Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi.
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodiga muvofiq, bir holatning o‘zgarishi hodisaning o‘zgarishiga ham olib kelsa, shu holot kuzatilayotgan hodisa o‘zgarishining sababidir.
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi yordamida juda ko‘p qonunlar, shu jumladan, fizikadagi gazning harorati bilan uning zichligi, tortishish kuchi bilan masofa, iqtisodiyotdagi talab va taklif o‘rtasidagi bog‘lanishlar va shu kabilar o‘rganiladi.
Hodisadan avval kelayotgan holatlarni A, V, S lar bilan, bu holatlarning o‘zgarishi darajasini 1,2,..., n bilan, hodisani d bilan belgilasak, yo‘ldosh o‘zgarishlar metodida muhokama jarayonining quyidagi shakl bo‘yicha amalga oshishini ko‘ramiz:
Holla
|
Hodisa vujudga kelishdan avval mavjud bo‘lgan holatlar
|
Hodisalar
|
r
|
|
|
1
|
AVS1
|
D1
|
2
|
AVS2
|
D2
|
|
|
....
|
N
|
AVS n
|
dn
|
Ehtimol, S holat d hodisaning sababidir.
Masalan, Quyoshning dastlabki holotdagi aktivligi S1 ga teng bo‘lganda, Yerda radiastiya darajasini d1 deb olsak, Quyosh aktivligining S2 darajasiga ko‘tarilishi Yerdagi radiastiya darajasining ham d2 gacha ko‘tarilishiga olib keladi.Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodining qo‘llanishi ma‘lum bir shart sharoitlarga rioya qilishni taqazo etadi.
Birinchidan, o‘rganilayotgan hodisaning sababi bo‘lishi mumkin deb ehtimol qilingan holotlar aniqlanishi kerak. Bu holatlarni A, V, S lar deb hisoblasak, «A yoki V yoki S holat d hodisasini keltirib chiqaradi», degan ayiruvchi hukm ko‘rinishidagi fikr hosil bo‘ladi.
Ikkinchidan, yuqoridagi holatlar ichidan sababiy aloqadorlikning bir ma‘noli bo‘lishi xususiyatiga ega bo‘lishi, ya‘ni konkret holatning o‘zgarishi hodisadagi konkret o‘zgarishga olib kelishi shartiga muvofiq kelmaydiganlari chiqarib yuborilishi (eliminastiya qilinishi) zarur. Yuqoridagi shaklda A va V holatlari aynan shunday bo‘lib, ular muhokama jarayonidan chiqarib yuborilishi kerak.
Uchinchidan, eliminastiyadan keyin qolgan yagona holat ajratib olinib, uning o‘zgarishi hodisaning o‘zgarishiga sababdir, degan xulosaga kelinadi. Bizning shaklda bunday holat S bo‘lib, uning S1 dan Sngacha bo‘lgan o‘zgarish intensivligi hodisaning d1dan dngacha bo‘lgan o‘zgarishi intensivligi bilan birgalikda kechayapti.
Yo‘ldosh o‘zgarishlar to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarga (proporstionallikka) ega bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ri yo‘nalishdagi (proporstionallikdagi) bog‘lanish deganda, hodisadan avval keladigan holatning o‘zgarish intensivligining ortishi hodisaning o‘zgarishi intensivligining ortishiga olib keladigan aloqadorlik nazarda tutiladi. Masalan, Quyoshdagi dog‘ning kattalashishi magnit bo‘ronining kuchayishiga olib keladi.
Teskari yo‘nalishdagi (proporstionallikdagi) bog‘lanish deganda esa, hodisadan avval kelayotgan holatning intensivligining ortishi hodisaning o‘zgarish intensivligining kamayishiga olib keladigan aloqadorlik tushuniladi. Masalan, tushunchaning hajmi kengaytirilganda, uning mazmuni torayadi.
Qoldiqlar metodi. Bu metod tatbiq etiladigan ob‘ekt murakkab hodisadan iborat bo‘lib, bittasidan boshqa qismlarining sabablari aniq bo‘lganda, ana shu qolgan qismni vujudga keltiruvchi sababni topish maqsadida qo‘llaniladi. Uning muhokama yuritish jarayonida amal qilish shakli quyidagicha:
Holl
|
Hodisa vujudga kelishdan avval mavjud bo‘lgan holatlar
|
Hodisalar
|
ar
|
|
|
1
|
AV
|
xy
|
2
|
AVS
|
xyz
|
Ehtimol, S holat z ning sababidir.
Qoldiqlar metodini qo‘llash natijasida geliy, rubidiy kabi kimyoviy elementlar, Neptun planetasi topilgan va boshqa turli sohaga oid ko‘p hodisalar aniqlangan.
Bu metodni qo‘llaganda muhokama yuritish jarayonining qanday kechishini Neptun planetasining kashf etilishi misolida ko‘rib chiqamiz. Uran planetasining harakatini kuzatar ekanlar, olimlar uning hisoblab chiqilgandan ko‘proq miqdorda og‘ishgan orbita bo‘ylab harakat qilishini qayd etganlar. Ma‘lumki, planetaning og‘ishish miqdorining bir qismi unga shu paytgacha ma‘lum bo‘lgan planetalarning ta‘sir o‘tkazishi bilan bog‘liq. Qolgan qismining esa boshqa bir kuch ta‘sirida bo‘layotganini bu yerda tushunib olish qiyin emas. Olimlar, shu paytgacha noma‘lum planeta mavjud bo‘lib, ana shuning ta‘sirida Uran planetasining og‘ishish miqdori ko‘payayotgan bo‘lsa kerak, degan taxminiy fikr bildirishgan. Oradan ma‘lum bir vaqt o‘tgandan keyin Levere hisoblash yo‘li bilan Yangi planetaning – Neptunning joylashishini aytib beradi. Nihoyat, I. Galle 1846 yili Yangi qurilgan teleskop yordamida uni osmon sferasidan topadi.
Agar Uran planetasiga ta‘sir etuvchi planetalarni A, V, S lar, Uran planetasining umumiy og‘ishish miqdorini tashkil etuvchi qismlarini a, v, s, d bilan belgilagan holda, og‘ishishning a miqdorini — A planetasi, v miqdorini — V planetasi, s miqdorini – S planetasi ta‘siri bilan bog‘lasak, unda d miqdori «Qandaydir noma‘lum X planetasi mavjud bo‘lib, ana shuning ta‘sirida vujudga kelsa kerak», degan xulosani hosil qiluvchi muhokamaning amalga oshayotganini ko‘ramiz.
Uning formulasi quyidagicha bo‘ladi:
A, V, S lar a, v, s, d larni keltirib chiqaradi.
A a ni keltirib chiqaradi.
V v ni keltirib chiqaradi.
S s ni keltirib chiqaradi.
Ehtimol, qandaydir X mavjud bo‘lib, u d ni keltirib chiqarayotgan bo‘lsa kerak.
Demak, qoldiqlar metodi mohiyatini shunday ifodalash mumkin: agar o‘rganilayotgan murakkab hodisani tashkil etuvchi hodisaning (yoki hodisa qismining) bitta holatdan boshqa holatlar bilan aloqasi zaruriy tavsifga ega bo‘lmasa, ana shu qoldiq holat mazkur hodisaning (hodisa qismining) sababi bo‘lishi mumkin.
Ilmiy indukstiyaning boshqa metodlari singari qoldiqlar metodi ham ehtimoliy bilim olish vositasi hisoblanadi.
SHunday qilib, sababiy aloqadorlikni aniqlashning biz ko‘rib chiqqan induktiv metodlari o‘z mantiqiy tarkibiga ko‘ra yetarli darajadagi murakkab muhokama yuritish usullari bo‘lib, ularda induktiv umumlashtirish deduktiv xulosa chiqarish ishtirokida amalga oshadi. Xususan, dedukstiya tasodifiy holatlarni muhokama jarayonidan chiqarib tashlash (eliminastiya qilish) yo‘li bilan (ayiruvchi-qat‘iy sillogizmning tollendo ponens modusi asosida) induktiv umumlashtirish yo‘nalishini belgilashga, uning xulosasining asoslanganlik, ishonchlilik darajasining ortishiga hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |