aylantirilishi.
Chor Rossiyasining xonliklarni alohida tor-mor etish yo‘lidan unumli foydalandi. Xonliklarning o‘zaro kelisha olmaganligi bosqinchilarga qo‘l kelgan edi. 1839 yilda graf Perovskiy katta qo‘shin bilan Xivaga qarshi otlandi. Biroq Xiva sarbozlarining tinimsiz xujumlari va qish sharoitidagi murakkab vaziyat tufayli u ustyurt orqali chekinishga majbur bo‘ldi. Bu qo‘shin taqdiriga ham daxshatli fojea solnomasi bitildi.
Bu voqealar Xiva xonligi haqida Rossiya hukmdorlari orasida turli shov- shuvlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Natijada Rossiya siyosiy-harbiy doiralari Xivani "bo‘ysunmagan O‘rta Osiyo jazoiri" deb atay boshladilar. (Ma‘lumki, Jazoir xalqi Frantsuz bosqinchi mustamlakachilariga qarshi uzoq vaqt mobaynida milliy ozodlik urushi olib borgan edi). Shularni nazarda tutib Chor Rossiyasi Xivani egallash uchun juda katta harbiy va iqtisodiy zahira kuchlar ajratdi. Chor Rossiyasi armiyalarining yuqorida qayd etilgan ulkan mag‘lubiyatlari sabablari jiddiy o‘rganildi. Harbiy rejalar juda pishiq va puxta ishlab chiqildi.
Buning ustiga Rossiya Qo‘qon va Buxoroni o‘ziga tobe qilgandan so‘ng Xiva xonligi uning uchta harbiy okrugi-g‘arbda Kavkaz, shimolda Orenburg va Sharqda Turkiston harbiy okruglari qurshovida qoldi. Bundan tashqari "Orol" harbiy flotiliyasi ko‘chaytirilib, urush boshlanishi bilan harbiy kemalar Amudaryo yuqori oqimi tomon suzib, Xiva xonligiga desant tushirishi lozim edi. Bu jangovar kemalarning kapitanlari katta dengiz janglarida chiniqqan zobitlar edilar.
Xivaga xujum qilishdan avval katta josuslik ishlari olib borildi. Xujum yo‘nalishlari aniq belgilandi. Zarur bo‘lgan hududlar xarbiy-topografik jihatdan
xaritalashtirildi. Xiva xonligini bosib olish uchun jami 12000 dan ortiq soldat va zobitlar, 56 ta tup-zambaraklar ajratildi.
Xiva yo‘nalishidagi barcha harbiy kuchlarning bosh qo‘mondoni qilib fon-Kaufman
tayinlandi. 1873 yilning bahorida uning buyrug‘i bilan barcha qo‘shinlar Xiva chegaralarini bosib o‘tib, oldindan kelishilgan rejaga muvofiq bosqinchilik urushini boshlab yubordilar. Bu harakatlarda nomlarini xalqlarimiz nafrat va daxshat bilan tilga oladigan sarkarda-generallardan Golovachyov, Skobelev, Veryovkin, Stoletevlar ham jazo otryadlari boshliklari sifatida ishtirok etdilar.
Xiva xonligiga urush e‘lon qilinishining asosiy sabablaridan biri Muhammad Raximxon II ning fon-Kaufman qo‘ygan talablarni bajarmaganligida edi. Bu talablar turkman va qozoqlar tomonidan qo‘lga tushirilgan rus fuqarolarining qul qilib sotilganlarini ozod qilib yuborish to‘grisida edi. Garchi bu talablar bajarilgan taqdirda ham Xiva xonligining taqdiri Peterburg saroyida xal qilib qo‘yilgandi. Demak, general- gubernator fon Kaufman talabining bajarilmaganligi bu bir baxona edi, holos.
Xiva sarxadlaridagi soqchilar rus bosqinchilari katta qo‘shin bilan Xivaga yurish boshlaganligi xabarini Muhammad Raximxonga yetkazdilar. Xon katta kengash chaqirib, unda dushman xujumini qaytarish choralarini ko‘rib chiqdi. U Chorjo‘y tarafdan kelib, Amudaryo o‘ng sohilidagi kechuv joyini mo‘ljallab harakat qilayotgan fon Kaufman yo‘lini to‘sish uchun Muhammadmurod devonbegini daryo tomonga yubordi. Qo‘ng‘irot tarafga kelayotgan general Veryovkin otryadini to‘xtatish uchun esa Elto‘zar inoqni jo‘natdi. Unga Yovmut va Xorazm yigitlaridan tashkil qilingan 6000 sarbozlardan iborat qismni ham qo‘shib berdi.
Devonbegining sarbozlari bilan fon Kaufmanga qarashli general Ivanovning otryadi o‘rtasida Uch Uchoqda birinchi bor to‘qnashuv bo‘ldi. Ikkala tomondan ham katta talofotlar ko‘rildi. Odamqirilgan degan joyda Xorazm lashkarlari fon Kaufmanning soldatlaridan anchasini qirib tashladi. Bu to‘qnashuvda qo‘hna Urganchlik usta Pirniyoz degan baxodir yigit mardlik ko‘rsatib jangda xalok bo‘ldi. Kaufman Xorazm lashkarlarining xujumini artileriya yordamida qaytardi va ularni chekinishga majbur qildi. Xorazm lashkari daryoning chap sohiliga kechib o‘tishga majbur bo‘ldi.
Fon Kaufman oziq-ovqat zahirasi tamom bo‘layotganligi sababli ovul, qishloq, qal‘alar aholisiga o‘z maxsulotlarini arzon-garovga sotish haqida buyruq berdi. Bunga kim qarshi tursa uni qirgin qilish, talon-taroj etishga ruxsat berildi. Fon Kaufmanni o‘z davrining yirik tarixchisi, Xiva xonligining zabt etilishini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan Muhammad Yusuf Bayoniy "Shajarayi Xorazmshohiy" asarida bunday deb ta‘riflaydi: "Kaufman xavfga tushib 300 soldat, 250 qozoq otlisiga Chorkufskinni bosh etib el oralariga yuborib qozoq otlini tarojga ma‘mur etib dedi: Arobaga ma‘lumot yuklab, askar tarafiga kelaturgoni bo‘lsa, matosining bahosini berib olinglar, va garna, toroj etinglar. Talon-taroj etib oziq-ovqat to‘plash oddiy hodisaga aylandi".
1873 yil 18 may kuni fon Kaufman otryadlari Amudaryodan kechib o‘tib, 23 may kuni Xazorasp II qal‘asini bosib oldi. Bu vaqtda general Verevkinning harbiy qismi Qo‘ng‘irot ostonalariga yaqinlashib keldi. Bundan xabar topgan shahar biylari va oqsoqol hokimi (Xabni‘zbiy, Sayidbiy, Tojimurodbiy, Konirgali, Mansurbiylar) uning huzuriga vakil yuborib: "Xonimizdan ruxsat va qurol-yarog‘ kelguncha to‘qnashmay turishni iltimos qilishdi". Ammo Verevkin bundan xursand bo‘lib shaharni to‘pga tuttirib, unga bostirib kirdi. Shahar talandi. So‘ngra Xo‘jayli shahri ham qo‘lga kiritildi. Keyin rus askarlari Mang‘it qal‘asi tarafga otlandilar. Mang‘it va uning atrofidagi ovullar daxshatli tarzda qirgin qilindi. Muhammad Yusuf bayoniyning asarida bu voqea shunday bayon qilingan: "Chun (rus qo‘shini-mualliflar) Mangit Yovukida bir ulug‘ ov baliqqa
(Katta Ovul-mualliflar) keldilar Verevkin buyurdi. Russiya askari ul ovbaga xujum etib, Aholini erkagu-xotin va yoshu kariga karamay katliom etib ondin so‘ng uьlab ul ovbani yer bilan yakson ettilar. Ondjin so‘ng muning bila ham kanoat etmay, Mantiq qal‘asiga haqim burunroq aholisi kelib, qal‘ani rusiyaga taslim etib, hamon totib qaytib erdilar, xujum etib kirib erkagu-xotun va kariyu -yigit va ayolu atfoldan beshikdagi o‘glonlargacha qirib, qatl etelib, itu- eshak va xar turluk jondor yo‘liksa ham otar edilar. Chun jondor kuymay kirib tamom etdilar, shaharni utlab chiqib ketdilar".
Bu bosqinchilar tomonidan sodir etilgan, ayovsizligi jihatdan fashizmdan aslo qolishmaydigan daxshatli vaxshiylik edi. Bunday vaxshiylikni Afrikadagi yevropalik mustamlakachilar ham qilishmagan edi.
Muhammad Raximxon Xivani ixtiyoridagi mavjud kuch bilan mudofa qilib bo‘lmasligiga ko‘zi yetib, Izmikshur tarafdagi turkman ovuliga borib yashirindi. Bundan foydalangan Otajonto‘ra xon nomidan fon Kaufmandan Xiva shahrini vayron etmasligni suraydi. Ammo u hukmdor bo‘lmaganligi uchun Kaufman qochib ketgan Muhammad Raximxonni topishni talab qildi va muzokaralarni faqat u bilan olib borishi mumkinligini bildirdi.
U Muhammad Raximxon huzuriga kelguncha xon saroyidagi barcha noyob boyliklar, Nodir kitoblarni, xon xazinasi, taxti va tojini Peterburgga yuborish choralarini ko‘rdi.
Xiva zabt etilgach, fon Kaufman uning xonlik xazinasi va asriy yigilgan moddiy ma‘naviy boyliklarni tortib oldi. U Xiva shahrini tark etib, o‘ziga qarorgoh sifatida Gandimiyon qishloqini tanladi va xonning kelishini shu yerda kutib nihoyat Muhammad Raximxon ancha vaqt yashirin holatda yurib so‘ngra Turkman sardorlari maslaxati bilan Izmixshur ovulini tark etib, fon Kaufman huzuriga yo‘l oldi.
1873 yilning 12 avgustidan Turkiston hukmdori fon Kaufmon bilan Xiva xoni uchrashdilar. Xonning qo‘liga noteng va adolatsiz shartnoma matni zarda bilan tutqazildi. G‘olib va bosqinchi Kaufman o‘z shartlarini qat‘iy qo‘ydi. Maglub hukmdor esa uning aytganlarini qabul qildi. Shartnomaga ko‘ra Xiva xoni siyosiy huquqlardan, mustaqil tashki siyosat yuritishdan maxrum etildi. Xon o‘zini rus podishosini itoatli xizmatkori deb tan oldi. Xon huzurida saroy amaldorlari rus qo‘mondonlaridan iborot Devon (kengash) tuzildi. Quyi Amudaryoning o‘ng sohilidagi xonlikka qarashli barcha yerlar Rossiyaga berildi. Rus savdogarlari va sanaotchilari Xiva xonligida boj to‘lash va majburiyatlarni bajarishdan ozod etildi. Ular erkin savdo qilish va korxonalar qurish huquqini oldilar. Rus fuqarolarini Xiva hududida qozilar tomonidan sud qilish taqiqlandi. Xonlikka ikki milion ikki yuz ming dollar miqdorida kontrebutsiya solindi. Shu tariqa Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylandi.
Podsho Rossiyasi O‘rta Osiyoni bosib olgach, bepayon hududlarga ega bo‘ldi. U dunyoning eng mustamlakachi mamlakatiga aylandi shuning uchun ham o‘sha vaqtda Rossiya to‘grisida "ulkan miqdordagi mulk o‘g‘risi" degan haq gaplar aytilgan edi.
Rossiyaning ikki boshli burgut tasviri tushirilgan mudxish mustamlakachilik bayrog‘i Boltiq bo‘ylaridan Kavkaz cho‘qqilarigacha Ukraina dashtlaridan O‘rta Osiyo kengliklari va uzoq sharq tizmalari qadar xilpirab turdi. Chor Rossiyasi Polsha, Finlyandiya, Kavkaz orti, Boshqirdiston, Sibir va Qalmoqlar yurtini mustamlaka asoratiga solgan salobatli va shafqatsiz imperiya edi.
Sank-Peterburg hukmron doiralari Buyuk Britaniyaning Xindistondagi va Frantsiyaning Tunis hamda Jazoirdagi mustamlaka tartiblari tajribalarini o‘rgangan holda o‘zlarining ulardan tubdan farqli, tipik Ruscha mustamlakachilik tizimlarini yaratdilar. Uni Turkistonda zo‘ravonlik yo‘li bilan amalga oshirdilar. Rossiya
imperiyasining O‘rta Osiyodagi tartiblari Polsha, Finlyandiya, va Kavkazdagidan ham tafovutli xususiyatga ega edi. Bu xususiyat mahalliy xalqlarga mutloqo ishonmaslik, ularga bepisandlarcha qarash kabi shovinistik ruh va kayfiyatlardan iborat edi.
Turkistonda mustamlakachilik tizimini va sirtmog‘ini mahkam ushlagan generallardan o‘nlab bosqinchi sarkardalar milliy davlatchiligimizni xalqimiz xotirasidan o‘chirish yo‘lini tutdilar. Ularning Turkistondagi faoliyatini yovuzlik sahifasi bilan boshlanib, yovuzlik sahifasi bilan yopiladi.
1868 yil 22 yanvarda Kaufman o‘z ma‘ruzasida ruslarning hukmronlik baquvvat zaminga egaligini alohida ta‘kidlab bu hukmronlik abadiy bo‘lishini ta‘kidladi.
F.Girs Turkiston o‘lkasini boshqarish tartibi haqida tuzgan qonun loyihasida aslzoda rus zodaganlari, xarbiylari va mustamlaka ma‘muriyatida ishlab, boy tajriba orttirgan amaldorlardan iborat Dasht komissiyasi 1865-1867 Turkiston o‘lkasida qanday mustamlaka to‘zimini o‘rnatish haqida imperatorga o‘z muloxazalari bitilgan loyihani yubordi. Rus imperatori AleksandrII bu loyihani "O‘rta Osiyodagi mulklarni o‘zlashtirish bo‘yicha Maxsus Qo‘mita" diqqatiga xavola etdi.
Rossiya imperiyasi harbiy vaziri graf D.Milyutin 1867 yilda Vazirlar Kumitasiga Turkiston o‘lkasi boshqaruviga doir qonun loyihasini taqdim etdi. Loyiha Rossiya tamonidan istilo etilgan Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarida Turkiston general- gubernatorligini tashkil etish va uni harbiy vazirlik ixtiyoriga berishni nazarda tutgan edi. Vazirlar qo‘mitasi farmoyishi bilan bu loyiha "tasdiqlangach" qonun tariqasida kuchga kirishini e‘lon qildi. Barcha tashkiliy, siyosiy, iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish shaxsan general-gubernator ixtiyoriga topshirildi. Shu tariqa 1867 yildan 1881 yilga qadar Turkiston xalqlari taqdirini xal etish general-gubernator Kaufman ixtiyorida bo‘ldi.
Viloyatlarda harbiy gubernatorlar tayinlandi. Ular shaxsan rus imperatori tomonidan tasdiqlanar edi. Uezd boshliqlari rus armiyasi polkovniklari, uchastka prestallari esa kapitan unvonidagi zobitlardan tayinlangan. Volost boshqaruvchilari, yuzboshi-oqsaqollar, ellikboshilar va o‘nboshilar esa saylov asosida mahalliy aholi vakillaridan saylangan. Turkiston general-gubernatorligi tashkil topgan 1867 yili Turkiston harbiy okrugi ham yuzaga keldi.
Rossiya imperiyasining hukmron doiralari ichki ishlar vazirining "Turkiston o‘lkasining oliy, o‘rta va quyi boshqaruvida kuchli hokimiyat zarurki, ular o‘z faoliyatlarida to‘la erkin bo‘lsinlar, mahalliy aholi vakillarining roziligiga muxtoj bo‘lmasinlar" degan fikrga to‘la qo‘shilganlar shuning uchun ham general-gubernatorlik markaziy o‘lka boshqaruvi Turkistonda mutloq hokim bo‘lgan. Markaziy o‘lka boshqaruvi general-gubernatorlik hamda uning Kengashi va mahkamasidan iborat bo‘lgan.
Turkiston general-gubernatori o‘z qo‘lida harbiy va fuqaro hokimyatini birlashtirgan. Bir vaqtning o‘zida u podsho noibi, harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, Yettisuv kazak qo‘shinlari qo‘mondoni, bosh mirshab, bosh prokuror vazifalarini ham o‘tagan. General-gubernatorning Rossiya imperatoriga to‘be Buxoro amiri va Xiva hamda Afg‘oniston va Qashqar bilan munosabatini mahkamaning diplamatiya qismi 1899 yilga qadar boshqargan. 1899 yildan boshlab bu vazifani bajarish uchun general- gubernator huzurida diplamotik ishlar buyicha amaldorlik lavozimi joriy qilindi. Mahkama ihtiyoriga Turkiston ommaviy kutubxonasi, Toshkent muzeyi, Markaziy arxiv, "Turkestanskie vedemosti" gazetasi va bosmaxonasi ham berilgan edi.
General-gubernator o‘lka hayoti bilan asosan mahkama hujjatlari orqali tanishgan, shuning uchun ham bu idora Turkiston boshqaruvida g‘oyat muhim rol uynagan. Bunday hujjatlarni gubernatorga turli soha mutaxassislari tayyorlab berishgan.
Turkiston general-gubernatorligi 90-yillarga kelib besh viloyatga bo‘lindi. Sirdaryo, Farg‘ona, Samarqand, Yettisuv, Kaspiy orti viloyatlarini rus armiyasini generallaridan shaxsan imparatorning o‘zi tayinlagani harbiy gubernatorlar boshqardi. Ular o‘zlarida harbiy va fuqaro hokimiyatini mujassamlashtirgan.
Harbiy gubernatorlar qoshida viloyat boshqarmalari bo‘lib, ular guberna boshqarmasi huquqlariga ega bo‘lishgan. Viloyat hayotining barcha masalalari shu boshqarmalarda ko‘rib chiqilgan.
Viloyatlar uezd va volost‘larga bo‘linib idora qilingan. Uezdlar bir necha uchastkalarga bulingan.
Rossiya imperiyasining o‘lkamizdagi mustamlakachilik siyosati.
Do'stlaringiz bilan baham: |