Ilmiy indukstiya
Ilmiy indukstiya ehtimoliy xulosa chiqarishning shunday turiki, uning asoslarida birorta belgining bir sinfga mansub predmetlarning bir qanchasida takrorlanishi qayd etilishi bilan bir qatorda, u belgining sababiy aloqasi haqida ham ma‘lumot mujassamlashgan bo‘ladi va ular xulosada berilgan predmetlar sinfiga nisbatan hosil qilingan fikrda o‘z aksini topadi.
Ommabop indukstiyadan farqli o‘laroq, ilmiy indukstiyada bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanuvchi belgi shunchaki qayd etilib qolmasdan, balki u haqida to‘laroq ma‘lumotga ega bo‘lish, uning mavjud bo‘lishi sababini aniqlash uchun predmetning boshqa belgilari bilan bo‘lgan aloqalari, xususan, sababiy bog‘lanishlari o‘rganiladi. Ana shuning uchun ham, ya‘ni hodisalarning sababini aniqlashga, ularni ifoda etuvchi qonunlarni ochishga qaratilgani uchun ham to‘liqsiz indukstiyaning bu turi ilmiy indukstiya deb ataladi.
Ma‘lumki,ilmiy bilish, fanning bosh maqsadi o‘rganilayotgan ob‘ektni tavsiflaydigan qonunlarni ochish orqali uning (ob‘ektning) tabiatini, mohiyatini tushuntirishdan iborat. Bu esa, birinchi navbatda, hodisaning (yoki uning belgisining) mavjud bo‘lish sababini aniqlashni taqozo etadi.
SHuni aytish kerakki, sababiy aloqadorlik hodisalar o‘rtasidagi umumiy bog‘lanishlarning boshqa turlari (masalan, tarkibiy, funkstional, genetik bog‘lanishlar) kabi hodisalarning tabiatini belgilaydi. Ana shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni o‘rganish hodisalarning mohiyatini tushunish, turli jarayonlarni oldindan ko‘rish, Yangiliklar yaratish imkonini beradi.
Sababiy aloqadorlikni aniqlash ancha murakkab ish, chunki u borliqda yuqorida qayd etib o‘tilgan hodisalar o‘rtasidagi umumiy aloqadorlikning boshqa turlari bilan birgalikda mavjud. Uni ilmiy bilishda «toza» holda ajratishga hamma vaqt ham osonlikcha erishib bo‘lmaydi. Buning uchun sababiy aloqadorlikning tabiatini, xususiyatlarini yaxshi bilish kerak.
Sababiyat (kauzallik) ikki hodisa o‘rtasidagi zaruriy aloqa bo‘lib, muayyan sharoitda ulardan biri (sabab hodisa) ikkinchisini (oqibatni) keltirib chiqaradi. Uning muhim xususiyatlari quyidagilar: 1) aloqaning umumiyligi;
vaqtdagi izchilligi, birin-ketinligi; 3) aloqaning zaruriyligi; 4) sabab va oqibatning bir ma‘noli bog‘lanishda bo‘lishi.
Sababiy aloqalarning umumiyligi deganda, olamda hech bir hodisaning sababsiz mavjud bo‘la olmasligi tushuniladi. U har qanday hodisaning o‘z holicha, boshqa hodisalardan mustaqil holda vujudga kela olmasligini, boshqa hodisalar bilan bevosita yoki bilvosita bog‘lanib ketganini, turli xil hodisalar ta‘sirida paydo bo‘lishi, o‘zgarishi, yo‘q bo‘lishi hamda, o‘z navbatida, boshqa hodisalarga ta‘sir o‘tkazishini bildiradi. Borliqdagi har bir hodisa o‘z sababiga ega bo‘lib, uni ertami yoki kechmi bilib olish mumkin.
Turli xil aloqalar, mavjud holatlar orasida noma‘lum bo‘lib qolayotgan sabab-hodisani topish uchun boshqa omillar, xususan, sababiy aloqada bo‘lgan hodisalarning vaqtdagi ketma-ketligi, izchilligi hisobga olinishi zarur.
Sababiy aloqadorlikda bo‘lgan hodisalarning vaqtdagi birin-ketinligi deganda, sabab-hodisaning oqibat (natija) hodisadan doimo oldin kelishi nazarda tutiladi. Sabab-hodisa bilan oqibat-hodisaning ro‘y berishi orasida turli muddat o‘tishi mumkin. Ba‘zan oqibat (natija)–sabab-hodisadan bir zumdan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘qning otilishi bilan u tekkan ob‘ektning zararlanishi o‘rtasida o‘tadigan vaqt juda qisqa, organizmga tushgan mikrob bilan u qo‘zg‘aydigan kasallikning vujudga kelishi o‘rtasida o‘tadigan vaqt uzoqroq (bir qancha daqiqa, soat, kun) bo‘ladi. Sababiy aloqadorlik ijtimoiy hayotda (masalan, kishilarning huquqiy ongi bilan uni shakllantirishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar), geologiyada (masalan, ma‘lum bir jarayonlar ta‘sirida tog‘larning paydo bo‘lishi) va boshqa shu kabi sohalarda ancha ko‘p vaqt davomida amalga oshadi.
Sabab-hodisa oqibat-hodisadan avval keladigan bo‘lgani uchun, u bilishda doimo oqibatdan oldin keladigan hodisalar orasidan qidiriladi. Bunda oqibat bilan bir vaqtda yoki undan keyin keladigan hodisalar istisno
(eliminastiya) qilinadi, ya‘ni chiqarib tashlanadi.
Sabab va oqibatning vaqtdagi izchilligi, birin-ketinligi hodisalar o‘rtasidagi sababiy aloqadorlikni aniqlashning zaruriy sharti, lekin o‘z holicha ko‘zlangan maqsadga erishish uchun yetarli emas. Oldinma-ketin kelgan hodisalarning hammasi ham sababiy aloqadorlikda bo‘lavermaydi. Bu holat hisobga olinmasa, «undan keyin, demak, shu sababga ko‘ra», deb ataladigan xato (lotincha – post noc, ergo propter noc) ro‘y beradi. Masalan, chaqmoq chaqish hodisasi momaqaldiroqdan avval keladi. Avval kishilar chaqmoq chaqishni momaqaldiroqning sababi deb tushunganlar, vaholanki haqiqatda bunday emas. Momaqaldiroqning chaqmoqdan keyin kelishiga sabab tovush tezligining yorug‘lik tezligidan kamroq bo‘lishidir. Aslida esa ular bir vaqtda vujudga keladi. Xuddi shu singari, jinoyat sodir bo‘lishidan avval u sodir etilgan joyda bo‘lgan kishilarning hammasi ham jinoyatchi bo‘lavermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |