Chig‘atoy ulusining tashkil topishi, uning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti. Kepakxon (1309, 1318-1326) davrigacha Chig‘atoy ulusida siyosiy barqarorlik bo‘lmadi. 1251 yilgi Qoraraqurum qurultoydan keyin Chig‘atoy ulusi ikkiga bo‘linib ketdi: Sharqiy Turkiston, G‘ulja o‘lkasi, Yettisuv Farg‘onaning Shimoliy Sharqiy qismi xoqon ixtiyorida qoldi: Movarounnahr Farg‘onaning G‘arbiy qismi Oltin O‘rda qo‘l
ostiga o‘tdi.
Oltoy Ibn Goydar ibn Chig‘atoy (1261-1266) Chig‘atoy ulusini Oltin O‘rda ta‘siridan qutqarish choralarini ko‘rdi. Oltin O‘rdaning Buxoroda turgan 5 ming nafarlik qo‘riqchi qo‘shinni qirib tashladi, ularning mol-sulki, oilalari musodara qilindi.
Baroq ibn Yisunqor ibn Komkor ibn Chig‘atoy zamonida (1266-1271) Chig‘atoy ulusi ancha kuchaydi. Baroqxon Oltin O‘rda xoni Mangu Temur (1267-1280) va Kaydu qo‘shinlarini Sirdaryo buyidagi jangda mag‘lub etsa-da, lekin ohiri yengildi. Uning Elxon Abohoqonga( 1265-1289) qarshi yurishlari ham natija bermadi. Chig‘atoy ulusining ko‘p qismi O‘g‘atoyning nabirasi Qaydu va Oltin O‘rda xoni Mangu Temurta‘siriga tushib qoldi. Nekpoy (1271-1272) va Buko Temur (1272-1291) hukmronligi davrida e‘tiborga loyiq o‘zgarish bo‘lmadi. Kaydu ulus taxtiga Baroqxonning o‘g‘li Duvani( 1291-1306) o‘tqazdi. Andijonning tiklanishi, Uzganning Farg‘ona o‘lkasi poytaxtiga aylantirilishi uning nomi bilan bog‘liq. Duvaxo n Qaydu
bilan hamkorlik qilib, katta e‘tibor qozondi. Duvaxon vafotidan keyin o‘g‘li Kunjakxon va Tolg‘u ibn Qudag‘ay ibn Bo‘ri Mutugan ibn Chig‘atoylar xonligi uzoqqa cho‘zilmadi.
Kepakxon ibn Duvaxon o‘z urug‘doshlarining nizolariga barham berdi. Chig‘atoy davlatining rivoji, shaharlar qurilishiga omil bo‘lgan pul va ma‘muriy islohotlar Kepakxon nomi bilan bog‘liq.
X1V asrning 40 yillarida Chig‘atoy ulusi ikki qismga: Yettisuv, Farg‘onaning sharqiy qismi, Sharqiy Turkistondan iborat Mo‘g‘ulistonga va g‘arbiy ulus- Movarounnahrga bo‘linib ketdi va siyosiy jihatdan parchalandi. Mo‘g‘ullar asos solgan davlat yarim kuchmanchi tipidagi, asosan harbiy tartiblarga muvofiq kelgan davlat boshqaruviga ega siyosiy tashkilot edi. Chingizxon va uning avlodlari xon unvo ni sohiblari edilar. Ularning qo‘li ostidagi boshqaruv tizimida turli unvon, martaba va mansab egalari bo‘lgan. Bunday amallarning aksariyati harbiy tartiblarga mos tushardi. Yirik harbiy bo‘linma boshida no‘yonlar, bahodirlar va merganlar turgan. O‘n ming askardan iborat tumanga xonning farzandlari ham boshchilik qilishgan. Xonning shaxsiy soqchilik bo‘linmasi-keshik ham bo‘lgan. Favqulodda holatlarda mazkur bo‘linmaning harakati qo‘l kelgan.
Chig‘atoy ulusi davrida Movarounnaxrni boshqarish ishlari mahalliy hukmdorlarga topshirilgan edi. Movarounnaxrning boshqaruvchisi yirik savdogar va sudxo‘r Maxmud Yalavoch edi. U Xo‘janddan turib o‘z qo‘li ostidagi mug‘ul harbiy bo‘linmalari yordamida davlatni boshqargan, soliqlarni yiqqan. Buxoroda esa mahalliy zodagonlar varuxoniy rahbarlar mamlakatdaboshqaruvni o‘z qo‘llariga olgan edilar. Bular mahalliy amirlar va sadrlar hisoblangan.
Mahalliy boy-zodagonlar qatlamiga tayangan holda mug‘ul xonlari O‘rta Osiyodagi viloyat va hududlarni idora qiladilar. Ishonchli kishilarga maxsus hujjat-payzalar berganlar. Alohida yorliqdarga mahalliy aholi amaldorlar, savdogarlar, ruxoniylar, xon xonadoni vakillariga o‘sha yerlardan o‘tib qolsa, turar joy berganlar hamda ularni oziq-ovqat vaot- ulov bilan ta‘minlaganlar.
Chig‘atoy ulusida iqtisodiy munosabatlar. Chig‘atoy ulusi xonlari o‘z uluslariga inju tarzida egalik qilganlar, ya‘ni xonu xonzodalar o‘zlariga berilgan yurtning daromadidan foydalanish huquqiga ega bo‘lganlar, holos. Yer soligi mol (xiroj) umumiy hosilning o‘n foizini tashkil etgan. Ko‘chmanchilar to‘laydigan ko‘pchur yuz bosh moldan bir bosh hisobida bo‘lgan. Savdodan targ‘u jarimasi olingan. Munka hoqon nomida pul zarb etilgach, 1270 yildan soliq va jarimalar pul bilan olina boshlagan. Pul ulusning ko‘plab yirik shaharlarida, masalan, Olmaliq Buxoro, O‘tror, Taroz, Qoshg‘ar, Toshkent, O‘sh, Marg‘ilon, Oqtepa, Uzgand, Xo‘jandda zarb qilingan.
Mas‘udbek tashabbusi bilan 1271 yilda pul islohoti o‘tkazildi. Chig‘atoy ulusining barcha shahar va tumanlaridabir xil vazndagi kumush tangalar zarb etish va muomalaga kiritish bu islohotning asosiy mohiyatini tashkil etar edi. Bu hol ichki savdo va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solardi: endi kumush tangalar zarb etish erkinligi vujudga keldi; xohlagan kishi o‘z ixtiyoridagi kumush buyumlarini zarbxonaga olib kelib kumush tangagaaylantirishi mumkin edi.
Aholining kumush tangalarga ishonchi mustahkmlandi, tanga nufuzi ortib bordi. Natijada XIII asrning 80-90 yillarida ulusning 16 ta shahrida zarbxonalar ochilib, ulardadoimiy ravishda kumush tangalar zarb etildi.
Chig‘atoy ulusida yer solig‘i undan bir xajmda belgilangan. Oliy mansabdorlar soliq to‘lamaganlar. Gap shundaki, yirik mulkdorlar, savdogarlar, islom peshvolari mo‘g‘ullar
bilan yaqinlashib, katta imtiyozlarni qo‘lga kiritgan, har xil yorliqlar olgan edilar. Soliq turlaridan yana biri ko‘pchur edi. U chorvador xo‘jaliklardan olingan.
Chorvadorlardan yana shulsi solig‘i olganlar: har suruvdan bir qo‘y va qimiz uchun
har ming bosh otdan bir biya undirilgan.
Yana bir soliq targ‘u deb atalgan va hunarmand, savdogarlardan olingan. Targ‘u ishlab chiqarilgan va sotilgan molning o‘ttizdan bir ulushi hajmida bo‘lgan. Yana mahalliy xalq tuz solig‘i, jon yoki kumush solig‘i to‘lagan.
Ma‘lumki, mug‘ul xonlari noiblarga barot (ijara yorligi), payza berganlar, noiblar soliq yig‘ish paytida rasmiy belgilangan hajmdan ziyodroq undirib olgan.
Chig‘atoy ulusining parokandalikka uchrashi. Madaniy hayot.
asr ikkinchi yarmi va XIV asr birinchi, yarmida ho‘jalik, iqtisodiy hayotdagi siljishlar, savdo-sotiqning rivojlanishi, qolaversa, Chig‘atoy mo‘g‘ullarining tobora o‘troq hayotga moslasha borishi, bosqinchilik vaqtida tanazzulga yuz tutgan madaniy hayotning nisbatan jonlanishiga olib keldi. Avvalo shaharsozlik bilan bog‘liq binokorlik va me‘morchilik yo‘lga qo‘yila boshlandi. Mahalliy diniy ulamolar va dunyoviy zadogonlar, gohida mo‘g‘ul zodogonlarining ba‘zilari qurilish ishlariga xomiylik qila boshlashdi. Me‘morchilikda alohida o‘rin tutgan ganchkorlik, g‘isht o‘ymakorlik, koshimpazlik, me‘moriy xattotlik qayta tiklandi. Movarounnahr, Xorazmda mahalliy binokorlar ishtirokida xonaqo, maqbara, masjid, madrasa, saroy minoralar qad ko‘tara boshladi.
Buxorodagi Sayfiddin boxarziy maqbarasi birinchilardan barpo etilgan me‘moriy bino sifatida ko‘rish mumkin. Shuningdek, shu davrlarda barpo etilgan Buxorodagi Qusam ibn Abbos maqbarasi ziyoratxonasi, Ho‘ja Ahmad maqbarasi, Urganchdagi Najmiddin Kubro To‘rabekxonim maqbarasi, masjid va ikkita baland minoralar, Ho‘janddagi Duvaxon maqbarasini tilga olib o‘tishimiz mumkin.
Ko‘rilayotgan davr binokorligi va me‘morchiligida pishiq g‘isht, koshin, parchin va me‘moriy o‘ymakor hamda ganch va ohak, pista ko‘mir, qumlardan tayyorlangan maxsus qorishmalar kabi qurilish maxsulotlaridan binolarni qurishda va bezashda keng foydalaniladi. Monumental binolarning aksariyati esa bir yoki ikki gumbazli, toqu rovoqli va peshtoqli bo‘lgan. Shuningdek, naqshlarning turli-tuman, guldor bo‘lishi o‘ymakor amaliy san‘at qayta tiklanganidan darak beradi. Qulolchilik, misgarlik, zargarlikda ham naqsh bilan ishlov berish holati avj oladi.
XIII-XIV asrning ikkinchi yarmida fors-tojik adabiyotida Jaloliddin Rumiy,(1207- 1272), Muslixiddin Sa‘diy Sheroziy,(1219-1293), Amir Xisrav Dexlaviylarning(1253- 1225), o‘rin va mavqei ko‘tarilib jahon olamiga taniladilar. Asli Balx shahridan bo‘lgan Rumiy 14 yoshida o‘z oilasi bilan kichik Osiyoning Ko‘niya sultonligiga borib qoladi. U Ko‘niya, Xalab, Damashqda tahsil olib, buyuk tasarruf ilmi shoiri va faylasufi bo‘lib taniladi. 36 ming baytdan iborat ―Masnaviyi-ma‘naviy‖ degan dostonni yaratadi. Sa‘diy esa islom olamida o‘zining ―Guliston‖ va ―Bo‘ston‖ asarlari, g‘azallari ahloqiy fikrlari bilan keng shuhrat qozonadi. Dehlaviy esa ―Hamsa‖ dostonini Xindistondagi hozirgacha mashhur ―Hisrxon va Duvalra‖ ni, Muftah Al-futuh ―Nuh sipehr‖ kabi asarlarini yozadi. Bu davrda tarixnavislik ham rivoj topadi. Abu Umar Mirxojiddin Jurjoniyning 1260 yilda yozilgan ―Tabakadi Nosiriy‖, Olovuddin Otamalik Juvayniyning ―Tarixi jahongo‘shai‖, Fayzulloh Rashididdin Hamadoniyning ―Jomey At-Tavorih‖ shu kabi tarixiy asarlar sirasiga kiradi. Turkiy tilda ijod qilgan yana bir shaxs bu Nosiriddin Burxoniy Rabg‘uziydir. Uning bizgacha ―Qissaiy Rabg‘uziy‖ asari yetib kelgan.
Bu paytga kelib turkiy adabiyot rivoji bilan bir qatorda tasavvuf, din ilmlari ham rivojlandi. Tasavvuf ilmining mashhur namoyondasi Burhoniddin Naqshband (1318 - 1389) avvalo o‘z mehnati bilan halol kun ko‘rish g‘oyasini yoqladi.
7-Modul: Amir Temur va temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
Do'stlaringiz bilan baham: |