Sababiy aloqadorlikning zaruriyligi oqibatning faqat uni vujudga keltiradigan sababning mavjud bo‘lganidagina paydo bo‘lishini anglatadi. Sabab-hodisaning yo‘qligi oqibat-hodisaning ham yuzaga chiqmasligini bildiradi. Ana shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni aniqlashda oqibatdan avval keladigan hodisalardan oqibat-hodisani keltirib chiqarmaydiganlari olib tashlanadi, ya‘ni eliminastiya qilinadi.
Sababiyatning bir ma‘noli aloqadorlik ekanligi muayyan sababning o‘ziga muvofiq keladigan muayyan oqibatni keltirib chiqarishini ifoda etadi. Buni sabab va oqibat o‘rtasidagi aloqadorlikdagi simmetriyaning mavjudligi, ya‘ni sabab-hodisaning o‘zgarishining oqibat-hodisaning o‘zgarishiga olib kelishi tasdiqlaydi. Sababiyatning bu xususiyati uni aniqlash jarayonida faqat o‘zaro birgalikda o‘zgaruvchi hodisalarni olib qolib, qolganlarini chiqarib yuborishga undaydi.
Sababiy aloqadorlikning biz ko‘rib chiqqan xususiyatlarini hisobga olish uni aniqlashni osonlashtiradi.
Sababiy aloqadorlik murakkab strukturaga ega. Xususan, sabab-hodisa turli xil sharoitlarda turli oqibatlarni keltirib chiqarishi (masalan, havo namligining yuqoriligi turli xil kasalliklarning sababi bo‘lishi) yoki aksincha, bir
oqibat turli sharoitlarda har xil sabablar ta‘sirida paydo bo‘lishi (badan haroratining ko‘tarilishi tumovning, buyrak kasalligining, ichak kasalligining va shu kabilarning oqibati bo‘lishi) mumkin.
Ana shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni aniqlash empirik tadqiqotlar natijalarini samarali tahlil qilishga imkon beruvchi prinstiplarni qo‘llashni taqozo etadi. Ular sababiy aloqadorlikda bo‘lgan hodisalarni ularning borliqdagi tabiiy mavjud bo‘lish sharoitidan «ajratib olib», maxsus bilish sharoitlarida o‘rganishga imkon beradi. Xususan:
Oqibatdan avval kelgan hodisa murakkab tarkibga ega, u a, b, c, d va hokazo holatlardan tashkil topgan, deb hisoblanadi.
Mazkur holatlarning har biri mustaqil holda mavjud va boshqalari bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘lmaydi, deb
qaraladi.
Qayd etilgan holatlar mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarning tugal to‘plami, deb olinadi.
Bu prinstiplar bilan bir qatorda sababiy aloqadorlikni aniqlashning boshqa bir qancha metodlari ham mavjud.
Ular mantiqda ilmiy indukstiya metodlari deb yuritiladi.
Ilmiy indukstiya metodlari
O‘xshashlik metodi. Unda o‘rganilayotgan hodisaning sababi haqidagi xulosa shu hodisaning bir qancha kuzatilayotgan hollarini solishtirish, ularning o‘xshash tomonini aniqlash asosida hosil qilinadi. Masalan, kimyoviy tarkibi, zichligi, og‘irligi, kattaligi turlicha bo‘lgan mayatniklar uzunligi bir xil sterjenlarga – ilgaklarga ilintirilib, harakatga keltirilganda, bir xil tebranish davriga ega bo‘lgan. Bunda hodisaning vujudga kelishi kuzatilayotgan barcha hollarda undan avval kelayotgan holatlarning faqat bittasigina takrorlanadi. Ana shunga tayanib, mazkur takrorlanuvchi holat kuzatilayotgan hodisaning vujudga kelishining sababi bo‘lsa kerak, degan tarzda ehtimoliy xulosa chiqariladi.
O‘xshashlik metodi bo‘yicha muhokama yuritish shakli quyidagi ko‘rinishga ega:
Hollar
|
Hodisa vujudga kelishdan avval mavjud bo‘lgan holatlar
|
Hodisa
|
1
|
AVS
|
d
|
2
|
DEV
|
d
|
3
|
VSD
|
d
|
Ehtimol, V holat d hodisaning sababidir.
Demak, o‘xshashlik metodining mohiyatini quyidagicha ifodalasa bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |