamlarini qo‘li bo‘lgan.

    Xalifa Ma‘mun Tohir ibn Husayn o‘rniga Xuroson noibi qilib uning o‘g‘li Talxni tayinlaydi (822 - 828 yillar). Tohirning ikkinchi o‘g‘li Abdullo noiblik qilgan yillarida (830 - 844 yillar) Xuroson xalifaga vassal hisoblansa-da, aslida mustaqil davlatga aylandi. Xalifa Mutasim. (833 - 842 yillar), bir necha bor Abdulloni bo‘ysundirishga harakat qildi. Ammo bunda u muvaffaqiyatsizlikka uchradi.



    Tohiriylar kuchli hokimiyat tuzishga, qishloq xo‘jaligini tashkil etishga astoydil harakat qildilar. Yangi sug‘orish inshootlarini barpo etdilar. Mahalliy amaldorlarni o‘z lavozimlarini suiste‘mol qilmasliklarini nazorat qildilar. Albatta bunda ular dehqonlar manfaatini emas, balki aholidan olinadigan soliqni xazinaga izchil kelib tushishini nazarda tutganlar. Ular na dehqondan olinadigan soliq miqdorini, majburiyatlarini kamaytirmaganlar. Soliqlar miqdori juda katta bo‘lgan. Soliqlarning ko‘pchiligi dehqonlarni qo‘zg‘olon ko‘tarishiga olib kelgan. Tohiriylar bu qo‘zg‘olonlarni shavqatsiz bostirib turganlar.

    Tohiriylar islom dinini xalq orasida keng yoyish siyosatini davom ettirib, islom ruhoniylarini o‘z rejalarini amalga oshirishda tayanch deb bilganlar. Talh ibn Tohir noibligi (842 - 864) davrida zardushtiylik dini saqlanib kelgan. Davlatni idora etishda tohiriylar malakali, bilimli amaldorlarga muhtoj edilar. Shuning uchun ular bilimdon odamlarga xomiylik qilganlar. Ma‘lum toifadagi odamlarga bilim olish uchun keng sharoitlar tug‘dirib berganlar. Manbalarda qayd qilinishicha Tohiriylar juda bilimdon bo‘lganlar. Xususan, Tohir ibn Husayn va Abdullo ancha tanilgan shoir bo‘lgan. Abdullo vafotidan keyin Tohiriylar davlati asta-sekin inqirozga yuz tutdi va ko‘p vaqt o‘tmay ularning hokimiyati butunlay tugatildi. Tohiriylar sulolasining so‘nggi vakili Muhammad ibn Tohir (862- 873y) Yoqub Ibn Lays bilan bo‘lgan jangda mag‘lub bo‘ldi.

    Somoniylar sulolasiga asos solgan Somonhudot yirik yer egasi bo‘lgan. Manbalarning birida u Balx yaqinidan, ikkinchisida esa Samarqand atrofidan yoki Termizdan bo‘lganligi qayd etilgan. Somon Ma‘mun Xuroson noibligi paytida unga xizmatga o‘tgan va tez orada uning e‘tiborini qozongan, Ma‘mun ta‘siri ostida xalq zardushtiylik dinidan voz kechib, islom diniga kirgan. Huddi shu vaqtda Somoniyning o‘g‘li Asad ham xalifa Ma‘mun e‘tiboriga tushgan. Asadning to‘rtta o‘g‘li bo‘lgan va ular Ma‘mun saroyida xizmat qilishgan. Ma‘munning buyrug‘iga binoan Xuroson noibi Asadning o‘g‘illarini 820 yilda Movarounnahr o‘lkalariga noib qilib tayinlaydi. Xususan, Asadning katta o‘g‘li Nuhni Samarqand, Ahmadni Farg‘ona, Yahyoni Shosh va Ustrushonani, Ilyosni Xirot noibi qilib tayinlaydi. Tohir ibn Xusayn Asadning o‘g‘illarini yaxshi bilgan va ularga kerakli vaqtda yordam qo‘lini cho‘zgan.



    Ahmad Somoniy asta-sekin Movarounnahrni o‘z oilasi boshchiligida birlashtirishga kirishadi. Tohiriylar Ahmadning bu faoliyatiga qarshilik ko‘rsata olmadilar. 864 yilda Ahmad vafot etdi. Somoniylar sulolasining boshlig‘i sifatida 865 yilda Ahmadning o‘g‘li Nasr tan olindi. Lekin hamma Somoniylar ham sulola boshlig‘i sifatida Nasrni birdan tan olmadilar: xususan Shosh hokimi Yoqub Nasrni tan olmay o‘z nomidan tangalar zarb qila boshladi. Ayniqsa, Nasrning ukasi Ismoil bilan aloqasi keskin edi. Ma‘lumki, 873 yili Buxoro viloyatini Tohiriylarning so‘nggi vakili Muhammad ibn Tohir bosib oldi va o‘nga

    solihlar soldi. Bundan g‘azablangan xalq Muhammadga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Shahar amaldorlari Nasr ibn Ahmadga murojaat qilib, somoniylardan Buxoroga noib yuborishni iltimos qildilar. Buxoroni somoniylar davlatiga qo‘shib olishni rejalab yurgan Nasr bu taklifni xursand bo‘lib qabul qildi va Buxoroga noib qilib ukasi Ismoilni jo‘natdi. Ismoil Buxoroga kelib ko‘zg‘olonni bostirdi.



    Nasr Ismoilni o‘z noibi deb xisoblar edi. Ismoilibn Ahmad Buxoroda o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgach, Samarqandga yuboriladigan soliqni yubormay qo‘ydi. Shundan so‘ng aka-uka o‘rtasida nizo paydo bo‘ldi: 886 yili Nasr va Ismoil qo‘shinlari to‘qnashdilar. Bu jangda Ismoil mag‘lub bo‘ldi va u vaqtincha Buxoro noibligidan tushirildi. Lekin ikki yil o‘tgach aka-uka qo‘shinlari o‘rtasida yana to‘qnashuv bo‘ldi. Bu jangda Ismoilning qo‘li baland keldi. Nasr qo‘shini tor-mor qilindi. Movarounnahr hukmronligi Ismoil qo‘liga o‘tdi. Lekin Ismoil Nasrdan taxtni tortib olmadi va Nasr o‘z vafotigacha (892 yili) somoniylarning boshlig‘i sifatida Samarqandda qoldi.

    Nasr vafotidan so‘ng Ismoil davlat boshlig‘i bo‘ldi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko‘chirildi. O‘zaro janjal va isyonlarni bartaraf etgach Ismoil 893 yili ko‘chmanchilarga qarshi qo‘shin tortdi va Tarozni egalladi. U bu yerda xonni va uning

    10 ming qo‘shinini asir olib, bu jangda katta harbiy o‘ljani qo‘lga kiritdi. Xalifa al- Mutadis (892-902y) Ismoilni qudrati ko‘chayib ketayotganligini ko‘rib, Movarounnahrdan maxrum bo‘lib qolishidan sarosimaga tushdi hamda xiyla yo‘llarini izlay boshladi. U Movarounnahrdan uzining barcha odamlarini saroyga taklif etdi va ularga Ismoilni Movarounnahr hokimligidan tushirilgailigini va Amir ibn Laysni u yerga hokim qilib tayinlanganligini e‘lon qildi. Bu bilan xalifa o‘zining ikki dushmanidan bir yo‘la qutulmoqchi edi. Movarounnahr noibligi to‘g‘risida yorliqni olgan Amir ibn Lays Ismoilga qarshi qo‘shin tortdi. 900 yili Buxoro ostonasida Amir ibn Lays qo‘shini tor- mor etiladi. Narshahiy va boshqa mualliflarning qayd qilishicha, Ismoil Amir bilan bo‘ladigan jangga qo‘shindan tashqari Buxoro hunarmandlarini va hamda oddiy xalqning qo‘liga qurol berib, o‘z ozodligini saqlab qolishga chaqirgan. Keng xalq ommasining bu jangda ishtirok etishi Ismoilga zafar keltirdi. Ismoil arab bosqinidan keyin birinchi bo‘lib o‘zaro janjallar, bosqinchilar tomonidan talangan o‘lkani qudratli bir davlatga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi.

    Endi Ismoil oldida asosiy masala turar edi. U ham bo‘lsa arab xalifaligidan o‘z mustaqilligini saqlab qolish uchun markazlashgan mustahkam davlat ma‘muriyatini tuzish kerak edi. Yirik yer egasi bo‘lgan Ismoil birinchi navbatda mahalliy feodal zodagonlar va savdogarlarning maanfaatlarini ko‘zlab ish tutdi. Davlatning iqtisodiy kuch-qudratini oshirish, qishloq xo‘jaligini, hunarmardchilikni, savdoni rivojlanishi uchun keng shart-sharoitlar tug‘dirib berish lozim edi. Shu maqsadda Ismoil katta va yaxshi qurollangan, saralangan qurolli kuchlarni tashkil qilishga kirishdi. U ayniqsa, turk g‘ulomlaridan iborat qismlarni tuzishga katta e‘tibor berdi. Natijada Somoniylar davlati tez orada musulmon sharqidagi markazlashgan kuchli davlatga aylandi.

    Yirik yer egasi bo‘lgan Ismoil mahalliy feodal zodagonlar va savdogarlarga suyanib davlatni idora qilgan. Lekin Ismoil ham, boshqa Somoniylar ham ichki ijtimoiy ziddiyatlarni yo‘qota olmagan. Dehqonlarning yer egalari tomonidan qattiq ekspluatatsiya qilinishi natijasida feodallarga qarshi qo‘zg‘olonlar bo‘lib turgan. Bundan tashqari ayrim chekka o‘lkalarning hokimlari markazlashtirish siyosatiga iloji- boricha qarshilik ko‘rsatganlar. Xususan, Xorazm, Afg‘oniston hududlarida joylashgan hokimlar somoniylarga vassal bo‘lsada, ular o‘z yerlarida mustaqil siyosat



    yurgizganlar. Ular somoniylar saroyiga to‘lanadigan soliqning ma‘lum qismini emas, balki sovg‘a-salomlar yuborish bilan kifoyalanganlar.

    907 yilda Ismoil vafot etgach taxtni o‘g‘li Ahmad ibn Ismoil egalladi (907-914



    y). Ahmad hukmronligi davrida bir qancha qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. Xususan, amakisi Issoq ibn Ahmad Samarqandda, Ray va Seyiston hokimlari isyon ko‘tardilar. Bu isyonlar shavqatsizlik bilan bostirildi. Ahmad uzoq vaqt hukmronlik qilmadi. Davlatni idora etishda arab tilini qayta tiklanishi ko‘pgina mahalliy zodagon va Turk g‘ulomlarining noroziligini uyg‘otdi. 914 yilda u Turk g‘ulomlari tomonidan o‘ldirildi. Taxtga Ahmadning 8 yoshli o‘g‘li Nasr ibn Ahmad (914-943y) o‘tirdi. Saroyning ruxsati bilan davlat ishlarini vazir Abdullo Jayhoniy boshqardi.

    914 yilning ohirida Samarqandda yana qo‘zg‘olon kutarildi. Davlatning janubiy hududlarida bo‘lgan Husayn ibn Ali Marvoziy rahbarligidagi qo‘zg‘olon ayniqsa keskin tus oldi. Qo‘zg‘olon karmatlar g‘oyasi bayrog‘i ostida bo‘lib o‘tdi. Bu qo‘zg‘olon 918 yilda bostirildi. Marvoziy asir olindi. Ko‘p o‘tmay Marvoziy raxbarligidagi qo‘zg‘olon bostirilgach Ahmad ibn Nuh hokimiyatgaqarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. 922 yilda esa Ilyos ibn Issoq qo‘zg‘olon ko‘tardi. Tinmay davom etgan qo‘zg‘olon va isyonlar Somoniylar davlatining qudratiga katta ta‘sir ko‘rsatdi va u asta-sekin tanazzulga yuz tutdi.

    Nasr hukmronligi davrida Somoniylar davlati hududlarida karmatlar harakati ancha keskin tus oldi. Karmatlar islomni yoyilishga, feodal munosabatlarni ko‘chayishiga qarshi chiqdilar va oldingi an‘analarni, qishloq jamoalarini qayta tiklashni yoqlab chiqdilar. Shuning uchun bu harakatga keng xalq ommasi qo‘shildi. Karmatlar g‘oyasini amaldorlarning bir qismi va hatto Nasrning o‘zi ham qabul qildi. Nasrning bu qadami reaktsion musulmon ruxoniylarning va turk g‘ulomlarini noroziligini qo‘zg‘atdi. Natijada Nasr taxtdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Taxtga Nasrning o‘g‘li Nuh o‘tirdi (943- 954yillar). Nuh karmatlarga qarshi shavqatsiz kurash olib bordi. Ularning mol-mulklari musodara qilindi. Nuh hatto o‘z otasi Nasrni zanjirband qilib, qal‘aga qamab qo‘yishga buyruq berdi.

    Nuh hukmronligi davrida Somoniylar davlatini inqirozi ko‘zga yaqqol tashlana boshladi. Bo‘shab qolgan xazinani to‘ldirish maqsadida Nuh soliqlar miqdorini ko‘paytirdi. Bu xalq noroziligini yanada oshirdi. Xalq noroziligidan foydalangai Nuhning amakisi Ibrohim ibn Ahmad Xuroson noibi Abu Ali Charoniy yordamida vaqtincha Buxoro taxtini egallab olishga muvaffaq bo‘ldi. Abu Ali Charoniy Xurosonga qaytgach Nuh yana Buxoro taxtiga qaytdi va isyonkor qarindoshlarini qattiq jazoladi. Lekin Somoniylarning Abu Ali Charoniy bilan kurashi Abdumalik hukmronligi davrida (954-961 y) ham davom etdi. Abdumalik zamonida turk lashkarboshilarini davlat ishlariga aralashishi ancha ko‘chaydi. Xususan turk lashkarboshisi Alp Tegin

    «buyuk Xojib» lavozimiga ko‘tarilgan. Abdumalik vafotidan keyin Somoniylar taxti uchun kurash yanada keskin tus oldi. Alp Teginning qat‘iy harakati bilan taxtga o‘tirgan Abdumalikning o‘g‘li bor yo‘g‘i 6 kun hukmdorlik qilgan. Taxtga Mansur ibn Nuh (961 - 976 yillar) o‘tirgan.

    Soliqlarning yil sayin ko‘payib borishi, feodallarning o‘zaro janjallari, noiblarning markazga bo‘ysunmay qo‘yishi va saroydagi bo‘layotgan taxt uchun kurashlar somoniylar davlatini juda zaiflashtirib yubordi; Bu kurashlar ayniqsa, Amir Mansur ibn Nuh II (976 - 997 yillar) hukmronligi davrida keskin tus oldi. Ichki nizolar oqibatida Nuh II Yettisuv va Qashg‘arda vujudga kelgan Qoraxoniylar davlatining Movarounnahrga qilgan yurishlariga keskin qarshilik qilolmadi. Somoniylar davlatidagi siyosiy beqarorlikdan foydalangan Qoraxoniy Horun Bug‘roxon 990 yili Fa‘b



    tomon qo‘shin tortdi va ikki yil davomida somoniylarga qarashli bir qancha viloyatlarni o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oldi.

    Talas, Iloq va Shoshda aytarli hech qanday qarshiliksiz o‘z hukmronligini o‘rnatgan

    Xorun Bug‘roxon 992 yili Somoniylar poytaxti Buxoro tomon qo‘shin tortdi. Bu jangda Nuh II qo‘shinlari tor mor etildi. Somoniylar amiri Nuh II Buxoroni tashlab, Amudaryodan kechib o‘tdi vaAmul shahrida yana Qorahoniylarga qa‘shi qo‘shin to‘play boshladi. Qoraxoniy Bug‘roxon Buxoroni hech qarshiliksiz egalladi. Lekin bu yerda u mevalarni ko‘p iste‘mol qilish oqibatida kasal bo‘ldi va orqaga qaytishga jazm qildi. Xorun Bug‘roxonni orqaga qaytishiga yana bir sabab, aholini unga qarshi bo‘lganligidadir. Shuning uchun u Movarounnahrni bu vaqtdao‘z qo‘li ostida ushlab qolishga ko‘zi yetmagan.

    Xorun Bug‘roxon Nuhning o‘g‘li Abdulazizni o‘z qoshiga chaqirib, taxtni o‘nga topshirgan. Vaholanki, agar u Movarounnahrni o‘z qo‘li ostida saqlab qolishga ko‘zi yetganda, Buxoroga o‘z noibini tayinlar edi. Ibn al-Asirning yozishicha, Xorun Bug‘roxon Buxoroni tashlab chiqib ketganidan so‘ng uning qo‘shini yo‘l yo‘lakay, aholiga hujum qilib katta ziyon yetkazgan. Orqaga qaytgan Qorahoniylar qo‘shiniga o‘g‘uz-turkman qabilalari ham hujum qilib, ularning ko‘p mol-mulklarini tortib olganlar va o‘ldirganlar. Xorun Bug‘roxon Buxoroni tashlab chiqib ketganidan xabar topgan amir Nuh II 992 yilni 12 avgustida poytaxtga qaytgan va chekinayotgan Qoraxoniylar qo‘shiniga zarba berish yo‘llarini izlagan. Samarqandaholisi ham Qoraxoniylar qo‘shiniga hujum qilib turganlar. Sog‘lig‘iyomonlashgan Xorun Bug‘roxon Samarqanddan vataniga yo‘l oldi va Quchqorboshi degan joyda vafot etdi (992 y.).



    997 yili Nuh II vafot etdi. Taxtga o‘tirgan Mansur ibn Nuh o‘z amaldorlari bilan kelishishgaharakat qildi. Ammo bu harakat yaxshi natija bermadi. Somoniylar saroyidagi eng nufuzli amaldorlardan hisoblangan Abu Ali Muhammad Isfijobiy amirgaqarshi isyonko‘tardi. Isfijobiyni iltimosiga binoan Qoraxoniy hukmdori Eloq Nasr somoniylarga qarshi qo‘shin tortdi. Lekin Eloq Nasr Isfijobiyni o‘zini amir qilib O‘zganga jo‘natdi. Bu paytga kelib somoniylar saroyida o‘zaro kelishmovchiliklar yanadako‘chaydi. 999 yili Mansur taxtdan tushirildi, va ko‘zi ko‘r qilindi. Taxtga Mansurning ukasi Abdumalik ibn Nuhni o‘tqazishdi.

    Mahmud G‘aznaviy 999 yilning may oyida Mansur uchun o‘ch olish shiori ostida Movarounnahrgaqarshi qo‘shin tortdi. U Somoniylar qo‘shinini tor-mor qilib katta o‘ljalar bilan G‘aznaga qaytdi. Yuzaga kelgan bu vaziyatdan Elik Nasr ham foydalanishga harakat qildi. Negaki, bu jang oqibatida Xuroson Mahmud G‘aznaviy qo‘liga o‘tgan edi. Shu yilning dekabr oyida Eloq Nasr somoniylar sulolasini tugatish maqsadida Buxoroga qo‘shin tortdi. Somoniylar Buxoro aholisi yordamida Qoraxoniylarni shaharga kirgizmaslikka harakat qildilar. Lekin aholining ko‘p qismi Somoniylarni: qo‘llab-quvvatlamadi va Eloq Nasr Buxoroni 999 yilning 23 oktyabrida aytarli qarshiliksiz bosib oldi. Eloq Nasr Buxoroga Jafar Teginni tayinlab o‘zi Urganchga qaytdi.

    Yuqoridagi voqealardan so‘ng Nuh II ning o‘g‘li Abu Ibrohim Ismoil (Muntasir laqabi bilan) bir qancha muddat samoniylar davlatini tiklash uchun Qoraxoniylarga qarshi goho yutuqli goho muvaffaqiyatsiz urushlar olib bordi. Bu kurashlardao‘nga goho Saljuqiylar, goho G‘aznaviylar hukmdorlari ham yordam berib turdilar. Lekin Qoraxoniylar qo‘shini bilan to‘rtinchi marta yirik to‘qnashuvdan so‘ng u jangda yengiladi va 1005 yil boshlarida o‘ldiriladi. SHu tariqa Samoniylar hukmronligi Mavaraunnahr va Xurosonda tugatilib, ularga qarashli o‘lkalarni Qoraxoniylar va G‘aznaviylar bo‘lib olishdi.


    Download 5,34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   195




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish