Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet30/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

salbiy oqibatlari.

O‘rta Osiyo milliy davlat chegaralanishini o‘tkazish tashabbusi eng avval mazkur mintaqaning xalqlari va partiya davlat organlaridan chiqqani yo‘q. Vaziyat shunday bo‘ldiki, hatto V.I. Lenin hayotligidayoq Turkistonning ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy rivojlanish xususiyatlariga asosan iqtisodiy va madaniy jihatdan, u ham bo‘lsa Rossiya sharqiy chekkalarining kapitalizmi chetlab sotsializmiga o‘tishdagi o‘ziga xos belgilari xisobga olingan holda qaralardi.



1924 yilga kelib, O‘rta Osiyo yoxud Turkistonda mavjud bo‘lgan uchta davlat birlashmasi: Turkiston (TASSR), Buxoro xalq respublikasi (BXR) va Xorazm xalq

respublikasi (XXR)ni qayta tuzish, ya‘ni qaytadan milliy davlat chegaralanishi o‘tkazishga tayyorgarlik avj olib ketdi.

Amalda Turkiston xalqlarining chorizm mustamlakachilik siyosati yillarida orziqib

qutgan ozodlik, tenglik, birodarlik, mustaqilliq to‘g‘risida orzu-umidlari puch bo‘lib chiqdi.

Turkiston sho‘ro hokimiyatining xom ashyo manbai bo‘lib qolaverdi. Demak,



«Zo‘raki inqilob» xalq talabini, amalda qondirmadi. Chorizmning reaktsion milliy siyosati yangicha ko‘rinishda bolshevikcha niqob, markscha-lenincha kommunistik mafkura ostida davom ettirildi. Eng asosiysi, Turkiston xalqlari xokimiyat boshqaruviga yaqinlashtirmadi. 1920 yilda Turkistondan Rusiyaga 6730 vagon paxta, 1000 vagon jun,

111 ming juft poyafzal, 100 ming ko‘rpa-to‘shak, 202 ming bosh kiyim, 324 ming ko‘ylak, 11,5 ming kalta po‘stin, 6,4 ming egar, ko‘plab miqdorda meva-sabzovot, vino, baliq va boshqa mahsulotlar olib ketildi. Shu- yilning faqat fevral-avgust oylarida Turkiston temir yo‘llarida 10000 vagonga yaqin turli harbiy va xalq ho‘jaligi ahamiyatiga molik yuklar tashib ketildi. Sho‘ro hukumatining birinchi kunlaridanoq mahalliy xalq, ilg‘or ziyolilar Turkiston boyliklari o‘ziga xizmat qilish, o‘lkamizning mustaqil bo‘lishi uchun kurashdi.

Murakkab sharoitda mahalliy milliy kuchlarning Turkistondagi xokimiyat idoralaridaasosan yerli aholi bo‘lishi uchun kurashishdan boshqa chorasi qolmadi. Bu albatta Turor Risqulov rahbarligidagi milliy ziyolilar boshchilik qildilar.

Jumladan, milliy kuchlar 1920 yil 17 yanvarda bo‘lib o‘tgan Turkiston komfirqasi O‘lka Qo‘mitasi, Musulmonlar byurosi va Turkkomissiyaning (u 1919 yilda to‘zilib, Eliava raisligida Turkistonga yuborilgan edi) qo‘shma majlisida o‘lkamiz xududida mustaqil «Turk Respublikasi» va «Turkiston Kompartiyasi»ni to‘zishni talab qilib chiqdilar. Shuningdek ular Turkiston muxtor jumhuriyati. Konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqishni, mahalliy aholidan maxsus musulmon armiyasi to‘zishni, rus qo‘shinlarini o‘lkadan olib chiqib ketishni ham taklif qildilar.

Bu masala Turkiston Kompartiyasining V o‘lka konferentsiyasida hamda musulmon kommunistlarining III o‘lka konferentsiyasida ham muhokama qilindi. O‘z navbatida hali mustaqil yashab turgan Buxoro amirligi va Xiva xonligi ham Turkistondagi sho‘ro muxtor hokimiyatini tan olmadi.

Bunday vaziyatda Turkistonda sho‘ro hokimiyatini mustahkamlash uchun yuborilgan Turkkomissiya a‘zolari orasida ham ikkilanish paydo bo‘ldi. Masalan, Eliava va Kuybishev Turkiston milliy kuchlari taklifini zarur chora deb tushundi. F.Goloshchekin esa ikkillandi. Faqat Ya.E.Rudzutak, keyinchalik esa M.V.Frunze milliy kuchlar taklifiga qat‘iyan qarshi chiqdilar.

Ko‘p o‘tmay, 1920 yil 24 fevralda bo‘lib o‘tgan Turkkomissiya yig‘ilishi M. V. Frunzening faol aralashuvi bilan mahalliy xalqlarning Turk Respublikasi va Turkiston kompartiyasi tuzish to‘g‘risidagi takliflarini rad etdi. Komissiya Turkistonni idora qilishning sho‘ro to‘zumiga moslashtirilgan loyixasini ishlab chiqdi.

8 martda RKP(b) Markazqo‘mi Turkkomissiyaning Turkistonni boshqarish to‘g‘risida ishlab chiqqan loyihasini ma‘qulladi. Natijada Turkiston kompartiyasi viloyat partiya tashkiloti huquqi bilan Rossiya komfirqasi tarkibiga kiradigan bo‘ldi. Turkiston muxtor sho‘ro Respublikasi esa shu nomda RSFSR tarkibida qoladigan bo‘ldi.

Turkkomissiyaning bunday siyosatidan norozi bo‘lgan mahalliy xalq va milliy- vatanparvar kuchlar 1920 yil may oyida Turor Risqulov, Nizomiddin Xo‘jaev va Bek- Ivanovlardan iborat «Turk delegatsiyasi»ni Moskva, bolsheviklar rahbariyati xuzuriga yuborildi. Ko‘rinib turibdiki, Turkiston xalqlari bu rahbarga katta umid bog‘lagan edi.

Bunga sabab Lenin boshliq sho‘ro hukumati sobiq chor Rusiyasi tarkibidagi Polьsha va Finlandiya mustaqilligini tan olgan millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini e‘lon qilgan ruslarning ukrainlar, gurjilar va boshqa xalqlar bilan tengligini bir necha bor ta‘kidlagan edi.

Biroq, Lenin va firqa Markazqo‘mi Turkiston xalqlarining yuqoridagi takliflarini, boshqacha qilib aytganda Turkiston mustaqilligini to‘la rad etdi. Ular afsonaviy boy o‘lka bo‘lgan Turkistondan ajralib qolishdan ko‘rqib, uni bir necha bo‘lakka bo‘lib yurishga qaror qildilar. Shaxsan Lenin 1920 yil 13 iyunda firqa Markazqo‘mi va Sho‘ro hukumatining Turkistondagi vakolati organi hisoblangan Turkkomissiyaga quyidagi ko‘rsatmani beradi:



  1. Turkistonning O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonga bo‘lingan xaritasi to‘zib chiqilsin;

  2. Bu uch qismni qo‘shib yuborish yoki ajratish shartlari batafsilroq aniqlab chiqilsin.

Uning bu ko‘rsatmasi firqa Markazqo‘mi Siyosiy byurosi, shuningdek Turkkomissiya faoliyati uchun asos bo‘ldi. 29 iyunda firqa Markazqo‘mi Siyosiy byurosi «RKP(6) ning Turkistondagi asosiy vazifalari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qilib, bu yerdagi mavjud tashkiliy-xududiy va ma‘muriy to‘zilmalar o‘zgartirilmasdan saqlab qolinishini ma‘lum qildi.

Markazning bunday xatti-harakatidan norozi bo‘lgan milliy-demokratik, vatanparvar kuchlar bu qarorga qo‘shilmasliklari hamda Turkiston Kompartiyasi O‘lka Qo‘mitasi va Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tarkibidai chiqishlarini bildirdilar.

Shuni ham aytish kerakki, bu vaqtga kelib Turkistonda vaziyat o‘zgargan, Buxoro amiri Sayid Olimxon, Xiva xoni Said Abdullaxon va Junayidxonlar taxtdan ag‘darilgan, yangi Xorazm va Buxoro xalq Sho‘ro Jumhuriyatlari tashkil topgan edi.1 O‘z-o‘zidan ravshanki, Polvonniyoz Yusupov boshchiligidagi Xorazm, F.Xo‘jaev rahbarligidagi Buxoro xalq hukumatlari ham erkin, ozod, mustaqil yo‘ldan borishga intiladilar. Ammo, RSFSR bilan to‘zilgan shartnomalar, Turkiston ASSR bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlar ularning ham oyoq-qo‘lini bog‘lab qo‘ygan edi.

Bunday vaziyatdan foydalangan Turkkomissiya Turkiston Kompartiyasi O‘lka Qo‘mitasini tarqatib yubordi va Turkiston Kompartiyasining sho‘ro to‘zumi tarafdorlari bo‘lgan To‘raqulov, Otaboev, Qosimxo‘jaev, Ibrohimov, O‘staboev, Hakimov va boshqalardan iborat Muvaqqat Markazqo‘mini to‘zdi.

Ko‘rinib turibdiki, Markaziy Sho‘ro xukumati Turkiston, Buxoro va Xorazmni sira qo‘ldan chiqargisi yo‘q edi. Chunki u bu yerlardan katta boylik, ko‘p vaarzon mahsulot olardi. Masalan, markaz birgina Buxorodan 1923 yilda 400 ming, 1925 yilda 885 ming pud paxta yoki 1921 yilda 100 ming, 1922 yilda esa 1 mln. dona qorako‘l teri oldi. Mana shuning uchun Rossiya komfirqasi RKP (b) Makazqo‘mi Siyosiy Byurosi «Buxoro masalasiga doir» degan maxsus qaror qabul qilib (1923 y.), bu yerda Sho‘ro hokimiyatini mustahkamlash uchun kurashni qizitib yubordi. Xivada ham ahvol aynan shunday edi.



Natijada maqsadlarining amalga oshuviga ko‘zi yetmagan Buxoro va Xorazm hukumatlarining vatanparvar rahbarlari hukumatlar tarkibidan chiqdilar. Xususan Buxoroda harbiy nozir Abdulxay Oripov, Turkistondan surgun qilingan vatanparvarlar Qushbegaev, Munavvarqori Abdurashid-xonov, Buxoro Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi Usmonxo‘jaev va boshqalar mas‘ul lavozimlaridan voz kechib ozodlik uchun





1Xivada 1920 y. 2 fevralda Buxoroda esa 1920 y. 2 sentyabrda sho‘ro tuzumi o‘rnatilgan.

kurashayotgan milliy vatanparvar kuchlar tomoniga o‘tdilar. Ana shunday sharoitda Markaziy hukumat vaziyatdan chiqishning birdan-bir yo‘li Turkistonni bo‘lib yuborish, deb hisobladi va buni amalga oshirishga kirishdi.

Bu davrda Turkiston, Buxoro va Xorazmda garchi tili, dini, qadriyatlari, xatto urf- odatlari o‘xshash bo‘lgan turkiy xalqlar asosiy ko‘pchilikni tashkil etsa-da, ular har uchchala jumhuriyatda ham aholi tarkibiga ko‘ra ko‘p millatli edi.

Masalan, Markaziy Osiyodagi jami o‘zbeklarning 66,5 foizi Turkistonda, 22,2% Buxoroda, 11,3% Xorazmda yashar edi. Yoki o‘zbeklar Turkiston MSHSR aholisining 51,4% ni BXRda 50,1, XXRda 61,1 foizni tashkil etardi. Bu millatlar bir-biri bilan inoq bo‘lib, qadim-qadimdan birga yashab kelar, ya‘ni qon-qardosh bo‘lib ketgan edilar.

Sho‘ro hukumati va RKP(b) Markazqo‘mi Siyosiy Byurosi Turkiston xalqlarining mana shunday mustahkam birligiga atayin rahna solishga o‘rindi va o‘z manfaati yo‘lida zo‘r berib mahalliy millatlarga milliy respublikalar to‘zish g‘oyasini singdirdi. Bu quruq bir maqsad bo‘lmasdan o‘zoqni ko‘zlab, amalga oshirilayotgan aniq reja edi.Bu masala yuqorida, ya‘ni Markazda Turkiston xalqlari aralashuvisiz obdon puxta o‘rganildi va 1924 yilga kelib, bevosita kun tartibiga qo‘yildi. Markaziy hukumat va RKP(b) Markazqo‘mining doimiy tashviqoti va ta‘siri ostida Turkiston, Buxoro va Xorazmning sho‘ro organlari va partiya tashkilotlari O‘rta Osiyoda yangi milliy Sho‘ro respublikalarini «tashkil etish taklifi» bilan chiqdilar.

Darhol RKP(b) Markazqo‘mining Tashkilot byurosi to‘zildi va masalani muhokama qilib, o‘rganib chiqish Ya.E.Rudzudakka topshirildi. O‘z navbatida RKP(b) Markazqo‘mi O‘rta Osiyo byurosi maxsus komissiya to‘zdi. Ya.E.Rudzudak rahbarligida ishlagan bu komissiya 1924 yil 11 mayda o‘lkamiz hududida SSSR tarkibiga kiruvchi yangi «mustaqil» O‘zbekiston va TurkmanistonXSRni, O‘zbekiston tarkibida Tojikiston, RSFSR tarkibida Qoraqirg‘iz muxtor viloyatlarini tuzishni va Turkistonning qozoqlar tumanlarini Qozog‘iston SSR tarkibiga berishni zarur deb topdi. Komissiya xulosasi bilan tanishib chiqqan, RKP(b) Markazqo‘mi O‘rta Osiyo byurosi o‘zining 2 iyuldagi yig‘ilishida bu takliflarni asosan ma‘qulladi va uni RKP(b) Markazqo‘mi muhakamasiga havola qildi.



Ayni shu paytda Xorazm XSR1 rahbarlaridan Odinaev ichki ishlar noziri - Abdusalomov, Xorazm XSRning Toshkentdagi elchisi Yoqubov, Xorazm Davlat Reja Qo‘mitasi raisi - Shulimov milliy chegaralanishga qarshi chiqdilar va RKP(b) Markazqo‘mi nomiga norozilik maktubini yo‘lladilar. Ular Xorazm Jumhuriyatini o‘z xohishicha qoldirishni, Turkistonning Amudaryo viloyatini Xorazm XSR tarkibiga berishni so‘radilar. Ammo bu talablar ham oldingilaridek rad etildi.

1924 yil 12 iyunda RKP(b) Markazqo‘mining Siyosiy Byurosi Turkiston, Buxoro va Xorazm hududida milliy chegaralanish o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqdi va ma‘qulladi. Unda quyidagilar ko‘zda tutildi:

  1. Turkiston, Buxoro va Xorazmning turkmanlar yashaydigan qismlaridan

«mustaqil» Turkmaniston XSRni tuzish.

  1. Turkiston va Buxoroning o‘zbeklar yashaydigan qismidan «mustaqil» O‘zbekiston SSRni to‘zish.

  2. Turkmanlar yashaydigan hududlarni ajratib olib, Xorazm Jumhuriyatini mavjud holatida qoldirish.

  3. O‘zbekiston Jumhuriyati tarkibida Tojikiston muxtor viloyatini to‘zish.

  4. Rossiya Federatsiyasi tarkibida Qirg‘izistoi muxtor viloyatini to‘zish.





11923 yilda Buxoro va Xorazm xalq Jumhuriyatlari SHo‘ro Sotsialistik Jumhuriyatlariga aylantirilgan edi.

  1. Turkistonning qozoqlar yashaydigan tumanlarini Qozog‘iston SSR bilan birlashtirish.

Mazkur qarorda Xorazmda tashviqot ishlarini ko‘chaytirish ham ko‘rsatildi.

Natijada 1924 yil 26 iyulda Xorazm Kompartiyasi o‘z qaroridan qaytib, milliy chegaralanish o‘tkazishni ma‘qulladi.

Shundan so‘ng, Markaziy hududiy komissiya tuzildi va u yangi bo‘lajak respublikalar va viloyatlar chegaralarini aniqlashga kirishdi.

Markaziy hududiy komissiya o‘z xulosalarida ilgari rejalashtiril-gan Tojikiston muxtor viloyati o‘rniga O‘zbekiston tarkibida Tojikiston muxtor jumhuriyatini, shuningdek Qoraqalpog‘iston muxtor viloyatlarini tuzish zarur, degan fikrni bildirdi 1. Nihoyat, bu ishlar 1924 yilning sentyabriga kelib o‘z nihoyasiga yetdi. Turkiston MSJ MIQning favqulodda sessiyasi, Butun Buxoro va Butun Xorazm SHo‘rolarining IV qurultoylari O‘rta Osiyoda milliy chegaralanish o‘tkazishni maqulladilar.

1924 yil 9 va 11 oktyabrda bo‘lib o‘tgan RKP(b) Markazqo‘mi Siyosiy Byurosi yig‘ilishida bu masala uzil-kesil hal qilindi.



27 oktyabrda esa SSSR sovetlarining 11 sessiyasi O‘rta Osiyoda milliy chegaralanish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi.

SHunday qilib, o‘lkamiz hududini parchalab yuborish nihoyasiga yetkazildi. Sobiq

Turkiston, Buxoro va Xorazm jumhuriyatlari o‘rnida O‘zbekiston va Turkmaniston sho‘ro sotsialistik jumhuriyatlari, Tojikiston muxtor sho‘ro sotsialistik jumxuriyati, Qirg‘iziston va Qoraqalpog‘iston muxtor viloyatlari tashkil etildi. Turkistonning qozoqlar yashaydigan qismi Qozog‘iston muxtor sotsialistik jumhuriyati tarkibiga kiritildi,

2. Nihoyat markazning xohish-irodasi amalga oshdi. Yagona Turkiston xalqlari milliy xonadonlarga bo‘lib yuborildi. Ular milliy davlatlarga birlashdilar. Jumladan, O‘zbekiston sho‘ro sotsialistik respublikasi tashkil etildi. Bu voqeaga katta siyosiy tus berildi. O‘zbekiston SSRni tashkil etish tantanalarida sho‘ro davlati arbobi M.I.Kalinin ishtirok etdi. Albatga u ko‘zlagan maqsadlarning amalga oshganidan xursand edi. Buni uning Moskvaga qaytib borgach, o‘zini kutib oluvchilar oldidaaytgan quyidagi so‘zlaridan bilish mumkin. «O‘rtoqlar! Bog‘u-bo‘stonga o‘ralgan, noz-ne‘matga to‘lgan O‘zbekistondan, partiyamiz sizlar uchun, butun rus xalqi uchun oliy joylar tayyorlandi. Birinchi sizlarni shu bilan tabriklayman2».

Milliy chegaralanishdan so‘ng, O‘zbekiston hududiga quyidagi yerlar kiritildi:



  1. sobiq Turkiston Jumhuriyatidan Samarqand viloyati Jizzax, Kattaqo‘rgon va Xo‘jand uezdlarining 41 volosti, Sirdaryo viloyati, Toshkent va Mirzacho‘l uezdlarining

24 volosti, Farg‘ona viloyati Andijon, Qo‘qon, Namangan va Farg‘ona uezdlarining 70 volosti va 7 qishloq okrugi;

  1. sobiq Buxoro jumhuriyatidan Boysun, Buxoro, G‘o‘zor, Qarshi, Karmana, Kurota, Shaxrisabz, Sherobod va qisman Sariosiyo viloyatlari;

v) sobiq Xorazm jumhuriyatidan 23 sho‘ro (tuman)si kiritildi.

Bulardan tashqari, sobiq Turkiston MSHSR Samarqand viloyati Samarqand va Xo‘jand uezdlari 12 volosti, Farg‘ona viloyati Pomir tumani, Buxoro jumhuriyatining sharqiy Buxoro, deb atalgan Garm, Hisor, Kulob, Qo‘rg‘ontepa. Dushanbe va qisman





1 Qoraqolpoq muxtor viloyati 1924-1932 yillarda Qozog‘iston MSHSR tarkibida, so‘ng 1936 yilgacha muxtor jumhuriyat maqomida RSFSR tarkibida bo‘ldi.

2O‘zbegim. - Toshkent, 1992 y., 221-bet.

Sariosiyo viloyatlarini o‘z ichiga olgan Tojikiston Muxtor Jumhuriyati ham O‘zbekiston XSR tarkibiga kiritildi.1

O‘zbekiston SSR tashkil topgan paytda, uning hududi 312 ming 394 kv.km. bo‘lib,

aholisi 4 mln. 447 ming 55 kishini tashkil etardi.

Jumhuriyatimiz aholisi o‘z milliy tarkibiga ko‘ra, (Tojikistondan tashqari) quyidagicha edi: o‘zbeklar - 74,2, tojiklar (1926 yil ma‘lumoti bo‘yicha) - 7,4, ruslar - 5,5, qozoqlar - 2,4, qirg‘izlar - 2,04 foiz va hokazo.

Samarqand shahri O‘zbekiston Respublikasining poytaxti deb e‘lon qilindi. 1930 yilga kelib, poytaxt Toshkent shahriga ko‘chirildi, Respublika hukumat idoralarini tashkil etish jarayonida hokimiyat Fayzulla Xo‘jaev boshliq Inqilobiy Qo‘mita va V.I.Ivanov hamdaAkmal Ikromovlar rahbarligida O‘zbekiston Komfirqasi Tashkiliy Byurosi qo‘liga berildi.

1925 yil 8 fevralda Buxoroda O‘zbekiston Komfirqasining 1 qurultoyi ochilib, O‘zbekiston Kompartiyasi tuzilganligi rasman e‘lon qilindi.

Qurultoyda V.I.Ivanov va A.Ikromov Markazqumning ma‘sul kotiblari qilib saylandilar.

Oradan ko‘p o‘tmay, 13-17 fevral kunlari O‘zbekiston SHo‘rolarining ham 1 - ta‘sis qurultoyi bo‘lib, unda «O‘zbekiston sho‘ro sotsialistik respublikasi tashkil etish to‘g‘risida Bayonot» qabul qilindi. Bayonotda O‘zbekistonning Ittifoq tarkibiga kirganligi e‘lon qilindi.

O‘zbekiston sho‘rolarining birinchi qurultoyi jumhuriyatda davlat hokimiyatining rahbar organi – O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasini saylandi. Yo‘ldosh Oxunboboev uning raisi, Sultonxo‘ja Qosimxo‘jaev, Narsulla Maxso‘m Lutfullaev va Jahon Obidovalar uning o‘rinbosarlari qilib saylandilar.



Shuningdek, Sho‘rolar quriltoyi inqilobiy Qo‘mita faoliyatini ma‘qullab, Fayzulla Xo‘jaev raisligidagi jumhuriyat hukumati -O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Kengashini ham tasdiqladi.

O‘zbekiston SSR tashkil etilishi munosabati bilan uning hududi qaytadan tuman va viloyatlarga bo‘lindi, Jumhuriyat xududida Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Zarafshon, Surxandaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyat va okruglari, ko‘plab tumanlar, qishloq, Ovul Kengashlari tashkil qilindi.



Yuqorida aytganimizdek, Tojikiston MSHSR 1929 yilga kelib, O‘zbekiston SHSR tarkibidan chiqdi va mustaqil ittifoqdosh respublikabo‘ldi. 1936 yilda Qoraqolpog‘iston muxtor viloyati muxtor jumxuriyatgaaylandi va O‘zbekiston tarkibiga kiritildi. Yangi viloyatlar tashkil qilindi.

O‘zbekistonning 30-yillardagi butun kuch imkoniyatlari hukmron partiyaning

«sotsialistik qurilish», deb atalgan bosh jarayonini amalga oshirishga qaratilgan edi. Respublika komfirqasi butun ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy va madaniy hayot sohalariga rahbarlik qilar edi. 1929 yildagi firqani tozalash jarayonidaa‘zolarning 15,6% uning saflaridan chiqarildi. Yuqoridan berilgan ko‘rsatmaasosida sho‘rolarning ahamiyati qisqartirilib, jamoat tashkilotlari qayta to‘zildi. Ularning a‘zolari soni majburiy tarzda soni ko‘paytirildi. 1940 yilda 600 mingdan ko‘p kasaba uyushmasi, 400 ming nafarga yaqin komsomol a‘zolari bor edi. Bu davrda faoliyat ko‘rsatgan ommaviy ko‘ngilli jamiyatlar: MOPR (ishchilarga yordam beruvchi xaqaro jamiyati), qizil yarim oy jamiyatlari ham qayta to‘zildi.





1 Tojikiston MSHSR 1929 yilda mustaqil ShSRga aylantirilib, bevosita SSSR tarkibiga kirgunga qadar O‘zbekiston ShSR tarkibida bo‘ldi.

Hukmron firqa rahbarligida hamma narsa besh yillik rejalarni bajarish ishiga safarbar etildi. (1 besh yillik, 1933-1937yy - 2 besh yillik, 1938-1941yy - 3 besh yillik). Bu besh yilliklar hukmron firqaning buyruqbozlik usuli va zo‘raki tashabbuskorlik yo‘li bilan amalga oshirila boshladi.



Ma‘muriy buyruqbozlik tizimi va firqaning yakka hokimligi ta‘siri ostida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga qonuniylik tusini berish, sotsialistik qurilish amaliyotini, uning muvaffaqiyatini maqtab, ko‘klarga ko‘tarish uchun stalincha rahbariyat shu o‘zgarishlarni mamlakatning asosiy qonunida mustahkamlab qo‘yadigan konstitutsiya qabul qilishni zarur deb topdi va 1936 yilning noyabrida sobiq Ittifoq sho‘rolarining VIII s‘ezdida yangi konstituttsiya qabul qilindi. Uning asosida 1937 yil fevralida respublika sho‘rolarining favqulodda VI qurultoyida O‘zbekiston konstitutsiyasi ham qabul qilinadi. Bu konstitutsiyada ham O‘zbekiston barcha respublikalar qatori teng huquqli deb rasman e‘lon qilingan bo‘lsa-da, biroq u hamma narsaga qodir markazga tobeligicha, qaramligicha qolaverdi.

Mazkur konstitutsiyaga muvofiq, 1938 yil 25 iyunda respublika Oliy Kengashiga saylovlar o‘tkazildi. Uning 1 sessiyasi O‘zSSR Oliy Kengashi rayosatini sayladi va respublika xalq komissarlari kengashini to‘zdi.

1939 yil 29 dekabrda esa, O‘zSSR mahalliy sho‘rolariga saylovlar o‘gkazildi. Respublikadama‘muriy-iqtisodiy rayonlashtirish jarayoni takomillashib bordi.

1941 yilning 6 martida Andijon, Namangan va Sirdaryo viloyatlari to‘zildi.



1940 yilning sentyabrida O‘zSSR Xalq Komissarlari kengashi qoshida «Iqtisodiy kengash» tashkil etildi, O‘zbekiston Davlat nazorati xalq komissarligi to‘zildi. U davlat mablag‘lari va moddiy boyliklarini hisobga olish, sarf-xarajatlar ustidan qattiq nazorat o‘rnatish, hukumat qarorlarining ijrosini tekshirish uchun tashkil etilgan edi.

  1. O‘zbekistonda sanoatlashtirish siyosati. Jamoalashtirish siyosati. ― Madaniy


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish