Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet18/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Samoniylar davridagi madaniy hayot. IX-X asrlarda me‘morchilik san‘ati va qurilish uslubi o‘z taraqqiyotida yana bir bosqich yuqoriga ko‘tarildi. Bu davr qurilishidaavvalgi asrlardagi kabi xom g‘isht va paxsaasosiy qurilish materiali hisoblangan. Qurilishda yog‘ochdan keng foydalanilgan. Uylarning ustunlari va to‘sinlari yog‘ochdan qilingan, tomlar yassi bo‘lgan.

Somoniylar davrida Movarounnahr va Xuroson me‘morchilik san‘atining yuqori taraqqiyotidan yorqin dalolat beruvchi yodgorlik bu Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasidir. Bu maqbaraasrlar osha bizning ko‘ngacha yetib kelib, o‘zining me‘moriy barkamolligi va shu bilan birga oddiyligi bilan insonni hayratga soladi.

Somoniylar me‘morligining yana bir noyob durdonasi Kattaqurg‘ondan 60 km, janubdagi Tim qishlog‘ida joylashgan Arab ota maqbarasidir. Arab ota maqbarasi hashamatli me‘morchilikning ancha rivojlanganligidan dalolat beradi. Maqbarada bitilgan yozuvlarga qaraganda bu inshoot 977-978 yillarda qurilgan bo‘lib, bu yerda samoniylardan biri ko‘milgan. Arab ota maqbarasi ismoil Somoniy maqbarasi bilan o‘xshashlik topadi.

Somoniylar davri me‘morchiligining nodir namunalarini Karki (Turkmaniston) yaqinidagi Alambardor, Uzun (Surxondaryo) yaqinidagi Xo‘ja Naxshron, Karmanadagi

Mirsaid Baxrom maqbaralarida ham uchratish mumkin. Bu yodgorliklar ham IX-X asr memorligi yuksak darajada bo‘lganligidan dalolat beradi.

IX-X asr me‘morligining rivojlanish yo‘llarining saqlanib qolganligini ko‘plab

masjidlar misolida ham kuzatish mumkin. Masjidlarning tomi odatda gumbaz shaklida bo‘lgan. Bu davrga oid masjidlar to‘g‘risida so‘z yuritilganda, Buxorodagi Mag‘oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun, Shahristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd qilish mumkin. Bu yodgorliklar Markaziy Osiyo diniy me‘morchilikning rivojlanish yo‘llarini kuzatish imkonini beradi.

Narshaxiyning yozishicha, amir Nasr ibn Ahmad Buxoro Registonida o‘zi uchun katta saroy qurdirgan va uning qurilishiga katta mablag‘ sarflagan. Bu saroy g‘oyatda go‘zal bo‘lgan.

Somoniylar davriga oid shahar va qishloq aholisining uylari to‘g‘risida hozir arxeologiya ancha ma‘lumotlarga ega. Bu borada qadimiy Samarqand-Afrosiyob, Xorashkent-Kanka, Binkent, Termiz, Marv kabi o‘nlab yodgorliklarda olib borilayotgan izlanishlarning natijasi diqqatga molikdir.



Bu davrda Buxoro, Marv, Samarqand, Nishonur, Balx, Binkent, Kesh, Xo‘jand, Urgench yirik madaniyat va fan markaziga aylandilar.

Yirik ma‘rifatparvar ijodkorlardan biri Abu Abdullo Rudakiy bo‘lib, fors-tojik

adabiyotining otasi xisoblanadi. Shoir, sozanda, bastakor, xofiz Rudakiy ma‘lum muddan Samoniylar saroyida ham ishlagan.

Mashhur shoir Abu Mansur Daqiqiy ―Shohnoma‖ga asos solgan.

Abdulqosim Firdavsiy esa Buxoroga kelib ijod qilgan va Daqiqiy ―Shoxnoma‖sini davom ettirgan. Firdavsiy ―Shohnoma‖si jahon adabiyoti hazinasiga qo‘shilgan o‘lmas hissa bo‘ldi.

Somoniylar davrida Muhammad Muso al-Xorazmiy bir necha fanlar sohasida yirik ixtiro, kashfiyotlari bilan bir qatorda Bag‘doddagi Ma‘mun akademiyasigaal Farg‘oniy bilan birgalikda rahbarlik qildilar.



Bu davr madaniyati, fanining eng yirik vakillaridan biri Abu Nasr al Farobiydir. Falsafada, tilshinoslik, mantiq, musiqa, matematika kabi qator fanlarda yangiliklar ijod etib, jahon fanini boyitdi.

Samoniylar davri tabobatining eng mashhuri Ibn Sino bo‘lib, uning tabobatga oid xizmatlari hozirgi kungacha xalqaro tabobatni eng azizi hisoblanadi.

Axmad al-Farg‘oniy esa astronomiya ilmida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Damashq, Bag‘dodda uning loyixasi bilan rasadxonalar qurildi. Nil daryosining suvini o‘lchaydigan asbob ―Miqyos ul jadid‖ (nilometr) asbobini kashf etdi. Xullas Samoniylar davlati davrida Movarounnahr va Xuroson arab xalifaligi ta‘siridan butunlay qutuldi.

X asrning II yarmida Qoraxoniylar davlati tarkib topdi. Yangidan tashkil topgan davlatning birinchi boshlig‘i «bug‘raxon» (ya‘ni podshox) deb ataluvchi davlat unvoniga ega bo‘lgan. Uni arabcha Xorun ibn Muso ibn Satul deb atashgan, lekin hujjatlarda faqat Bug‘raxon deb keltirilgan.

Biroq Yettisuv Movarounnahr tomonidan anchagina madaniy ta‘sirotga uchradi.

Bo‘g‘raxon boshchiligida Yettisuv turkiylarning O‘rta Osiyoning g‘arbiy viloyatlari - Shosh, Farg‘ona, Sug‘diyona va boshqa yerlarga bosqinchilik yurishlari boshlandi.

Boshqa har qanday bosqinchilik harakati singari o‘rtaasrlarda bu yurishlar ham talon-torojlik va zo‘ravonlik bilan bog‘liq edi.

Soliq zulmidan azob chekkan dehqonlar Samoniylar qo‘shinlari harakati tufayli Somoniylar hokimiyatidan norozi bo‘lishdi. Ana shu va boshqa sabablar oqibatida

qudratli, boy va madaniyatli Somoniylar davlati ag‘darilib, Qoraxoniylar davlati qaror topdi.


  1. asrning ikkinchi yarmi Somoniylarning turli isyonlarga qarshi keskin kurash olib

borishi bilan ifodalanadi. Bo‘g‘raxon Jun Mo‘miyona saroyiga joylashdi. Biroq kasallik, buning ustiga kun jaziramasi uni Somoniylar poytaxtini tark etishga majbur qildi va u Samarqandga yo‘l oldi. Bo‘g‘raxon kasalligining ko‘chayishi sababli Samarqanddan ketishga majbur bo‘ldi. U Qashqar tomon yo‘l oldi va yo‘lda vafot etdi.

Biroq bu holat ham Nuhga yanada mustahkamlanib olish imkonini berdi, Xuroson Abu Ali va Faiq qo‘lida, G‘azna hamda Hirot Sabuq Tegin qo‘lida edi. 996 yili turkiylar Nasr boshchiligida Movarounnahrga hujumni tikladilar. 999 yilda Qoraxoniylar Buxoroni qo‘lga kiritdilar va Movarounnahrda hokimiyat haqidagi masala hal etildi.



To‘g‘ri, Somoniylar yana 1005 yilga qadar qarshilik ko‘rsatdilar. Biroq qo‘lga kiritilgan yutuqlar voqealarning borishiga ta‘sir etmadi. 1005 yildan keyin Qoraxoniylar qarshilik ko‘rsatish to‘xtadi.

1001 yili Mahmud Qoraxoniylar va G‘aznaviylar davlatlari o‘rtasidagi chegarani belgilashda Nasr bilan shartnoma tuzdi. Amudaryo asosiy chegaraga aylandi. Buning natijasida esa Samoniylar saltanati o‘rnida Qashqardan Amudaryoga qadar cho‘zilib, Sharqiy Turkistonning bir qismi, Yettisuv, Shosh, Farg‘ona va qadimgi Sug‘diyona hududini o‘z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati bilan Shimoliy Xindistondan qariyib Kaspiy dengizining janubiga qadar cho‘zilib, hozirgi Afg‘oniston va Shimoliy-Sharqiy Eronni o‘zi ichiga olgan G‘aznaviylar davlati paydo bo‘ldi.

Movarounnahrda Somoniylar davlatining qulashi va hokimiyat tepasiga Qoraxoniylarning kelishini tojik sulolasining turkiy sulola bilan almashinuvi deb bilish kerakmas. O‘rta Osiyoda ro‘y bergan o‘zgarishlar nihoyatda chuqur bo‘lib, siyosiy va ijtimoiy hayotning hamma tomonini qamrab olgan edi,avvalambor, markazlashgan davlat tuzumi butkul quladi. Qoraxoniylar mamlakatni viloyatlarga bo‘lib boshqarish usulini ta‘sis etdi. Ularni sulola vakillari-ilikxonlar boshqarishgan, uning hukmdori-buyuk xon ko‘pincha Qashg‘arda, ahyon-ahyonda Bolasog‘unda bo‘lardi. U Erondagi ―shohanshoh‖ singari ―xonlar xoni‖ yoki ―sultonlar sultoni‖ degan unvonga ega edi. qoraxoniylar sulolasi manbalarida u ―tamg‘achxon‖ yoki ―tabg‘achxon‖ deb atalgan. Turkiylar Xitoy imperatorini ham shu unvon bilan atashgan.

Ilikxonlar huzurida vazir, saxib-barid mustavfi, shaharlarda hokim, rais, muxtasib va boshqalar saqlanib qolgan edi. Diniy mansablar to‘liq saqlanib qolgan, chunki Qoraxonniylar din ahli bilan do‘stona munosabatda edi.

Ular turkiylar qo‘shini bilan ittifoqda bo‘lish an‘anasini davom ettirishdi.

Qoraxoniylarning hokimiyat tepasiga kelishi yirik zamindorlikning eski ko‘rinishlari yemirilishini tezlashtirdi, bu yemirilish X asrning ikkinchi yarmidayoq boshlangan edi.



V.V.Bartold o‘z asarlarida ta‘kidlab o‘tishicha, mo‘g‘ullar istilosi arafasida, ya‘ni XIII asr boshlariga kelib, yirik zamindorlar sifatida dehqonlar tilga olinishi deyarli uchramaydi. Biroq dehqon degan so‘zning o‘zi atama sifatida yo‘qolib ketmadi, balki mazmunini o‘zgartirdi. Endi dehqon deyilganda mayda yer egasi tushunila boshlandi.

Sharqda ―iqto‘‖ atamasi bilan ma‘lum bo‘lgan shartli yer egaligi XI asrda keng tarqala boshlangan. Iqto‘ – yerni birovga sovg‘a qilishning muntazam ravishda muayyan daromad olib turish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos bir ko‘rinishidir. Saljuqiylar sultoni vaziri Nizom ul-Mulkning ―Siyosatnoma‖ asarida iqto‘-daromadning muayyan qismini olish maqsadida sovg‘a qilingan yer deb ta‘riflanadi.

Davlat hokimiyati, shuningdek, tegirmon, hammom, bozordagi do‘kon va boshqa narsalardan tushadigan soliq yoki daromadni ham iqto‘ qilib bera olgan.

Qoraxoniylar iqto‘ni turkiy sarkardalardan tashqari amaldor tojiklarga va

boshqalarga ham bergan.


  1. asrda Movarounnahrga Qoraxoniylar bilan birgalikda ma‘lum miqdorda ko‘chmanchilar ham kelishdi, ularning podalari ekinzorlarni payxon qilib tashladi. Dehqonlarning asosiy qismi qishloq jamoasi sharoitida yashashda davom etar, jamoada esa chorakor mavqei baland edi.

Qoraxoniylar zamonida hunarmandlar ham bor edi. Yusuf Xos Hojib Bolasog‘uniy turkiy tilda bitilgan «Qutadg‘u bilig» asarida yozishicha, Qoraxoniylar hunarmandlarga, xususan, temirchi, tikuvchi, etikduz, suv tashuvchi, egarchi, toshkesar, o‘qchi, yoy yasovchi va boshqa xil kasb egalariga yaxshi munosabatda bo‘lishgan.

Savdogarlar ham qadrlanardi. Biroq chorvador ko‘chmanchilarga munosabat boshqacha bo‘lgan, chunki ular johil va yaramas odamlardir, deb yozadi muallif.

Qoraxoniylar dehqonchilikni, ayniqsa shahar hayotining madaniy ahamiyatini yaxshi tushunishardi. Ular Qashg‘ar, Bolasog‘un, Taroz, Uzgan, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarni poytaxt qilishgan. Bu yerlardaular saroylar qurishar va goxo qishlab ham qoli shardi.

Ayni vaqtda Qoraxoniylar o‘zlari duch kelgan va manfaatlariga moslashtira olishgan tartiblarni tan olmasliklari mumkin emas edi.

Ilikxonlar bilan xonlar xoni o‘rtasidagi aloqamustahkam emas edi. Viloyat xokimlari doimo o‘zaro adovatda bo‘lib, mustaqillikka intilishar, shu bois Qashg‘ardagi hukmdor bilan oralari yomon edi.



Qoraxoniylarning poytaxti Bolasog‘un bo‘lsa ham xonlar ko‘pincha, Qashg‘arda yashashardi. 1072 yili O‘zgan poytaxt bo‘ldi, XI asr ohirida O‘zgan Qoraxoniylar saltanatining Farg‘ona viloyati markazi bo‘lib

Samarqandni markaz qilib olgan Movarounnahr Ilikxoni hammadan ko‘proq nufuzga ega edi.

1046/47 - 1068 yillari Movarounnahrda xonlar xoni Ibrohim hukmronlik qildi, u biron-bir muhim ishni bajargani yuq, ammo din axli bilan yaqin edi. Uning davrida ikkita yangi sulola- Saljuqiylar bilan qoraxoniylar o‘rtasida nihoyatda do‘stona munosabatlar vujudga keldi. Faqatgina ikkita shahar -Amudaryoning ikki sohilidagi Termiz va Balx atrof hududi bilan birgalikda nizo manbai edi, xolos.

1063 yili Saljuqiylar davlatining asoschisi To‘g‘rulbek vafot etdi, uning o‘rnini jiyani, Choribek Dovudning o‘g‘li Alp Arslon (1063 -1072 y) egallab, Marv (hozirgi Mari) shahrini poytaxt qildi.

1068 yili xonlar xoni Ibrohim taxtni o‘g‘li Shams ul-Mulk Nasrga topshirdi, u esa hokimiyat uchun ukasi Shuays (yoki Safays) bilan kurash boshlab g‘olib chiqdi. Nasrning hukmronlik davrida Saljuqiylar sultoni, Alp Arslon bilan ziddiyat ko‘chaydi. 1072 yili Alp Arslon Qoraxoniylarga qarshi buyuk yurish boshladi. Qariyb

200 ming kishilik qo‘shinni Amudaryodan o‘tkazish uchun u kemalardan maxsus ko‘prik qurdirdi. Biroq yurish boshlanishidayo q Alp Arslon o‘z chodirida mahalliy qal‘alardan birining boshlig‘i Yusuf al-Xorazmiy tomonidan o‘ldirildi. Yurishni kechiktirishga to‘g‘ri keldi.

1072-1092 yillari Saljuqiylar taxtiga Malikshoh chiqdi, ana shuning davrida Nizom ul-Mulk vazir bo‘lib, «Siyosatnoma» asarini yozdi.

1080 yili Shams ul-Mulk Nasr olamdan o‘tdi, uning o‘rnini ukasi, keyinchalik shoirlarning piri hisoblangan Xizr egalladi. U qachon o‘lgani noma‘lum, o‘rniga o‘g‘li Ahmad chiqdi.

1089 yili Saljuqiylar sultoni Malikshox Ahmadxongaqarshi yurish boshladi. O‘sha yiliyoq u Buxoro bilan Samarqandni egalladi, Ahmadni asirga olib Isfahonga jo‘natdi. So‘ng MalikshohAxmadni Samarqandgaqaytardi, mutaassib ruhoniylar va turkiy sarkardalari 1095 yili Kosonga (Farg‘onadagi) yurish paytidaAhmadni yoy ipi bilan bo‘g‘ib o‘ldirishdi. Uning o‘rnini Mas‘udxon egalladi.

1092 yili Malikshohham o‘ldirildi va 1118 yili hokimiyat tepasiga buyuk Saljuqiylarning so‘nggi vakili sulton Sanjar (1118 - 1157 yillar) keldi. Uning hukmronlik davrida Saljuqiylar Movarounnahrda eng yuksak mavqega erishdilar.

Movarounnahrning so‘nggi hukmdori Arslonxon sholbo‘lgan holatda fitnachi ruhoniylarga qarshi sulton Sanjarni yordamga chaqirdi, u esa butun Movarounnahrni egallab oldi. Bu voqea1130, yili ro‘y bergan edi. Shundan keyingi Qoraxoniylar mustaqillikni boy berib qo‘yishdi va Saljuqiy Sanjarga qaram bo‘lib qoldilar.
    1. G‘aznaviylar va Saljuqiylar davlati.

G‘azna shahri Xurosonning siyosiy markazigaaylanishi X asrning II yarmiga to‘g‘ri keldi. G‘aznaviylar davlatining asoschisi Sabuqtegin edi. bu davlat Shimoliy Xindistonda qariyib Kaspiy dengizining janubiygacha, hozirgi Afg‘oniston va shimoliy

  • sharqiy Eronni o‘z ichiga oladi.

Vujudga kelgandastlabki kunlaridanoq G‘aznaviylar davlati davlati Eron va O‘rta Osiyo tarixida katta ahamiyat kasb eta boshladi. Mahmud G‘aznaviy bosqinchilik yurishlarini tashqi siyosatining asosi bo‘lib oldi. Shu maqsadda u yaxshi qurollangan qo‘shin tuzib, Shimoliy Hindistonning Panjob, Kashmir va boshqa viloyatlariga 17 marta yurish qildi.

U shaharlarni talab, haykal va idish ko‘rinishidaoltinu kumushni, shuningdek, mato, qurol, fil, chorvava boshqa narsalarni olib ketardi. Shunday yurishlarining birida Mahmud Kanavja shahridan 20 million dirham, 57 ming qul va 350 filni o‘ljaga oldi.



Talangan boylik o‘nga qo‘shinni muntazam ko‘paytirib borishga, saroy, masjid, madrasa kabi inshootlar qurishga imkon berdi. Biroq bu mablag‘ qishloq xo‘jaligi va xunarmandchilikni rivojlantirish uchun sarflanmas edi. Bosqinchilik yurishlari Mahmudning qudratini oshirdi. Qo‘shni hukmdorlar, Qashg‘arda o‘tirgan Qoraxoniylar xoni ham u bilan hisoblasha boshlashdi. O‘z navbatida Mahmud ham Qoraxoniylar tarafidan xotirjam bo‘lish maqsadida ularning hukmdori bilan kelishardi. Bir safar Qoraxoniylar Xurosonning Balx, Tus va Nishopur viloyatlarini bosib olishdi, ammo Mahmud Hindistondan qaytgach ularni quvib yubordi.

Qoraxoniylarning 1007-1008 yillardagi ikkinchi yurishi ham turkiy qo‘shinning mag‘lubiyati bilan tugadi. Bu davrda Qoraxoniylar davlati viloyatlarga bo‘lingan bo‘lib, ularni Qoraxoniylar sulolasi vakillari - ilikxonlar idora etishardi. Ilikxonlar o‘rtasidaadovat kuchli edi.Ayniksa Samarqand va Buxoro ilikxoni Alptagin bilan Qashg‘arda o‘tirgan buyuk xon Qodir o‘rtasidagi dushmanlik kuchli bo‘lgan.



Bu esa Mahmud G‘aznaviyga juda qo‘l kelardi. Bir safar Mahmud siyosiy suhbat uchun Qodirxon bilan uchrashdi. XI asrda yashab o‘tgan fors muarrixi Gardiziy «Zayn ul-axbor» nomli asarida Samarqand janubida o‘tgan bu uchrashuvni juda go‘zal tasvirlaydi. Avvaliga ikkala hukmdor o‘zaro mulozamatdan so‘ng bir birlariga yirik javohir hadya etishgan. Mahmud Faznaviy Qodirxonning siyosiy savodsizligi, soddaroq va qovushmagan odamligini ko‘rgach, uni o‘zining hashamati, boyligi va mehmondo‘stligi bilan xayratga solishga qaror qiladi. U Qodirxon uchun tilla

aralashgan parchadan to‘qilgan katta chodir qurib, uni ichkarisi va tashqarisidan bezatishni, to‘kin dasturxon yozib, qimmatbaho sovg‘alar berishni buyuradi. Bular xilma-xil javohirlar, oltinu kumush qadahlar, tilla yuganli ajoyib otlar, urg‘ochi fillar, guldor chodirlar, bebaxo gilamlar va xokazolardan iborat edi. Buni ko‘r gan Qodirxon undan kam kelmaslik uchun qo‘lidagi jamiki yaxshi narsalarni to‘plashni buyuradi. Tilla egar-jabduqli duldul otlar, oltin belbog‘li turk rulomlari, suvsar, oqsuvsar va qora tulki mo‘ynasi vaboshqalarni yig‘ib, Mahmud G‘aznaviyga yuboradi.

Bu uchrashuv muhim siyosat muammolarini hal qildi. Movarounnahrni Alptegindan Qodirxonning o‘g‘liga olib berishga kelishib olishdi. Biroq Mahmud G‘aznaviy Alpteginni yo‘qotishni istamasdi, uning ittifoqchilari bo‘lgan Saljuqiylar qo‘shinini yengib, xokimiyatini zaiflashtirdi, holos. G‘aznaviy Movarounnahrdagi qoraxoniylar siyosatiga va ayniqsa Xorazmga katta ta‘sir ko‘rsatardi. O‘z davrining iqtidorli sarkardasi va qattiq qo‘l hukmdori bo‘lgan, Sulton Mahmud G‘aznaviy 1030 yilda vafot etadi. Shundan so‘ng taxtni uning o‘g‘li Ma‘sud (1030-1041) egallaydi. Lekin Ma‘sud otasi tuzgan davlatni butunligicha saqlab qololmadi.

Mahmud G‘aznaviyga rasman tobe‘ bo‘lgan, lekin amalda mustaqil boshqariladigan Xorazm shohi Xorun ibn Oltintosh 1034 yilda Xorazmni butunlay mustaqil deb e‘lon qildi va katta qo‘shin bilan Xurosonga yurish qildi. Lekin Sulton Ma‘sud tomonidan sotib olingan kishilar Xorazm shohi Xorunni o‘ldiradilar. Uni qo‘llab quvvatlagan qoraxoniylar qo‘shini yana Samarqandga qaytib ketadi. Shundan so‘ng Sulton Ma‘sud qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi va shu yo‘l bilan g‘aznaviylar hokimiyatiga bo‘lgan xavfni bir oz kamaytiradi.

G‘aznaviylar sultoni Ma‘sud Xurosonga yurish qilgan turk-saljuqiylari bilan ko‘p bor jang olib borishga majbur bo‘ldi. Mahmud G‘aznaviyning ruxsati bilan shimoliy Xurosonga joylashib olgan saljuhiylar bu davrga kelib g‘aznaviylar uchun katta xavf tyg‘dira boshladi. 1035 yilda saljuhiylarning Xurosonga yangi hujumi boshlanadi. Nishopurdan Niso shahriga yetib kelgan g‘aznaviylar qo‘shini saljuhiylarga zarba bergan bo‘lsada, Saljuhiyning nevarasi Tog‘rul va Changri boshchiligidagi turkmanlar kechasi G‘aznaviylar qarorgohiga hujum qiladi va g‘alaba qozonadi. 1037 yil aprel oyida turkmanlar Mari viloyatini uzil-kesil egallashga erishdilar va Bag‘dodda, xalifaga hokimi yat uchun yorliq berishni so‘rab elchi junatadilar. Shu tariqa Xurosondagi yangi davlatga - saljuqiylar davlatiga asos solindi.

Keyingi yillarda turkmanlar Tog‘rul boshchiligi da bir qancha zarbalar berib Xurosonning katta qismini bosib oldilar. Shundan so‘ng Ma‘sud katta qo‘shin bilan saljuqiylar ustiga yurish qildi. 1040 yilda Mari yaqinidagi Dandanakon degan joyda hal qiluvchi jang bo‘lib, bunda Ma‘sud armiyasi qattiq mag‘lubiyatga uchradi. Jangdan zo‘rg‘a qochib qutilgan Ma‘sud tez orada (1040 yil)da vafot etdi. Uning vorislari G‘aznaviylar davlatining avvalgi qudratini tiklashga muvaffaq bo‘la olmadilar. Asta-sekin o‘z Qudratini yo‘qotib boshlagan g‘aznaviylar davlati XII asrning ohiridaAfg‘oniston hududida tashkil bo‘lgan yangi davlat Fyriylar tomonidan butunlay tugatildi. G‘aznaviylarga tegishli Xuroson asta-sekin saljuqiylar qo‘ligao‘tdi.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish